o'g'il bolalar o'pishib ko'rishsa...
Odamiylik ko‘rki yoxud salomlashish xususidaAtrofdagi kishilarga mutlaqo e'tibor bermay, o‘zlarining bachkana qiliqlaridan uyalmay bir-birini cho‘lp-cho‘lp o‘payotgan kishilarni ko‘p ko‘rganmiz. Qiziq, xalqimizning urf-odatlarida bunday salomlashish tarzi àvvaldan bormidi yoki madaniy saviyasi kundan-kunga "ortib" borayotgan ayrim zamondoshlarimizning o‘zlari bu odatni "kashf" etishdimi?
Bu savollar kishini o‘ylashga majbur etadi. Ayni masalada mulohaza yuritgan sayin salomlashish bilan bog‘liq noxush harakatlar birin-ketin bo‘y ko‘rsata boshlaydi. Buni qarangki, salomlashish faqat o‘pishishdan iborat emas ekan...
Salomlashish dunyodagi deyarli barcha xalqlarga xos odat, salomlashmaydigan xalq yo‘q hisobi. Salom turli tillarda turlicha talaffuz qilinadi. Masalan, musulmon ahli uchun "assalomu alaykum" (sizga tinchlik tilayman) iborasi salomlashish ifodasi hisoblansa, hindlarda "namaste" (bosh omon bo‘lsa, hamisha birgamiz), xitoyliklarda "chifan-lya-ma" (sen bugun ovqatlandingmi?), fransuzlarda "bonjur" (xayrli kun tilayman), inglizlarda "gud moning" (xayrli kun tilayman), ruslarda "zdrastvuy" (salomatlik tilayman), italyanlarda "Chao" (yaxshimisiz), deya salomlashiladi.
Agar e'tibor bergan bo‘lsangiz, ushbu salomlashuvlarning barchasi mazmunan hîl so‘rashish, yaxshi tilak tilashni anglatadi. Demak-ki, salomlashish ezgu odatlar sirasidandir. Salomlashishning so‘z orqali ifodalanmaydigan usullari hàm uchraydi. Masalan, ba'zi bir xalqlarda imo-ishoralar orqali ham salom beriladi. Xususan, àfg‘onlarning o‘ng qo‘lini peshonasiga tekizib, ta'zim qilishini, ayrim ovro‘paliklàrning bosh kiyimini yechib, qayta kiyishini, tibetliklarning bir-biriga tilini chiqarib tirjayib qo‘yishi-yu bosh irg‘ab qo‘yishlarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Davomi