Islomiy she'riyat  ( 448921 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 89 B


Munira xonim  21 Aprel 2007, 17:32:41

Har on, haq daqiqa bilsang xatardir,
Tiriklik o'limga qarab safardir.
Qo'shnim o'ldi deya bo'lma xotirjam,
Qo'shningni o'limi senga xabardir.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Aprel 2007, 17:34:28

Badbaxtlikni baxt deb bilibman,
Naq do'zaxni taht deb bilibman.
Kechir Robbim! Gunohli damni,
Saodatli vaqt deb bilibman.

Qayd etilgan


Muzayyana  19 May 2007, 12:46:04

Umr ajoyibdir Islomla o'tsa,
O'lin ajoyibdir Iymonla o'tsa.
Yanada go'zal bo'lur jumang agar,
Toatla, xayrla, duola o'tsa!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  21 May 2007, 10:40:34

Assalamu alaykum. Bu she'rni bir birodarimiz yozgan. Bu ba'zi shoirlarimizni she'rlariga o'hshab juda go'zal emasdir,lekin bir farzandning onasiga bo'lgan mehri va armonlari tarannum qilingan. Zero bu she'r muallifi shoirlikni da'vo qilmaydi. SHuning uchun ba'zi qofiyalari kelishmagan joylari uchun uzr so'raymiz. Buni o'qigan har bir birodarimiz bizga g'animat bo'lgan ota-onalarimizni qadriga yanada ko'proq yetadi, degan umiddaman.

Armon.

Mehr beray onaman deb,
O'g'il qizga parvonaman deb,
Tunlar mijja qoqmadim,
Hatto erimga yoqmadim.
Uyqusiz o'tgan tunlaim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Onamga sarfladim necha kun,
Onam uchun uxlamadim necha tun,
Ne-ne bahonalar aytganman,
Shoshib borib, shoshib qaytganman,
Onajon sizni o'yladim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

O'g'lim suyuk farzandim,
To'ng'ich qiz asal qandim,
Kichiklarim arzandam,
Deb erkalab to'ymadim,
Erkalay oldim sizni qancha,
O'ylasam armonim ancha.

O'ylab ko'rsam tanamga,
Bahosi yo'q onamga,
Munisim, parvonamga,
Topoldimmi loyiq so'z,
Arzirdi she'r yozsam qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Zeb barmasam ham o'zimga,
Mehrim jo qilib har so'zimga,
Asl taom o'g'lim yolg'izimga,
Asl kiyim asal qizimga,
Deb yugurdim yeldim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Rango - rang atlas qizimga,
Top-top kimzob adras qizimga,
Eng asili kelin yolg'izimga,
Savol beray avval o'zimga,
Sizga ravo ko'rganim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Hashamatli to'ylar qilganda,
O'g'il qizga shoyi shirmoy deganda,
Yuzni kiyib, yuzni yeganda,
Har kuni hayr ehson berganda,
Ko'nglingiz ololgan kunim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Koshonalar qurdim bolamga deb,
Jonim sadqa gulu lolamga deb,
Umrim fido jondan aziz bolamga deb,
Nima qildim shu g'animat onamga deb,
Mehringiz qaytardim qancha,
O'ylasam armonim ancha...



Qayd etilgan


Munira xonim  21 May 2007, 10:50:12

...Dasta gullar kelin bilan kuyovga,
Izzat ikrom quda bo'lmish birovga.
Duo qilsin avval qaynonam,
Hafa bo'lmas ahir o'z onam,
Deya sizni unutdim ancha,
O'ylasam armonim ancha.

O'zi qolib bolasin boqdim,
Xizmat bilan kelinga yoqdim,
Dil porayu jilmayib boqdim,
Pushaymonman behad tutoqdim,
Xizmatingiz qiloldim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Xolim aytib, xolingizni so'rdimmi,
Kunu tun hizmatingizda turdimmi,
Nabiramdan sizni ortiq ko'rdimmi,
Yo,Rab, shunday noshud bo'ldimmi,
Onajon qadringiz bilmadim ancha,
O'ylasam armonim ancha.

Qizlargaku duru marjonim,
O'g'il uchun bog'u bo'stonim,
Yorga deya ko'ngil gulistonim,
Fido bo'ldi ming bitta jonim,
Rozi bo'ling mendan jannatmakonim,
Sizga fido qilganim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Azaldan birov brib birov olarkan,
Faqat ona mehr bera olarkan,
Bola faqat mehr olarkan,
Mehr berdim onamga qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Kim qancha suysa suysin bolasin,
Avval suyib rozi qilsin onasin,
Onadan afzal bilsa kim bolasin,
Qiyomat Kun Haq eshitmas nolasin,
Onajon sizni suyoldim qancha,
O'ylasam armonim ancha.

Hayolimda yuring onajon,
Tushlarimga kiring onajon,
Sizni rozi qilmoq uchun,
Mahshar oq yuz bo'lmoq uchun,
Savob ish qilay qancha,
O'ylasam armonim ancha...

Qayd etilgan


Munira xonim  21 May 2007, 10:56:16

*  *  *

Qaniydi qo'rqmasam sovuq o'limdan,
Balolar chiqmasa goho yo'limdan,
Qur'onni qo'ymasam aslo qo'limdan,
Mendayin bahtiyor bo'lmasdi hech kim.

Yashasam hayotdan ko'nglim to'lsaydi,
To'g'ri deb yurganim to'g'ri bo'lsaydi,
O'zim o'lmay turib nafsim o'lsaydi,
Mendayin bahtiyor bo'lmasdi hech kim.

Namozni o'qiyman lek ko'ngil xira,
Orzuda goh uzuk goh tilla zira,
Berilmasam hoyu hashamga sira,
Mendayin bahtiyor bo'lmasdi hech kim.

Hamisha Allohning halili bo'lsam,
Ilohiy ilmdan nurlarga to'lsam,
Haqning jamolini bir bora ko'rsam,
Mendayin bahtiyor bo'lmasdi hech kim.

Qaniydi qo'rqmasam sovuq o'limdan,
Faqat ezgu ishlar kelsa qo'limdan,
Yahshilar qo'llasa o'ngu so'limdan,
Mendayin bahtiyor bo'lmasdi hech kim.

Qayd etilgan


Munira xonim  21 May 2007, 11:02:51

*  *  *

Oldimda hayotdek ulkan imtihon,
Aslida bu jismim tuproq bir siqim,
Qaniydi mukammal bo'lolsa iymon,
Jannatni sog'inib yashaydi ruhim.

Ikki dunyosi ham obod begumon,
Allohning rizosin topsa kimda kim,
Menga sinovlaring O'zing qil oson,
Rahmatni sog;inib yashaydi ruhim.

Diydoring ko'rishni istasam har on,
Tiqilar bog'zimga sog'inch ham yig'im,
Kavsarga yetkazgin chanqadim chunon,
Sharbatni sog'inib yashaydi ruhim.

To'g'ri so'z Payg'ambar Muhammad s.a.v. bilan,
Suhbatni sog'inib yashaydi ruhim...


Qayd etilgan


Muzayyana  21 May 2007, 14:24:07

Ollox seni bandam dedi,
Labbayka deb bergil javob.
Tong saxarda sevinch ila,
Namozga tur bergay savob!!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 May 2007, 09:11:44

Anglash

Dilimga xush kalom solding: "œLa ilaha illalloh",
Ham tanidim o‘z qulingni: "œMuhammadur rasululloh".

Yo‘q edim-ku, bunyod etding, mehring ila paydo qilding,
Shukur, deyman, yana menga pok lafzlar berding Alloh: 

Yo‘lda edim, ko‘rishganlar, so‘rdilarkim asling nedur?
Javob berdim: onam Havvo, padarimdir Odam ATO!

Shundoq deya asta-asta anglayapman vujudimni,
Yana bildim ilk payg‘ambar ¬ Odam ul Safiyulloh.

"œFaqat Uni bilinglar, adolatda yuringlar" ¬
Deya payg‘om keltirdi, duoguy Nuh Nabiyulloh.

Ummati ilhaq doim, orzu bitmas to Qoyim,
Habib pok iymonliga Xizru Ilyos ¬ Hikmatulloh.

Farzandingdan bo‘lgil judo, deya amr etdi Xudo,
Faqat Haqqa talpinmoqqa o‘rgatdi ul Xalilulloh.

To‘rt tomonga boqib nolon, Sarvariga bo‘ldi hayron,
Bu holatdan ko‘ngli shodon, ay, Muso, ay, Kalimulloh.

Jafo ko‘rgan, jabr ko‘rgan, Iso edi sabr qilgan,
Oqibatda ko‘r qavmidan ko‘kka ketdi ul Ruhulloh.

Yigirmayu yana uch yil, g‘amlar yutgan bul kishi bil:
Haqqa yetib do‘st tutingan yo Muhammad Habibulloh.

Havas qilar sizga bugun, jami dunyo, ahli mo‘min,
Payg‘ambarim avaylagan yuz sahoba ¬ yuzta ogoh!

Qora edi ko‘rinishi, toat bo‘ldi har yumushi,
Yeru osmon zir titradi, Bilol aytgach: "œUlug‘ ALLOH:"

Ham diliga, ham diniga Hamza edi mudom sodiq,
Shahid ketgan jigariga dedi, Rasul: "œoh, Sayfulloh!"

Hazrat Ali, Hazrat Usmon, xalifatur ar-Rahmon,
Abu Bakr Siddiqiga Umar yo‘ldosh ¬ Asadulloh.

Sanayversak xislatlarin, adosi yo‘q bu zotlarning,
Fazilati qo‘llar bizni, gar adashsak, Yo‘lda nogoh.

Ulug‘larning ruhi poki, ko‘rgil endi aziz xoki,
Shu tufayli bir ilinj, qalbga ko‘chdi banogoh:

"œHar bandangning dilida, har kunida tunida,
Ezgu ishiga hamroh, bo‘lsa agar "œBismilloh!"

Balki Ro‘zi qiyomat, kafil bo‘lib ibodat,
Barchamizdan shafqatin darig‘ tutmagay Alloh.

Yana shuni so‘rayman, ijobatin ko‘ray man,
Vido chog‘i nasib et: "œLa ilaha illalloh!.."

Maqsud JONIXONOV

Qayd etilgan


Munira xonim  25 May 2007, 15:06:52

* * *

Odam o'g'li, gar o'zingga ikki jahon,
Dorul-omon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.
Tirik joning nafas olgan har bir zamon,
Nurli zamon bo'lsin desang Qur'on o'qi.

Qur'on nurdir, zamiringni yoritgaydir,
Rahmat, shifo, dardlaringni aritgaydir,
Rabbim Alloh O'zin go'zal tanitgaydir,
Umrim irfon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.

Halol-harom, haq va botil unda ayon,
Va'da - va'id - xabarlardir yahshi yomon,
Ikki jahon farqin ravon etmish bayon,
Qalbim furqon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.

Qiyomat kun jonlar titraganda,
Iymonsizlar najot topmay qaqshaganda,
Iymon ahli qo'rg'on ichra yashaganda,
Tegram qo'rg'on bo'lsin desang Qur'on o'qi.

Ey, olamga ko'ngli ochiq manzurlarim,
Dardu g'ami rahmatlarga arzirlarim,
Dunyom obod, ham oxirat manzillarim,
Ravhu rayhon bo'lsin, desang Qur'on o'qi.

Kimki Qur'on o'quvchidir, azob bo'lmas,
Yana Qur'on o'rgatganga hisob bo'lmas,
Ma'no bilgan zotga parda hijob bo'lmas,
Vasli ayon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.

O'tdi necha Haq kalomin ho'rlaganlar,
Qur'on istab, ohi ko'kka o'rlaganlar,
Ey, siz mudhish zulmlarni ko'rmaganlar,
Yurtim omon bo'lsin desang Qur'on o'qi.

Qur'on, hikmat - Haqning fazlu atosidir,
Ka'ba bunyod etgan Halil duosidir,
To Qiyomat Haq Rasulni nidosidir,
Iymon omon bo'lsin desang, Qur'on o'qi.

Mirzo, besh kun bu dunyoning zahmati bor,
Rabbim Alloh, shafoatgoh Ahmadi bor,
Baski, Haqning g'azabi ham Rahmati bor,
Ma'vom rizvon bo'lsin, desang Qur'on o'qi...

Mirzo Kenjabek.

Qayd etilgan