So'rovnoma

Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini xohlaysizmi?

Shart. Bu forum sifatini oshiradi.
Shart emas. Adabiy tilda fikrni bayon qilish qiyinroq.
Kerak emas. Menga o`zimning shevam yoqadi.
Yaxshisi, forumda fikr yozish uchun yangi qoida kiritilishi kerak(qisqartmalar va h.k.).
Men aniq fikr aytolmayman.

Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.  ( 24082 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B

AbdurRohman  30 May 2008, 17:37:49

tortishgandan nima foyda, boshqalarga ham tushunarli bo'lsa shevada yozsa nima farqi bor?! umuman olganda, xozir tortishganlariz bilan hamma ham adabiy tilda yozadigan bo'midi, hamma o'zi xoxlaganidek yozuradi barbir. shu uchun bu mavzuni yopsa ham bo'ladi. bundan oldingi tortishuvlar ham mavzu yopilishi bilan tugardi, aks holda davom etaveradi

Qayd etilgan

Musannif Adham  02 Iyun 2008, 07:14:40

tortishgandan nima foyda, boshqalarga ham tushunarli bo'lsa shevada yozsa nima farqi bor?! umuman olganda, xozir tortishganlariz bilan hamma ham adabiy tilda yozadigan bo'midi, hamma o'zi xoxlaganidek yozuradi barbir. shu uchun bu mavzuni yopsa ham bo'ladi. bundan oldingi tortishuvlar ham mavzu yopilishi bilan tugardi, aks holda davom etaveradi

Gap bu yerda tortishish haqida ketatotgani yo'q. Biz yagona bir millatmiz. Shunday ekan, garchi har-xil shevalarda gaplashsak-da, yozuvda, adabiyotda adabiy til qoidalariga rioya qilishimiz shart. Har kim o'z shevasining ustunligini ma'qullagandan ko'ra barcha uchun tushunarli til, ya'ni adabiy tilda yozsak, ona tilimiz rivojiga ham munosib hissa qo'shgan bo'lamiz.

Kelinglar, ona-tilimizning faqat maktab darsliklari va "Axborotnoma"lar doirasida qolib ketmasligi uchun harakat qilaylik. Bu menimcha mahalliychilik illatiga ham chek qo'yadi.

Qayd etilgan

sayfulloh07  02 Iyun 2008, 11:54:46

Assalamu alaykum.
Man ham adabiy tilda yozish kere digan fikrga qo'shilaman. Faqat yana bitta boshqa taklifim bor!
Agar adabiy tilda yozilmasa ham, chiroyli, tushunarli qilib, qisqartmalarsiz yozilsa yaxshi bo'lardi. Chunki birovga adabiy tilda yoz dip majburlash unchalik yaxshimas manimcha. Faqat fikrni chiroyli ifodalash kere, zero usha fikrni o'qigan inson rohatlansin va yuziga tabassum yugursin! Albatta bu mani fikrim!

Qayd etilgan

Mr.Twister  12 Sentyabr 2008, 09:45:10

Assalamu alaykum.!
Bu juda ham shart ham tushunarli, ham sifatli!

Qayd etilgan

Hadija  13 Sentyabr 2008, 12:17:45

Assalamu alaykum.
Man ham adabiy tilda yozish kere digan fikrga qo'shilaman. Faqat yana bitta boshqa taklifim bor!
Agar adabiy tilda yozilmasa ham, chiroyli, tushunarli qilib, qisqartmalarsiz yozilsa yaxshi bo'lardi. Chunki birovga adabiy tilda yoz dip majburlash unchalik yaxshimas manimcha. Faqat fikrni chiroyli ifodalash kere, zero usha fikrni o'qigan inson rohatlansin va yuziga tabassum yugursin! Albatta bu mani fikrim!
Assalam alaykum, fikrlaringizga qo'shilaman, lekin, shevada o'z fgikringizni tushuntirmoqchi bo'lsangiz sizni kimdur tushunadi, kimdir esa yo'q. O'shani uchun ko'proq, badiiylikka yondashsak, manimcha maqsadga muvofiq bo'lardi? :)

Qayd etilgan

Mr.Twister  13 Sentyabr 2008, 15:00:13

Qisqa va lo`nda javob!

Qayd etilgan

registan  20 Noyabr 2008, 02:21:14

Assalomu alaykum!
Manimcha bu so'rovnomaga diyarli hamma adabiy tilda yozish shart deb javob bergan. Forumga a'zo bo'ladigan har bir kishi adabiy til qoidalaridan bohabar bo'lganida, hech kim texnik xatoga yo'l qo'ymaganida va hamma a'zolar ham o'zbek bo'lganlarida men ham adabiy tilda yozishlari shart deb javob bergan bo'lardim. To'g'risi, men ham adabiy tilda yozishga harakat qilaman, garchi buning sababi nafaqat forum qoidalariga bo'ysunish balki tilni esdan chiqarmaslik bo'lsada. Men bu savolga agar shunaqa band bo'lganida "shart"ning kuchini biroz pasaytirib "tavsiya" qilamiz degan bo'lardim. Chunki, qoldirilgan postlarni o'qib chiqdim, ba'zi "adabiychilar"ning postlarida beshdan ortiq xatolarni uchratish mumkin. Manimcha bu yo'nalishda bir mavzu ochib, ko'p xato yoziladigan so'zlarni kiritib borish kerak. Masalan ko'pchilik imonni iymon, afvni avf, xonani hona, haromni xarom, ixlosni ihlos deyishadi. Bunaqa misollarni yuzlab keltirish mumkin. Vallohu a'lam.

Qayd etilgan

Ulugbek-Uz  20 Noyabr 2008, 12:03:20

     Ba'zilar haqiqatda bilmasdan xatoga yo'l qo'yadi, ba'zida esa tez yozish sababli e'tiborsizlik oqibatida texnik xatolarga yo'l qo'yiladi.
    Nima bo'lganda ham adabiy til qoidalariga rioya qilish tilimizni, millatimizni hurmat qilishning bir ko'rininishidir. Shuni unutmasak va e'tiborliroq bo'lsak bo'ldi.

Iqtibos
ba'zi "adabiychilar"ning postlarida beshdan ortiq xatolarni uchratish mumkin. Manimcha bu yo'nalishda bir mavzu ochib, ko'p xato yoziladigan so'zlarni kiritib borish kerak.
Iqtibos
diyarli
- deyarli
Iqtibos
bohabar
  - boxabar

Qayd etilgan

registan  20 Noyabr 2008, 13:04:35

ispravleniye uchun danke. ;)

Qayd etilgan

Mr.Twister  20 Noyabr 2008, 22:42:10

Salom,
ispravleniya emas tuzatiw, danke emas manimcha rahmat.
Registan, albatta hozir to'g'ri yozmabsiz deb xatoyizni ko'rsatmoqchi emasman. Lekin adabiy tildan chiqiwga yana bir sabab bu ba'zi so'zlarning o'zbekcha tarjimasini bilmaslikdandir.

Qayd etilgan