Islomiy she'riyat  ( 447889 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 ... 89 B


UzMuslim  12 Sentyabr 2010, 10:11:53

Turaoldilar uyquvdan qolib,
Qiyomatni jazo bilganlar.
Yig'lasinlar dod faryod solib,
Bomdodlarni qazo qilganlar.
Go'yo kesib tomirlarini,
Unutib xaq amirlarini.
Yeb qo'ydilar umrlarini,
Bomdodlarni qazo qilganlar.
Yo'l adashgan oqil so'qirlar,
Endi qanday sabab to'qirlar.
Peshinlarni yig'lab o'qirlar,
Bomdodlarni qazo qilganlar.
Gar his qilsak ko'rmog'in bavlo,
Yotaolmasdik qiliblar yallo.
Tatimagay uyquvsi aslo,
Bomdodlarni qazo qilganlar.
Oz rohatlik uyquv qurboni,
Endi hobey bo'lmas QURONni.
Ahvoli ne uyg'ongan oni,
Bomdodlarni qazo qilganlar.
Ketkazaolmas ko'ngilda dog'in,
Unutaolmas NAMOZ firog'in.
Xaqir ko'rar ayol quchog'in,
Bomdodlarni qazo qilganlar.
Bu nafratga men ham arziyman,
Qachon nafsim g'amin yeyman.
Shu-on o'lib qolmasin deyman,
Bomdodlarni qazo qilganlar.
Xitobim shu ketar onlarim,
Hazillashmang qadirdonlarim.
To'rt mahallik NAMOZhonlarim,
Bomdodlarni qazo qilganlar..

Qayd etilgan


Ansora  17 Sentyabr 2010, 13:39:08

КЎАГИЛ КЎЗИМАИ ОЧ

Ҳақиқатни ксрай мен ҳам,
Кснгил ксзимни оч, тангрим.
Ғофил стмай бу дунёдан,
Кснгил ксзимни оч, тангрим.

Ўз нафсини ардокдаган,
Ўзга бағрини доғлаган,
А­л бахтидан завқ олмаган —
Кснгил ксзимни оч, тангрим.

Инсоф, ҳимматни унутган,
Залолат йслини тутган,
Гуноҳ қилиб, савоб кутган
Кснгил ксзимни оч, тангрим.

Қуръон сқиб, зикр қилсин,
Яшаш не, деб фикр қилсин,
Кунда минг бор шукр қилсин,
Кснгил ксзимни оч, тангрим.

Зино қилгай ҳаёси йсқ,
Умри зулмат, зиёси йсқ,
Сафоси йсқ, давоси йсқ,
Кснгил ксзимни оч, тангрим.

Имон келтир, деган зотга,
Сомон олиб келар отда.
Ааҳот умрим шу хил стса,
Кснгил ксзимни оч, тангрим.

Ўзинг Собир, Ўзинг Жаббор,
Бари асрор сенга ошкор.
Маъруф айтар: сй Биру Бор,
Кснгил ксзимни оч, тангрим.

Ma'ruf Jalil

Qayd etilgan


G_u_l_i  22 Sentyabr 2010, 06:47:07

Allohdandir

Ko`zingizni ochmasmi kelmas bo`lib ketganlar,
Diydangizda yoshmasmi umri yelda o`tganlar,
Ko`ksingizda toshmasmi gunohlarga botganlar,
Boshga tushgan balolar qilmishu gunohdandir,
Poklanish ahdi bizdan, poklamoq Allohdandir.

Quyosh ko`kning sultoni, oy osmonning malagi,
Dunyoga nur ulashmoq oqillarning tilagi,
Gulni xasga qo`shmagay oxiratning elagi,
Tiriklik bandasiga har dami ogohdandir,
Ibrat izlagan olsin, ul Rasulullohdandir.

Qaddingni raso qilgan asli toza niyatdir,
Alloh zikrini tutsang, ul kalima oyatdir,
Ko`ksingda tog` ko`tarsang, bu kuch samimiyatdir,
Yiqilib omon tursang, boshdagi panohdandir,
Faqirlik sendan Mahmud, panohing Allohdandir.

Mahmud Toir

Irfon taqvimidan

Qayd etilgan


yoqutxon  27 Sentyabr 2010, 06:26:24

O’LIMNING VASFI
Shoxlar o‘z taxtidan tushganin ko‘rdik,
Harobaga do‘nmish bog‘lar ham so‘lim.
Oxiri barchamiz xulosa qildik:
"Eng katta mav’iza aslida o‘lim!"

U ustun bo‘larkan, yengilmas ekan,
Istagan paytida buyurar tashrif.
Faqat o‘lib ketgan insonlargina
Unga aytolurlar xolis bir ta’rif.

Bu ta’rif shundayki, unda yo‘q aldov,
U birovga kelmas ikki bukilib.
O’lim dunyodagi eng noqulay yov,
U urush ochmagay vaqt e’lon qilib.

Qur’onda ta’rifi kelganidek, u
Faqat oldimizdan qarshi chiqarkan.
Dunyoning yuz karra chempionin ham
Oddiy bir zarb bilan yerga yiqarkan.

O’limni o‘ldirib bo‘lmas yoronlar,
U bizga tegishli bo‘lmagan olam.
Indamay bosh egmish sohibqironlar,
Biz bilmas tezlikda o‘lim kelgan dam.

O’lim kelganida qolmay bittamiz,
Hammasi yo‘q bo‘ldi g‘animatlarning.
O’lim sharbatini totmog‘ligimiz
Haqiqatrog‘idir haqiqatlarning.

O’lim bir kularkan, bir yig‘lar ekan,
Mo‘min huzurida ko‘zida kulgu.
Baqirtirib jonni sug‘urganida
Kofir yuzlaridan sapchiydi qayg‘u...

Odam Ato tushgan davrdan buyon
O’lim savdosiga izn berilgan.
Qanday mavqelarda yashamasinlar,
Barchasi qabrga bir-bir terilgan.

Alloh elchilari o‘ldilar, shuning
O’zi yetarli bir hikmatdir bizga.
Kuniga qabrga kirayotganlar
Eng katta ma’ruza, ibratdir bizga.

Agar biz o‘limdan ibrat ololsak,
Boshqa bir da’vatning bo‘lmas keragi.
O’limdan nasihat olmaganidan
To‘xtasa yaxshidir inson yuragi...


Qayd etilgan


yoqutxon  25 Oktyabr 2010, 23:25:29

Olloh o'zi pokdir, iffatni sevar,
O'zi pokizadir, sihhatni sevar.
Sahiylarni bilgay o'ziga habib,
O'zi ochiqqo'ldir, himmatni sevar.
Ehson sohibi bo'l, hamisha mo'min,
Oliyhimmatlarni yoqtirar Olloh,
Yaxshi xulqing bilan elda top e'zoz,
Pastkashu ablahni qilmagil hamroh.
Kechirguvchi zotdir Olloh taolo,
Kechirguvchilarni sevar hamisha.
Olloh deganlarin ado et , mo'min:
Kechirimli bo'lgil qilgil andisha.


Qayd etilgan


yoqutxon  25 Oktyabr 2010, 23:26:51

Shukur

Bir avliyo Rohila,
Yashar edi kulbada,
Ish- yumushi -ibodat,
Ko'rpachasi uvada.

Bir kun dedilar unga,
-Ko'rpachalring juldur,
Biz bir boyni bilamiz,
Yangi qilib beradur.

Rohila dedi silab,
Uvada ko'rpasini:
-Siz ko'rgan narsalarni,
Olloh ko'rmayaptimi?

Har ish bo'lsa O'zidan,
O'zidan ko'p ozimiz,
Olloh rozi bo'lganga,
Shukur, biz ham rozimiz.

Qayd etilgan


JeeS  29 Oktyabr 2010, 09:24:15

Kunlarning shoxidur "juma" ayyomi,
Shu sabab ulugdur bu kunning nomi,
Ushbu kun tilayman oltindan bir taxt,
Ollohim nasib etsin iloxiy bir baxt!
                   ***
Sizga ham bizga ham "ISLOM" muborak,
Qalbingiz baxori "QURON" muborak.
Alloxdan "AJR" kutib duo qilguvchi,
Kunlarning saidi "JUMA" muborak"!
                   ***
"J"amiki yaxshilik, savob va hikmat,
"U"lug iymon,insof sizga tilayman,
"M"usulmon dindoshim boling deb omon,
"A"yyomi "JUMA" bilan chindan qutlayman!

Qayd etilgan


Saliha  18 Noyabr 2010, 12:13:14

"YIG`LA"

Musulmonlik undoq ish ermas,
Munofiqlik unga berar zeb.
Gar da`vatlar quloqqa kirmas,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Farq yo`qolsa ne harom, halol,
Yig`lar ko`kda holingga hilol.
Bomdod qazo bo`lsa bemalol
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Hayolingni shahvat band qilsa,
Bundan vujud zavq shavqqa to`lsa,
Sunnat ishga qalbing gar kulsa
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Mol-dunyo deb uhlay olmasan,
Din deb yurak tig`lay olmasang,
Qur`on o`qib yig`lay olmasang,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Jaholatni qolsang sog`inib,
Hayolingda behol yo`g`rinib,
Zakotingni bersang og`rinib,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Ramazonda ro`zani tutsang,
Ammo anda nadomat yutsang.
Tamaki deb Iftorni kutsang
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Chin o`rnida bilib hazilni,
Ishlatib ko`r har-hil usulni,
Ko`rolmasang tushda Rosulni,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Osiylikka tutinsang sarmast,
Balki qadim dardinr tuzalmas.
Yolg`on so`zga yuzing qizarmas,
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Yurmasang Rob muddaosiga,
Talpinmasang ishq sadosiga.
Seskanmasang Haq nidosiga
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Do`stingga gar Islomni ravo
Ko`rmayotgan bo`lsang , bil, aslo
Mo`minlikka qilmagin da`vo
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!

Gar qalbingga da`vatdan g`urur,
Yo`llaringni yoritmagay nur.
Ey odamzod, shodlanmayin tur
Yig`la, fosiq bo`lib qoldim, deb!
 
     
 

 

Qayd etilgan


JeeS  19 Noyabr 2010, 06:34:10

Yaratgandan mag`firat tilab,
Ko`taraylik balandroq bilak.
Ushbu kunda ochlur falak,
Ulug` ayyom Juma muborak!!!

                              JeeS...

Qayd etilgan


Saliha  24 Noyabr 2010, 22:26:29

Ne tilaging bo‘lsa, Allohdan tila,
Yo‘qsa ishing to‘xtar, uzayar ohing.
Har ishni boshlagin Alloh nomi-la:
"Bismillahir rohmanir rohim..."

* * *

Allohga hamd bo‘lsin, cheksiz beadad.
Uning hukmidadir osmonu zamin.
Maqtovga loyiq zot Allohdir faqat:
"Alhamdulillahi robbil ‘alamin..."

Qayd etilgan