Shohista Kamol qizi. Muhammad alayhissallomning bolalik va yoshliklari  ( 48243 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B



Muhammad Amin  04 Mart 2008, 17:46:38

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING DUNYOGA KELISHI

Rasululloh (s.a.v.) milodning 570 yili Fil voqeasidan 50 kun avval adolatpesha Eron shohi No‘shirovon hukmronligining 40 yilida Rabiul avval oyining 12 kuni dushanba tongi otmasdan Shaab ibni Hoshimning xonadonida tug‘ilganlar. Onasining ismi Omina edi.

Garchi  ba’zi tarixchi olimlar Rasululloh (s.a.v.) tug‘ilgan sanani 8 aprel 571 milodiy deb ko‘rsatishsa-da, ul zotning tavalludlari 570 milodiy ekani haqiqatdir.

“Tarixi Tabariy”da Rasulullohning (s.a.v.) tavalludi No‘shiravon saltanatining 42 yiliga to‘g‘ri kelishi aytiladi. No‘shiravon milodiy 530 da taxtga chiqib, 579 yilda vafot etganligi tarixdan ma’lum. Demak, No‘shiravon vafot etganida Rasululloh (s.a.v.) 9 yoshlarida bo‘lganlar.

Misrlik Hay’atshunosiy Rasululloh (s.a.v.) tug‘ilgan sana Rabiul avval oyining 12 kuni emas, 8 kuni ekanini aytadi. Albatta, bu hisob barchaga ma’lum  haqiqatga mos kelmaydi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 17:48:24

Rasululloh (s.a.v.) dunyoga kelgan uy Makkada ancha taniqli bo‘lgan Shaab ibni Hoshimning xonadoni edi. Keyinchalik Rasululloh (s.a.v.) bu uyni amakivachchasi Ukaylga beradi. Ukayl avlodlari bu uyni hijratning 100 yilida ibni Yusufga sotishadi. O’sha paytlarda bu joy ibni Yusuf saroyi, ko‘cha esa Mavlud ko‘chasi deb nomlanar edi. Xorun ar-Rashid zamonida Makkaga borgan Zubayda Xotun uyni sotib oladi va bu muborak joyda masjid qurdiradi. Biroq afsuski, vahhobiychilik siyosati bunga qarshi turib, masjidni buzdirishdi.

Rasulullohning (s.a.v.) padari buzrukvorlari milodning 545 yili dunyoga kelganlar. Qurayshiylar sardori Abdulmuttalibning o‘ninchi va kenja farzandi edilar. Abdulmuttalib o‘g‘li Abdullohni 569 yilda Bani Zuhra qabilasi oqsoqoli Vahhobning qizi Ominaga uylantiradi.

Hazrati Omina nasl va nasabga ko‘ra Quraysh qizlari orasida eng donosi hamda eng go‘zali edilar. Hazrati Omina homilador bo‘lgach, Abdulloh tijorat maqsadida Suriyaga yo‘l oladi. Madinaga qaytayotganda xastalanadi va 25 yoshida, Rasululloh (s.a.v.) tug‘ilishidan ikki oy avval Madinada omonatini topshiradi. Shu tariqa Rasululloh (s.a.v.) ona qornidayoq yetim bo‘lib qoladi. Otasi Abdullohdan meros bo‘lib bir nechta qo‘y, tuya, 9000 qurush pul hamda Ummu Ayman ismli bir qul qoladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 17:49:57

Bobosi Abdulmuttalib Rasululloh (s.a.v.) tug‘ilmasdan avval bir tush ko‘radi va qattiq hayajon bilan uyg‘onadi. Tush quyidagicha edi:

Tushida belidan oppoq bir zanjir ajralib chiqadi. Zanjirning to‘rtta uchi bo‘lib biri ko‘kka, biri yerga, biri mag‘ribga va yana biri mashriqqa cho‘zilgan edi. Shu payt zanjir ustida turli mevalarga g‘arq pishgan bir daraxt qad ko‘taradi. Daraxt ostida esa ikki nuroniy zot tik turishardi. Abdulmuttalib ularning kim ekanligini so‘raydi. Yonida turgan kishi ulardan biri Nuh alayhissalom, yana biri esa Ibrohim alayhissalom ekanini aytadi. Va unga qarab shunday deydi: “Bu og‘och sening ajdodingdan paydo bo‘ldi, uning butoqlari sening avlodlaring bo‘ladi”. Abdulmuttalib tush ta’birini bir kohindan so‘raydi. Kohin shunday deydi:

– Ey, Abdulmuttalib, sening zurriyodingdan shunday bir zot tug‘uladiki, uning hukmi sharqda, g‘arbda, yerda va ko‘kda joriy bo‘ladi. Uning dini Ibrohim alayhissalom dini asosiga qurilib, oxiratga qadar davom etadi.

Abdulmuttalib bundan juda sevindi. Tush amalga oshdi.

Hazrati Omina aytadiki:
– To‘lg‘oq paytida barcha ayollarda bo‘ladigan og‘riq mening vujudimni tark etgan edi. Bir kun avval tush ko‘rdim. Tushimda bir kishi: “Ey yo Omina, sen buyuk Rasulga homiladorsan. Bola tug‘ilgach unga Muhammad deb ism qo‘y”, – dedi. Bu ovozdan asablarim titrab ketdi. Tug‘ish payti yaqinlashgach, ovoz qulog‘im ostida yana jarangladi. Qo‘rqib ketdim. Shu payt uyga shiddatli nur yog‘ilib kirdi, qattiq shovqin eshitildi. Butun vujudim titrab turgan paytda bir oqqush kirib, qanotlari bilan yelkamni siladi. Shu onda ichimdagi qo‘rquv yo‘qoldi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 17:50:47

Chanqagan edi. Biroq bir piyola suv tutqazadigan odam yo‘q edi. Shunda bir kishi kelib qo‘limga bir kosada sut kabi oppoq, boldan-da totli sharbat tutqazdi. Sharbatni ichgach, vujudimdagi harorat o‘rnini nur egalladi. Shu payt Muhammad dunyoga keldi. Yotog‘im atrofida uzun bo‘yli, nihoyat darajada go‘zal, muloyim qizlar meni tabriklashardi.

Abdulmuttalib ertalabga yaqin Masjidi Haramda ibodat bilan mashg‘ul edi. G’oyibdan bir sado buyuk Rasulning dunyoga kelganlari xabarini bildirdi.

Rasululloh (s.a.v.) sunnatli tug‘ilgan edi. Orqasidagi ikki kuraklari orasida nubuvvat muhri bor edi. Unda: “Tabahbah ya Muhammad anta xaysurun tavajjah xaysu shi’ta fainnaka mansurun la ilaha illalloh Muhammadan rasululloh” (“Farahlan, ey Muhammad, sen buyuk arslon kabisan. Tavajjuh qilgan yeringda Allohdan hamisha ko‘mak bor. Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad Uning rasulidir”).

Tavrotning beshinchi safarida buyuk Rasulning tug‘ilishi haqida naql qilinadi. Bu mujdada Rasulullohning (s.a.v.) Ibrohim alayhissalom sulubidan kelishi, Muso alayhissalom kabi buyuk shariat olib kelishi aytiladi. Xristianlar bu naql Iyso alayhissalomga oid ekanligini uqdirishadi. Holbuki, Iyso alayhissalom Muso alayhissalom kabi buyuk shariat vujudga keltirmagan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 17:51:43

Matta injilining 17 fikrasida: “Men Musoning shariatini tabdil etmoq uchun kelmadim”, deb xristianlar iddaosi puch ekanligini isbotlaydi. 

Ibrohim alayhisalom avlodidan bo‘lgan haqiqiy shariat sohibi shubhasiz Muhammad alayhissalomdir.

Injildagi “paraglid” so‘zi Muhammad alayhissalomga oiddir. Kitobda bu xususda shunday deyiladi: “Paraglid kelgan paytda mening nubuvvatimga shahodat keltiradi”. Qur’oni Karimning Saf surasi 6-oyati karimasida: “Vaizqala Iysabnu Maryama ya bani Isroila innaiy rasulullohi ilaykum musaddiqon lima bayna yadayya minattavroti va mubashshiran bi rosulin ya’ttiymin ba’dismuhuahmad”.

(Eslang, Iyso binni Maryam: “Ey, bani Isroil, albatta, men Allohning sizlarga (yuborgan) payg‘ambaridirman. (Men) o‘zimdan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchi va o‘zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir payg‘ambar haqida xushxabar berguvchi holda (yuborildim)”, degan edi.

“Paraglid” so‘zini Ahmad deb tarjima qilishadi va bu Qur’on haqiqatiga muvofiq keladi. Injilning arabcha nusxalarida ham paraglid so‘zi o‘rniga Ahmad ismi ishlatilgan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 17:52:40

MUHAMMAD ALAYHISSALOMGA
 
O’n to‘rt asr avval xuddi shunday bir tun edi,
Loydan o‘n to‘rt kunlik oy kabi bir yetim chiqib keldi.
Lekin u na xusron edi, sezmadi ko‘zlar
Holbuki, yillardir kutishar edi.
Qaerdan ham ko‘rishsin ko‘rolmasdilar,
Sabab, zuhur topgan yeri bir cho‘l edi.
Zalolatga botgandi bu dunyo.
Buhronda edilar, bu kundan-da badtar,
Sirtlonlarni ortda qoldirishgan edi yirtqichlikda,
Birining tishi yo‘qmi – u osh edi boshqalarga.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 17:53:30

MUHAMMAD ALAYHISSALOM DUNYOGA KELGAN KECHADA ZUHUR ETGAN G’AROYIBOTLAR

O’sha kuni qurayshlar o‘zlari sig‘inadigan sanam sharafiga ziyofat uyushtirishgan edi. Ziyofat davomida but uch marta yerga quladi. Ertalabga yaqin Ka’ba atrofidagi 360 butning yiqilgani ma’lum bo‘ldi. Bu botilning yo‘qolishi, haqiqatning esa qoim bo‘lishiga bir ishora edi. Chunki o‘sha kuni hali tong otmasdan nubuvvat quyoshi chiqib ulgurgan edi.

O’sha tunda Eronda Shapur tomonidan bino qilingan mashhur Ayvoniy ibodatxonasining o‘n to‘rtta ustuni yiqildi. Olimlar bu yerda o‘n to‘rt hukmdordan so‘ng Islom quyoshi balqishini bashorat qilishdi. Haqiqatan ham shunday bo‘ldi. Muhammad alayhissalom tug‘ilgandan Eron musulmonlar tomonidan istilo qilinguniga qadar o‘n to‘rt podshoh Fors saltanatni boshqardi.

Yana o‘sha kecha ming yildan buyon o‘chmay kelayotgan majusiylar olovi so‘ndi. Bu shirk va botilning so‘nishiga ishora edi.

Yana o‘sha kechada Hamadon va Ray orasidagi Sava ko‘li o‘z-o‘zidan quridi. Xalq bu muhim bir hodisaning boshlang‘ichi ekanini his etib, sanani qayd qilib qo‘yishdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 17:54:10

Eronda vujudga kelgan bu uch favqulodda holat shohni iztirobga soldi. U majusiylar ulug‘ini yoniga chorlab, bularning hikmatini so‘radi. Oqsoqol shohga:

– Men ham o‘sha tunda bir tush ko‘rdim. Tushimda sarkash arab tuyalari va otlari Dajladan kechib, Eron sarhadlariga kirishar edi, – dedi.

Shoh No‘shiravon hayratga tushdi, andisha va iztirobda qoldi. Oqsoqoldan maslahat so‘radi. U: “Arabistonda bu kecha favqulodda bir holat sodir bo‘lsa kerak”, dedi. No‘shiravonga bu holni to‘liq ta’bir qila oladigan odam zarur edi. Nihoyat Iroq qabilalariga murojaat etib, Nu’mon ibn Munzirdan bir kohin jo‘natishni iltimos qildi. Xayra hukmdori kohin Abdulmasihni Eronga yubordi. No‘shiravon bo‘lib o‘tgan hodisalardan kohinni xabardor qildi. Abdulmasih masalaning juda chigal ekanini, buni o‘zi hal qila olmasligini, ammo tog‘asi Sotih bunga ta’bir topa olishi mumkinligini aytdi. O’zi uzr so‘radi. Shoh Abdulmasihni shu masala bo‘yicha Shomga – Sotihning huzuriga yubordi.

Sotih yamanlik bo‘lib, kelajak haqidagi bashoratlari bilan shuhrat qozongan, o‘zi keksayib umrining so‘nggi kunlarini yashamoqda edi. Abdulmasih borganda Sotih to‘shakda behush yotardi. Javobsiz qaytishdan qo‘rqqan Abdulmasih tog‘asiga qarab, uni madh etuvchi ushbu she’rni aytdi: 

– Yaman diyorining kattasi soqov yo karmi? Yo bo‘lmasa, o‘zi o‘lgan-da, ruhi osmonga uchib ketganmi?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  04 Mart 2008, 17:54:55

Sotihning ko‘zlari ochildi, lablari zo‘rg‘a qimirlab:
– Abdulmasih tuyasiga minib Sotihning oldiga keldi, biroq, Sotih qabrga kirish arafasida. Ey Abdulmasih, seni Eron shohi saroyining yiqilishi, otashning so‘nishi va majusiylar ulug‘i Mubadonning tushi haqida ma’lumot so‘rash uchun jo‘natgan.

Ey Abdulmasih, vahiy takror-takror o‘qilganda, aso sohibiga payg‘ambarlik berilganda, Sava ko‘li quriganda, forslarning ibodatgohida otash so‘nganda, bilki, o‘sha paytda Shom shahri Sotih uchun Shom bo‘lmay qoladi. Eronliklarning yiqilgan minoralari nechta bo‘lsa, o‘shancha sulton saltanat suradi, keyin boshlariga ne sho‘rish tushsa, shuni ko‘rardi, – dedi-yu jon taslim qildi.

Abdulmasih bularni  No‘shiravonga yetkazdi. Ilk bor kisra nomini olgan adolatli hukmdor No‘shiravondan so‘ng o‘n to‘rt malik o‘tadi; nihoyat musulmonlar ot va tuyalari bilan Dajlani kechib, Eronni zabt etdilar.

Qayd etilgan