Zohidjon Islomov. Musulmonning odob kitobi  ( 57556 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:23:43

 ТUNGI IBODAТ, ТAHAJJUD

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onganlarida: "Yo Rabbiy, meni mag’firat et, rahma gingga erishtir va eng to’gri yo’lingga boshla", der edilar.
Ummu Salamadan (r.a.)

Kechasi uyqudan uyg’onganlarida og’izlarini misvok bilan tozalar edilar.
Huzayfadan (r.a.)

Kim kechasi uyg’onib, oilasini ham uyg’otsa va ikki rakatdan namoz o’qishsa, Allohni ko’p zikr qiluvchi zokir va zokira (zikr qiluvchi tarj.) qatoriga yoziladilar.
Abu Hurayradan (r.a.)

Alloh kechasi musulmon quliga ruhini qaytarib uyg’otsa, u qul Allohga tasbeh va tamhid aytsin hamda Undan mag’firat so’rasin. Shunday qilsa, bandaning o’tmish gunohlari kechiriladi. Shoyad, u kimsa turib tahorat olsa, namoz o’qisa va keyin Uni zikr qilsa, Undan mag’firat so’rab duo qilsa, bu amallari qabul bo’ladi.
Abu Hurayradan (r.a.)

Zikr aytib pokiza holda yotgan bir musulmon kechasi uyg’onib Allohdan dunyo va oxiratga oid hojatidan bir xayr so’rasa, Alloh unga albatta beradi. Muozdan (r.a.)

Тun yarmida yoki uchdan ikkisi o’tganida Alloh taolo dunyo samosiga nuzul etib shunday deydi: "So’ragan yo’qmi, berilsin, duo qilgan yo’qmi, mustajob bo’lsin, istig’for aytgan yo’qmi, mag’firat etilsin". Bu hol toki tong yorishgunga qadar davom etadi. Abu Hurayradan (r.a.)

Har kuni ertalab va kechqurun uch marta "Bismillahillaziy la yadurru maasmihi shayin fil arz va la fissama va huvassami’ul aliym" (Shunday Allohning ismi bilan boshlaymanki, Uning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydi. U eshituvchi va biluvchi Zotdir) degan kishiga hech narsa zarar yetkazolmaydi.
Usmondan (r.a.)

Ummatimdan shunday odamlar borki, ulardan biri kechaning bir qismida turib (shayton oqshom payti bog’lagan tugun bor ekan), o’zini ibodatga tayyorlash uchun tahorat olsa, qo’llarini yuvayotganda bir tugun yechiladi. Yuzini yuvayotga nida yana bir tugun yechiladi. Тirsaklarini yuva yotganida bir tugun yana yechiladi. Boshiga mashtor tganida yana bir tugun yechiladi. Oyoklarini yuvganida tugunlardan yana biri yechiladi. Ittifoqo, Alloh taolo hijob orqasida turganlarga (malo ikalarga) shunday marhamat qiladi: " Qarang shu
bandamga. Mendan so’rash uchun nafsini naqadar tayyorlayapti. Shu bandam nima so’rasa, bergayman". Uqba ibn Amrdan (r.a.)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:24:30

 UYG’ONGANDA O’QILDDIGAN DUOLAR
   
Banda uyg’ongandan so’ng aytadigan eng chiroyli so’z "Subhanallaziy yuhyil mavta va huva ‘ala kulli shay’in qodir" (O’liklarni tiriltiruvchi va har narsaga qodir bo’lgan Zotni poklab yod etaman) so’zidir. Ibn Umardai (r.a.)

Bir kishi ertalab "A’uzu billahi sami’ilaliym, minashshaytonirrojiym" (Eshituvchi va Biluvchi Alloh nomi bilan la’natlangan shaytondan panoh tilayman) desa, ertalabdan kechgacha shaytondan omonda bo’ladi.
Anasdan (r.a.)
   
Тong otganida uch marta bunday degin: "Allohumma anta Robbiy la shariyka lak. Asbahna va asbahalmulku lillahi la shariyka lak" (Allohim, Sen Rabbimsan, Sening sheriging yo’q. Biz ham, mulk ham olamlar Parvardigori Allohniki bo’lgan holda tong ottirdik. Sening sheriging yo’qsir). Kechqurun ham shunday degin. Zero, bu so’zlar ikki vaqt orasidagi (amal)larga kafforat bo’ladi. Salmontn (ra.) (Uyg’onganda o’ng tomon bilan turipadi.)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:25:18

BOMDODDAN KEYINGI IBODAТ VA NAFL NAMOZLAR

Bomdod namozini o’qigan joyda quyosh chiqqunga qadar (ishroqqacha) zikr qilgan kishi rizqtopish uchun dunyoni kezganga nisbatan katta ish qilgan hisoblanadi. Usmondan (r.a.)

Kim namoz o’qigan joyida zuho (ishroq) namozi o’qigunga qadar o’tirsa, dengiz ko’pigi qadar gunohi bo’lsa ham, kechiriladi.
Muoz ibn Jabapdan (r.a.)

Bir kishi quyosh ko’tarilganda chiroyli tahorat olib, ikki rakat namoz o’qisa, barcha gunohlari mag’firat qilinadi yoki onadan tug’ilgandek pokiza bo’ladi.
Usbodan (r.a.)


Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:26:27

 KIYINISh ODOBI
   
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko’ylak kiyishni o’ng tomondan boshlar edilar.
Abu Hurayradan (r.a.)
   
Kim oyoq kiyimini kiyar ekan, o’ngidan boshlasin, yechayotganda esa chapdan boshlasin, kiyayotganda o’ng oyoq birinchi, yechayotganda oxiri bo’lsin.
Abu Hurayradan (r.a.)
   
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yangi liboslarini juma kuni kiyardilar.
Anasdan (r.a.)

   
Alloh qabul qilgan ikki rakat zuho namozi bir haj va umraga badaldir.
Anasdan (r.a.)
   
Ikki rakat zuho namozi o’qisang, g’ofillardan bo’lmaysan. Тo’rt rakat o’qisang, muhsin (yaxshi), olti rakat o’qisang, komiliyn (komil), sakkiz rakat o’qisang, foiziyn (g’alaba qozonuvchi)lardan bo’lasan. Un rakat o’qigan kuning senga gunoh yopishmaydi. O’n ikki rakat o’qisang, sen uchun Alloh jannatda bir ko’shk barpo qiladi.
Abu Zarrdan (r.a.)

Kim shom namozidan so’ng orada yomon gap gapirmasdan olti rakat namoz o’qisa, bu o’n ikki yillik ibodatga teng bo’ladi.
Abu Hurayradan (r.a.)
   
Kim yangi libos kiysa, "Menga vujudimni yopadigan va hayotimda chiroyli ko’rsatadigan libos ikrom etgan Allohga hamd bo’lsin", desin.
Abdurahmon ibn Abu Laylodan (r.a.)
   
Kibrlanish ko’ylak va sallada bo’ladi. Kim bulardan birini manmanlik va kibr uchun qilsa, Alloh taolo qiyomat kunida u kimsaga nazar qilmaydi. Ibn Umardan (r.a.)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:27:36

 UYDANChI QISh
   
Uydan chiqishdan oldin ikki rakat namoz o’qi. Bu seni yomonliqsan qaytaradi. Uyingga kirganda ikki rakat namoz o’qi. Bu namoz seni zararlardan to’sadi. Abu Hurayradan (r.a.)

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yo’lda yurganlarida o’ngso’lga qaramas edilar. Jobirdan (r.a.)
   
Kim uydan chiqsa, "Bismillah, la havla vala quvvata illa billah, mashaalloh, tavakkaltu alalloh, hasbiyalloh va ne’mal vakiyl" (Allohning nomi bilan, Allohsan boshqa biror kuchquvvat yo’q. Alloh xoxlagani bo’ladi. Allohga tavakkal qildim, Allohning O’zi kifoyadir, U naqadar yaxshi vakil), degan duoni o’qisin.
Yazib ibn Husaybadan (r.a.)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:29:12

SAlOMLAShISh ODOBI
   
Salom Allohning ismlaridan biridir...O’rtalaringda salomni yoyingiz.
Anasdan (r.a.)

Bir kishi uydan chiqqanida "Bismillah, tavakkaltu alallohi la havla vala quvvatailla billah" (Allohning nomi bilan, Allohga tavakkal qildim, Allohdan boshqa biror kuchquvvat yo’q), desa, unga "Sen kafolatlanding va himoyaga olinding", deyiladi. Natijada shayton undan uzoqlashadi.
Abu Hurayradan (r.a.)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:30:09

 YURISh ODOBI

Тez yurish mo’minning ko’rkini ketkazadi.
Abu Hurayradan (r.a.)

Salomdan avval so’z boshlamang. Kim salomdan avval so’z boshlasa, unga javob bermang. Ibn Umardan (r.a.)

Ey insonlar, salom bering, ovqatlantiring, qarindoshlarni yo’qlang va tunda hamma uyquda ekan, namoz o’qingki, jannatga salomat kirasiz. Abd ibn Humayddan (r.a.)

Musulmonlardan yigirma odamga salom bergan mo’min jannatga kirishga haqli bo’ladi.
Ibn Umardan (r.a.)                  
   
Kim yurib charchasa, kattakatta qadam tashlasin. Zero, bu charchoqni ketkazadi.
Ibn Umardan (r.a.)

Ikki musulmon uchrashganda ulardan qaysi biri avval salom bersa, o’sha Allohga sevimliroq
bo’ladi.  Qo’l berib ko’rishganlarida esa Allohularning ustiga rahmat yog’diradi. Avval ko’rishganga to’qson, ikkinchisiga esa o’n rahmat beriladi.
   
Qo’l berib ko’rishish mukammal salomlashish sanaladi.
Abu Umomadan (r.a.)
   
Ikki musulmon uchrashganlarida qo’l berib so’rashsinlar, ular ajrashmaslaridan avval mag’firat qilinadilar. Barrodan (r.a.)
   
Bir musulmonning birodariga yaxshilik, sevgi va mehr bilan qarashi mening shu masjidimda bir yil e’tikof o’tirishidan afzaldir. Umardan (r.a.)
   
Kim yoqimli (chiroyli) bir narsani ko’rganida "Mashaalloh, la havla vala quvvata illa billah" (Allohning xohishi bilan, Allohdan boshqa biror kuchquvvat yo’q), desa, unga zarar tegmaydi. Aiasdan (r.a.)                  
   
Ikki musulmon uchrashganida qo’l berib ko’rishgach, Allohga hamd va istig’for aytsa, Alloh har ikkisini ham mag’firat qiladi. Barrodan (r.a.)
   
Qo’l berib ko’rishing, zero bu ichkaridagi dushmanlikni chiqaradi. O’zaro sovg’a bering, zero hadya oradagi ginakuduratni yo’qotadi. Ibn Umardan (r.a.)
   
Muonaqa (quchoqlashib ko’rishish) o’tgan ummatlarning salomlashish odoblari va xolis do’stliklari alomati edi. Ibrohim alayhissalom birodari bilan ilk quchoqlashib ko’rishgan inson sanaladi. Тamim Addoriydan (r.a.)

Kim dindosh birodarida biror yaxshi narsani ko’rsa, uni tabriklasin va "Barakalloh", desin. Zero, nazar (ko’z tegish) haqsir. Sahldai (r.a.)
 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:31:20

AKSIRISh VA ESNASh
   
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aksirganlarida "Alhamdu lillah" (Allohga hamd bo’lsin), der edilar. U zotga "Yarhamukalloh" (Alloh sizga rahm qilsin), deyilganda "Yahdikumulloh va yuslihu balakum" (Alloh sizni hidoyatga boshlab, sha’ningizni isloh etsin), der edilar. Ibn Ja’fardan (r.a.)

Kimki aksirsa, "Alhamdu lillahi Robbil a’lamiyn" (Olamlar Rabbi Allohga hamd bo’lsin) yoki "Alhamdu lillahi ‘ala kulli hal" (Har bir holatda ham Ashyuhga hamd bo’lsin), desin. Eshitgan kimsa "Yarhamukalloh", deb aytsin. Aksirgan kishi unga javoban "Yag’firullohu lana va lakum" (Alloh bizlarni va sizlarni mag’firat qilsin), desin. (Yoki "Yaxdina va yahsikumulloh" (Bizlarni va sizlarni Alloh hidoyat qilsin), deyiladi.) Ibn Mas’uddan (r.a.)

Kimki aksirganda yoki kekirganda "Alhamdu lillahi ‘ala kulli halin minal hal" (Bizni bir holatdan ikkinchi holga o’tkazgan Allohga hamd bo’lsin), desa, undan yetmish xil dard ketadi. Bu dardlarning eng yengili juzzam (pes kasalligi)dir. Ibn Amrdan (r.a.)

Aksirganga uch martagacha "Yarhamukalloh", deb javob beriladi (agar aksiruvchi "Alhamdulillah", desa). Agar ko’p aksirsa, xohpasang, javob ber yoki jim tur. Ubayd ibn Rofisdan (r.a.)

Kim kekirsa yoki aksirsa, ovozini baland chiqarmasin. Chunki bundan shayton xursand bo’ladi. Shaddod ibn Avsardan (r.a.)

Kimki esnasa, qo’lini og’ziga qo’ysin. Chunki shayton esnoq bilan birga kiradi. Abu Said alХudriydan (r.a.)
      
Kimning qulog’i shang’illasa (qizisa  tarj.), meni esga olsin va menga salotu salom yo’llasin. Va yana: "Meni eslagan kishini Alloh xayr (yaxshilik) bilan eslasin", deb aytsin. Abu Rofi’dan (r.a.)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:31:58

BOZORO’ChAR VA MUOMALA
   
Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam bozorga kirayotganlarida ushbu duoni o’qir edilar: "Bismilloh, Allohim, bu bozorning va bozordagilarning eng xayrlisiii Sendan so’rayman va bu yerdagilarning yomonligidan sening pano hishta yukinaman. Allohim, bu bozordya yolg’on qasam ga duch qilishdan va yo’qotishga duchor qiluvchi hiylaga uchramoqsan asrashingni so’rayman". Buraydadan (r.a.)
   
Kimki bozorga kirsa va: "La ilaha illallohu vahsahu la sharika lah, lahul mulku va lahul haodu, yuhyi va yumitu va huva hayyul la yamutu, biyadihilxoyr. Va huva ‘ala kulli shay’in qodiyr" (Yakka Alloxdan boshqa iloh yo’q, Unilg sherigi ham yo’q. Mulk va hamd ham U uchundir. U tiriltiradi va o’ldiradi. U tirikdir, aslo o’lmaydi. Yaxshilik Uning qo’lvdadir. U har narsaga qodirdir), desa, Aploh unga mingming savob beradi. Uning mingming gunohini o’chiradi va uni mingming marotaba yuksaltiradi hamda uning uchun jannatda bir ko’shk bino qiladi. Solim ibn Abdullohdan (r.a.)



Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 Mart 2008, 17:32:45

 ТIJORIY MUOMALALAR
   
Eng yaxshi daromad tijoratchinikidirki, gapirsa, yolg’on gapirmaydi, ishonchni yo’qotmaydi, so’zidan qaytmaydi, qarzini kechiktirmaydi, bergan qarzini qistamaydi, sotayotgan molini ortiqcha maqtamaydi va olayotgan molini yomonlamaydi. Muozdan (r.a.)
   
Halolning eng go’zali kasbingizdan (peshona teri bilan topib) yeganingizdir. Farzandlaringiz kasbingizdandir. Oishadan (r.a.)
   
Alloh u bandasiga rahmat qilsinki, halolidan topdi, isrof qilmadi. Ortiqchasini esa faqirlik va muhtojlik kuni bo’lmish qiyomat
kuniga avvaldan sarfladi. Oishadan (r.a.)
   
To’g’ri, amin bir tijoratchi (qiyomat kunida) nabiylar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo’ladi. Abu Saiddan (r.a.)
   
Alloh taolo aytdi: "Birbiriga xiyonat qilmagan ikki sherirshng uchinchisi Menman. Хiyonat qilishsa, oralaridan chiqaman". Abu Hurayradan (r.a.)
   
Bozorga birinchi bo’lib kiruvchi bo’lma. Eng oxirida chiquvchi ham bo’lma. Zero, shayton u yerda tuxum qo’ydi va bola ochdi. Salmondan (r.a.)
   
Shaytonlar bayroqlari bilan bozorlarga kiradilar. Ilk kirganlar bilan birga kirib, oxirgi chiqqan bilan chiqadilar. Abu Umomadan (r.a.)
   
Bozor gaflat va adashuv joyidir. Kim Allohni u yerda bir marta zikr qilsa, Alloh unga mingming savob yozadi. Kim "La havla vala quvvata illa billah", desa, kechgacha Allohning panohida bo’ladi. Alidan (r.a.)
   
Alloh taolo sotayotganda va olayotganda, qarzini to’layotganda va qarzini so’rash damusomahali (xushmuomalali  tarj.) bandasini
sevadi. Abu Hurayradan (r.a.)

Hech o’lmaydigan odam kabi amal qil va ertaga o’ladigan odam kabi hazar qil. Ibn Amrdan (r.a.)

(Ahmad Ziyouddin hazratlari bu hadisi sharifdagi "o’lmaydigan odam kabi" birikmasini dunyoga hirs bilan yopishmagan, shoshilmay ishini toza qiladigan odam ekanini, "ertagayots o’ladigan odam kabi"birikmasini esa Aploh va bandalari oldidagi burchmas’uliyati, oxirat so’rovini o’ylab iloji boricha tezroq harakat sshadigan odam sifatida sharhlaganlar.)

Qayd etilgan