So'rovnoma

Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini xohlaysizmi?


Shart. Bu forum sifatini oshiradi.
Shart emas. Adabiy tilda fikrni bayon qilish qiyinroq.
Kerak emas. Menga o`zimning shevam yoqadi.
Yaxshisi, forumda fikr yozish uchun yangi qoida kiritilishi kerak(qisqartmalar va h.k.).
Men aniq fikr aytolmayman.


Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.  ( 24032 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


shoir  12 Yanvar 2009, 15:20:52

Fikrlaringizga 100% qo'shilaman.

OFF:

Negadir mayda qoldirilgan mulohazaga endi javob yozayapsiz. Tushingizga kirib chiqdimi deyman? :7

Anchadan beri forumga kira olmayoptgan edim.

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Yanvar 2009, 04:19:32

Fikrlaringizga 100% qo'shilaman.

OFF:

Negadir mayda qoldirilgan mulohazaga endi javob yozayapsiz. Tushingizga kirib chiqdimi deyman? :7

Anchadan beri forumga kira olmayoptgan edim.

Mavzudan tashqari:

Shoir aka, anchadan beri emas, juda anchadan beri forumga kirmayotgan edingiz. Menimcha Avgustdan Yanvargacha kirmadingiz shekilli. Ishlaringiz ko'payib ketgan bo'lsa kerak-da?

Qayd etilgan


Mashhura  13 Yanvar 2009, 14:18:10

Adabiy til qoidalari asosida yozsak, boshqalar ham bundan o`rganarmidi? Masalan, bir so`z doirasida (uning qanday yozilishi kerakligi to`g`risida) bahslashib qolsak, darrov "google"da izlaymiz - shu so`z qanday yozilar ekan, deb. Shuning uchun adabiy til qoidalariga rioya qilsak, foydadan xoli bo`lmas, deb o`ylayman.

Qayd etilgan


Ansora  04 Oktyabr 2009, 13:23:33

Men faqat o'zim uchungina adabiy tilda yozaman, boshqasiga o'rgatish niyyatim yo'q. Chunki shunday ham hech O'zbekcha gapirmayman:) Aslida men ham Anjancha bilaman:) Lelin uyda ham o'rtaxolli gaplashardik, chunki oilamizda Davlat ishlarida, har hil shaharda ishlaydigan oila a'zolarimiz bo'lgani uchun faqat Anjancha emas, adabiy tilda gaplashardik. Bunga kelishib olmagandik, lekin o'zidan o'zi shunday hol olgan edi, qiziq:)

Menimcha inson bu tur forumlarda o'zini qanday emin-erkin his qilsa, shunday yozishi kerak, deb o'ylayman.

Qayd etilgan