Qarshi sovet tuzumi davrida, aniqrog'i, o'tgan asrning 80-yillari oxirigacha asosan qishloq xo'jal igi maxsul otl arin i qayta i shl ashga yo'naltirilgan, iqtisodiy jixatdan biryoqlama hamda viloyat miqyosidagi shahar darajasida qolib ketgan. Ijtimoiy sohada, sog'liqni saqlash va ta'lim tizimida hal kilinmagan talay muammolar uzoq yillar davomida saqlanib kelgan. Markaz tomonidan o'ylab topilgan, aslida sho'ro tuzumiga xos ommaviy qatag'onlarning davomi bo'lgan «paxta ishi», «o'zbeklar ishi» kabi soxta kampaniyalar natijasida butun O'zbekistonda bo'lgani singari Qashqadaryo viloyatida ham ko'plab o'z ishining ko'zini bilgan mutaxassislar, rahbarlar qatag'on qilindi. Qarshi vohasida tub iktisodiy va siyosiy islohotlar o'tkazish muqarrarligi aniq bo'lib qolgan, jiddiy o'zgarishlar qilish zarurati tug'ilgan edi. Ana shunday murakkab bir pallada Qashqadaryo viloyati raxbari lavozimiga Islom Karimov saylandi. O'zining 2700 yillik tarixi davomida ko'plab voqealarning guvohi bo'lgan Qarshining rivojlanish jarayonida, uning tom ma'nodagi zamonaviy shaharga aylanishida Islom Karimovning xizmatlari beqiyos. Islom Karimov viloyat rahbari sifatida ish boshlagan 1986 yilda Qarshi shahrining me'moriy qiyofasi na shaharsozlik talablariga, na Qashqa vohasining necha ming yillik tarixi va o'sha davrdagi iqtisodiy salohiyatiga mos kelar edi. Shaharning umumiy manzarasini belgilaydigan me'moriy ob'ektlar bir xil andozadagi ko'p qavatli ko'rimsiz panelli binolar, xom g'isht yoki paxsadan qurilgan pastqam uylardan iborat edi. Uning markaziy ko'chasini hisobga olmaganda, barcha yo'llar egri-bugri va notekis, transport qatnovi uchun yaroqsiz bo'lib yotardi. Aholi tez sur'atlar bilan o'sayotgan bo'lishiga qaramay, tegishli ijtimoiy infratuzilmalar yaratish e'tibordan chetda qolib ketgan edi. Respublika bo'yicha eng ko'p, ya'ni 600 ming tonna paxta xom ashyosietkazib beradigan, turli tabiiy va mineral zaxiralarga nihoyatda boy katta bir viloyatning markazida talab darajasidagi zamonaviy maishiy xizmat, madaniyat va sport inshootlari, istirohat bog'lari, bozorlar barmok bilan sanarli edi.
Yangi rahbarning qat'iy pozitsiyasi, vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartishga qaratilgan izchil sa'y-harakatlari eng avvalo viloyatda sog'lom ijtimoiy muhitni shakllantirish, «paxta ishi» degan soxta ayblov bilan nohaq jazoga tortilgan ming-minglab begunoh odamlarga nisbatan adolatni tiklash masalasida yaqqol namoyon bo'ldi. Viloyat rahbarining ana shunday dadil harakatlari tufayli qanchadan-qancha insonlar o'z oilasi bag'riga qaytdi, odamlarda umid va ishonch tuyg'ulari paydo bo'ldi. Butun voha hayotidagi o'zgarishlar, ishga va hayotga munosabat dastlab viloyat markazidagi yangilanishlarda ko'zga tashlana boshladi. Shaharda 3-4 yil burun to'xtab kolgan obodonlashtirish ishlari ilgari ko'rilmagan ko'lam va sur'atda davom ettirildi. Dastavval daraxtlar va bog'-rog'larni ko'paytirish, odamlarning shaxsiy xo'jaligini rivojlantirish uchun shaharga oqar suv keltirildi. Shu tariqa bu srdagi bog' va xiyobonlar, ko'kalamzorlar yozga borib suvsizlikdan qurib qolmaydigan bo'ldi. Bamisoli Qarshiga yangi hayot nafasi ufurdi.
Qarshi shahri va tumanlarda kurilish ishlarining bosh reja asosida olib borilishi alohida diqqat markazida bo'ldi. Shuning uchun ham 1987-1989 yillarda Qarshi shahri va tuman markazlarining yangi bosh rejalari ishlab chiqildi. Unda turar joy binolari, sanoat korxonalari, ma'muriy binolar qurilishi bilan bir qatorda ijtimoiy infratizim inshootlarini bunyod etish, aholi uchun zarur qulayliklarni yaratish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash masalalariga alohida e'tibor karatildi. Bu bosh rejalarda zamonaviy talablarga javob beradigan yangicha kontseptsiya o'z aksini topdi.
Shu davr mobaynida viloyatda, jumladan, sog'liqni saqlash tizimida ham katta ishlar kilindi. Ko'pni ko'rgan, shu voqealarning guvohi bo'lgan oksoqollarning aytishicha, bu sohada 2-3 yil ichida kamida 15-20 yillik ish amalga oshirilgan. Usha yillari viloyat bo'yicha jami 44 ta yangi davolash-profilaktika muassasasi qurilgani bu boradagi ishlarning salmog'i haqiqatan ham katta ekanini ko'rsatadi. Shaharda bolalar va kattalar uchun yangi poliklinikalar, sanatoriy-profilaktoriylar, ixtisoslashgan kasalxonalar barpo etildi. Ilgari faoliyat ko'rsatib kelgan shifo maskanlari esa kengaytirildi, ta'mirlanib, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Masalan, 120 o'rinli ko'z kasalliklari shifoxonasi, har smenada 480 nafar bolani qabul qila oladigan bolalar poliklinikasi, 150 bemorga xizmat ko'rsatadigan sil kasalliklari dispanseri, ruhiy-asab kasalliklari dispanserining 60 o'rinlik qo'shimcha korpusi va boshqa tibbiyot maskanlari kurilishi shular jumlasidandir.
Viloyat markazidagi Agrosanoat birlashmasining muhtasham binosi negizida har smenada 500 kishini tekshiruvdan o'tkazadigan diagnostika markazi tashkil etildi. Ushbu diagnostika markaziga bundan qariyb 20 yil muqaddam qiymati bir necha million AQSh dollariga teng bo'lgan zamonaviy kompyuterli tomograf va boshqa ko'plab zamonaviy tibbiyot uskunalari olib kelib o'rnatilgani ayniqsa e'tiborga sazovordir. Islom Karimov bunday katta ishlar ko'lamini yanada kengaytirish maqsadida respublika vazirlik va idoralari mablaglarini imkon qadar shunday zarur va ulkan loyihalarni amalga oshirishga jalb etishga harakat qildi. Shu bois Davlat plan komitetining mutaxassislarini viloyatga taklif qilib, Qashqadaryoning ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishtirdi va bu borada qo'shimcha mablag' va amaliy yordam zarurligiga ularni ishontirdi.
Viloyat rahbarining jonkuyarligi, kechayu kunduz odamlar dardi bilan yashashi tufayli qurilishlar keng ko'lam kasb etdi. Natijada zamonaviy maktab va bog'chalar, bolalar istirohat bog'i, «Oltin xo'rozcha» bolalar kahvaxonasi, ko'plab muzqaymoq va yaxna ichimliklar do'konlari, «Bolalar dunyosi» magazini kabi bir qator binolar qurilib, foydalanishga topshirildi. Islom Karimov rahbar sifatida ish boshlagan dastlabki yilning o'zidayoq birgina Qarshi shahrining o'zida zamonaviy bozor, mebellar uyi, yoshlar markazi, 4 ta qahvaxona, 9 ta do'kon, 21 ming kvadrat metr turarjoy binolari, madaniyat va istirohat bog'lari, maktab va sport majmualari, hunarmandlik ustaxonalari, keng va ravon ko'chalar, yangi dahalar barpo etilgan. Viloyatda 1987-89 yillarda kapital kurilish borasida ham salmoqli ishlar qilindi. Bu sohaga yo'naltirilgan mablag'ning umumiy hajmi 1982-85 yillarga nisbatan 3-4 baravar o'sdi va viloyatda bu yo'nalishda zarur moddiy-texnikaviy imkoniyatlar yaratildi.
Shahardagi tor ko'chalar qayta qurilib, kengaytirildi. Bugungi Amir Temur va Shibaev nomidagi ko'chalarni obodonlashtirish ishlari o'sha davrda boshlangan edi. Ayni paytda shahardagi aeroport va temir yo'l vokzali binolari tubdan qayta ta'mirlandi, yangi avtovokzal barpo etildi. Qarshi shahrida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari sharafiga barpo etilayotgan, ammo sobik rahbarlarning beparvoligi va mas'uliyatsizligi sababli qurilishi to'xtab qolgan «Shuhrat qo'rg'oni» yangi loyiha asosida davom ettirilib, nihoyasigaetkazildi. Shahardagi yangi bozor va ilgarigi dehqon bozorlari ham Islom Karimovning tashabbusi bilan rekonstruktsiya kilindi. Yangitdan barpo etilgan «Qarshi», «Nuroniy», «Nasaf» kabi qulay va shinam choyxonalar shaharga uzukka ko'z ko'ygandek yarashib tushdi.
Ma'lumki, sportga e'tibor Islom Karimov faoliyatida hamisha muhim o'rin tutib, ustuvor sohalardan biri bo'lib kelmoqda. Aynan uning tashabbusi bilan o'sha yillari Qarshi shahrida suzish basseynlari, tennis kortlari, o'nlab sport maydonchalari bunyod etildi. Usha yillari kurilgan ikkita sport zali, suzish basseyni, bir nechta mashg'ulot zallari va davolashprofilaktika xonalarini o'z ichiga olgan sport-sog'lomlashtirish majmuasi bunga misol bo'la oladi. Shuningdek, aholini, ayniqsa, bolalarni sportga qiziqtirish, ular o'rtasida sog'lom turmush tamoyillarini qaror toptirish uchun ko'p qavatli uylar oldidagi sport maydonchalari tartibga keltirildi, uerlarga zarur jihozlar o'rnatildi. Shuni ta'kidlash joizki, Qarshi shahrini obodonlashtirish jarayonida o'zida milliy an'analar bilan bir qatorda zamonaviy me'morlik uslublarini aks ettiruvchi binolar kurilishiga katta e'tibor berildi.
Sobiq SSSR bo'ylab inqiroz tobora kuchayib, barcha sohalar bo'yicha iqtisodiy ko'rsatkichlar pasayib borayotgan bir paytda Qarshi shahridagi sanoat korxonalarida ham ishlab chiqarish sur'ati pasayib ketayotgan edi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati ham talabga javob bermasdi. Masalan, 1986 yilda Qarshi tikuvchilik birlashmasida tayyorlangan ko'ylaklarning 35 foizi sifatsiz ekani aniklandi. Vujudga kelgan vaziyatni yaxshilash uchun yangicha sharoitda ishlaydigan korxona rahbarlari, injener-texnik xodimlar va xizmatchilarni qayta tayyorlash, mehnat samaradorligini oshirish, o'z-o'zini mablag' bilan ta'minlash, xo'jalik hisobida ish yuritish tamoyillarini joriy etish lozim edi. Shuning uchun ham Qarshi shahrida, tumanlar markazlarida, har bir korxona va xo'jalikda muntazam iqtisodiy va kasb o'quv kurslari tashkil qilindi. Tarmoqlar, yirik korxonalar rahbarlari uchun esa viloyat partiya qo'mitasida alohida o'kuv mashg'ulotlari olib borildi.
Mamlakatning hamma joyida mavjud sanoat korxonalari to'xtab qolayotgan bir paytda buerda yangi «Termoplast» zavodi barpo etilib, ishga tushirildi. Bu korxonada respublika xalq xo'jaligi uchun o'ta zarur bo'lgan turli hajmdagi kuvurlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Bundan tashqari, shaharda issiq iqlimli Qashqadaryo zamini uchun juda muhim bo'lgan yaxna ichimliklar zavodi ishga tushirilib, mahsulot bera boshladi. Shular qatorida uy-joy qurilish kombinati, yog'-ekstraktsiya zavodi qayta jihozlandi. Qarshi tikuvchilik ishlab chikarish birlashmasiga yangi chet el uskunalari keltirildi. Shahardagi non kombinatiga ham xorijiy uskunalar o'rnatildi. Usha yillari viloyatda paxtachilik sohasida ham yuksak ko'rsatkichlarga erishildi. Uch yil mobaynida viloyatning yillik umumiy paxta xirmoni qariyb 600 ming tonnagaetgani ham shundan dalolat beradi.
Islom Karimov Qashqadaryo viloyatida birinchi rahbar bo'lib ishlagan yillarda Qarshi shahri nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki hududiy jihatdan ham o'sdi va kengaydi. 1987 yilda shaharga tutash 12 ta aholi punkti uning hududiga kiritildi. Usha davrda shaharda jami 271 ming 694 kvadrat-metr uy-joy foydalanishga topshirildi. Shahardagi «Paxtazor» mikrorayoni qurib nihoyasigaetkazildi. Qarshida yangi aholi punktlari -ettinchi va uchinchi mikrorayonlar paydo bo'ldi. Kamandi, Zog'za va Otchopar mahallalarida yangi xususiy uy-joylar qurila boshladi. Shaharda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan uy-joy hajmi ilgari 10,13 kvadrat-metrni tashkil etgan bo'lsa, bu davrga kelib 12,7 kvadrat-metrgaetdi.
Bu davrda mahalliy boshqaruv tizimida dastlabki o'zgarishlar yuz berishi nafaqat viloyat, balki butun O'zbekiston uchun katta voqea edi. Qarshi shahrida ilk bor o'zini o'zi boshqarish organi bo'lmish mahalla ko'mitalari umumiy majlislar orqali saylana boshladi. Islom Karimov viloyat markazining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi bilangina kifoyalanib qolmasdan, shaharning qadimiy tarixi, buyuk siymolari, o'ziga xos qadriyatlari, ko'hna obidalari, muqaddas kadamjolari, madaniyati va san'atini har tomonlama chuqur o'rganish, ularni tiklash va asrab-avaylash masalasiga ham katta e'tibor qaratdi. Shu maqsadda viloyat markazi va boshqa shaharlardagi arxeologik qazuv ishlarini davom ettirish, buerlardagi aholi manzilgohlarining, Qarshi shahrining yoshini aniqlash, me'moriy yodgorliklarni ta'mirlash, xalq og'zaki ijodi namunalarini o'rganish va to'plash ishlarini olimlar, ijodkor va ziyolilar oldiga vazifa qilib qo'ydi. Bu borada Qarshi shahrida boshlangan dastlabki sa'y-harakatlar keyinchalik butun yurtimiz bo'ylab keng tus olgani, ushbu masalalar davlat siyosatimizning eng muhim va ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangani bugungi kunda keng jamoatchilik tomonidan tan olingan haqiqat.
Islom Karimovning Qarshi shahar aholisi, ishchi-xizmatchilar, olimlar, jurnalist va ziyolilar bilan uchrashishi, fikr almashishi an'anaga aylanib qolgan edi. Masalan, 1987 yilning o'zida Qarshi davlat pedagogika institutida viloyat rahbari bilan ikki marta uchrashuv o'tkazildi. Bu uchrashuvlarda mazkur ilm dargohidagi o'quv-tarbiyaviy ishlarni yaxshilash, yosh ilmiy xodimlar va o'qituvchilar haqida g'amxo'rlik kilish, ularni sobiq Ittifoqning markaziy shaharlaridagietakchi oliy o'kuv yurtlariga stajirovkaga, aspirantura va doktoranturaga yuborish, institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalari bo'yicha savol-javob va fikr almashuvlar bo'lar, ko'pgina masalalarningechimi yuzasidan umumiy qarorga kelinar edi. Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so'ng Prezident Islom Karimov Farmoniga binoan bu bilim maskani Qarshi davlat universitetiga aylantirildi.
Bunday e'tibor namunalarini ilm-fan, madaniyat, ommaviy axborot vositalari sohalari bo'yicha qilingan ishlar misolida ham ko'rish mumkin. Usha paytda viloyat televidenieva radioeshittirish boshqarmasi boshlig'i bo'lib ishlagan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Qurbon Egamberdievning xotirlashicha, viloyat teleradiokompaniyasining hozirgi zamonaviy binosini qurish tashabbuskori ham Islom Karimov bo'lgan. Prezidentimizning deyarli har yili Qashqadaryoga tashrif buyurishi, buerda mehnat jamoalarida, paxta dalalari, mahalla va o'quv yurtlarida bo'lib, voha ahli bilan samimiy suhbatlashishi, ularning kayfiyati bilan qiziqishi, shaharning muammolari bilan yaqindan tanishib, viloyat markazini yanada obod qilish bo'yicha o'zining zarur maslahatlarini berishi jamoatchiligimizga yaxshi ma'lum.
Ta'kidlash joizki, Qarshining 2700 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash, shu munosabat bilan buerda ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish tashabbuskori ham aynan Islom Karimovdir. Qarshi shahri bugungi kunga kelib mamlakatimizning sanoati va madaniyati taraqqiy etgan markazlaridan biriga aylandi. Viloyatda Islom Karimov rahbarlik qilgan davrda boshlangan xayrli ishlar va an'analar mustaqillik yillarida yangicha ruh bilan davom ettirilmoqda.