Marg'ilon shahri haqida iqtiboslar  ( 13297 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


AbdulAziz  11 Mart 2008, 06:04:58

Yana biri Marg'inondur. Andijonning g'arbidadur. Andijondin yetti yig'och yo'ldur. Yaxshi qasaba voqe' bo'luptur, pur ne'mat; anori va o'rugi asru ko'p xo'p bo'lur. Bir jins anor bo'lur, "donai kalon" derlar, chuchukligida zardolu mayxo'shlig'idin andak choshni bor. Samnon anorlarig'a tarjeh qilsa bo'lur. yana bir jins o'rik bo'lurkim, donasini olib, ichiga mag'iz solib quruturlar, "subhoniy" derlar, bisyor lazizdur. Ovi qushi yaxshidur, oq kiyik yovuqta bo'lur. Eli sorttur va mushtazan va pursharu sho'r eldur. Jangaralik rasmi Movarounnahrda shoe'dur. Samarqand va Buxoroda nomdor jangaralar aksar Marg'iloniydur. Sohibi "Hidoya" Marg'inonning Rushdon otliq Kentidindur.

Zahiriddin Muhammad Bobur, "Boburnoma"dan

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Mart 2008, 06:06:33

Marg'ilonni "Sunduqul orifiyn" (Oriflar sandig'i) deydilar. Bunga sabab esa bu shahardan juda ko'p olimu fuzalo, oriflarning chiqqanidir.

Sobir hoji, sobiq Farg'ona viloyati qozisi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Mart 2008, 06:07:27

«Marg‘ilon shahrida 60 ming aholi istiqomat qiladi. Bu shahar Farg‘ona viloyatining amaldagi poytaxti hisoblanadi. Shaharda qadimiy obidalar deyarli saqlanib qolmagan».

Jyul Vern esdaliklaridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Mart 2008, 06:20:20

 - Men Marg'ilon ko'chalarida yurib, karvonsaroy, eski o'rda o'rinlarini belgiladim. Mirzakarim qutidor, Usta Alim, Homid, Sodiqlar uyini taxminladim va "Xo'ja Ma'oz"da bi kecha tunadim.
"Xo'ja Ma'oz"da yolg'iz tunadim. Masjid ayvonifa uzoq o'tirdim. Hammayoq qorongi; odam degan gap yo'q... Bora-bora uyqu bosdi. Uxlab olmoqchi bo'ldim. Biroq yotib ko'z yuma olmadim. Chunki, tunovchilar keltirganmi, masjidda qandala ko'p ekan, chaqaverib bezor qildi. ovliga tushub yotay desam, turli hasharotlardan xavf qilardim... Nihoyat tobutxonaga kirib yotdim...

Abdulla Qodiriy esdaliklaridan

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Mart 2008, 06:25:05

Payg‘ambarimiz (s.a.v) umrlari mobaynida to‘rt marotaba soch oldirganlar. Sochlarini sahobalar tabarruk qilib o‘zaro bo‘lishib olishgan. Muqaddas mo‘y islomning dastlabki asrlaridan boshlab butun musulmon mamlakatlariga olib kelingan va uni saqlash uchun maxsus binolar qurilgan. Keyinchalik bu binolar aholi tomonidan ziyoratgohga aylangan. Mo‘yi muborak ashyo sifatida Pokiston, Turkiya, Eron, Hindistonning masjid, madrasa va muzeylarida saqlanmoqda. XVIII asrning oxiri XIX asr boshlarida yashab o‘tgan, Qo'qon adabiy muhitining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri shoir Ma'dan keltirgan ma'lumotga ko‘ra, Muhammad (s.a.v)ning soch tolalari XVII asrning yetmishinchi yillarida Marg'ilonga olib keltirilgan.

Alixonto'ra Sog'uniy

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Mart 2008, 06:27:09

Keling, gapni ularning shirinkalomligiyu hushmuomalaligidan boshlay qolaylik. Vodiyda «Muomalani marg‘ilonlikdan o‘rgan» degan kalom bejiz kezib yurmaydi. Magarkim, shoiru fuzalolarimiz ta’rif bergan «so‘zi bol» rost bo‘lsa, bu faqat marg‘ilonliklar... To‘y-to‘ychiqdagi, izdihomlardagi muomala, chaqqon xizmatu mulozamatni ko‘rsangiz, ming beg‘am bo‘ling «Balli, otang­ga rahmat» deya, albatta, ko‘ngli­ng­izdan o‘tkazasiz. Dilkashlar esa bu tasannoni har gal inkishof etadilar.

Pirsiddiq majmuasi O‘zidan ulug‘ni, xeshu aqraboni ulug‘lash borasiga kelsak, marg‘ilonliklarning «lar» maxsus qo‘shimchasi bor: «dadamlar, buvamlar, ukamlar... keldilar, ketdilar». Birorta urug‘-aymoq, birorta mehmon, hatto suhbatning yo‘q ishtirokchisi ham «lar» bilan siylanmay qolmaydi.

Tilavoldi Jo'rayev, jurnalist

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Mart 2008, 06:28:55

«Tuban Nasnya viloyatida yana ko‘p shaharlar bor edi. Bu yerda Zandarmish(Zarafshon)dan tashqari yana Marg‘ilon, Bang, Utikon va Andijon shaharlari bor edi. Qoraxoniylar hukmronligi davrida Marg‘ilon viloyatning (Tuban Nasnya) asosiy markaziy shahri bo‘lgan ».

V.V.Bartold «Turkiston mo‘g‘ullar hukmronligi davrida» kitobidan

Qayd etilgan



ikbaljohn  11 Mart 2008, 08:34:31

Ассалому алайкум!Форумларда Маргилон хакида фикрлар,саволлар суралспти.Уша фикрларни шу мавзуга иктибос килмокчиман.forum.arbuz.com дa root исмли юзер куйидаги саволни берган сди:
Iqtibos
ассалому алайкум, маргилонга хеч бормаганман. айтишадики, ким у ерга борса, исломий мухитни хаётни куради дейди, шу ростми, чунки 1-2 марта бориб келган касбдошларим шунака дейишди. илтимос маргилон хакида ва у ердаги инсонлар хакида сузлаб берсаларинг. маргилон водийлар ичида умуман бошкача дейишади.
Han шундай жавоб берди:
Iqtibos
6-sinfda o'qirdik. Bir kuni sinfimizga bitta yangi o'quvchi kirib keldi.
Oyog'ida mahsi-kovush, uzun ko'ylak va ro'mollik...

SSSR davri (1987) emasmi, paralell sinflardan o'quvchilar kelib tomosha qilishardi...
Ba'zilarini ko'zida ajablanish, ba'zilarida achinish o'qilib turardi...

6-sinf... 12-13 yoshdagi yosh qizcha ham mahsi kovush kiyadimi? Ro'mol o'raydimi? dedan savol nazari deyarli hammamizda bo'lgan... Chunki qizchaning qiyofoti biz uchun xuddi mahalliy kampirlar qiyofasining o'zginasi edi...
Faqat orasidan ko'rinib turgan beg'ubor yosh chehra hamma narsani ostin ustun qilib tashlagandi...

O'zi ham tushungandi kelgan joyida mahsi-kovush 50dan oshganlar uchungina odatligini. Ro'molniku aytmasa ham bo'ladi...
Bir oy davomida har kuni tanaffuslarda katta-kichik sinfdan o'quvchilar, hatto muallimlar ham kelib bitta qarab ketishardi..
Bechora qiz rosa uyalardi, tanaffusda umuman sinfdan chiqmasdi, oyoqlarini partani tagiga yashirib o'tirardi...

Ismi adashmasam Ziyoda edi...

Marg'ilon desa hamisha o'sha sinfdoshimiz gavdalanadigan bo'p qolgan ko'z oldimda...
8-ni bitirib ketdi... Lekin avval ro'molini o'rnini bantikli sochlar, keyin mahsisini
o'rnini bejirim tuflilar, uzun ko'ylagini o'rnini maktab formasi egalladi...


Marg'ilonga bormaganman, lekin bu voqea u yerdagi muhit haqida ozmuncha fikrga ega qilgan...
Kitayoza:
Iqtibos
va alaykum assalam.
Juda go'zal shaxar. Farg'onadan bor yo'g'i 5 chaqirim nariroda bo'sa ham madaniyat borasida undan ustundir. Va nafaqat madaniyat, odamlarni yurish turishi, gap so'zidan ham farq qiladi.
2-3 marta borganman Marg'ilonga. Sevdim shu shaxarni. Juda yoqqan manga.
Mirsa:
Iqtibos
Marg'ilonlilar vijdonli bo'lishadi. Tog'risi!
Qo'qonliklar savdogar bo'lsa, Marg'ilonliklar hunarmand. Davlat ishida ishlasa ham uyida biror bir dastgohi bo'ladi. Marg'ilonlik tanishlarim ichida yomoni yo'q.
http://forum.arbuz.com.:81/showthread.php?t=44681&highlight=Marg%27ilon[/b]

Qayd etilgan


gayrat17  17 Mart 2008, 14:05:11

MArg'ilonga borsangiz
Uy bor ariq bo'yida
MArg'ilonlik bir qizni
Bormaganman to'yiga.


Qayd etilgan