http://www.youtube.com/watch?v=PxIn2yzF-E4&feature=player_embedded
Mana shu she'rni bugun telda eshitib rosa kulibman.
GAP YO'Q.
Marhabo Karimova hayotiy she'rlar yozadi, shuning uchun ham juda go'zal chiqadi.
Sherni joylamoqchidim netda joylanganakan.
Endi matnini joylasak yaxshi
SubhanAlloh, buncha yaxshi she'r. rosa kulibman
)))))
Jannatdagi kundoshim!Ichim to’la o’kinish, Ellik yoshdan oshsayam,
Araq, ishrat so’kinish Shunday bezor bo’ldim-ki,
Zirrilardim kesayam, Hapa bo’masdim agar
Javobimni bersayam, Ohirati ne bo’ladi?!
Endi Alloh biladi, Naqqoshligini tashab,
Sudxo’rlik ham qiladi.
Yalinaman yoshmassiz, Namoz o’qing dadasi,
Jon omonat, o’lim haq, Desam qotar ensasi.
Bu odamni tek qo’ysam, Endi shundoq o’tadi,
Agar bir gap bo’lsayam, Naq do’zaxga ketadi.
Voy-voy Xudo saqlasin, Qo’rqitaman do’zaxdan
Parvoyi palak bir kun Gap boshladim, Jannatdan
Dedim daryosida may, Tubida laal durlar bor,
Dadasi-chii Jannatda, O’n besh yoshli hurler bor
Qomatlari kelishgan, Harirdir ko’ylaklari
Ko’rinib turar shundoq, Boldirin iliklari
Biqinlari tasmaday, Semizmas manga o’xshab
Rohat qilasiz nafis, Barmoqlarini ushab
Ko’zlaringiz qamashar badanining nuriga,
Faqat pok erkak loyiq, Jannatning bu huriga
Dediyu erimning lovilladi yuzlari,
O’sha hurni ko’rganday dedi yonib ko’zlari
O’ylabmanki Jannatda meva-cheva bor holos,
Unga qanday kiradi o’rgatib qo’y iltimos"¦
Dedim ichishni tashab, halol hunar kasb qiling
Hulqingiz bo’lsin go’zal sudho’rlikni bas qiling.
Alloh deb do’st bo’lasi ilm, hunar, san’atga
Poklik-u iymon bilan kiriladi Jannatga
Dedi: "œHurdan rashk qilib, hurpaydimi pating?!"
Dedim: "œming bor roziman, iloyo qo’sha qaring"
Tongda mani uyg’atdi yuzi to’la nur bilan,
Bir qo’lida joynamoz, bir qo’lida gul bilan
Dedim: "œhay nima bo’ldi, nega tegdiz gulimga?!"
Dedi: "œilinib ketdim, Jannatdagi hurimga"
Alloh, Alloh qoyilman dedim ko’ksimga urib,
Shu ergayam bir gapni bo’lar ekan uqtirib,
Tutagan shamchiroqqa quygan kabi moyini
Voy-voy shu qaysarniyam topdim nozik joyini
Boshladi yangi hayot, chizdi go’zal naqshlar,
Hatto chet eldan kelib, sotib olar muhlislar
Yashar qalbi jismi pok, el-yurtini sevadi
Vaqt topib ba’zan hatto tennis o’ynab keladi.
Endi bizning mavlono manga qilar nasihabt
Har so’zida yuz ma’no, har ishida yuz hikmat
Undan bezor bo’lgandim, kulsangiz ham aytaman,
Bugun uni shu yoshda sevib qoldim qaytadan,
Hatto o’sha hurlardan rashk qilib qoldim andak,
Jannat eshigidan ham mo’ralab tursam kerak,
Darvozasiga yozib qo’yaman shu she’rimni,
Ey Jannatning hurlari hapa qimang erimni"¦
Sizga loyiq qilguncha araqho’r bu kishimni,
Yerdan terib olganman, singan qancha tishimni
Yorildi qancha kursi, qancha eshik oynaklar,
Uchib o’tgan boshimdan qancha likop choynaklar.
Mehnatini man ko’rdim, oqdi qancha ko’z-yoshim
Rohatini siz ko’ring Jannatdagi kundoshim
Erim qayta yosharib yoningizga kirgan dam,
Duo qilib qo’ying bir, Marhabo sho’rlikni ham
Siz haqda bir eshitgan erkak holi shu bo’sa,
Nima bo’lar ekan-a, o’zingizni bir ko’rsa?!...
Manba: Marhabo Karimova bo'lsalar kerak aniq bilmayman