Islomiy she'riyat  ( 368488 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 ... 89 B


Muhammad Amin  13 Sentyabr 2009, 07:33:38

ИАСОА

Олдига келганни сœайтармай емосœ
Аслида, aсœли йссœ с›айвоннинг иши.
Ос“зига келганни сœайтармай демосœ
Аосœису бефас›м, нодоннинг иши.

Таважжус› айлади тангри таоло
Мусœаддас саналдиинсон деган ном.
Инсонни сътироф стмаган асно
Иблис с›ам сœувилди Аршдан батамом.

Ксзингнинг снгида ссгандек скин
А аббим с›ам огос›дир с›амр зум с›ар ишдан.
А сзаю-парс›езда муддат бор, лекин
А‹амиша с›азар сœил с›аром-с›аришдан.



Qayd etilgan


Abdulhafiz  15 Sentyabr 2009, 09:53:50

        Ajal bayoni




Ajal albatta birdur, o'zga bo'lmas,
O'lar har zi nafs hargiz Ul o'lmas.


Qayu qulg'a ajalning vaqti yetsa,
Qutulmas har necha kim hiyla etsa.


Keyin qolmas ajal, ey ibni Odam,
Yetushsa soate yo ilgari ham.


Kishining ilgida ham o'lsa har jon,
Ajal birla o'lubdur ushbu inson.


Qayu bois bilan har jon o'lubdur,
Ajaldindur, qazo mundog' bo'lubdur.


So'fi Allohyor

Qayd etilgan


Muhammad Amin  16 Sentyabr 2009, 07:00:29

Ссрадим

Ўнгимми, тушимми, фарсœлай олмасман,
Ашларим ичимда, сасœлай олмасман.
АŒисматим менга фасœат берди азоб,
Интилганим с›ар гал бслди-ку сароб.
Дунёда сœолмади хатто бир дсстим,
Табрис? Бефойда, нодондек ссдим.
Кундан-кун ссниб бормосœдадир сœаддим,
Бслиб зор, интизор кутмосœда сœабрим
Шунда"¦

АŒслларим кстариб самога,
Ссрадим сендан с›амдард.
Йслларим ёпис“-у, лек,
Изларман с›амон мадад
Фалакка термулдим, кутгандай нажот,
Ўйландим"¦бир савоб сœилмадим, нас›от?
Кетсамми, сœолсамми, кутсаммикин ё,
Азроилга жонимни тутсаммикин ё?
Танимда мадор йссœ, курашай десам,
Холим йссœ, хаёт-ла урушай десам.
АŒарайман, излайман, мес›рибон сœслни,
Ксрсатгувчи менга снг тсс“ри йслни
А­нди"¦

АŒслларим кстариб самога,
Ссрадим сендан с›амдард.
Йслларим ёпис“-у, лек,
Изларман с›амон мадад

Qayd etilgan


Hadija  17 Sentyabr 2009, 18:51:58

Ссрадим

Ўнгимми, тушимми, фарсœлай олмасман,
Ашларим ичимда, сасœлай олмасман.
АŒисматим менга фасœат берди азоб,
Интилганим с›ар гал бслди-ку сароб.
Дунёда сœолмади хатто бир дсстим,
Табрис? Бефойда, нодондек ссдим.
Кундан-кун ссниб бормосœдадир сœаддим,
Бслиб зор, интизор кутмосœда сœабрим
Шунда"¦

АŒслларим кстариб самога,
Ссрадим сендан с›амдард.
Йслларим ёпис“-у, лек,
Изларман с›амон мадад
Фалакка термулдим, кутгандай нажот,
Ўйландим"¦бир савоб сœилмадим, нас›от?
Кетсамми, сœолсамми, кутсаммикин ё,
Азроилга жонимни тутсаммикин ё?
Танимда мадор йссœ, курашай десам,
Холим йссœ, хаёт-ла урушай десам.
АŒарайман, излайман, мес›рибон сœслни,
Ксрсатгувчи менга снг тсс“ри йслни
А­нди"¦

АŒслларим кстариб самога,
Ссрадим сендан с›амдард.
Йслларим ёпис“-у, лек,
Изларман с›амон мадад


 :ms: juda chiroyli she'r ekan, muallifi kim?

Qayd etilgan


Hadija  17 Sentyabr 2009, 18:53:13

Sarob

Har inson bu dunyoga mehmondir-mehmon,
Sahro kezib o’tguvchi — yo’lovchi karvon,
Iymon qo’lin tutsalar yo’llar farovon,
Ohirati saodatli, baxtlidir har on.

Iymonni unutsalar, cho’llarda sarson,
Jaholatga bo’tmoq ham bo’ladi oson,
Kimligini unutsa, adashsa inson,
Hayoti yaproq kabi bo’ladi hazon.

Vaqtni ortga surmoqqa berilmas imkon,
Ko’zlarda yosh o’rniga oqajakdir qon,
Jaholatdan hattoki qizarar osmon,
Sadqai odam ketgur, hazon kabi yon,

Essiz bosgan yo’llaring, kezganing tuproq,
Tuproq zarrasidan ham gunohing ko’proq,
Sarson bo’lib kezasan-kezasan biroq,
Kezgan saring manziling bo’ladi uzoq.

Sahro kezib topasan-topasan baxting,
Gohida omad kulib, bo’ladi taxting,
Islom yo’lidan ketmoq, bo’lsa gar axting,
Albat senda qolgaydir iymoning — taxting,

Yiqqan barcha davlating, savlating sarob,
Hayotdagi hurmating, taxting ham sarob,
Sarobga aldanganning ahvoli harob,
Jahannamda tayindir otashin azob.

Mayli totgin ey, inson hayot lazzatin,
Lek joyga qo’y o’zganing izzat-hurmatin,
O’qib, uqib Qur’onni, bilgin hislatin,
Rizosi uchun Haqning qilgin xizmatin.

Shunda kezgan sahroying chaman bo’lgaydur,
Shunda bosgan izlaring uzoq qolgaydur,
Avlodlar hurmat ila tilga olgaydur,
Va albatta haqqingga duo qilgaydur!

Qayd etilgan


Hadija  18 Sentyabr 2009, 15:16:23

Fikr qilgim keldi O’limni!...

Yo’q, turmayman tortmang qo’limni,
Bilasiz-ku, mani yo’limni,
Hayot haqda o’ylang men esa,
Fikr qilgim keldi o’limni"¦

Dunyo asli, besh kunlik hammom.
Tahoratsizlik yurmaklik harom
Yuraklarim bo’shatib tamom.
Fikr qilgim keldi o’limni...

Sukunatda sezdim hikmatni
Qalbim hohlab qoldi hilvatni
Qabrlarda ko’rdim ibratni
Fikr qilgim keldi o’limni...

Saroylarda rohat ko’rmadim
Toj-u, taxtda shavkat ko’rmadim
Bu dunyoda shavqat ko’rmadim
Fikr qilgim keldi o’limni...

Lazzatlar ham o’tkinchi ekan,
Sendan o’tib ketginchi ekan
So’nggi luqmang yutginchi ekan
Fikr qilgim keldi o’limni...

Qabrlarda yoshlarni ko’rdim
Ustlarida toshlarni ko’rdim
Tuproq bo’lgan boshlarni ko’rdim
Fikr qilgim keldi o’limni...

Birongina bolamdan qochdim
Onam, otam, xolamdan qochdim
Do’stlar butun olamdan qochdim
Fikr qilgim keldi o’limni...

Hamma joyga tegishli odat
Qabristonga kerakmas ruxsat
Faqat qila olsak bas toqat
Fikr qilgim keldi o’limni...

Singlim, ukam, ey akajonim
Sizlar mening eng qadirdonim
Ammo, aziz baribir jonim
Fikr qilgim keldi o’limni...

Qabristonning ichida yolg’iz
Yotganimni eslasam hargiz
Gapirgim ham kelmas bir og’iz
Fikr qilgim keldi o’limni...

Otam bir kun ketadi aniq,
Onam ham jim yetadi aniq,
Menga ham xat bitadi aniq!
Fikr qilgim keldi o’limni...

Faryodlarkim bolam ham o’lar
Bobolari kabi yer bo’lar
Eng chiroyli lola ham so’lar
Fikr qilgim keldi o’limni...

Bir kun kelar qocha olmayman,
Bag’rimni ham ocha olmayman
Dardimni ham socha olmayman
Fikr qilgim keldi o’limni...

Do’stlar mani bugun tinch qo’ying,
Undan ko’ra siz ham bir to’ying
Qabristonning holatin tuying
Fikr qilgim keldi o’limni...

Janozalar ko’rdim turfa bosh
Bir payitda qariya va yosh
Tanlamayman dedi-ku u yosh
Fikr qilgim keldi o’limni...

Aldab ketar hayosi qursin
Pinhon yashar Riyosi qursin
Ikki kunlik dunyosi qursin
Fikr qilgim keldi o’limni...

Bugunim bir tiyingi hayot
Berkinmachon o’yingi hayot
Haqiqatdir keyingi hayot
Fikr qilgim keldi o’limni...

Ishoning do’st o’zgardi tilak
Horg’in ura boshladi yurak
Rohatlangim keldi bir bo’lak
Fikr qilgim keldi o’limni...

Yomon demang, qo’rqitmang mani
O’zim tushgum yiqitmang mani
Dunyo zo’r deb o’qitmang, mani
Fikr qilgim keldi o’limni...

Qayd etilgan


Hadija  18 Sentyabr 2009, 15:21:24

O’limdan so’ng ahir, boshlanar
Yanoqlarim kulib yoshlanar
"œJannat"ga ham qadam tashlanar
Fikr qilgim keldi o’limni...

Bilaman, ho’p ziyod og’ir u
Bu hayotga balkim oxir u
Bitta devor ekan axir, u
Fikr qilgim keldi o’limni...

U devorni buzgan kunimda
Uyqu bo’lmas ekan tunimda
Dunyo ikki kunlik qo’nimda
Fikr qilgim keldi o’limni...

Ko’raman-ku bobolarmni
Yuz ochmagan momolarimni
Yetmish yillik ibolarimni
Fikr qilgim keldi o’limni...

Quchaman man qondoshlarimni
Tanimagan dindoshlarimni
Abad yashar chindoshlarimni
Fikr qilgim keldi o’limni...

Ko’rgum, tanish chehra, nigohni
Hatto, do’stlar Habibullohni
Oydek yaqin boqay Allohni
Fikr qilgim keldi O’limni...

Bu dunyoning go’zali Hayf
Tugab qolar asali hayf
Oxiri-yu, azali hayf
Fikr qilgim keldi o’limni"¦

Nuh kemasin ko’raman do’stlar
Ayyub bilan turaman do’stlar
Faqat yig’lab yuraman do’stlar
Fikr qilgim keldi o’limni...

Ko’raman-ku Halilullohni
Ham asoyu Kalimullohni
Nasroniyga yod Ruhullohni
Fikr qilgim keldi, o’limni...

Ko’raman ul Yunus payg’ambar
Yusuf bilan turgan akalar
Hamma bir-biriga tikilar"¦
Fikr qilgim keldi o’limni...

Bu hayot ne, ayting nima bor?!
Axtarishga arzirli viqor
Uch oygina yashagan bahor
Fikr qilgim keldi o’limni...

O’ylang, unga hamma jim yetdi
Abu Bakr, Umarlar ketdi
Xudo shundoq iroda etdi
Fikr qilgim keldi o’limni...

Usmonlarni olib ketdi jim
Aliga ham yetdi bul hokum
Sahobalar ustidan hokim
Fikr qilgim keldi o’limni...

Qiyotmani ham quyunlarini
Egilgan ne-ne bo’yinlarni
Ko’raman dod tobeinlarni
Fikr qilgim keldi o’limni...

Orzulari tamom asriylar
Nazimgoh-u, shoh-u, qasriylar
Yig’lab turgan hasan Basriyla
Fikr qilgim keldi o’limni...

Buxoriy ham o’ldi-ku, qarang?!
O’lim ustun bo’ldi-ku, qarang?!
Qabrlar ham to’ldi-ku, qarang?!
Fikr qilgim keldi o’limni...

Unda birdur gado, xalifa
Hamma kelar kutar sahifa
Salom degum Abu Xanifa
Fikr qilgim keldi o’limni...

Ko’ring munda umri dangallar
Dunyo uchun tamom tanballar
Navbat kutar Axmad Tanballar
Fikr qilgim keldi o’limni...

Valiylarning yig’lashin ko’ring
Bir, ularning holatin so’ring
Bu dunyoda jim bo’lib yuring
Fikr qilgim keldi o’limni...

Qasr qurmang menga kerakmas!
Qasr suygan, yurak yurakmas!
U dunyo men uchun ertakmas!
Fikr qilgim keldi o’limni!

Qayd etilgan


Hadija  18 Sentyabr 2009, 15:24:04

Ayting, nega jimsiz birodar?!
O’zi asli kimsiz, birodar?!

Ohiringiz yelga barobar
Fikr qilgim keldi o’limni...

Qolmadi-ku biron siringiz,
Gapimga siz endi kiringiz
Qocha olasiz qaysi biringiz?!
Fikr qilgim keldi o’limni...

Azroilga farqi yo’q ekan!
Bu savdoning narxi yo’q ekan
Biron joyda sharhi yo’q ekan
Fikr qilgim keldi o’limni...

Bu dunyoga havas qolmadi
Oxiri yo’q nafas qolmadi
O’limdan yod qafas qolmadi
Fikr qilgim keldi o’limni...

Suvi tugar ekan bu Hammom
Keling, birga yig’laylik tamom!...
Bu yig’idan yo’q shirin taom
Fikr qilgim keldi o’limni...

Ta'sir qilsa yozilgan so’zlar!
Aqli raso sababin izlar
She’r yozmadim aslida do’stlar
Fikr qilgim keldi o’limni!...

Fikr qilgim keldi o’limni!...
Yo’q, turmayman tortmang qo’limni
Qaqrab yotur shu yig’i bilan
To’ldirmasam bo’lmas cho’limni!!!

H.Hamidov tomonidan aytilgan...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  18 Sentyabr 2009, 23:55:25

Yaxshining oyog'ini ostida o'lsang or emas,
To'tiyoi toji sar qilsun yomon, darkor emas.
O'lgucha yaxshi bilan o'ltirgilu bo'l hamnafas,
Yaxshidin, ey do'stlar, hargiz ko'ngil ozor emas.
Yaxshi bo'lmaydur yomon , harchand nasihat aylasang,
Yaxshiga pandu nasihat aylamak darkor emas.
Hayf so'zdur, bo'lmag'il teng san yomong'a zinhor,
So'zlama hargiz yomong'a, loyiqi guftor emas.
Ahli dard deb dardni hargiz yomonga aytmag'il,
Ahli dard bilma yomonni, chunki beag'yor emas.
Nomunosib birla, yo Rab, qiynama hech bandani,
Ey Xudoyo, hech ish mundog' yomon dushvor emas.
San bo'yinsung'il, Huvaydo, Tangrini taqdirig'a,
Gulni ko'rgil, ibrat olg'il, hech gul bexor emas.

Xojanazar Huvaydo.

Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Sentyabr 2009, 16:27:21

Fikr qilgim keldi O’limni!...

Yo’q, turmayman tortmang qo’limni,
Bilasiz-ku, mani yo’limni,
Hayot haqda o’ylang men esa,
Fikr qilgim keldi o’limni"¦

Fikr qilgim keldi o’limni!...
Yo’q, turmayman tortmang qo’limni
Qaqrab yotur shu yig’i bilan
To’ldirmasam bo’lmas cho’limni!!![/b]
H.Hamidov tomonidan aytilgan...

Alloh rozi bo'lsin.
O'limni eslatganlardan
...

Qayd etilgan