MUHAMMAD ALAYHISSALOMGA
Shifosiz dardimning darmoni senda,
Lutfinga muhtojman yo Rasululloh!
Zulmatdan xalosman farmoni senda,
Sendadir ilojim yo Rasululloh!
Mehnat bilan bukildi belim,
Ochmadi umrimda bir g‘uncha gulim.
Qaerga borsam ham bo‘sh chiqdi qo‘lim,
Karam sohibisan yo Rasululloh!
Qurbon bo‘lay, yoqma hijronda meni,
Al-omon tushirma husronga meni.
Himmat et, qovushtir g‘ufronga meni,
Shafoat qonisan yo Rasululloh!