O'zimam afsusdaman boshida shu mavzuda post qoldirganimdan.Bekorga gap talashish,asabbuzarlik.Nima bo'lganda ham gaplarim uchun uzr. Bilib-bilmay o'zim haqimda noto'g'ri tasavvur uyg'otdim.
Sizlar adabiy tilda yozishaylik deyotganingizdan maqsad adabiy tilimizning yo'qolib ketishiga qarshiligingiz bo'lsa kerak,Umuman olganda, ona tilimizda to'g'ri yozish,imloviy hatolar qilmaslik,uslublarni chalkashtirmaslik haqida qayg'uryapsizlar.Bu to'g'ri albatta.Lekin men o'zimning fikrimni tasdiqlashga urungan narsa sizlar men bu yerga adabiy til me'yorlariga amal qilib yozmaganim uchun meni o'zbek tilidan behabar deb o'ylayapsizlar.
Endi sizlarga bir boshidan gapiray.Maqtanchoqlikka yo'ymang,bu menga kerak emas.
O'qishga kirish uchun tayyorlov kursiga qatnab, gumanitar(ijtimoiy) yo'nalishida tahsil olganman.Kursimiz qonuniyatiga ko'ra, 4 ta fandan 1 tasdangina o'qishga kira olmasa, to'lagan pulining ma'lum foizini qaytarib beradigan,to'g'rirog'i shu fandan to'liq test yecha olishi uchun kafolat qog'ozi berilar edi. Menga 4 fanning ichida "ona tili"dan shunday qog'oz berilgan.shukurki, uni ishlatishga zarurat bo'lmadi. Kirish imtihonidan eng baland ballni "ona tili va adabiyoti"dan to'plaganman.
Tahsil oladigan joyim Jahon tillari universiteti,Xalqaro jurnalistika fakulteti. Men o'z maqolalarim bilan gazeta-jurnal, saytlarda qatnashib turaman. Bilish qiyin emasdir, maqola adabiy tilda yoziladi. Hech qiyinchiliksiz adabiy tilda maqola yozaman.
Press-konferensilyalarga borib,jurnalist sifatida savol berish kerak bo'lsa, to'siqsiz adabiy tildan foydalanaman.
Seminarlar, ilmiy anjumanlar, rasmiy bahs-munozara, debat klublar, hullas shunga o'xshash davralarda nutq so'zlash kerak bo'lsa, faqat adabiy tilni qo'llayman.
Men adabiy til bilan yashayman, uni kerak bo'lsa har kuni "iste'mol" qilaman.
Ammo do'stlar davrasi, oila, forumlarda shevada gapiraman va yozaman. Balki bu ham noto'g'ridir, ammo insonga (jurnalist bo'lganim uchun erkinlik tanqisligini o'zingiz tushunib oling) o'z bilganicha yashash huzur bag'ishlaydi.
Yana kim biladi deysiz...
(ho'sh, adabiy tilda post qoldirish menga yarashar ekanmi? Keyingi postlar uchun uzr so'rayman, chunki ular shevada bo'ladi,azizlarim!)