Assalomu aleykum.Bugungi kundagi eng dolzarb muomolarimizdan biri menimcha beparvolikdir.Ko'pchilik " o'zingni bil, o'zgani qo'y" , "och qornim, tinch qulog'im" kabi maqolllarga qatiy amal qilishayapdi. Ko'chalarda yoshlar hohlagan ishini qilib yuribdi. Lekin hamma jim! Yaqinda bir voqeaga guvoh bo'ldim. Kochada bir qiz yo'lning narigi tomonida turgan yigit bilan ovozini boricha baqirib gaplashayabti yana qiz bolaga umuman yarashmaydigan so'zlar aytib. Ko'chada odam ko'p edi yoshi katta onahon, otahonlar, katta yoshdagi erkak kishilar bor edi. Lekin hech kim bir og'iz " Qizim bu nima qilganing? Qiz bolaga yarashmaydi bunday ishlar. Qiz bola degan sal sipo , iboli hayoli bo'lishi kerak" demadi.U qiz ko'rinishidan mendan kattaligi ko'rinib turardi shuning uchun oldiga borib nasihat qilishga bo'madi.Lekin o'sha yerdagi kattalar bir og'iz nasihat qilishsa bo'lardi. To'g'ri demokratik davlatda yashaymiz hamma hohlagan ishini qilishi mumkin lekin hamma narsaning o'z chegarasi bo'ladi.Agar jamiyatda hamma hohlagan ishini qilsa bilmadim nima bo'larkan. Yuqorida ayrim ko'chada yigitti bilan bemalol yetaklashib yurgan "hijobllilar" haqida ham gap ketgan ekan. Bular ham albatta yana o'sha beparvoligimiz orqasidan kelib chiqayabdi. Orqadan gapirishni yig'ishtirib, yuzga aytishni o'rganishimiz kerak. Bir marta ko'chada qilgan nojo'ya ishi uchun dakki eshitgan inson hech qachon o'sha ishini qaytib qilmaydi. Kelinglar ko'chalarda bir og'iz nasihatimizni ayamaylik.Zero ertaga bizning farzandlarimiz ham ko'chadagi yuzsizliklarni ko'rib, behayolik botqog'iga botmasinlar.