Shohista Kamol qizi. Muhammad alayhissallomning bolalik va yoshliklari  ( 48277 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:47:53

Kecha-kunduz tinmay ishlagan makkaliklar nihoyat Ka’batullohni qurib bitkazishdi. Endi hajarul asvadni o‘z o‘rniga qo‘yish kerak edi. Bunday sharafga kim loyiq? Ana shu muammo hamjihatlik muhitini o‘zgartirib yubordi. Hech bir qabila ikkinchi darajaga tushib qolishni istamas edi. Natijada munozara boshlanib janjalga aylanayozdi. Bani Abduddor so‘ngi tomchi qoni qolguncha bu sharaf uchun kurashajagini aytib qasam ichdi. Boshqa qabilalar ham bu yo‘lda jonlarini tikishgan edi. Munozara uzoq cho‘zildi. Nihoyat, qabila oqsoqollari bir joyga to‘planishdi. Oralaridan Xuzayfa ibn Mug‘iyra bir taklif aytdi:

“Hozir Harami sharifga kim kirsa, u hajarul asvadni joyiga qo‘ysin”. Boshqalar ham bu adolatli taklifni qabul qilishdi. Chunki hech kim kirib kelishi noma’lum edi. Yuraklar urishi tezlashdi, kim bunday sharafga noil bo‘lar ekan?

Muhammad alayhissalom janjal boshlangach, uyiga ketib qolgan, bunday nizolarga toqati yo‘q edi. Bir necha kun o‘tgach, xabar olgani Ka’baga yo‘l oldi. Darvozadan kirib kelgan Muhammad Aminni ko‘rib baqirib yuborishdi:

“Muhammad Amin... Muhammad Amin keldi! Biz uning hukmiga rozimiz!”

Rasululloh egnilaridagi ridoni yechib yerga yozdilar. Hajarul asvadni muborak qo‘llari bilan olib u yerga qo‘ydilar. So‘ng butun qabila raislarini chaqirdilar. Ular ridoning bir uchidan tutib tosh o‘rnatilishi lozim bo‘lgan joyga keltirishdi. Muhammad alyhissalom hajarul asvadni muborak qo‘llariga olib joyiga qo‘ydilar.

Yosh Aminning adolatli hukmidan barcha rozi bo‘ldi, bema’ni urushning oldi olindi. 

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:49:26

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING UKKOZ BOZORIDA QUSS IBN SOIDANING MASHHUR NUTQINI TINGLASHI

Milodiy 608 yil. Muhammad alayhissalom 38 yoshda.

Ukkoz bozori Toif bilan Najid orasida joylashgan edi. U yerda har yili Zulqa’da oyida bozor bo‘lar edi. Bu galgi bozor yigirma kunlar davom etdi. Bozorga savdogarlardan tashqari shoirlar ham kelib, ular bozor ahliga she’rlaridan namunalar o‘qir edi.

Shu yili Muhammad alayhissalom Ukkoz bozoriga savdo-sotiq uchun keldilar. Bozor maydoni o‘rtasida qizil tuyaning ustida turib, xalqqa xitob etayotgan Iyad qabilasi sardori qariya Quss ibn Soidning so‘zlari diqqatini jalb etdi. Bu so‘zlar butun umr yodida qoldi. Nubuvvatdan bir necha yil o‘tib, bir kuni sahobalariga:

— Quss ibn Soidaning: "œShubha yo‘qki, yashagan o‘ladi, o‘lgach, nomi o‘chadi. Kelajakda taqdirda nima bo‘lsa, albatta, o‘sha yuz beradi" — deb boshlagan nutqi hamon xotirimda, — dedilar.

Abu Bakr Siddiq (r.a):
— Yo Rasululloh! O’sha kuni men ham Ukkozda edim. U gaplar hali  ham yodimda.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:49:55

Rasululloh o‘sha nutqni o‘qishini buyurdi. Hazrati Abu Bakr aynan Quss ibn Soida aytganidek takrorladi:

— Ey odamlar, keling, eshitib ibrat oling. Shubha yo‘qki, yashagan o‘ladi, o‘lgach, fano bo‘ladi (nomi o‘chadi). Kelajakda taqdirda nima bo‘lsa, albatta, o‘sha yuz beradi. Yomg‘ir yog‘ar o‘tlar unar. Farzandlar tug‘iladi. Vaqt o‘tib ota-onalarining o‘rnini egallashadi, so‘ngra barchasi mahf bo‘ladi. Voqealar tugamaydi, bir-birining ortidan birisi yuz beradi. Quloq tuting, diqqat qiling.

Ko‘kda xabar bor, yerda esa ibrat. Yer yuzi bir qarich alvon, ko‘k yuzi yuksak bir qubba; yulduzlar uchar, dengizlar to‘lqinlanar; kelgan qolmas, ketgan qaytmas. Odamlar ketayotirlar, ammo boshqa qaytmayotirlar. Qasam ichaman, Allohning shunday bir dini borki, u dinning kelishi juda yaqin. Soyasi boshimiz uzradir. Unga yetishgan va iymon keltirgan, yo‘lidan yurib hidoyatga yetishganlar naqadar baxtlidir. Unga qarshi chiqqan va isyon ko‘tarib, g‘aflatda qolganlarning esa holiga voy. 

Ey jamoat! Qaerda otalar va bobolar? Qaerda muhtasham koshonalar bunyod etganlar? Qaerda dunyo moliga mag‘rur bo‘lib, men sizning eng buyuk rabbingizman, degan Fir’avn Namrud? Ularning barchasi sizlarga qaraganda boyroq va qudratliroq emasmidi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:50:35

Dunyo tegirmoni ularni ham yanchib to‘zitdi.  Suyaklari chirib bitdi. Uylari qulab, izsiz yo‘qoldi. Hozir ularni ko‘ppaklar jonlantirmoqdalar. Aslo ulardek kabi g‘aflatda qolmang, ularning yo‘llaridan yurmang. Har narsa foniy, yolg‘iz Allohgina boqiydir. U yakka-yu yagonadirki, sherigi ham, o‘xshashi ham yo‘q. Ibodatga loyiq yolg‘iz Allohdir. Tug‘magan, tug‘ilmaydi. O’tmish avlodlarimiz hayotiga nazar solsak, ko‘plab ibratli misollar topish mumkin. O’limga olib boruvchi va muqarrar bo‘lgan yo‘llarni ko‘rgach, ketganlarning orqaga qaytmaganini va qolganlar ham boqiy umr kechirmasligini anglagach, shunga qat’iy ishonch hosil qildimki, bandalarning boshiga keladigan o‘lim mening ham boshimga keladi...

Rasululloh xutbani tinglagach: "œAlloh Quss ibn Soidani rahmat qilsin", dedi.

Quss ibn Soida bu nutqini o‘qigan paytda Rasululoh ham uning so‘zlarini eshitayotganini bilmas edi. Rasululloh da’vatiga yetisholmasdan vafot etdi. Yillar o‘tib, uning qabilasi iymon keltirish uchun Rasulullohning huzuriga kelishdi. Rasululloh qabila raisi Jorudni chaqirib, Quss ibn Soida xususida so‘radi.

— Yo Rasululloh, — dedi Jorud, — men uni yaxshi taniyman, o‘zim ul zotning izdoshlaridanman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:52:16

Kimdir o‘rnidan turib Quss ibn Soidaning she’rini o‘qidi:

"œEy marhumga yig‘lagan! O’liklar mozorlarida yotishibdi. Ustlarida o‘z mollaridan yolg‘iz kafan bor. Ularni o‘z holiga qo‘y. Ular uchun bir kun borki, behush holatda da’vat qilishadi. Avval qanday yaratilgan bo‘lsa, shunday yaratilib, bir qismi yalang‘och, bir qismi esa libosda huzuri Haqqa qaytishadi".

Jorudning do‘stlaridan boshqasi Quss ibn Soidaning she’ridan bir parcha o‘qidi. Unda Harami sharifda bani Hoshimdan bir nabiyning  kelishi harorat bilan bitilgan edi.

Rasululloh Quss ibn Soidaning so‘zlaridan mutaassir bo‘lib, muborak ko‘zlari yoshlandi. U haqda:

"œYarhammallohu g‘usla yarju yavmal  qiyamati inna yab asullahu ummatan vahidatan", ya’ni "œUmid qilamanki, Allohu taolo Quss ibn Soidani suyukli ummati sifatida qarshilaydi", dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:53:55

MUHAMMAD ALAYHISSALOMNING HIRO TOG’IDA KECHIRGAN HOLI VA ILK VAHYI ILOHIYNING NOZIL BO’LISHI

Milodiy 610 yil. Muhammad alayhissalom 40 yoshda.

Rasululloh har yili Ramazon oyida Hiro tog‘iga borar, tanho qolib ibodat va tafakkurga berilar edi. Bu yil ham Ramazon oyini o‘sha yerda o‘tkazmoqchi bo‘ldilar. Bu istak juda kuchli edi. Agar bormasa, birov uni zo‘rlab olib boradigandek his etar edi o‘zini.

Ajdodi Ibrohim alayhissalom ham ana shunday uzlatga chekilib Alloh taolo uchun ibodat qilgan emasmidi? Muso alayhissalom Alloh taolo bilan ko‘rishish uchun qirq kecha-kunduz Tur tog‘ida ibodatga berilgan emasmidi?

Hiro tog‘i Makkadan besh chaqirim uzoqlikda suvsiz, soyasiz qup-quruq cho‘lning o‘rtasida joylashgan edi. Muhammad alayhissalom ana shu tog‘da uzlatga chekinib, muroqaba holida hayot kechira boshladi. Kechasi oydin qamarning fusunkorligi, minglab yulduzlar bezagan ko‘kning cheksiz go‘zalligi insonda ajib bir hisni uyg‘otar, ilhom berardi. Muhammad alayhissalomning bu hayotini ko‘rganlar Muhammad (s.a.v.) Rabbisiga oshiq bo‘libdi, deyishardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:54:53

Ibni Hishom: "œMuhammad alayhissalom bu yerda chuqur tafakkurga tolar, koinotning cheksiz azamati, qudrati, tajallisi bilan borligini izhor etgan Allohga chuqur hushu’ va huzu’ bilan bog‘lanar, kunlab, haftalab tog‘da vaqtini o‘tkazardi", degan edi.

Haqiqatlar qalbga avval tush holida, so‘ngra esa aynul yaqiyn martabasi vositasida mushohada etiladi. Muhammad alayhissalomda ham vahiyning boshlanishi olti oy tush alomatlari vositasida kechdi. Latif ro‘yo olami unga kelajakdagi hodisalardan bahs etardi. Tushida ko‘rgani o‘ngida zuhur etardi.

Hazrati Hadisa onamiz: "œRasulullohga vahiy yuborilishidan avval olti oy  shunday tushlar ko‘rar ediki, ular albatta haqiqatda sodir bo‘lardi. Ana shundan so‘ng yolg‘iz qolish istagi hosil bo‘ldi", — degan edilar.

Ramazon oyining 26 kuni o‘tgan, tun cho‘kkan edi. Rasululloh har kechadagidek uyquga ketdi. Erta tongda dahshatli ovozdan uyg‘onib ketdi. Oradan birmuncha vaqt o‘tib, umrida hech qachon ko‘rmagan bir hilqat paydo bo‘ldi. Bu Allohning maxsus vazifa bilan jo‘natilgan vahiy farishtasi Jabroil edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:55:35

Farishta Muhammad ibn Abdullohga:

"œIqro bismirobbika", ya’ni "œParvardigoringiz nomi bilan  o‘qing!" dedi. Hech bir nabiyga bu  shaklda xitob etilmagan edi. Bu faqatgina Muhammad alayhissalomga xos edi. Xitob uch bora takrorlandi. Jabroil uni uch bora bag‘riga bosdi va besh oyatdan iborat ilk vahiyni birgalikda o‘qidilar.

"œIqro bismirobbikallaziy xolaqa xolaqal insana min alaq. Iqro va robbukal akramullaziy allama bil qalam. Allamal insana malam ya’lamu".

— "œ(Ey Muhammad alayhissalom, Siz o‘zingizga nozil bo‘ladigan Qur’onni barcha mavjudotni) yaratgan Zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan (boshlab) o‘qing! U insonni laxta qondan yaratgan (Zotdir). O’qing! Sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni, yozishni — xatni) o‘rgatgan o‘ta karamli Zotdir. U Zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi". (Alaq surasi, 1-5-oyatlar).

Bu oyatlar insonlar uchun eng zarur bo‘lgan o‘qishni tavsiya etayotgan, har narsani yaratgan yakkayu yagona Allohni ekani ta’kidlayotgan, Uning nomi bilan o‘qishni tavsiya qilayotgan edi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:56:20

Muhammad alayhissalom bu muazzam hodisadan o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Butun vujudi titrab, qalbida unga o‘qishni buyurgan o‘sha qudratli hilqat vahiy etgan so‘zlar takrorlanardi:   

"œYaratgan Zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan o‘qing!"

Muhammad (s.a.v.) uyga kirib kelganida yuzida g‘alati o‘zgarishni ko‘rgan Hazrati Hadicha shoshib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) darhol borib yotdilar.

"œMening ustimni yoping, tezroq yoping", — dedilar

Ustiga ko‘rpacha yopildi, anchagacha shunday yotdilar. Bir oz tinchlangach, bo‘lgan voqeani Hadichaga gapirib berdilar. Hazrati Hadicha Rasulullohga (s.a.v.) tasalli berishga urindi. Bir tomondan juda qo‘rqqan edi. Tavrotni yaxshi biladigan amakisining o‘g‘li Varaqaning oldiga bordi. Varaqa Hadichaning gaplarini hayajon bilan tingladi, so‘ng:

— Quddus... Quddus... — deb baqirib yubordi. — Bu Buyuk Allohning Musoga (a.s.) yuborgan Nomusi Akbaridir!

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Aprel 2008, 00:56:43

Ibni Hishomga ko‘ra, Varaqa Rasulullohni (s.a.v.) bir kuni Harami sharifda ko‘rdi. Undan nimalar bo‘lganini aytib berishni iltimos qildi. Muhammad alayhissalomni yaxshilab tinglagach, shu so‘zlarni aytdi:

— Yaratgan Alloh nomi bilan qasam ichib aytamanki, bu Musoga kelgan Nomusi Akbardir. Seni yolg‘onchiga chiqarishadi, yurtingdan haydashadi. Eh, qaniydi, xalqni yangi dinga da’vat qiladigan kunlaringda yoshgina yigit bo‘lsam. Qavming seni haydab chiqargan paytda sog‘-salomat bo‘lsam! Agar shu kunlargacha yashasam, senga kuchim yetganicha yordam beraman.

Nihoyat, ikkinchi vahiy nozil bo‘lganda Muhammad alayhissalom Haqning amriga binoan yotgan o‘rinlaridan  turdilar. Buyuk payg‘ambar qalbiga muhrlangan ilohiy xitobni takrorladilar. Bu Qur’oni karimning Muddassir surasi 1-2-3- oyati karimalari edi:

"œYa ayyuhal muddassir. Qum faanzir va Rabbika fakabbir" — "œEy (liboslariga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring! Yolg‘iz Parvardigoringizni ulug‘lang!

Qayd etilgan