So'rovnoma

Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishini xohlaysizmi?

Shart. Bu forum sifatini oshiradi.
Shart emas. Adabiy tilda fikrni bayon qilish qiyinroq.
Kerak emas. Menga o`zimning shevam yoqadi.
Yaxshisi, forumda fikr yozish uchun yangi qoida kiritilishi kerak(qisqartmalar va h.k.).
Men aniq fikr aytolmayman.

Forumda adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilinishi haqida fikringiz.  ( 30022 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B

MaxCmd  05 Mart 2008, 00:16:44

Ushbu so`rovnomani hozirgi forumning holatidan kelib chiqib tashkil qildim.

Natijalar esa, o`z natijasini beradi, degan umiddaman.

Hurmat bilan.

Qayd etilgan

lolo  05 Mart 2008, 01:02:32

manimcha yana bitta variant qo'shish keregidi, jiddiy postlarni adabiy tilda, hazil aralash postlani esa abadiyda..

Qayd etilgan

MaxCmd  05 Mart 2008, 01:27:34

Balki, sizni forum a'zoligidan chiqarish to`g`risida yangi so`rovnoma o`tkazarmiz?

Hazil. Ko`rdingizmi, hazil gaplar ham adabiyda chiroyli chiqaveradi.

Qayd etilgan

muxbir  05 Mart 2008, 01:38:11

manimcha yana bitta variant qo'shish keregidi, jiddiy postlarni adabiy tilda, hazil aralash postlani esa abadiyda..

Menimcha aynan shu postingiz ham adabiychada yozsangiz juda chiroyli chiqar edi:

Menimcha, yana bitta variant qo'shish kerak edi. Jiddiy postlarni adabiy tilda, hazil aralash postlarni esa shevada...

Umuman olganda hazil postlarni men unchalik hush ko'rmayman.
Ba'zi userlarning jiddiy mavzularda ham hazil gaplar yozishlari ensani qotiradi...

Qayd etilgan

Muzayyana  06 Mart 2008, 16:03:33

Agar shu xolda davom etsa, xamma joy xatolarga to'lib ketishi turgan gapku! Fikrimcha bu siz to'g'rilayotgan xatolar xammada xam uchrashi aniq!

Qayd etilgan

Robiya  07 Mart 2008, 14:46:27

Assalomu alaykum! Menimcha qoidalarga to'la amal qilish kerak. Shuningdek, imloviy xatolar ham qilmasak, ancha maqsadga muvofiq bo'lardi.

Qayd etilgan

Shoxjahon12  07 Mart 2008, 14:58:34

Adabiy tilimiz qoidalariga rioya qilishimiz shart deb o'ylayman.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  07 Mart 2008, 16:01:37

manimcha yana bitta variant qo'shish keregidi, jiddiy postlarni adabiy tilda, hazil aralash postlani esa abadiyda..

Menimcha aynan shu postingiz ham adabiychada yozsangiz juda chiroyli chiqar edi:

Menimcha, yana bitta variant qo'shish kerak edi. Jiddiy postlarni adabiy tilda, hazil aralash postlarni esa shevada...

Umuman olganda hazil postlarni men unchalik hush ko'rmayman.
Ba'zi userlarning jiddiy mavzularda ham hazil gaplar yozishlari ensani qotiradi...

Agar shu xolda davom etsa, xamma joy xatolarga to'lib ketishi turgan gapku! Fikrimcha bu siz to'g'rilayotgan xatolar xammada xam uchrashi aniq!

Mayli, to'lib ketsa ham. Xar holda biz o'z xatolarimizni va o'z adabiy tilimizni yanada yaxshiroq o'rganar edik. Bu kelajakda juda asqotadi. Men ham bu mavzuda MaxCmd tomondaman.

Qayd etilgan

Jakonda  07 Mart 2008, 16:06:54

Adabiy til baribir rasmiy,erkin fikrlash va mustaqil muhitni yaratish u-n o'z shevamizda yozganimiz maqqul. bu mani fikrim.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  07 Mart 2008, 16:09:57

Men bir narsani taklif etmoqchiman. (moderator bo'lmaganlarga)

Biror bo'lim yoki mavzuda qoldirilgan mulohazalarda uchragan imloviy xatolarni shu yerga joylashtirsak. Va undan iqtibos olgan xolda, uning joylashgan manzilini ham ko'rsatib o'tsak. Moderatorlarimiz o'sha mulohazalani imkoni boricha to'g'irlab chiqishadi. Albatta bunday xatolar juda ham ko'p va ularni 100% tugatish qiyin. Lekin ozgina bo'lsa ham Forum "tozalangan" bo'lardi. Yana bilmadim, bu meni fikrim.

Qayd etilgan