Islomiy she'riyat  ( 368475 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 ... 89 B


Hadija  26 Oktyabr 2009, 20:50:26

Lozim tuting go'zal hayoni
Bu gulshanda so'zlab o'tirmang,
Nishon qilsangiz ham dunyoni
Qur'ondan ayb izlab o'tirmang!
Ishga solmang noiblaringiz,
Ko'zga tushar g'oyiblaringiz,
Fosh bo'ladi ayblaringiz,
Qur'ondan ayb izlab o'tirmang!
...
Xayrulloh Hamidov


 :ms: juda chiroyli she'r ekan. An'om su'rasida mazmunan: Alloh qur'onni o'zi himoya etishi, Qiyomatgacha u o'zgarmasligini aytib o'tgan...

Qayd etilgan


Hadija  27 Oktyabr 2009, 22:02:03

Фоний дунёга инонманг

Харнинг иши хардир, дсстлар,
Минг мақтасанг, отча бслмас.
Бад аслга амал тегса,
Билинг, асл зотча бслмас.

Фоний дунёга инонманг,
Олтин-кумушга қувонманг,
Кснгилсизга кснгил берманг,
Бир туққан зурёдча бслмас.

Ксп йслларни ксрса ксзинг,
Ҳар маънидан билсанг сзинг,
Бир нодонга айтган ссзинг
А­сиб кетган бодча бслмас.

Бошинг ёстиққа етганда
Сабру қарор бслмас сенда,
Кучинг-қувватинг кетганда
Ўғил-қизинг ётча бслмас.

Махтумқули, ажаб чоғлар,
Кимдир кулар, кимдир йиғлар,
Турли мева берган боғлар
Соврилар, Жаннатча бслмас!

Махтумқули,
Туркманчадан Мирзо КЕАЖАБЕК таржимаcи

Qayd etilgan


Hadija  29 Oktyabr 2009, 17:26:31

:as:
:bsm:

QIZLARINGIZNI"¦

Yumib dindan tamom ko’zlaringizni,
Nahot is bosibdir yuzlaringizni.
Haqqingiz yo’q aslo ota-onalar!!!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Dindan so’z ochilsa ko’zlaringiz lo’q,
Go’yo u dunyodan ko’ngil tamom to’q.
Insof qiling endi o’zingizda yo’q,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ro’molda kulsa gar kula olingiz,
Loaqal dinidan to’la olingiz,
Hijobiga hijob bo’la olingiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Shkur qiling gaplar otmayapti-ku,
Gunohlar qariga botmayapti-ku,
Ko’chada tanasin sotmayapti-ku,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Islom deganida yuraklar yumshab,
Qachon tura olasiz chaponni to’shab?!
Bechora jin chalgan telbaga o’hshab,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Shunda yo’qlik sari ravo bo’lmaysiz,
Behayo qizlarga momo bo’lmaysiz,
Johil avlodlarga bobo bo’lmaysiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Oy so’lg’in nigohin o’pib turadi,
Malaklar xizmatda chopib turadi,
Ro’moli dinini yopiq turadi,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Hursand bo’lmaysizmi hilm istasa?!
Nafsingiz buncha ham zulm istasa?!
Boshingiz egilsin ilm istasa!...
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ikki dunyoda ham g’ov bo’lib yurmas,
Ilohiy amrga yov bo’lib yurmas,
Hamma nigohlarga ov bo’lib yurmas,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Vaxshiy tuyg’ulardan asrab avaylang!
Qalbiga ilohiy amrni joylang!
Musulmonsiz ahir, iltifot aylang!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Uchramas folbin-u ham kinnalarga,
Qalbini itarmas cho’g’ o’rnalarga,
Yo taqlid qilsinmi, Madonnalarga?!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Sizga suyaniblar turgisi kelar,
Asri saodatni ko’rgisi kelar,
Fotimaga o’hshab yurgisi kelar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Atrofga bir boqing fahshiy og’izlar,
Erkaklardan battar shaddoda qizlar,
Yalang’och dunyoga yetar be xislar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Tosh ham xayron qolgan murg’ak boshimi,
Toboro ezmoqda tana bosimi,
Erlarga buyursin erkakning shimi,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Avlodlar dastidan ohlamaysizmi?!
Zolimlar yetishsa choxlamaysizmi?!
Buxoriy chiqishin hohlamaysizmi?!
Din yo’lidan to’smang qizlaingizni!!!

Eski jaholatni dildan o’piring!
Muqaddas tuyg’udan endi shopiring!
Sobiq sho’rolarning tusin tupuring!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ko’p ham zulm bermang bu ko’cha tordir!
Alarming duosi maqbulu yordir!
Ojizalarning ham Robbisi bordir!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ohirgi ulushim din ilhomidin,
Oliblar tugatgum ko’ngil shomidan,
Tik turib so’rayman ummat nomidan!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Qaytarib oling bad so’zlaringizni!
Qiyomat kunida rasvo holatda,
Ko’rmayin desangiz yuzlaringizni!!!

Hayrulloh Hamidov

P.S: Shu she'r juda yoqdi. Alloh amrini bajarishga to'sayotganlarga Allohdan insof, tavfiq va hidoyat tilab so'rab qolaman...

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Oktyabr 2009, 20:52:12

Assalamu alaykum.
Hadija,Alloh sizdan rozi bo'lsin bu go'zal va qalb dardlarimiz aks etgan satrlarni bizga ilinganingiz uchun.
Aynan bizni qalbimizdagi nolalarimizni, dardlarimizni bitgan bu birodardan ham Alloh rozi bo'lsin.
O'zi ulkan mukofatlar bilan mukofatlasin. Amiyn....

Qayd etilgan


siddiqa  02 Noyabr 2009, 07:04:54

:as:
:bsm:

QIZLARINGIZNI"¦

Yumib dindan tamom ko’zlaringizni,
Nahot is bosibdir yuzlaringizni.
Haqqingiz yo’q aslo ota-onalar!!!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Dindan so’z ochilsa ko’zlaringiz lo’q,
Go’yo u dunyodan ko’ngil tamom to’q.
Insof qiling endi o’zingizda yo’q,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ro’molda kulsa gar kula olingiz,
Loaqal dinidan to’la olingiz,
Hijobiga hijob bo’la olingiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Shkur qiling gaplar otmayapti-ku,
Gunohlar qariga botmayapti-ku,
Ko’chada tanasin sotmayapti-ku,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Islom deganida yuraklar yumshab,
Qachon tura olasiz chaponni to’shab?!
Bechora jin chalgan telbaga o’hshab,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Shunda yo’qlik sari ravo bo’lmaysiz,
Behayo qizlarga momo bo’lmaysiz,
Johil avlodlarga bobo bo’lmaysiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Oy so’lg’in nigohin o’pib turadi,
Malaklar xizmatda chopib turadi,
Ro’moli dinini yopiq turadi,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Hursand bo’lmaysizmi hilm istasa?!
Nafsingiz buncha ham zulm istasa?!
Boshingiz egilsin ilm istasa!...
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ikki dunyoda ham g’ov bo’lib yurmas,
Ilohiy amrga yov bo’lib yurmas,
Hamma nigohlarga ov bo’lib yurmas,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Vaxshiy tuyg’ulardan asrab avaylang!
Qalbiga ilohiy amrni joylang!
Musulmonsiz ahir, iltifot aylang!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Uchramas folbin-u ham kinnalarga,
Qalbini itarmas cho’g’ o’rnalarga,
Yo taqlid qilsinmi, Madonnalarga?!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Sizga suyaniblar turgisi kelar,
Asri saodatni ko’rgisi kelar,
Fotimaga o’hshab yurgisi kelar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Atrofga bir boqing fahshiy og’izlar,
Erkaklardan battar shaddoda qizlar,
Yalang’och dunyoga yetar be xislar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Tosh ham xayron qolgan murg’ak boshimi,
Toboro ezmoqda tana bosimi,
Erlarga buyursin erkakning shimi,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Avlodlar dastidan ohlamaysizmi?!
Zolimlar yetishsa choxlamaysizmi?!
Buxoriy chiqishin hohlamaysizmi?!
Din yo’lidan to’smang qizlaingizni!!!

Eski jaholatni dildan o’piring!
Muqaddas tuyg’udan endi shopiring!
Sobiq sho’rolarning tusin tupuring!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ko’p ham zulm bermang bu ko’cha tordir!
Alarming duosi maqbulu yordir!
Ojizalarning ham Robbisi bordir!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Ohirgi ulushim din ilhomidin,
Oliblar tugatgum ko’ngil shomidan,
Tik turib so’rayman ummat nomidan!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Qaytarib oling bad so’zlaringizni!
Qiyomat kunida rasvo holatda,
Ko’rmayin desangiz yuzlaringizni!!!

Hayrulloh Hamidov

P.S: Shu she'r juda yoqdi. Alloh amrini bajarishga to'sayotganlarga Allohdan insof, tavfiq va hidoyat tilab so'rab qolaman...

 :ms:
Hadija Alloh rozi bo'lsin ,muslimalarni qalbidagilarni yozib qo'yibsizku .......... :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2 :2
bilmasdan to'g'ri yo'ldan to'sayotgan onajonlarga o'qib bergudek chiqibdi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Noyabr 2009, 07:30:31


Mana shu misralari judayam yoqdi.
Odamning ich-etini o'yib oladigan gaplar...
Naqadar achchiq haqiqat!!!




Shkur qiling gaplar otmayapti-ku,
Gunohlar qariga botmayapti-ku,
Ko’chada tanasin sotmayapti-ku,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

.....

Ikki dunyoda ham g’ov bo’lib yurmas,
Ilohiy amrga yov bo’lib yurmas,
Hamma nigohlarga ov bo’lib yurmas,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!

......

Atrofga bir boqing fahshiy og’izlar,
Erkaklardan battar shaddoda qizlar,
Yalang’och dunyoga yetar be xislar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!


Qayd etilgan


Munavvara  02 Noyabr 2009, 19:48:54


Ro’molda kulsa gar kula olingiz,
Loaqal dinidan to’la olingiz,
Hijobiga hijob bo’la olingiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!


 :as: Alloh rozi bo'lsin! she'rni birinchi marotaba eshitiboq yig'lab yubordim...  :2
Achchiq xotiralarni esimga soldi. Lekin o'sha xotiralarni eslasam Allohga yanayam
yaqinligimni his etaman va faqat uning uchun yig'ayman Ota-onamgayam risht-u
hidoyat so'rayman.

Ey aziz birodarlarim keling birga duo qilaylik Alloh ota-onamizga insof,
hidoyat bersin to tirik ekanlar bizga qanchalar zulm qilayotganlarini tushunib yetsinlar
 
:amn:

Qayd etilgan


Hadija  02 Noyabr 2009, 20:05:38

:as:

 :bsm:

Ajoyib tush!...

Mehribon va Rahimli Alloh
Nomi bilan etayin ogoh!
Salom yorim, o’g’il va qizim
Panohida asrasin Alloh"¦

Biling, U zot bizni yaratib!
Yana zamin uzra taratib,
E’tiborsiz tashlab qo’ymadi,
Xitob qildi bizga qaratib,

Yer-u ko’kning yaralmog’ida,
Tun-u, kunning almashmog’ida,
Oqil uchun alomatlar bor,
Ko’rur fikr qilg’on chog’ida.

Demak, qarang dunyoga bir dam
Qanday go’zal Yaratgan Egam.
Shunday go’zal olamlar aro,
Odam zotin qildi mukarram"¦

Mahluqlarin tanitib bir-bir,
Dedi: "œBuning egasi birdir"!
Ungagina ibodat qiling!
Saodatning kaliti shuldir.

Bul barchasi odamzot uchun
Odam esa, ibodat uchun
Yaralgani ayon azizlar,
Shoshing, demak ibodat uchun!

Bunga dalil erur zoriyot,
Bunda demish Robbul mahluqot
"œYaratdim jin insonni faqat"
"œQilsin uchun menga ibodat"!!!

Nasihatimki azizlarim,
O’qib-o’qib olib so’zlarim,
Muslim yashab o’ting dunyodan,
Do’st, yorim, o’g’il, qizlarim"¦

Biling, Undan kelsa hidoyat,
Kim ergashib etsa itoat,
Adashmagay, baxtsiz bo’lmagay
Tark etmagay uni saodat!

Kim zikridan o’girsa yuzin,
Halokatga otibdi o’zin.
Turmush tarzi tang-u, tor bo’lur
O’z vaqtida ochmasa ko’zin.

U zot uni xor-u zor qilib,
Tiriltirur ko’zin ko’r qilib,
Degay, "œRobbim ko’rar edim-ku?"
"œTiriltirding nega ko’r qilib?"

Deydi shunda, "œUnutding o’zing"
"œOyatlarim mensimay ko’zing"
"œSen ham shunday unutilursan"
"œMalomat qil, o’zing-o’zing"!!!

Bas, azizlar najotni o’ylang!
Zoye bo’lmay hayotni o’ylang!
Tazarru’ga tavbaga shoshing!
Haq yo’lida sabotni o’ylang!

Aytib beray bir ajib qissa,
Amal qiling chiqarib hissa,
Shoyat sizni Allohim o’zi,
Suygan taqvo ahlidan qilsa!

Bizdan ancha o’tgan zamonda,
Islomobod degan tomonda,
Bir shayx aytib bergan tushlari,
Doston bo’ldi turli zamonda

Dedi: ajiib tush ko’rdim bu tun,
Titrab ketdi vujudim butun,
Ibrat uchun aytib berayin,
Bu tun ajit tun bo’ldi butun.

Emishmanki, yaydoq sahroda,
O’xshashi yo’q shundoq mavoda,
Na dov daraxt, na qultum suv bor?!
Holim ko’ring qandor aftoda"¦

Paydo bo’lib qoldi nogoh sher,
Ey Xudoyim o’zing panoh ber,
Deya, qochdim quvladi u ham
Yurak sho’rlik tamom ey Voh der!...

Qiziq, tushmi o’ngmi bu yo,
Tor ko’rinib ketdi keng dunyo,
Quvlayverdi qochganim sari,
Quvlashmachoq o’ynadik go’yo"¦

Nogoh quduq ko’rindi ko’zga,
Tushmoq zarur chora yo’q o’zga,
Arqoniga osilib tushsam,
Daxshat, tilim aylanmas so’zga!...

Ajdar yotar quduq qarida,
O’lja kutar zulmat qasrida,
Qochmoq bo’lib yuqori boqsam,
Sher ham turar g’azab qahrida.

Tepada sher, quyida ajdar
Ikkisi bir o’ljani poylar,
Men arqonga osilgan kuyim
O’tiribman tik bo’lib sochlar.

Tinchlantirmoq bo’lib o’zimni,
Asta yumib oldim ko’zimni,
Qorin ham och ey Parvardigor
"œO’zing yetkaz rizq-u ro’zimni".

Viz-viz ovoz kelib bir mahal
Oromimga berdiku halal,
Ko’zim ochsam kavak ichiga
Asalari yig’ibdi asal.

Undan yalay boshladim kam-kam,
Unut bo’ldi ajdar ham, sher ham.
Inson zoti o’zi shunday-da,
Unut bo’ldi tashvish ham, g’am ham.

Bilmam, qancha o’tdi shu alfoz
Qitr-qitr eshitdim ovoz.
Qarasam ohbu yana nesi?!
Yana chiqdi ne kulfat peshvoz"¦

Yetmaganday ajdar va arslon,
Endi bir oq, bir qora sichqon.
Arqon tolalarin birma-bir,
Qirtishmoqda galma-gal chaqqon"¦

Inna lillah deya uyg’onib,
Qo’rquv daxshat ila to’lg’onib,
Turib ibodatga yuzlandim.
Parvardigorimga bog’lanib.

So’rashdilar ey valilulloh,
Panohida asrasin Alloh.
Bu tushingiz ta’biri nadir?
Bizlarni ham etingiz ogoh!

Dedi: "œgo’yo bu zarbulmasal",
Sher bu taqdir, ajdaho ajal.
Dunyo esa misoli quduq,
Maishatu ishrati asal.

Qora sichqon ta’biri bu tun,
Arqon umr, oq sichqon bu kun.
Demak, sichqon kabi kemirar
Umrimizdan bir kunu, bir tun.

Alqissa, shu ey azizlarim,
Ibrat bo’lsin aytgan so’zlarim.
G’animatdir har bir onimiz,
Xayr endi qaro ko’zlarim!...
H.Hamidov

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Noyabr 2009, 22:26:09

*  *  *

Tavbalarni qabul aylar Parvardigor,
Umidimiz - azobiga qilmas duchor.
Ko'z yosh birla tavba qildim, tavba qildim,
Tinglaguvchi, o'nglaguvchi ham biru, bor.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Noyabr 2009, 22:28:56

*  *  *
Sarg'aygan kuz kezar xazongir bog'im,
Istig'for yuvarmi dildagi dog'im,
G'animat bildim men tiriklik chog'im,
Dushmanim yuragin g'ashlab ketaman,
Ey dunyo, men seni tashlab ketaman.

Mendan ham ilgari qanchalar inson,
Senda tug'ilgandi, tutgandi makon,
Bir Do'stim kelganda, bo'lganda imkon,
O'shal kun Allohga albat yetaman,
Ey dunyo, men seni tashlab ketaman.

Qayd etilgan