Islomiy she'riyat  ( 447777 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 ... 89 B


UzMuslim  25 Avgust 2010, 22:52:02

SINGILJONLAR!

Ko’rarga ko’z quvonsin, komil bo’lsin iymonlar,
Sof qo’shig’in tinglasin asli dorulmakonlar,
Tubsiz jarlik oldida tebranib turibmiz-ku,
Hamzalarni dunyoga keltiring, singiljonlar!

Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,
Har kimga malum, mashhur oyat-u, dalil, hadis.
Lek ko’ngillar negadir masiyatlarga haris...
Og’zi yumuq ummatga taqdim eting mudarris -
Musablarni dunyoga keltiring, singiljonlar!

Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,
Sifatdan darak bering, shart emas millionta son
Darahtdan uzilgan barg atalar barbir hazon
Qora yuzli bo’lsa ham aytolsin qo’rqmay azon
Bilollarni dunyoga keltiring, singiljonlar!

Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,
Islom ummati unga tilasin shon-sharaflar,
«Alloh ulug’» deganda titrasin to’rt taraflar
Qonidan mahzun bo’lib dod ko’tarsin Mushaflar
Usmonlarni dunyoga keltiring, singiljonlar!

Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,
Bukun shamol misoli elar farzandlar kerak,
Jonini sherigiga tilar farzandlar kerak,
Janggohlarda uyqusi kelar farzandlar kerak
Alilarni dunyoga keltiring, singiljonlar!

Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,
Umid sizgadir bukun, maydonda shay ko’rining,
Sizdan yordam bittadir hoh turtinib surining:
Tug’sangiz gar ming yillik dostonlarga urining
Umarlarni dunyoga keltiring, singiljonlar!

Saodat shamolini eldiring, singiljonlar,

Qayd etilgan


UzMuslim  25 Avgust 2010, 23:02:51

Bu savdoki, latta-puttaga
Aldanmagan hayotiy ertak.
Sen Oyishaga, Fotimalarga
Yopishib ol misoli pechak.
Hech ularni qo’yib yuborma,
Sen ularni chindan bil ona.
Boshingdagi ro’mol echilsa,
Boshing ila tushsin mardona
Qalbing ila Haqni tanigin
Berilmagin falsafalarga
Zargar dunyo aslida bitmish
Yolg’on yashiq safsatalarga.
Qizim, mening muslima qizim,
Aqidangda hotirjam qolgin
Hatto onang tobutin ko’rsang
Allohdanmiz, deb ayta olgin.
Bilib qo’yki, dunyo bevafo,
Manzil oldi nasihat so’zim:
Mendan ko’ra Rasulullohni
Yaxshi ko’rsang, roziman, qizim!

Qayd etilgan


UzMuslim  28 Avgust 2010, 16:19:39

YODINGDA TUT

Ey odam kelding hayotga ketmog’ni ham yodingda tut
Necha yil ko’rsang umr bir kun o’lim yodingda tut
Barchamiz keldik hayotga imtion topshirgani
Toating bo’lsa o’tarsan san buni yodingda tut.
Nokasu nojins bilan do’stu ulfat bo’lmagin
Bir umr afsus chekarsan san buni yodingda tut.
Bo’l yiroq fitna fasoddan hamda g’iybat qilmagin
Go’rda bor qattiq azoblar san buni yodingda tut.
Kirma ko’ngling ko’chasiga xor etib tashlar seni
Oxiri bor burda nonga zor etar yodingda tut.
Har balo ishlarga boshlar to’ymagan nafsing sani
Ming balolar keltirar boshingga sen yodingda tut.
Ichkilik ichgan kishida qolmagay sharmu hayo
Ichkilikdan ming jafo kelgay buni yodingda tut
Kim mukammal inson o’ldi, bo’ldi el ichra aziz
Betayin mujmal odam xordur abad yodingda tut.
Ol qo’lingga san irodangni Sarvarjon doimo
Egma boshing nafs uchun nomardga sen yodingda tut.

Qayd etilgan


yoqutxon  02 Sentyabr 2010, 00:21:22

Nasiba taqsimlab berguvchi-Olloh,
Ollohga suyangan topg'usi farah.
Kimki sof nomiga yuqtirmasa gard,
Ta'na qila olmas unga hech nomard.
Agar qanoatli bo'lsang har qachon,
Bera olmas senga hech kimsa ziyon.

Qayd etilgan


yoqutxon  02 Sentyabr 2010, 00:29:25

Qulhu Vallohu Ahad

Bulbul kabi sayrayman
Doim qalbda saqlayman
Buni yoddan bilaman
Qulhu vallohu ahad

Bu borliqni yaratgan
San'at ila jo etgan,
Bizda yo'qdan bor etgan
Sensan Allohu somad

Senga fido bu jonim
Ko'zimdan oqar yoshim
Sen o'zingdur yagona
Lam yalid va lam yulad

Allohimdandir madad
Men ummati Muhammad
Tasbihim va lam yakun
Lahu kufu van ahad!

Darvish do'sting haq yo'lda,
Zikri tavhid qalbimda
Shafoat najot senda,
Rasulullohdan madad.

Qayd etilgan


JeeS  03 Sentyabr 2010, 06:06:32

Bir kun savol berdi yoshgina o‘g‘lon:
- Nechun Allohim deb yig‘laysiz nolon.
Dedim, javobimdan bo‘lmagin hayron,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Tinimsiz aldasa muhit, makoning,
Tortsa oyog‘ingdan do‘stu yoroning.
Shunday o‘tar bo‘lsa har zum, har oning,
Men kimga suyangum Allohdan boshqa.

Qayd etilgan


yoqutxon  03 Sentyabr 2010, 14:30:06

RABIUL AVVALNING O'N IKKINCHISI

Sahro osmonida ufirdi birdan
Rayhonlar ifori, atirgul isi
Dunyoni qutqardi qaro taqdirdan
Rabiul avvalning o'n ikkinchisi

Ummonlar chayqaldi, zamin qalqidi
Tushdi baytullohdan butlar yuztuban
Haqiqat, hidoyat nuri balqidi
Jaholatga botgan tog'lar ustidan

Ming yillik olovlar so'ndi Ajamda
Titradi Busrada qadim saroylar
Bu charag'on sahar bu qutlug' damda
Tazim qila turdi yulduzlar oylar

Bu nechuk nur edi?Bu nechuk sharar?
U, hazrat Omina, muborak - ziyo
Olam iqbolini yo'rgakladilar
Hazrat Bibi Maryam,Hazray Osiyo


Sahro osmonida ufurdi birdan
Rayhonlar ifori, atirgul isi
Dunyoni qutqardi qaro taqdirdan
Rabiul avvalning o'n ikkinchisi.

Qayd etilgan


yoqutxon  03 Sentyabr 2010, 14:42:31

BIR NAFS BANDASIGA

Mehmonsanu dunyoga, Mezbon bilan ishing yo'q,
Senga bu jonni bergan Hoqon bilan ishing yo'q

Agarki pok emas ruh,Ko'ngil bo'lgay zimiston,
Uni zimiston etgan o'pqon bilan ishing yo'q.

Kim do'stu kimdushmaning, ajratolmaysan
                                                   hamon,
Shaytonga do'st bo'libsan, Rahmon bilan
                                        ishing  yo'q
.
O'ylamaysan dunyoni kim aylagan ixtiro,
Mevasini  yeb tunu, Bog'bon bilan ishing yo'q.

Bu molu davlatingdan foyda yo'q ohiratda,
Inson uchun eng muhim-iymon bilan ishing yo'q.

Nafsinga qul bo'lgansan, ko'rmas aql ko'zlaring,
Qalbingda qon yig'lagan vijdon bilan ishing yo'q.

Adog'i bor umrning so'rog'i ham bor albat,
Yiqqan terganlaring ko'p, ehson bilan ishing yo'q.

Jisming tushar tuproqqa, ruhing uchar samoga,
Tuproq ila mashg'ulsan, osmon bilan ishing yo'q.

Boylik amal va shuhrat-bular dunyo g'aflati,
Bundan ham behabarsan,Qur'onbilan ishing yo'q.

Millat bugun mustaqil, o'zbek dunyoga mashxur,
Bobolaring yetmagan, zamon bilan ishing yo'q.

Ko'zingni och ey odam, bandaliging unutma,
Nechun ushbu g'animat imkon bilan ishing yo'q

Qayd etilgan


UzMuslim  05 Sentyabr 2010, 12:25:56

Ko‘chada ne ahvol deya soroqlab,
Uydan chiqmoq uchun eshik ocharmiz,
Qay tomon tikilsek faxshiy nigohlar
Ajab zamon boldi, qayga qocharmiz.
Zinoni oddiy hol sanagach bashar
Va lekin zino ham kundan kun oshar.
Qizlarning qarashi ko‘zlarni teshar
Ajab zamon boldi, qayga qocharmiz.
Farzandning ko‘zlari jovdirar yona
Ota ne qilarin bilmay parvona,
Tarbiya neligin bilmasa ona
Ajab zamon boldi, qayga qocharmiz.
Serial tufayli hamma ovvora
Unda qora oqdur, oq esa qora.
Momo sizni sevdim desa nevara
Ajab zamon boldi, qayga qocharmiz
Mehmon so‘rolmasa mezbondan haqqin
Go‘zal skunatni yenganda shovqin
Yetti yot begona qardoshdan yaqin
Ajab zamon boldi, qayga qocharmiz.
Uzoqdan bir kimsa yo‘lni paypaslar
Qalb ko‘zi atrofi o‘ralgan haslar.
Ko‘r xassasin tepib shodlansa kaslar
Ajab zamon boldi, qayga qocharmiz.
Dunyoning ishlari ho‘p qiziq bo’ldi:
G‘ariblar yig‘labon hasixlar toldi
Erkakka uylangan erkaklar to‘ldi
Ajab zamon boldi, qayga qocharmiz.
Xaqiqiy buzgunchi tinglolmayin
Olamni xorlagay kun o‘tgan sayin.
Biz asli islohchi diyolgay keyin
Ajab zamon boldi, qayga qocharmiz.
To‘gri o‘gri boldi, chap yo‘l esa o‘ng
Qoralar poygakda qalban yig‘lar hong.
Uy to‘ri hofizni kutganidan so‘ng
Ajab zamon boldi, qayga qocharmiz.
Birodar o‘tmishmas ketmaylik uzoq
Tojiku Qirgiz ham Uzbegu Qazoq.
Qor bobo Qor qiz desalar razzoq
Ajob zamon boldi, qayga qocharmiz.
Bugun ta‘sir uchun behol so‘zimiz
Qaysardan ham battar o‘gil qizimiz.
Bariga aybdor asli uzimiz
Ajab zamon boldi, qayga qocharmiz.

Qayd etilgan


UzMuslim  05 Sentyabr 2010, 14:30:50

Kalimani ayta olmay musulmonman deysiz, ey voh,
Amalingiz g`ayridiniy, dilda bo‘lsin deysiz Olloh,
Javon to`la qator kitob QUR`ON bormi uyingizda?
Ertak o`qib o`sayapsiz, Muhammadning ummatlari.


Dasturxonga non qo`yasiz, fotihadan ham qochasiz,
Ta'rifini ko‘p keltirib qimmat aroqlar ochasiz.
Gazak deysiz harom-harish, cho`chqa go`shti hamisha bor,
Halol luqma yemayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Farzandlarga pul tutqazib, yoshlik deysiz sursin davron,
Erta kunda boshingizda o`qirlarmi bitta QUR`ON,
Qiyomatda bir savobin sizga berishi begumon
Din o`rgatib o`tmayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Mayxonalar qo`nog`ingiz, sarxush qaytasiz kechada,
Borgansizmi, bilasizmi masjidingiz qay ko`chada.
Taxlam-taxlam turar gilam, topilgaymi bir joynamoz
Namoz bilmay o`tayapsiz, Muhammadning ummatlari.

Tavba uchun kech bo`lmasin kechirgay Ollohingiz
Joyingizni jahannamdan qilmasin gunohingiz.
Qiyomatdan payg`ambarlar hatto qo`rqib turibdi
Sizlar qanday ummatsiz, Muhammadning ummatlari

Qayd etilgan