Shohista Kamol qizi. Muhammad alayhissallomning bolalik va yoshliklari  ( 48322 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:14:18

Hazrati Omina Makkaga qaytayotganida Abvo degan qishloqda xastalanib yotib qoladi. Xasta volidasi atrofida olti yoshli Muhammad parvonadek gir aylanadi. Onasi joni uzilayotganini payqab,  o‘g‘lini yoniga chaqirdi va: “Tug‘ilgan har jonzot o‘lajak, har yangi narsa eskirajak, men ham o‘laman. Ammo bundan g‘am chekmayman. Chunki pok, durust , nomi abadiy qoladigan farzand qoldirmoqdaman”, dedi, so‘ngra ko‘zlari yumildi.

Abu Nuaymning rivoyat qilishicha, Rasulullohning volidai muhtaramalari hayotining so‘nggi damlarida shunday so‘zlarni aytadi:

– Ey o‘g‘lim, Allohning barakoti sendadir. Sen shunday farzandsanki, Allohning inoyati bilan yomonlikdan xalos bo‘lgansan. Ey o‘g‘lim, agar tushimda ko‘rganlarim rost bo‘lsa, sen jalol va ikrom sohibi Alloh tomonidan Odam farzandlariga halol va haromni ajrata olishni o‘rgatish uchun payg‘ambar sifatida jo‘natilgansan. Sen Islomni - bobong Ibrohimning dinini tiklash uchun yuborilgansan. O’g‘lim, har tug‘ilgan jonzot o‘lajak, har yangi narsa eskirajak. Men ham bu dunyoni tark etaman. Dunyoga sen kabi solih, durust farzand qoldirayotganimdan baxtliman.

So‘ng ko‘zlarini bu foniy dunyoga yumadilar. Hazrati Ominaning xoki Abvo qishlog‘ining qumli tuprog‘iga qo‘yiladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:15:11

Yillar o‘tib Rasululloh bir kuni sahobalari bilan shu yo‘ldan ketayotgan edi. Bolaligi, onasini xotirlagan Rasululloh sahobalaridan ajralib bir uyum tosh oldida ko‘zyosh to‘kdilar. Rasulullohning iztirobidan mutaassir bo‘lgan sahobalar so‘rashdi:

“Ey Rasululloh, bu joy kimga tegishli?” Rasululloh bu qabr volidai muhtaramalari Ominaga tegishli ekanligini aytganlarida ular ham yig‘lashdi.

Rasulullohning yetimlik hayoti haqida Qur’oni karimda keladi:
“Alam yajidka yatiman fa ava”
“(Ey Muhammad alayhissalom, Parvardigoringiz) Sizni yetim holda topgach, boshpana bermadimi?”, (Vaz-zuha surasi, 6-oyat).

Abdulmuttalib Rasulullohni juda qattiq yaxshi ko‘rardi. Har kuni asr vaqtida U zot uchun bir gilam yozilib, u yerda Abdulmuttalib o‘g‘illari bilan o‘tirar edi. O’g‘illari otasining o‘rniga borib o‘tirishga botina olmas edi. Bir kuni yetti yashar Muhammad bobosining joyiga o‘tirdi. Amakilari uni turg‘izmoqchi bo‘ldi, biroq Abdulmuttalib ularni to‘xtatdi: “Yo‘q, unga tegmanglar, bir kun kelib u yuksak mavqe sohibi bo‘ladi”, dedi. Nevarasini yoniga o‘tqazib yelkasini siladi. Abdulmuttalib uning har bir harakatini xush ko‘rar, ranjitmas edi. Nevarasiga bo‘lgan ishonchi va umidi baland edi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:17:04

Bir kuni Abdulmuttalibning juda yaxshi ko‘radigan tuyasi yo‘qolib qoldi. Bobosi uni topishni yetti yashar Muhammadga topshirdi. Chunki nevarasi har ishning uddasidan chiqishini yaxshi bilardi. Kattalar topa olmagan tuyani kichik Muhammad topib, bobosiga topshirganda, Abdulmuttalibning sevinchdan ko‘zlari yoshlandi, nevarasini qattiq bag‘riga bosib erkaladi.

Milodiy 577 yil edi. Ikki yildan buyon yomg‘ir yog‘magan, Makka qurg‘oqchilik iskanjasida qolgan edi. Hayvonlar ahvoli tang, ekinzorlar harob xolga kelgan edi. Abdulmuttalib va o‘g‘li Abu Tolib yetti yashar Muhammad bilan Qubays tog‘iga yo‘l olishdi. Butun quraysh ahli ularni kuzatib turardi. Abdulmuttalib qiblaga yuzlanib, Muhammadni (s.a.v) osmonga ko‘tardi: “Yo Rab, mana shu bola haqqi bizlarga yomg‘ir ehson et”, deya yomg‘ir so‘radi (duo qildi). Butun Makka ahli uning gapini takrorladi. Biroz o‘tgach, osmon gumburlab, shiddatli yomg‘ir yog‘a boshladi. Makka ahli behad sevindi. Bu voqea haqida Abu Tolib o‘zining “La minya” nomli qasidasida shunday deydi: “Va abyadi yustasg‘al g‘ommamu bi vajhi Muhammadin – Muhammad (s.a.v.) shunday karimki, porloq va muborak chehrasi hurmatiga Allohdan yomg‘ir so‘ralgan edi, yomg‘irlar yog‘di”.

Abdulmuttalibni uyqusidan Muhammaddan (s.a.v.) boshqa hech kim uyg‘otishga jazm qila olmas edi. Bobosi uyiga kirib ketsa, undan boshqa kishi oldiga kira olmasdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:19:17

Muhammad alayhissalom sakkiz yoshga to‘lganda bobosidan ajraldi. U Abdulmuttalib bilan ikki yil birga yashadi. Abdulmuttalib vafot etgan paytda 82 yoshda edi. U o‘limidan oldin o‘g‘il-qizlarini yoniga  chorladi va bu dunyoda ortiq nasibasi qolmaganini, suyukli nevarasini barchasiga omonat qilib qoldirayotganini aytdi. “Barchangiz uni tarbiya va himoya qiling”, dedi. Shunda ba’zi farzandlari bu vazifani yolg‘iz o‘zlari bo‘yinlariga olishi mumkinligini aytdi. Abu Lahab, Abbos va Abu Toliblar bunga da’vogar edilar. Abu Lahab boy, ammo marhamati kam edi. Abbosning esa bola-chaqasi ko‘p. Eng munosib g‘amxo‘r Abu Tolib ekanligi ochiq ko‘rinib turardi. Shunday bo‘lsa-da, bobo nevarasining o‘zidan so‘rashni lozim topdi. Unga qarab: “Ey ko‘zimning oqu qorasi, men bu dunyoga ko‘z yumib ketmoqdaman. Bundan buyon amakilaringdan biri sening himoyaching bo‘ladi. Ulardan kimni ko‘proq yaxshi ko‘rasan?”, dedi. Bola yugurib borib Abu Tolibni quchoqladi.

Abdulmuttalib o‘g‘li Abu Tolibga yuzlanib:
– Ey Abu Tolib, bu bola ota-ona mehrini ko‘rmadi. Shu sabab unga g‘amxo‘rlik qilishni, mehr-muruvvat ko‘rsatishni senga topshiraman. Sen unga boshqalardan ko‘ra yaqinroqsan. Ining Abdulloh hurmati uni ko‘z qorachig‘ingday asragin, – dedi va jon taslim qildi.       

Abdulmuttalib Hojun qabristoniga dafn etildi. Uni so‘nggi manzilga ko‘zlarida yosh bilan kichik Muhammad ham kuzatib qo‘ydi. Bir necha yillar o‘tgach, sahobalari Rasulullohdan bu voqeani xotirlaysizmi deb so‘rashganda: “Ha”, deb javob berdilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:21:05

Muhammad alayhissalomning amakisi Abu Tolib uyida kechgan davr 578-595 yillarga to‘g‘ri keladi. Abu Tolib aqlli, olijanob odam edi.  Butun Quraysh qabilasi unga hurmat ko‘rsatar, e’zozlardi. Farzandlari ko‘p bo‘lgan Abu Tolib faqirona umr kechirardi. Jiyanini barcha farzandlaridan ustun ko‘rar, undan hech qachon ajralmas edi. O’zi nima yesa jiyaniga ham yedirar, nima ichsa, unga ham ichirar, nima kiysa, unga ham kiydirardi.

Rasululloh o‘n ikki yoshga to‘ldi. Bu paytda Abu Tolib Shom safariga otlanayotgan edi. Ammo uni bir narsa o‘yga toldirdi. Jiyani Muhammadni olib ketsinmi yoki qoldirsinmi? Olib ketay desa, u hali yosh, uzoq safarga bardosh bera olmaydi. Ustiga ustak yo‘l juda og‘ir, mashaqqatli. Olib ketmay desa, undan ajralgisi kelmaydi ham Muhammadning iltijoli ko‘zlariga chidab turish qiyin. Shunda Muhammad (s.a.v.) tuyaning yoliga yopishdi: “Ey amaki, meni bu yerda kimga tashlab ketmoqdasiz? Mening na onam, na otam va na mehribon kishim bor”, dedi yolborib. Abu Tolib ortiq chidab tura olmadi. Karvondagilarning qarshiligiga qaramay jiyanini olib yo‘lga chiqdi.

Muhammad alayhissalom amakisi bilan hadsiz-hududsiz qup-quruq cho‘lda ketib borishardi. Nafasni bo‘g‘uvchi jazirama issiqda birorta quduq ko‘zga tashlanmasdi. Karvon olov-olov yongan sahroda ilgarilarkan, bir bulut karvonni soyalatib borardi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 18:22:54

Nihoyat, karvon Shom viloyatining Busra tumaniga qarashli Abdul G’ays ibodatxonasi yaqinida to‘xtadi. Bu ibodatxonada Buhayra ismli mashhur xristian rohibi yashardi. Buhayra Injilni yaxshi o‘rgangan, dindor kishi edi. Ayniqsa, u oxir zamon payg‘ambari va unga xos alomatlar haqidagi xabarni quloqlariga quyib olgan edi.

Xizmatkorlari karvon kelayotgani daragini berishgach, Buhayra g‘aroyib sir-sinoatga ko‘zi tushdi. Yaqinlashayotgan karvon ustida bir bulut parchasi ham suzib kelardi.  Karvon to‘xtashi bilan bulutning ham muallaq turib qolganligi uning hayratini oshirdi. Karvon qo‘ngan daraxtzor ham yashillanib qolgan edi.

Buhayra xizmatkorlariga aytib, dasturxon yozdirdi,  butun karvonni ziyofatga chaqirtirdi. Ularni kuzatib o‘zi kutgan zotning yo‘qligini ko‘rdi. Abu Tolib Muhammad alayhissalomni daraxt yoniga tashlab kelgan edi. Buhayra bulutning hamon daraxt tepasida turganinin ko‘rib, karvonboshi Abu Tolibdan so‘radi.

– Odamlaringdan bu yerga tashrif buyurmagani qoldimi?
– Faqat bir bola qoldi, karvon yonida.
– Uni ham olib kelinglar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:29:07

— Bir kishi borib, o‘n ikki yoshli Muhammadni olib keldi. Buhayra muqaddas kitobda o‘qigan oxir zamon nabiysiga oid belgilarni bolada ko‘rdi. Ziyofatdan so‘ng Buhayra Muhammadni (s.a.v.) chaqirib, g‘oyat noziklik bilan so‘radi:

— Sendan bir narsa so‘rasam, Lot vaUzzaga bo‘lgan muhabbating haqqi to‘g‘ri javob berasanmi?

— Lot va Uzza uchun menga qasam ichirmang. Men sanam-butlardan juda qattiq nafratlanaman.

— U holda Alloh uchun haqiqatni ayt.

Buhayra unga bir qancha savollar berdi. Oxir zamon nabiysiga oid belgilarni ilg‘ab olgach, ikki yelkasi orasidagi muhri nubuvvatni ko‘rishni istadi. Nubuvvat muhrini ko‘rib, ko‘zlariga yosh oldi, uni yuz-ko‘ziga surdi.

Karvondagilar Buhayraning Muhammadga (s.a.v.) hurmatini ko‘rib, hayratlanishdi. Buhayra Muhammadning (s.a.v.) amakisi Abu Tolibdan so‘radi:

— Bu sharaf va saodat niholi kimdir?
— O’g‘lim bo‘ladi.
— Yo‘q, u yetim bo‘lishi kerak.
— Ha, u ukamning jigarporasi. Ota-onasi vafot etgan, hozir mening qaramog‘imda.

Buhayra bu gapni eshitib mamnun bo‘ldi va: "œYo Abu  Tolib, Shom yahudiylari uning sifatlari haqida bilishadi. Uni zinhor u yerga olib borma. Tanib qolishsa, unga qasd qilishlari mumkin. Sen yaxshisi molingni shu yerda, Busrada, sot", — dedi. Abu Tolib uch kun mobaynida mollarini sotib, uyiga qaytdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:29:28

* * *

Muhammad alayhissalom umri davomida hech qachon butga sig‘inmadi. Bir kuni hazrati Ali Rasulullohdan so‘radi: "œYo Rasululloh, bolalik chog‘ingizda hech butga ibodat qildingizmi?"

"œYo‘q! Aslo!" buyurdilar.

* * *

Bir kuni amakisi Abu Tolib kichik Muhammadni bir sanamga atab o‘tkazilayotgan qurbonlik marosimiga olib bormoqchi bo‘ldi. Bu marosim har yili o‘tkazilib, qurayshiylar kechga qadar sanamni tavof qilishardi. Muhammad (s.a.v.) u yerga aslo bormasligini aytdi. Birinchi marta jiyanidan jahli chiqqan Abu Tolib boshidagi qiyiqni unga qarab otdi:

— Men qo‘rqamanki, butlar senga biron ziyon-zahmat yetkazmasin!

Garchi amakisi majburan u yerga olib borgan bo‘lsa-da, Muhammad butga ibodat qilmadi. Ko‘zlariga malaklar ko‘rinib:

— Aslo unga yaqinlashma, sen unga yaqinlasha olmaysan, — deganlarini eshitdi. Bir chetda o‘tib marosimni kuzatib turdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:30:20

Bir kuni amakisi Abu Tolib bilan Zulhijor(savdo- sotiq yeri)ga borishdi. Abu Tolib juda chanqagan edi. Muhammadga (s.a.v.) qarab:

— Ey ukamning o‘g‘li, juda chanqadim,- dedi. Shunda Rasululoh muborak oyoqlari bilan qumni tepdi va "œShay’an", dedi. Shu payt u yerdan suv qaynab chiqdi. Buni ko‘rgan Abu Tolib hayratdan yoqa ushladi. Keyinchalik bu haqda shunday hikoya qiladi:

— Muborak oyoqlari bosilgan yerdan suv qaynab chiqqanini ko‘rdim. Bu suv misli ko‘rilmagan lazzatli edi. Qonib-qonib ichdim. So‘ng oyoqlarini takror qumga urdi, qum o‘z holiga qaytdi.

Zayniddin Dahloniy "œSiyratunnabaviyya" asarida aytadiki, Makka ahli suvsizlikdan qiynalgan edi. Abu Tolib kichik Muhammadning qo‘lidan tutib Ka’bai muazzamaga olib bordi. Muhammad (s.a.v.)  qo‘llarini ko‘kka ishora qilar-qilmas osmonni bulut qoplab, sharros yomg‘ir yog‘a boshladi. Vodiylar suvga to‘lib toshdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:31:16

Muhammad alayhissalom hech qachon ma’siyat joylarga bormadi. "œSayratul Xalabiy" kitobida keltirishicha, bir kuni Rasululloh yoshligida Makkaning bir mahallasidan o‘tayotib musiqa ovozini eshitadi. "œBu qanday ovoz?" deb so‘raydi. "œFalon odamning o‘g‘li falonchining qiziga uylanyapti, to‘y bo‘lyapti", deyishadi. Ichkariga kirgan Muhammadni (s.a.v.) uyqu elitadi. Shu tariqa Alloh taolo o‘z Rasulini yomon narsalarni ko‘rishdan saqlaydi.

MUHAMMAD ALAYHISSALOMGA

Sadrga shifodir Rasulning so‘zi,
Ko‘nglga safodir muborak yuzi.
Ikki dunyoda ham shafqatidan ayirma bizni,
Allohimning bizga ehsonisan sen.

Qayd etilgan