Marg'ilon shahri haqida iqtiboslar  ( 13359 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


gayrat17  28 Mart 2008, 16:18:02

Qo;qon demas, Toshkent demas, O'sh demas
Tegsa faqat Mar'gilonga degodir,
Marg'ilonlik qizlar Siz
Ne qilardik, Sizlarsiz

Qayd etilgan


Margiloniy  29 Iyul 2010, 18:56:47

Prezident Islom Karimovning Marg‘ilon shahrining 2000 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi



Bugun, mana shu muborak kunda siz azizlar bilan qadimiy va navqiron Marg‘ilon shahrining 2000 yillik to‘yi munosabati bilan shu tabarruk zaminda to‘planib turibmiz.

Barchangizni, avvalo ko‘pni ko‘rgan, bag‘rikeng va oqko‘ngil Marg‘ilon elini, Farg‘ona vodiysi ahlini, butun xalqimizni ana shu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimdan muborakbod etishdan baxtiyorman.

Mana shu tantanali marosimda ishtirok etayotgan chet ellik hurmatli mehmonlarimizni samimiy qutlab, ularga sizlarning nomingizdan, xalqimiz nomidan ezgu tilaklar bildirishga ijozat bergaysiz.

Aziz do‘stlar, birodarlar!

Bugun barchamiz uchun haqiqatan ham quvonchli va unutilmas tarixiy kun. Ya’ni, Marg‘ilon shahrining dunyoda e’tirof etilgan eng qadimiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilishi, bu muqaddas zaminda tug‘ilib yashab o‘tgan buyuk ajdodlarimizning kelajak avlodlarga qoldirgan bebaho merosini, noyob tarixiy obidalar va tabarruk qadamjolarni ardoqlab, o‘tmishga hurmat va ehtirom namunasini ko‘rsatib kelayotgani, bir so‘z bilan aytganda, Marg‘ilon shahrining jahon madaniyati va sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasining YUNESKO va uning timsolida xalqaro jamoatchilik tomonidan tan olinishi albatta barchamizga katta g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Chindan ham, bundan yigirma asr muqaddam Marg‘ilonsoy sohillarida vujudga kelgan, yurtimizdagi ilk odamzod maskanlaridan biri bo‘lgan bu shahar o‘lkamizda o‘troq hayot, yuksak dehqonchilik va sug‘orish madaniyati olis zamonlarda shakllangani va ravnaq topganidan dalolat beradi.

Ko‘hna Marg‘ilon zamini o‘zining noyob hunarmandchilik mahsulotlari bilan Misr va Yunoniston, Suriya va Vizantiya, Eron va Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlarda ma’lumu mashhur bo‘lgani ham buni tasdiqlaydi.

Tabiiyki, Marg‘ilonning boshqa ko‘hna shaharlarga o‘xshash jihatlari bor, lekin u ko‘pgina o‘ziga xos belgi-alomatlari bilan alohida ajralib turadi.

Ilmiy manbalar, arxeologik qazishmalarning guvohlik berishicha, Marg‘ilon o‘ta noyob bir xususiyatga ega bo‘lib, 2000 yil oldin ajdodlarimiz aynan shu yerda ildiz otib, shahar poydevorini qurgani va oradan shuncha vaqt o‘tganiga qaramasdan, uning o‘z tarixiy hududida bugungi kunga qadar muqim rivojlanib kelayotgani har qanday odamni ham hayratda qoldiradi.

Albatta, bu holning asl siri va sabablarini aniqlash uchun hali yana ko‘p tadqiqot va izlanishlar olib borish talab qilinadi.

Miloddan oldin paydo bo‘lib, Xitoydan to Ispaniyagacha bo‘lgan bepoyon hududni qamrab olgan Buyuk ipak yo‘li qancha-qancha manzilu makonlarni kesib o‘tgan. Bu haqda gapirganda, shuni ta’kidlash kerakki, bugun ana shu shaharlarning aksariyati faqat qadimiy xaritalarda saqlanib qolganini ko‘rish mumkin.

Lekin Buyuk ipak yo‘lining ta’siri va tarixiy ildizlarini, ta’bir joiz bo‘lsa, uning nafasini o‘zida saqlab kelayotgan Marg‘ilondek shaharlar, o‘ylaymanki, yer yuzida kamdan-kam topiladi.

Ayniqsa, bu go‘zal diyor hanuzgacha butun dunyoni maftun etadigan shohiyu adras, ipak mahsulotlar markazi bo‘lib qolayotgani, bunday o‘ta nozik hunarning mohir ustalari shu yurtda kamolga yetayotgani ham shuni isbotlaydi.

Ayni paytda Marg‘ilon shahrining milliy davlatchiligimiz rivojida o‘ziga xos iz qoldirgani ham hozirgi kunda ko‘p-ko‘p ilmiy dalillar asosida ayon bo‘lmoqda.

Buning tasdig‘ini avvalo olis o‘tmishda bu yerda mustahkam qal’a va saroylar, mudofaa inshootlari, ellik chaqirim naridan ko‘rinadigan baland minora mavjud bo‘lgani, pul chiqarish yo‘lga qo‘yilgani misolida ko‘rish mumkin.

Marg‘ilon haqida so‘z borar ekan, buyuk ajdodimiz Bobur Mirzoning, bilagi zo‘r insonlar, ya’ni eng botir polvonlar Marg‘ilon zaminidan chiqadi, degan so‘zlari, hech shubhasiz, bugungi haqiqatni ham ifoda etadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, barcha ko‘hna shaharlar qatori Marg‘ilon ham asrlar davomida turli sinov va suronlarni boshidan kechirdi. Lekin ana shunday jasur o‘g‘lonlari, ularning har qanday sharoitda ham o‘z yurtini yovuz kuchlardan himoya qilishga qodir bo‘lgani, fidoyiligi va matonati hisobidan Marg‘ilon shahri, mana, ikki ming yildirki, o‘zligini saqlab, o‘tmishga hurmat va ehtirom bilan qarab, bezavol yashab kelmoqda.

Shu borada Marg‘ilonning muqaddas islom dinimiz, musulmonchilik aqidalarining ravnaq topishiga ulkan hissa qo‘shganini alohida ta’kidlash o‘rinli, deb o‘ylayman.

Bu shaharning tarixiy qiyofasini o‘zida mujassam etgan Pursiddiq majmuasi, Ulug‘mozor ziyoratgohi, Uvaysiy maqbarasi, Xoja Said Ahmad madrasasi kabi qator me’moriy obidalarni qayta tiklab, tubdan ta’mirlaganimiz bebaho ma’naviy merosimizni asrab-avaylash yo‘lida yana bir amaliy qadam bo‘ldi.

Tabarruk Marg‘ilon diyorida dunyoga kelib kamol topgan buyuk allomalar milliy salohiyatimiz, milliy tafakkurimiz qudratini namoyon etadigan o‘lmas asarlar yaratgani ham bu zaminning ilohiy xosiyatidan dalolat beradi. Hech shubhasiz, bunday benazir zotlar avvalo Ollohning nazari tushgan, uning o‘zi aziz qilgan muqaddas joydangina yetishib chiqadi, desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz.

Biz Marg‘ilon deganda, avvalo nafaqat O‘zbekiston, balki butun islom olamining faxri bo‘lmish Burhoniddin Marg‘inoniy bobomizning muborak nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.

Musulmon ummati orasida "œHidoyat yo‘lining sarboni" degan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan bu mumtoz siymoning buyuk merosi, ibratli hayoti va ma’naviy jasorati to‘qqiz asrdan buyon o‘zining ulkan ahamiyati va qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.

Marg‘ilonning mo‘tabar zaminida bu ulug‘ zotning ko‘plab safdosh va izdoshlari ilmu ma’rifat, dinu diyonatni yuksaltirish yo‘lida beqiyos xizmatlar qilgani ham keyingi yillarda o‘z isbotini topayotgani e’tiborga sazovor.

Ayniqsa, islom huquqi va falsafasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan Hasan Marg‘inoniy va Zahiriddin Marg‘inoniy, Muhammad Marg‘inoniy kabi allomalarning hayoti va faoliyatini atroflicha o‘rganish, jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha boshlagan ishlarni davom ettirishimiz zarur.

Ana shunday siymolar qatorida ayol qalbining go‘zalligi, pok muhabbat, vafo va sadoqat tuyg‘ularini kuylab o‘tgan atoqli shoira Jahon otin — Uvaysiy o‘zining betakror ijodi bilan tariximizda munosib o‘rin egallaydi.

Eng muhimi shundaki, bunday bebaho meros namunalari bugungi kunda ham ma’naviyatimizni yuksaltirish, yosh avlodimizni irodasi baquvvat, iymon-e’tiqodini mustahkam etib tarbiyalashda beqiyos xizmat qilmoqda.

O‘ylaymanki, ana shu ulug‘ zotlarning ruhi poklarini shod qilish maqsadida ularning qadamjolarini har tomonlama obod qilib, xotiralariga hurmat-ehtirom bajo keltirayotganimizdan avvalo o‘zimiz ruhiy quvvat, ma’naviy madad topmoqdamiz.

Aziz do‘stlar!

Marg‘ilon zaminining o‘ziga xos xususiyat va alomatlari haqida yana ko‘p gapirish mumkin. Lekin bu shaharga ming yillar davomida alohida fayz va tarovat bag‘ishlab kelayotgan Marg‘ilon ahlini har qancha ta’riflasak, har qancha ulug‘lasak arziydi, albatta.

O‘zaro hurmat, mehr-oqibat, mehmondo‘stlik, shirin so‘z va muomala, odob-axloq va andisha kabi fazilatlari bilan ajralib turadigan, hatto bolasini ham sizlab gapiradigan Marg‘ilon ahli doimo boshqalarning havasini o‘ziga tortib keladi.

Shaxsan men Marg‘ilonning chehrasi ochiq, yuz-ko‘zidan nur yog‘ilib turadigan farishtadek nuroniy oqsoqollarini ko‘rganda, ularning qo‘lini olib, hol-ahvol so‘rashib, marg‘iloncha aytganda, otamlashib suhbat qurgim keladi. O‘zining mehnatkash va chevarligi bilan nom qozongan, ota-bobolarimizdan qolgan ajoyib kasbu hunarlarning sohibasi bo‘lib, shu bilan birga, zamonaviy bilim va malaka egasi bo‘lmish Marg‘ilon ayollari, mehribon va munis ayajonlar har qanday yuksak hurmat va tahsinga sazovordir.

Ishonchim komilki, Marg‘ilonda loaqal bir marta bo‘lgan kishining xayolida bu shahar ahlining istarasi issiq, samimiy qiyofasi uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Biz Marg‘ilonning qutlug‘ to‘yi munosabati bilan ana shu odamlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yib, yangi uy-joylar, bozor va do‘konlar, zamonaviy korxonalar qurish, yangi-yangi yo‘llar, gaz va suv, aloqa tarmoqlarini barpo etish, tibbiyot va transport, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, bir so‘z bilan aytganda, marg‘ilonliklarning hayot darajasini ko‘tarishga qaratilgan katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirganimizdan barchangiz xabardorsiz.

Ayniqsa, Marg‘ilonda tug‘ilib, uning tuprog‘ini ko‘ziga to‘tiyo qilib yashaydigan bolalarimizning istiqbolini o‘ylab, ularning sog‘lom va barkamol voyaga yetishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish mana shu yubiley tadbirlarining asosiy maqsadi va mohiyatini belgilaydi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Shu o‘tgan qisqa muddatda shaharda yangi tibbiyot kolleji va zamonaviy maktablar, Yoshlar xiyoboni, akvapark, yopiq suv saroyi, muhtasham amfiteatr barpo etilgani, Bolalar ijodiyoti markazi, bir qator maktab va bog‘chalar, 7 ta poliklinika kapital ta’mirlangani, shahar tug‘uruqxonasi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangani va boshqa ko‘p-ko‘p ishlarimiz barchamizga katta mamnuniyat yetkazadi. Nega deganda, bu dunyoda odamzod uchun o‘z farzandining baxtini, kamolini ko‘rishdan ortiq saodat yo‘q.

Marg‘ilonning qutlug‘ to‘yi munosabati bilan bu yerda bajargan ishlarimiz haqida ko‘p gapirmasdan birgina raqamni keltirish o‘rinli deb bilaman.

Shahardagi qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlariga jami bo‘lib 30 milliard so‘mga yaqin mablag‘ sarflanganining o‘zi amalga oshirilgan ishlarning hajmi va ko‘lamini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Muhtaram do‘stlar!

Marg‘ilon deganda, o‘zbek madaniyati tarixida ulkan o‘rin tutadigan buyuk san’atkorlar siymosi beixtiyor ko‘z o‘ngimizda jonlanadi.

Mana shu zaminda unib-o‘sgan, har biri o‘ziga xos betakror ijodiy maktab yaratgan Yusufjon qiziq Shakarjonov va Usta Olim Komilov, Muhiddin Qoriyoqubov, Tamaraxonim va Gavharxonim, Ma’murjon Uzoqov va Jo‘raxon Sultonov, Saodat Qobulova va Berta Davidova singari o‘nlab mumtoz san’atkorlarimizning nomlarini el-yurtimiz hamisha e’zozlab keladi.

Aynan Marg‘ilondan — hayotni, go‘zallikni sevadigan, adabiyot va san’atni teran tushunadigan, iste’dod va qobiliyatni yuksak qadrlaydigan odamlar yashaydigan ma’naviy muhitdan mana shunday ulug‘ san’atkorlar yetishib chiqishi aslo tasodif emas, aksincha, qonuniy bir hol, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.

Buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy o‘zining "œO‘tkan kunlar" romanida go‘zal va oqila Kumush siymosini aynan hayotdan olib tasvirlagani uchun ham oradan yuz yil o‘tgan bo‘lsa hamki, kitobxon xalqimiz Marg‘ilon deganda, avvalo, ana shu o‘lmas obrazni xayolidan o‘tkazadi.

Bularning barchasi Marg‘ilon ahlining asl insoniy fazilatlar, milliy qadriyatlarimizni qanchalar e’zozlab, ko‘z qorachig‘iday asrab kelayotganini, uning ma’naviy olami naqadar boy va yuksak ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Shu fursatdan foydalanib, nufuzli YUNESKO xalqaro tashkilotiga, shu to‘yni o‘tkazishga munosib hissa qo‘shgan, Marg‘ilon shahrini doimo hurmat bilan tilga oladigan uzoq-yaqindagi barcha do‘stu birodarlarimizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.

Marg‘ilon shahrining qiyofasini tubdan o‘zgartirish, odamning havasini uyg‘otadigan yangi ravon yo‘llar, go‘zal maydon va xiyobonlar, shinam turarjoylar, madaniy-maishiy inshootlarni bunyod etishda fidokorona mehnat qilgan quruvchi va muhandislar, ana shu ezgu ishga xizmati singgan barcha insonlarga samimiy tashakkur izhor etaman.

Aziz yurtdoshlar!

Bugun Marg‘ilonning 2000 yillik sanasiga bag‘ishlangan sa’y-harakatlarimiz, amalga oshirgan ishlarimiz haqida gapirar ekanmiz, bu bayramni Xiva, Samarqand va Buxoro, Qarshi va Termiz, Shahrisabz kabi qadimiy shaharlarimizning to‘ylari qatorida o‘tkazilayotganini, avvalambor yurtimizning naqadar ko‘hna va shonli tarixga ega bo‘lgani, biz yashayotgan bu zaminning har qarich yeri muqaddas ekanining yaqqol dalili va isboti sifatida qabul qilishimiz darkor.

Agarki bu masalaga xolisona qaraydigan bo‘lsak, bunday yuksak sharafga munosib bo‘lgan shahar va maskanlar yurtimizda ko‘p. Faqatgina mana shu Farg‘ona vodiysining o‘zida latif shahar deb nom olgan Qo‘qon, qadimiy Andijon, go‘zal Namangan, ko‘hna Axsikent kabi tariximizda chuqur iz qoldirgan shahar va qo‘rg‘onlarning nomlarini ulug‘lash va ularning ham qutlug‘ sanalarini keng miqyosda nishonlash — bularning barchasi bizning oldimizda turgan katta vazifadir.

Nasib etsa, ularning to‘ylariga bag‘ishlangan tayyorgarlik ishlarini va tantanalarini barchamiz birgalikda o‘tkazamiz, inshoolloh.

Azizlarim, qadrdonlarim!

Odamga mamnuniyat va xursandchilik yetkazib, qalbimizni g‘urur va iftixorga to‘ldiradigan mana shunday shukuhli damlarda sizlarga o‘zimning chuqur va samimiy hurmat va ehtiromimni bildirib, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, ishlaringizga yangidan-yangi omadlar tilayman.

Marg‘ilon shahrining, o­na O‘zbekistonimizning shuhrati yanada ziyoda bo‘lsin!

Ollohning o‘zi barcha ezgu ishlarimizda madadkor bo‘lsin!


07.09.2007

Qayd etilgan


gayrat17  30 Iyul 2010, 20:16:17

MArg'ilonga borsangiz
Uy bor ariq bo'yida
MArg'ilonlik bir qizni
Bormaganman to'yiga.


MArg'ilonga borsangiz
Uy bor ariq bo'yida
MArg'ilonlik po'rimchini
Bormaganman to'yiga.
 ;D :1

Qayd etilgan