Islomiy she'riyat  ( 448842 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 ... 89 B


JeeS  27 Noyabr 2010, 00:41:42

Amalsizlik
Ba'zilar yoshlikni g'animat bilib,
Ilm o'rgandilar, kitob ko'rdilar.
Amalga kelganda beparvo bo'lib,
Olgan ilmlarin chetga surdilar.
 
Bundaylar oydin va to'lishgan kunda,
Ko'zni bog'lab, tunni kutgan kabidir.
Bu xuddiki yerni haydabon unga,
Urug' sepmay, meva kutgan kabidir.

Qayd etilgan


Saliha  29 Noyabr 2010, 11:29:41

Besh illat bor, qalbni aylagay qaro,
O’zni asramasang, duch kelgay balo.
Ko’p yeyish, ko’p deyish hamda yalqovlik,
Behuda kulmoqqa bo’lmoq mubtalo.
Yana noshukurlik — ko’p og’ir illat,
Yuzni qilgay qaro xaloyiq aro.
Iloho, bulardan asra bandangni,
Ojizlar dardiga aylagin chora.
A’molim mezonga qo’yar chog’ingda,
Gunohlarim kechir, etma oshkora.
Qalbni yoritguvchi besh fazilat bor,
Kim unga muyassar, Alloh bo’lar yor.
Oz yemoq, tafakkur aylamoq ko’proq,
"œIxlos"ni ixlosla o’qimoq bisyor.
Olimlar suhbatin mudom istamoq,
Istig’for aytmoqlik yana har sahar.
Iloho, bularga esh et qalbimni,
Zikringda saharlar aylagin bedor.
Mosuvo etmagin ma’rifatingdan,
Toki jamolingga bo’lay muyassar.

Qayd etilgan


muxlisa  29 Noyabr 2010, 20:16:31

Robbim..

Sendan o'zga iloh yo'q,
Har ishga Qodirumsan.
Butun  dunyo seniki,
Allohim yagonadirsan.
Mehribonim kechirgin,
Gunohu aybimizni.
Bilib-bilmay aytilgan
Ozorli so'zlarimizni.

Robbim panohim, yolg'iz tayanchim.
Tanho o'zingdan kutaman najot.
Pobbim panohim, yolg'iz tayanchim.
O'zingdan boshqaga etma muhtoj.

Tinchlik bo'lsin yurtimda
Bo'lsin insof har dilda.
Ko'zin ochsin shaytonga
Bo'ysinganlar vaqt borida.
Ko'ngli yarim xastadan
Ol dardu azobingni.
Armonlarda olib ketma
Allohim xech bir bandangni.

Shaxnoz ijodidan ekan.

Qayd etilgan


Saliha  01 Dekabr 2010, 23:53:53

Hayot degan maktabda,
Ham ahloq, ham adabda,
Go'zal suhbatda,ta'bda,
Mo'min mo'minga ko'zgu.

Yuzlarda nur porlasa,
Yahshilikka chorlasa,
Ko'ngilni bahorlasa,
Mo'min mo'minga ko'zgu.

Ham kuchda,adolatda,
Har kungi ibodatda,
Jon chiqar bir holatda,
Mo'min mo'minga ko'zgu.

Taqvoda,olimlikda,
Poklikda,salimlikda,
Rasul (s.a.v)day halimlikda,
Mo'min mo'minga ko'zgu.

Qayd etilgan


Saliha  02 Dekabr 2010, 17:40:23

Uyqu shirin nomoz undan shirinroqdir,
Dunyo go'zal jannat undan go'zalroqdir.
Sabr qiling ibodatga ajri bordir,
Jannat go'zal Alloh undan go'zalroqdir!

Qayd etilgan


MaHfiYa  06 Dekabr 2010, 10:58:24

Barokallahu fiyk go'zal sherlar  :D

Qayd etilgan


Saliha  06 Dekabr 2010, 11:55:00

To’kilar badandan jumla gunoh,
Namoz dеya abdastaga qo’l urgan zamon.
Ikki malak ikki yoningda turar
Sеn bomdod namoz o’qigan zamon.
Yana ibodatda sеn bo’lgin doim,
Har IBODAT qilgay IYMONni butun.
Haq Alloh qulim dеsa, Rasul ummatim,
Sеn pеshin namoz o’qigan zamon.

Ko’kdan tushar saf-saf maloikalar,
Maloikalarga mushtoq turar falak.
Qabul bo’lur barcha tilaklar,
Sеn asr namozini o’qigan zamon.

Jannat bog’larini Haq O’zi bеzar,
Shod bo’lib mo’minlar anda kеzar.
Karim sifatida savoblar yozar,
Sеn shom namozini o’qigan zamon.

Bu namoz mo’minga otkim Buroqiy,
Haq taolo yaqin etar yoshrog’ing.
Jannatlar aro qilgay sеning turmog’ing,
Sеn xufton namozin o’qigan zamon.

Ajal yostig’iga qo’yguncha boshing,
Alloh dеya to’ksang ko’zingdan yoshing.
Qur'on bilan iymon yo’ldoshing,
Jonni azroilga bеrmog’ing zamon
Jannatda bo’lursan abadul-omon.

Qayd etilgan


MaHfiYa  06 Dekabr 2010, 17:10:18

Tarozuda og'irdur bu ikki so'z,
til uchun osondir bu ikki so'z,
Robbimga suyimlikdir bu ikki so'z,
Subhanallahil vabihamdi, Subhanallahu a'aziym

 Mahfiya

Qayd etilgan


JeeS  09 Dekabr 2010, 08:24:06

 :as:

Қуёш гирдида сокин айланар замин,
Ерни тавоф айлар ой, нур сочар сқин,
Кун, ой, сана, асрлар шуларда тайин,
Кенг фазода сузарлар интиҳо сайин,
Қутлуғ бслсин муборак ҳижрий йилингиз!

Ҳазрат А асул келтирди Ҳақдан рисолат,
Инсонларнинг жаннатга қилдилар даъват,
Йслларини тссишди, чекдилар меҳнат,
То Маккадан Мадина қилдилар ҳижрат,
Қутлуғ бслсин муборак ҳижрий йилингиз!

Сақламоқ учун Қуръону Исломни сна,
Тарк стдилар ватанни , ғам чекди тана,
Бир минг тсрт юз сттиз икки стиб сана,
Қуръон, Ислом умматда барҳаёт, мана,
Қутлуғ бслсин муборак ҳижрий йилингиз!

Келинг, дсстим, биз ҳам бир ҳижрат қилайлик,
Аафсу шайтон туфроғин ташлаб чиқайлик,
А асул шаҳри - суннатга  ксчиб стайлик,
Келинг, мангу роҳатда биз ҳам сшайлик,
Қутлуғ бслсин муборак ҳижрий йилингиз!

Ҳақдан сизга тиларман бу йил барокат,
Оилавий бахт-иқбол, илму саморат,
Ашингиздек улғайсин рухоний ҳаёт,
Уч юз сллик тсрт пос топинг дарожат,
Қутлуғ бслсин муборак ҳижрий йилингиз!

Qayd etilgan


Saliha  09 Dekabr 2010, 14:24:37

Amalsizlik
Ba'zilar yoshlikni g'animat bilib,
Ilm o'rgandilar, kitob ko'rdilar.
Amalga kelganda beparvo bo'lib
Olgan ilmlarin chetga surdilar

Bundaylar oydin va to'lishgan kunda
Ko'zni bog'lab, tunni kutgan kabidir.
Bu xuddiki yerni haydabon unga
Urug' sepmay, meva kutgan kabidir

Qayd etilgan