Islomiy she'riyat  ( 448623 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 ... 89 B


Robiya  14 Avgust 2010, 15:20:56

:as:

Завол балқиб уммонимда, наҳримда,
    Шарму ҳаё танқис бслган давримда,
Оқ рсмоллар пайдо бслди шаҳримда,
    Ҳайрон стиб ксникмаган ксзларни.
Бунча очиқ, бунча беҳаё дунё,
    Алар уч... тсрт... алар ҳозирча танхо,
Фаришталар ташлаб кетдимикан ё
    Тун чоғида танлаб тоза қизларни?
Шунча йиллар фақат офат келдими?
    Оқ рсмоллар бирлан иффат келдими?
Юртдан кетган ул латофат келдими?
    Ае қалтирок, босди ногоҳ тизларни?
Ҳаёлларим менинг ғамдан қорарди,
    Ксксимдаги доғлар илдиз ёрарди,
Бир муслима хаётимга қарарди,
    Ҳижоб ичра айтолмай бир ссзларни.
Келгусидир, кетгусидир шамоллар,
    Лок бслсинлар бундан кейин аъмоллар,
Қандай гсзал ксрингай оқ рсмоллар
    Беркитганда айниқса оқ юзларни.

Ўзбекистон халқ шоири Сирожиддин Саййид

Qayd etilgan


UzMuslim  21 Avgust 2010, 18:54:08

DO'STLARIM BU SHE'RNI BALKI ESHITGANDIRSIZ YOKI YO'Q.
YANA BIR ESGA OLDIM VA MANA SHU YERGA  YOZDIM.

KO'ZINKU QALBINGNI ZABT ETGAN TO'LIB
NAFOSAT XAQIDA SURSANGDA XAYOL
NUQSONSIZ TIMOSLI GO'ZALLIK TIMSOLI BO'LIB
YURGAN BIR XASRATDIR HIJOBLI AYOL
BIROQ OSON EMAS YURMOQ HIJOBDA
BUGUN BU KO'PLARGA KELMOQDA MALOL
HIS QILAR O'ZIZNI O'NG YOT DUNYOGA
KELGAN HILQATDIR HIJOBLI AYOL
AVJ OLGAN BUZUQLIK MA'SIYATLARDAN
NE NE QADRIYATLAR BO'LDIKU UVOL
EY ROBBIM PANOX BER DEYA ULARDAN
BERKINGAN HIJOBLI AYOL
KO'PLAR AYOL NOMINI BULG'AYDI TINMAY
AVRATLAR OCHILIB BUL SHARX XUSHXOL
TAQVOSIN KO'RSATIB O'ZIN KO'RSATMAY
SAQLANGAN SIYRATDIR HIJOBLI AYOL
MILLATU DINI KO'PLAR UNITIB
GUNOXLAR QARIDA TOPARKAN ZAVOL
TAQVOSI TIMSOLI LIBOSI BO'LIB
DINIGA QUVATDIR HIJOBLI AYOL
BEHAYO KIMSALLAR DINSIZ JOXILLAR
MASXARA QILGANDA UNI BEMALOL
ALLOHIM ULARGA XIDOYAT BER DEB
ENG YAXSHI NIYATDIR HIJOBLI AYOL
UNING MAVJUDLIGI KO'NGILGA MALXAM
KOZ QUVNAR QALB ESA BO'LMAGAY BEXOL
KITOBLAR YOQILIB KETGANDA XAM
ISLOMGA HUJJATDIR HIJOBLI AYOL
DAVATLAR TO'XTAGAN BU DIYORDA
XAR KIMNING KO'NGLIDA KATTA BIR SAVOL
INDAMAY KETSA XAM KO'ZLARIDA YERDA
KATTA BIR DAVATDIR HIJOBLI AYOL
UNGA XAVAS QILGUN DENGUM EY SINGLIM
ERLARGA TAQVODA O'RNAK BO'LIB QOL
IYMONDAN VOZ KECHGAN ERKAKLAR UCHUN
ENG YAXSHI IBRATDIR HIJOBLI AYOL

LA ILAHA ILLA ALLOHNI TILIMIZ AYTAR OSON
AMMO USHBU KALIMA DUNYONI QILGAN XAYRON
SAXOBALAR DAVRIGA OLTIN QASR QURDIRGAN
TALSTOYDEK ZOTLARNI CHERKOVDAN YUZ BURDIRGAN
GYOTINI XAYRAT ILA ISLOMGA QILGAN MOYIL
AYNI SHU KALIMADIR? BIRODAR BIZGA QOYIL
ERTADAN KECHGA TOMON UNI AYTAMIZ
AMMO QACHON GUNOXDAN? MA'SIYATDAN QAYTAMIZ???

Qayd etilgan


Mirоlim  22 Avgust 2010, 11:01:16

:bsm:

 :as:

Ibodat qil.

Allohning ojiz bandasi
Namozda yetar nolasi
Odamning aziz bolasi
Bo’lmagin odam qorasi

Bu dunyoda ibodat qil
Allohdan qo'rq itoat qil

Kalima keltir bu birchi farz
Namoz o'qi qilmagin qarz
Yilda bir oy ro'za tutgin
Ohirating o'ylab yurgin
Niyyat qilib hajga borgin
Moling yetsa zakot bergin

Bu dunyoda ibodat qil
Allohdan qo'rq itoat qil

O’qib tarobeh ramazonda
Olgin savob har amalda
Kofir bo'lma!Eng yomonda
Nozil qildi Kalomi Quronda
Senga jazo muqarrardir

Bu oyda ko’p ibodat qil
Bu oyni sen muborak bil
Bu dunyoda ibodat qil
Allohdan qo'rq itoat qil

G’aflat bosma uyqudan tur
Sunnat bilib tahoratda yur
Tanu-joning sog’-omondur
Yaxshi yomon Allohdandur

Buni doim yodingda bil
Ohirat yaqin yaxshilik qil
Bu dunyoda ibodat qil
Allohdan qo'rq itoat qil

Muallif : Mirolim :)

Qayd etilgan


yoqutxon  22 Avgust 2010, 15:16:22

BOMDOD BO'LDI BOSHING KO'TAR.

Bomdod bo'ldi boshing ko'tar
Iymoningni shaytondan qutqar
Alloh senga savob berar
Uyg'on vaqti sahar bo'ldi.

Bomdod azoni o'qilur
Malaklar ko'kda saf turur
Shaytoning beli bukilur
Uyg'on vaqti sahar bo'ldi.

Ko'p uhlama g'aflat bosar
Seni ibodatdan to'sar
Sahar yeli hozir esar
uyg'on vaqti sahar bo'ldi.

Bomdod bo'ldi turmaysanmi?
Sen Allohdan qo'rqmaysanmi?
Qiyomatni eslaysanmi?
Uyg'on vaqti sahar bo'ldi.

Qayd etilgan


yoqutxon  22 Avgust 2010, 15:33:06

NE JAVOB AYLAY

Bu dunyoga kelding, ne amal qilding?
Desa Olloh menga, ne javob aylay?
Hozir huzurimga ne bilan kelding?
Desa Olloh menga, ne javob aylay?

Ikki yo'l ko'rsatdim, ham aql berdim
Dunyo hayotini lazzatlik qildim
Rahmatimni bilmay adashding banda
Desa Olloh menga, ne javob aylay?

Ro'zani farz qildim, ro'za tutmading
Shomda og'iz ochib, iftor qilmading,
Nega to'g'ri yo'ldan inson yurmading?
Desa Olloh menga. ne javob aylay?

Gunohlardan qochmay amrim tutmading
Umringni sen g'ofil, qadrin bilmading
Hozir huzurimga ne bilan kelding?
Desa Olloh menga, ne javob aylay?

Baroat kechasin, qadr kechasin
Inoyat qildim men, qadrin bilmading
Nechuk marifatga quloq solmading?
Desa Olloh menga, ne javob aylay?

G'usul, tahoratla o'qimay namoz,
Ruku, sajdalarda nomim aytmading
Halq ichida sening isming benamoz
Desa Olloh menga , ne javob aylay?

Azonlar o'qildi, quloq solmading
Sen nega Rahmonga sajda qilmading?
Endi jannatimdan bebahra qolding,
Desa Olloh menga, ne javob aylay?

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 15:43:09

 NAFSNI ALLOHIM QILAR KISHANBAND
AL-RAHIYM ISMIGA BO'LIB U MONAND
RAXMONNING RAXMLI OYI RAMAZON
SHOMGACHA KISHAN NAFS AVVALI AZON

BANDANING GUNOHI UNING NAFSIDA
LUQMAYU XIRSIGA OSHGAN HADDIDA
ALLOHIM BANDANI SHUNDAYIN SEVAR
NAFSIGA EGANI G'AFFOR KECHIRAR

RO'ZA FARZ SOG'LIG'ING BO'LSA JOYIDA
GUNOHLARNI TO'KKIN RO'ZA OYIDA
SHOYADKI KECHIRAR O'TGAN YOMONLIK
TOPASAN TAVBADA NASIB OMONLIK

ATIGI O'TTIZ KUN MING OYGA TATIR
AMOLGA RO'ZADOR SEPADI ATIR
O'TAR UMRIMIZNI QILMAYIN XAZON
BARCHAGA MUBORAK SHAHRI RAMAZON

Qayd etilgan


UzMuslim  22 Avgust 2010, 16:54:16

Ollox degan qandu asal paydo qildi
Oxiratda ollox
birla savdo qildi
Amal qilgan chin oshiqni dono qildi
Jonu dildan Xaq zikrini ayting döstlar

Esiz olim amal qilmay yölda qolur
Öqib uqmay dunyo molin qölga olur
Manmanlikdan esiz umrin zoya qilur
Jonu dildan Xaq zikrini ayting döstlar

Olim uldur namoz öqib toat qilsa
Xaqdin qörqib oxiratin g'amin yesa
Qur'on öqib Xaqdin qörqib zor ingrasa
Jonu dildan Xaq zikrini ayting döstlar

Ey insonlar olay desang Xaqdin ulush
Boyaziddek nafsing bilan tun-kun urush
Ey bexabar ummat ersang budur ravish
Jonu dildan Xaq zikrini ayting döstlar

Qayd etilgan


yoqutxon  23 Avgust 2010, 23:04:48

DUNYO YOLG'ON

Robbim sening huzuringa
Qaysi yuzla boraman
Gunohlarim ko'pligidan
Uyalaman,qo'rqaman.

Dunyo yolg'on,dunyo yolg'on
Yolg'onlardan iborat
O'lim kelmasdan kel uyg'on
Rost, chin hayot ohirat.

Bu dunyoni sevgan edim
Murodimga yetmadim
Nafs va shayton sababidan
Ziyon qildim angladim.

Dunyo yolg'on, dunyo yolg'on
Yolg'onlardan iborat
O'lim kelmasdan kel uyg'on
Rost, chin hayot ohirat.

Qabr mening asl uyim
Undan boshqa uyim yo'q
Yolg'iz o'zim qolajakman
Menga yolg'iz olloh do'st.

Dunyo yolg'on, dunyo yolg'on
Yolg'onlardan iborat
O'lim kelmasdan kel uyg'on
Rost, chin hayot ohirat.
                                                                                 

Qayd etilgan


UzMuslim  25 Avgust 2010, 22:46:32

HAYOLI AYOLLAR HAQIDA XAYOLLAR

Ayol haqda juda ko’plab asar bor...

Asarlarda undan ham ko’p gaplar bor.

Er zotiga husn bo’lsa jasorat,

Ayollarga go’zal hulqu, nafosat.

Er deb atagaylar haq so’z aytganni,

Xushlamaslar o’z yo’lidan qaytganni.

Ammo ayol borasida bo’lak so’z

Nozik jinsni go’zal aylar ibo ko’z.

Bo’lsin desang satrlarim bayti soz,

Hayoli ayollar hayolida yoz.

Erni ustun qo’yib ota-onadan,

Ular uchun ordir chiqmoq honadan!

Hayollari zavji uchun bo’lingay,

Tushida ham «dadasi" deb yalingay.

O’zin sabr otliq o’tda toblaydi -

Xudoga itoat deb hisoblaydi.

Eri ranjib uydan chiqib ketsa goh,

O’zin ayblar beshud deb har qanday chog’.

Uzr so’rab charchamagay bazi dam

Erin etmish marta tavof qilsa ham.

Zavjiga chiroyli libosin kiyar,

Er kulgusin ko’rsa taomdek to’yar.

... Hayrondirsiz, zamonamiz ayoli

O’zgani maftun aylamak hayoli.

Bormi ushbu mulohaza talqini:

Ayol degan so’ramasmi haqini?

Javobimiz oddiydir, ey birodar,

Ayol dinda erkak bilan barobar.

Ammo ayol siyratining afzali

Hulqu itoatda bekam go’zali!

Chunki shunday yashab o’tgan Fotima,

Shundan o’zingga ol go’zal hotima.

Fotimai Zahro qilmay hech irim,

Alidan yig’lablar so’rmish kechirim.

Ko’zi shishgan qizin Rosul ko’rmishlar,

Bu holatning bayonini so’rmishlar.

Tinglab kuyav tutgan og’ir mavqifni,

Qara, qanday beribdilar tavsifni:

Rosul demish: "œbo’lmasaydi shul tazim,

Jahannamga tushardingiz, jon qizim!"

Hoy onalar, hoy ayollar, tinglangiz,

Qay ahvolda Rosululloh suygan qiz!

Siz nelarni istayapsiz, bilmadim,

Siyrat o’qib, yot hulosa qilmadim.

Erlar maqtalganin ko’rdim janggohda,

Ayollarni eri suygan dargohda!

Olam suygan olima ayollar ham

Qilmaganlar johil erlarin mulzam!

Ey ojiza, ehtimol, bu kulgudir,

Lek olimalik nasibasi shudir!

O’tmish guvoh, singigan qonigacha

Erin kutgan umr poyonigacha.

Erkak ona poyidan istar jannat,

Er bosgan iz ayoliga kifoyat!

Ahli oqil bu so’zlarga kulmaydi

Tarih boshqa rivoyatni bilmaydi!

Qayd etilgan


UzMuslim  25 Avgust 2010, 22:48:43

QIYOMAT

Qiyomat yaqinlab qolgani ayon,
Ayollar erlarning libosin kiymish,
Avrat-u, hayoning ko’chasin toptab
Hatto mayin bo’lib so’zlamay qo’ymish.
Rasululloh bir kun qo’rqib so’zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.

Atrofning yalong’och turgan holiga
Ko’taramiz hatto boshimiz arang.
Tuyaning o’rkachin tasvirlab go’yo

Jannatning hididan voz kechgan ayol
Nahot umri bo’yi vaqt topib bir tun

O’ziga bir bora bermagan savol:
Hoy, men kim o’zi, jinsim ne erur,
Yarasharmi menga shu yovuz hilqat?
Ayollik libosin bir chetga otib

Asl go’zallikdan ayrildim faqat,

Bolamning nigohi menga yovqarash,
Erimning ko’nglida yo’qolgan hohish.
Men qancha urinmay, aslimdan shuncha
Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush...

Ovozim erkakcha, yurishim g’alat,
Shimning o’rtasida yig’laydi hayo.
Ajabo, shunchalar horlik bo’lurmi,
Tubanlik bo’lurmi, do’stlar, ajabo.

Ayolning ko’nglida insofi bo’lsa,
Ushbu savollarni berardi bir tun
O’ech qursa o’qidan qochib boryotgan
O’g’illari uchun, qizlari uchun...

Afsus, ushbu holga faqat ayolmas,
Balki erlarning ham ayblari mavjud.
Rashk o’tin o’chirgach zino-yu fahsh-la,
Dayuslik kasbiga ko’rar taraddud.

Nardadan boshini ko’tara olmay,
Ayollarga turmush yuklagan qopin
Odamdan yaxshilik ko’rmoqchilarga
Ayturmiz olimlar qilgan hitobin

Ular o’zlarini erkak desalar,
Dunyoda eng katta bo’lurlar kazzob,
Chunki nikoh kuni bergan ahdiga
Qilmishlar hiyonat, berolmay javob.

Ularda mag’rurlik asli yo’q hislat,
Ularni iymon ham aylamish halos.
Ularning egnidan joy olgan ko’ylak
Faqatgina tashqi ko’rinish, holos.

Hayhot, bu dunyoning ishi ters bo’ldi,
Yaxshilar ko’ngildan yig’lab o’tmishlar
Ayolin ko’chaga qo’yganlar bugun
Ertaga bolaga ko’krak tutmishlar,

Hali bu ketishda vazifalar ham
O’zgararmi ayol, er nasli uchun,
Go’yoki quyoshning tunda chiqishi,
Oyning otishi-la ochiladi kun...

Yo’q, do’stlar, iymon bor, ishonch bor ekan,
Bunga yo’l qo’yilmas hech qachon, hech vaqt.
Har kim o’z fitrati, o’z tabiati
Amriga binoan yashamoqlik - baht.

Hadisdan oddiy bir hulosam shulki,
Ko’r qilar bu ko’zni qamashtirganlar
Aslida qiyomat kunin tezlatar
Ana o’shanday jins almashtirganlar.

Qayd etilgan