Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 346531 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 38 B


Robiya  23 Iyul 2008, 15:16:55

Geografik nomlar

ATTIKA - Qadimgi O"œrta Yunonistonning janubi-sharqida joylashgan viloyat. Yunon rivoyatlariga ko"œra, Afina atrofida Attikaning siyosiy birlashuvi shoh Tesey davrida sodir bo"œlgan; aslida bu jarayon bir necha asrlarga cho"œzilgan. Mil. avv. VI asrga kelib Afina Attikada mutloq iqtisodiy va siyosiy ustunlikka erishgan. Hozirgi Gretsiyada Attika shu nomdagi ma"œmuriy-hududiy birlik - nom (markazi - Afina).
KNOSS - Shimoliy Kritning markaziy qismida joylashgan qadimgi shahar. Egey madaniyati markazlaridan biri. Mil. avv. III mingyillik oxirlaridan podsholikning poytaxti. Knoss podsholari mil. avv. XVI-XV asrlarda Krit ilk quldorlik davlatining oliy hukmdorlaridan bo"œlgan. Mil. avv. 1470-yilda sodir bo"œlgan zilzila, mil. avv. taxminan 1380-yildagi yong"œin natijasida vayron bo"œlgan. 1900-1930-yillarda ingliz arxeologi A.J.Evans tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Knoss hukmdorlarining saroyi ochilgan va "œxo"œjalik arxivi" - yozuvli jadvallar topilgan. Knoss mil. avv. XV asr 2-yarmida axeylar tomonidan bosib olingach tanazzulga uchragan.
KORINF - qadimgi yunon shаhаr-dаvlаti (pоlis) (hоzirgi Kоrinfdаn 6 km nаridа). Tахminan mil. avv. X аsrdа dоriylаr tоmоnidаn bаrpо qilingаn. Tirаnlаr - Kipsel vа Periаndr dаvri (mil. аv. VII-VI аsrlаr bоshi)dа gullаb-yashnаgаn. Korinf yirik sаvdо-hunаrmаndchilik mаrkаzi; Аfinа bilan rаqоbаtlаshgаn; brоnzа vа sоpоl buyumlаri bilan mаshhur bo"œlgаn; yunоn kоlоnizаtsiyasidа fаоl qаtnаshgаn.
KRIT - Yunoniston hududidagi O"œrta dеngizning sharqiy qismidagi оrоl. Yevrоpa madaniyatining eng qadimgi o"œchоqlaridan. Antik davrda qurilgan ko"œplab mе"œmоriy yodgоrliklar saqlangan. Bu yerda mil. avv. III mingyillikda ilk quldоrlik davlatlari vujudga kеlgan. Mil. avv. XX-XV asrlarda bu davlatlar juda rivоjlangan. Mil. avv. I asrda Krit Grеtsiyaning siyosiy va madaniy hayotida muhim o"œrin tutgan. Mil. avv. 67-yilda оrоlni rimliklar egallagan. 395-yilda Rim impеriyasi parchalanib kеtgandan so"œng Krit Sharqiy Rim impеriyasining tasarrufiga o"œtgan.
MIKEN (Mikеni) - Argоlida (Jan. Grеtsiya)dagi qadimgi shahar. Egеy madaniyatining yirik markazi. Mil. avv. III mingyillikda manzilgоh. XVII asrdan aхеylar davlatlaridan birining pоytaхti. Ravnaq tоpgan davri mil. avv. 1400-1200 yillarga to"œg"œri kеladi. Mil. avv. 1200 yilda yong"œindan хarоbaga aylangan. Qazishmalar (1876-yildan) natijasida sarоy, daхmalar, ulkan dеvоrlar, hunarmandlar uylari оchilgan.
OLIMP TOG"œI - Yunoniston tog"œlarining eng baland cho"œqqisi bo"œlib, uning balandligi 2911 metr. Bu tog"œ mamlakatning shimoli-sharqiy qismida joylashgan.
PELOPONNES - Yunonistonning jаnubidagi yarimоrоl. Bоlqоn yarim orolining jаnubiy qismi. Peloponnesdа Spаrtа, Mikenа, Kоrinf kabi yirik tarixiy vilоyatlаri jоylаshgаn.
PILOS (Pylos) - Messeniya sоhili (Pelоpоnnes)dаgi qadimgi yunоn shаhri (mil. avv. XVI-XIII аsrlаr); hozirgi Pilоs shahridan 17 km shimoldаgi Аnо-Engliаnоs tepаligidа jоylаshgаn shаhаr хаrоbаsi. Mil. avv. III mingyillik охiri - II mingyillikdа bu yerdа mаnzilgоh bo"œlgаn. Mil. avv. XVI-XIII аsrlаrdа Pilos mаhаlliy ахey hukmdоrlаri qаrоrgоhi. Pilosdаn devоriy rаsmlаr sоlingаn sаrоy, pоdshоh mаqbаrаlаri qоldiqlаri, qadimgi bitiklаr tushirilgаn 600 dаn оrtiq sоpоl jаdvаlchаlаr, nekrоpоl tоpilgаn.
PIREY BANDARGOHI - Afinaning asosiy port shahari.
TIRINF - Qadimgi Yunonistonda mil. avv. II mingyillikda vujudga kelgan ilk davlatlardan biri.
TROYA (Ilion) — Kichik Оsiyoning shimоli-g"œarbidagi qadimgi shahar. Yunon eposi orqali ma"œlum. Nemis arxeologi Genrix Shlimann 1870-yilda Hisorlik tepaligi xarobalari hududida qazishmalar olib borishi natijasida topgan. XIX asrning oxiridan muntazam qazish ishlari olib borilgan, natijada Troyaning ilk jez davri (mil. avv taxm. 3000 y.) dan boshlangan turli qatlamlari ochilgan. Jez davrida Troya yirik markaz va kichik podsholik poytaxti bo"œlgan. Troya tepalik yon bag"œrida joylashgan, atrofi burjli mudofaa devori bilan o"œralgan. Tepalik ark, uning atrofida zodagonlarning uylari bo"œlgan. Mil. avv. 1260-yilda Troya urushi natijasida axeylar tomonidan bosib olinib, vayron qilingan. Axeylar ketgach, shahar qadimgi madaniy an"œanasini saqlab qolgan, lekin ilgari mavqeini tiklay olmagan. Mil. avv. 1190-yilda Bolqon yarimorolining shimoliy viloyatlaridan ko"œchib kelganlarning yangi guruhi o"œzlari bilan jez qurol-aslahalari va sopol buyumlarining yangi shakllarini olib kelishgan. Mil. avv. 1100-yilda Troya bosqinchilik qurboni bo"œlib, vayron qilingan, faqat 400 yil o"œtgach, mil. avv. 700-yilda yunonlar Troya o"œrnida Yangi Ilion nomli yangi shahar barpo etishgan.

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:18:55

XRONOLOGIYA


MILODDAN AVVALGI IX-VII MINGYILLIK — Yunonistonda dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan manzilgohlar va shaharlar hajmi ortib bordi. Yunon shaharlarining kopchiligi bir qancha manzilgohlar birlashishi yo"œli bilan tashkil topdi. Bunday shaharlar va ularning tevaragida joylashgan qishloqlar shahar-davlatlarni vujudga keltirdi. Afina va Sparta davlatlari ana shunday shahar-davlatlarning eng yiriklari bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI VI-V-MINGYILLIKLAR — Krit oroliga Kichik Osiyodan odamlar suzib kelishgan. Krit bilan Misr o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi.
MILODDAN AVVALGI IV MINGYILLIK OXIRI VA III MINGYILLIKNING I-YARMI — Kritda xo"œjalik — dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ancha rivoj topib, odamlar orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish boshlangan. Kritda dastlabki davlatga asos solinishi.
MILODDAN AVVALGI IV-III MINGYILLIKLAR — Janubiy Yunoniston (Peleponnes)da ibtidoiy urug"œ jamoasi buzila boshladi, jamiyatda tabaqalanish sodir bo"œlib, Miken, Pilos, Tirinf kabi yirik aholi markazlari vujudga keldi.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI — Dunay bo"œyidan ko"œchib kelgan axey va mahalliy yunon qabilalari Peloponnesning shimoli-sharqidagi Miken davlatiga asos soldilar.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI-II MINGYILLIKNING 1-YARMI — Qadimgi Lakonika va Messeniyada Krit-Miken madaniyatiga mansub bir qancha aholi markazlari bo"œlgan. Ularning eng yirigi Pilos edi.
MILODDAN AVVALGI III-MINGYILLIK OXIRI VA II-MINGYILLIK BOSHI —Janubiy Yunoniston (Peleponnes)ning markazlarida dastlabki quldorlik davlatchalar tashkil topdi. Bu davlatlarning eng yiriklaridan biri Miken bo"œlgan. Miken Peloponnesning shimoli-sharqida joylashgan edi.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI — II MINGYILLIK BOSHLARI — Yunonistonda qulchilik vujudga kelgan.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI - II MINGYILLIKNING I-YARMI — Janubiy Yunonistonning g"œarbida joylashgan Pilos shahar-davlati tashkil topgan.
MILODDAN AVVALGI III-II MINGYILLIKLAR — Kirit-Miken madaniyati ravnaq topgan.
MILODDAN AVVALGI II MINGYILLIK — Yunonistonda Knoss, Mikena, Tirinf, Pilos kabi ilk davlatlar vujudga kela boshladi. Yunonistondagi ilk Minoy sivilizatsiyasi (afsonaviy podsho Menos nomi bilan bog"œliq) Krit orolida vujudga keldi.
MILODDAN AVVALGI II MINGYILLIK —Attikaning g"œarbidagi tepalikka akropol — yuqori shahar deb atalgan qal"œa bunyod etilgan. Qal"œa mustahkam devor bilan o"œralgan. Ana shu akropol keyinchalik Afina shahriga asos bo"œlgan. Afina akropoli atrofida aholining uylari joylashgan. Dushmanlar hujum qilgan vaqtlarda aholi akropolga kirib yashiringan. 
MILODDAN AVVALGI XVIII ASRNING 2-YARMI — Kritda vayron bo"œlgan saroylar tiklangan. Knoss shohi Minos butun Kritda hukmronlikni qo"œlga olib, kuchli dengiz davlatini tuzgan. Minos kuchli harbiy-dengiz floti qurib Egey dengizidagi orollarni, Kichik Osiyo va Bolqon yarimoroli sohilidagi yerlarni, hatto Attikani ham o"œziga itoat ettirdi. Minos boshliq dengizchilar uzoq Sitsiliyagacha suzib borganlar. Ba"œzi ma"œlumotlarga qaraganda, Minos Sitsiliyadagi janglarda halok bo"œlgan ekan.
MILODDAN AVVALGI XVI-XV ASRLAR — Krit O"œrtayer dengizi havzasidagi eng kuchli quldorlik davlatiga aylangan. Kritda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlanadi. Krit shohlari O"œrtayer dengizi havzasidagi hamma mamlakatlar bilan qizg"œin savdo-sotiq olib boradilar.
MILODDAN AVVALGI XVI-XIII ASRLAR — Pilos ravnaq topgan.
MILODDAN AVVALGI XV ASRNING 2-YARMI — Krit davlati yemirildi. Zilzila, vulqon va dengiz to"œlqinari mamlakatni vayron etdi. Axey qabilalari Krit oroliga kelib o"œrnashdilar.
MILODDAN AVVALGI XV-XIII ASRLAR — Janubiy Yunonistonning shimoli-sharqidagi Miken quldorlik davlatining gullab-yashnashi.
MILODDAN AVVALGI XIV-XIII ASRLAR — Janubiy Yunonistonning g"œarbida joylashgan Pilos shahar-davlati zaiflashdi va doriylar hujumi natijasida yemirildi.
MILODDAN AVVALGI XIII ASR — Krit oroliga doriylar bostirib kirib, uni ishg"œol qildilar. Shu bilan Krit davlati va uning madaniyati ham inqirozga uchraydi.
MILODDAN AVVALGI XIII-XII ASRLAR — qadim zamonlardan boshlab Bolqondan shimolda, quyi Dunay bo"œylarida yashagan doriy qabilalari o"œz boshlaridan ibtidoiy jamoa tuzumining so"œnggi bosqichini kechirdilar. Ular madaniyat jihatdan krit-mikenliklardan orqada qolmoqda edilar.
MILODDAN AVVALGI XIII-XII ASRLAR — doriylar Yunonistonga bostirib kirib, uni bosib ola boshladilar. Janubiy Yunoniston va Krit doriylar ixtiyoriga o"œtadi. Faqat Attika aholisi doriylarga qarshilik ko"œrsatib o"œz mustaqilliklarini saqlab qolganlar. Doriylar bilan bo"œlgan janglarda juda ko"œp aholi halok bo"œlgan, qishloq va shaharlar kuydirilib,vayron etilgan. Mahalliy aholining bir qismi doriylarga itoat etib, ular bilan aralashib ketgan. Bosqinchilarga itoat etishni istamagan aholi o"œz vatanini tashlab uzoq o"œlkalarga ketganlar. Doriylar istilosi natijasida Yunonistonning xo"œjaligi tushkunlikka uchragan. Qadimgi Miken, Tirinf, Krit va Pilos kabi quldorlik davlatlari tugatilgan. Ammo doriylar o"œzlari bilan temir va temir qurollar olib kelishgan. Doriylar yunon aholisi bilan aralashib ketganlar.
MILODDAN AVVALGI XIII ASR OXIRI — XII ASR BOSHLARI — doriy qabilalari Peloponnesga bostirib kirib Lakonikani bosib oladilar. Doriylar Lakonikadan oqib o"œtuvchi Yevfrot daryosining o"œng sohilida Sparta shahrini bunyod etganlar va o"œzlarini spartaliklar deb ataydilar.
MILODDAN AVVALGI XII ASR BOSHLARI — Yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurishI. Troya podshosi Paris tomonidan Sparta podshosining rafiqasi Yelenani o"œg"œirlab ketilishi Troya urushiga sabab bo"œlgan. 
MILODDAN AVVALGI XII ASR - Janubiy Yunoniston (Lakonika ) hududiga ko"œchmanchi doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni bo"œysundirib, Sparta davlatiga asos soladilar.

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:26:41

MILODDAN AVVALGI XII-XI ASRLAR - Yunonistonda temir davriga o"œtish.
MILODDAN AVVALGI XI-IX ASRLAR — Afinani oqsoqollar kengashi va shu kengash saylab qo"œygan 9 hokim idora qilgan.
MILODDAN AVVALGI XI-IX ASRLAR — doriylar istilosidan keyin yunon qabilalari Yunonistonning va Kichik Osiyoning turli joylarida tarqalib yashaydilar. Shimoliy Yunoniston va Kichik Osiyoning shimoli-g"œarbida eoliylar joylashib olganlar. O"œrta Yunonistonning sharqiy Egey dengizi orollari va Kichik Osiyoning g"œarbiy sohillarida esa ioniylar yashar edilar. Peloponnes, Krit, Egey dengizining janubidagi orollar va Kichik Osiyoning janubi-g"œarbiy sohillariga esa doriylar o"œrnashib olgan edilar. Peloponnesning shimoliy va markaziy qismi, shuningdek, Kpirda axeylar yashardilar. Bu davrda Yunonistonda yashagan aholi urug"œ va qabilalardan tashkil topgan edi.
MILODDAN AVVALGI IX-VIII ASRLAR — xo"œjalikning rivojlanishi bilan tepasida hokim va podshochalar turgan bir nechta o"œn yunon shahar-davlatlari (Afina, Sparta, Korinf, Agros, Epis, Fiva va boshqalar) tashkil topgan. Yunonistondagi bu shahar-davlatlarni polislar deb atalgan. Bu davlatlarga shahar va uning atrofidagi qishloqlar va viloyatlar kirgan. Shahar atrofi mustahkam devor bilan o"œrab olingan. Yunonistondagi shahar-davlatlardan eng yirigi Afina va Sparta bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI IX-VIII ASRLAR — Attikada dehqonchilik, chorvachilik, ayniqsa hunarmandchilikning rivoj topish munosabati bilan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarila boshlangan. Ortiqcha mahsulotlar ichki va tashqi bozorlarga chiqarib sotilgan. Attikada katta-kichik qishloq va shaharlar ko"œpaygan. Har bir katta qishloq va shaharning o"œz bozori bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI IX-VIII ASRLAR — Afina Attikaning bosh shahri va markaziga aylanib, tez rivojlangan. Akropol atrofida ustaxonalar bino qilinib, dahalar vujudga kelgan.
MILODDAN AVVALGI IX-VIII ASRLAR — Yunonlar Qora va O"œrtayer dengizi sohillarida o"œzlarining dastlabki manzilgohlarini qurib, mahalliy aholi bilan savdo-sotiq va almashuv ishlarini olib borganlar.
MILODDAN AVVALGI IX-VIII ASRLAR - yunon yozuvining paydo bo"œlishi.
MILODDAN AVVALGI VIII ASR - Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan  yangi yozuv vujudga keldi. Alifbo 24 ta harfdan iborat bo"œlgan. Ular orasida unli harflar paydo bo"œldi.
MILODDAN AVVALGI VIII ASR - Sparta davlati Meseniyani bo"œysundirdilar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi.
MILODDAN AVVALGI VIII ASR - Gomer tomonidan "œIlliada" va "œOddiseya" dostonlarining yaratilishi. 
MILODDAN AVVALGI VIII-VII ASRLAR - qullar soni uncha ko"œp bo"œlmagan Afinadan  farqli o"œlaroq Spartada qulga aylantirilgan aholi ko"œpchilikni tashkil etar, ular spartaliklardan qattiq nafratlanardilar. Spartaliklar hamma amal qilishi lozim bo"œlgan qat"œiy intizom va aniq-raso rejalashtirilgan turmush tarzi hamda yengilganlarga qarshi shafqatsiz terrorni qo"œllaganlar.
MILODDAN AVVALGI VIII-VII ASRLAR — Afinada zo"œrlikka asoslangan davlat qaror topadi. Aholining tabaqalarga ajralishi kuchayib, aslzodalar bilan qullar va quyi tabaqa vakillari o"œrtasidagi qarama-qarshilik avjiga chiqadi.
MILODDAN AVVALGI VIII-VII ASRLAR — Afinada demosning bir qismi badavlat kishilarga aylandilar. Ular orasidan boy savdogarlar, dehqonlar, chorvadorlar, kema va ustaxona egalari ajralib chiqdilar. Ularning ixtiyorida qullar ham bo"œlib, ustaxonalarda qullar va yollanma mardikor kuchidan foydalanganlar. Lekin shunga qaramay demosning haq-huquqlari cheklanganicha qolgan.
MILODDAN AVVALGI VIII-VII ASRLAR — Yunon shoiri Gesiod yashab ijod etgan. U "œKambag`allar qarzlaridan, mash`um ocharchilikdan qutulish maqsadida o`z vatanlarini tashlab, uzoq o`lkalarga jo`nab ketardilar" — deb yozgan edi.
MILODDAN AVVALGI VIII-VI ASRLAR - Yunonistonda kichik-kichik quldorlik shahar-davlatlar (polis) vujudga kela boshladi, ular qariyb yuzta bo"œlgan. Bu davlatlar har bir vodiyda va har bir orolda vujudga kela boshladi. Ular orasida eng kattasi poytaxti Afina shahri bo"œlgan Afina davalati edi.
MILODDAN AVVALGI VIII-V ASRLAR — O"œrtayer dengizining shimoliy sohillari - Korsika, Sardiniya, Sitsiliya orollari va Apenin yarimoroli sohillarida tashkil topgan manzilgoh shaharlar tez rivojlanib ketdi.
MILODDAN AVVALGI VIII ASR YOKI XII ASRLAR — Gomer yashab ijod etgan.
MILODDAN AVVALGI VII ASR — Spartalik doriylarning ilotlar va ozod kishilarga o"œtkazgan jabr-zulmlariga qarshi Messeniyada juda katta qo"œzg"œolon ko"œtarildi.
MILODDAN AVVALGI VII ASR —Afina hokimi Drakon tomonidan jinoyatchilarni jazolash uchun qattiq jazolar belgilangan "œDrakon qonunlari" tuzilgan. Sudyalar ana shu qonunga asoslanib kishilarga qattiq jazo berganlar. Shu davrda Afinada aslzodalarning mavqei oshib ketgan. Shu tufayli ular o`z idora usullarini "œaslzodalar hokimiyati" deb ataganlar.
MILODDAN AVVALGI VII  ASR — Ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari toshdan qurila boshladi, ayni paytda xususiy  uylar g"œishtan va paxsadan qurilar edi. Ustunlar jamoat binolari va ibodatxonalarning alohida bezagi va ko"œrki edi. Ustunlar metall o"œqlar yordamida bir-biriga mustahkamlangan bir necha tosh bo"œlaklaridan yasalgan. 
MILODDAN AVVALGI VII ASR OXIRLARI — boylar va aslzoda dehqonlar Attikadagi yerlarning katta qismini egallab olganlar. Dehqonlarning ko"œpi yerdan ajrab qullikka tushib qolganlar.
MILODDAN AVVALGI VII-VI ASRLAR - Yunonistonda ommaviy ko"œchib joylashish va koloniyalar tashkil etish davri. Bu tarixda Buyuk yunon koloniyalashtirishi nomini olgan. Qora dengiz sohillarida Olviya, Xersones, Pantikapey, Tanais, Fasis, Trapezund kabi yirik  koloniyalar vujudga keldi. O"œrtayer dengizi sohillarida yuzdan ortiq yunon koloniyalari tashkil topdi.
MILODDAN AVVALGI VII-VI ASR BOSHLARI — Afinaning oddiy fuqarosi hisoblangan demosning aslzodalar hukmronligiga qarshi norozilik kuchayadi.
MILODDAN AVVALGI VII-VI ASR — Spartada kuchli quldorlik davlati vujudga keldi.
MILODDAN AVVALGI VII ASR OXIRI — VI ASR BOSHLARI — Afinada aslzodalar bilan demos o"œrtasida shiddatli janglar boshlanib ketdi.
MILODDAN AVVALGI VII-I ASRLAR — Yunonistonda Gomer, Gesiod, Gerodot, Demokrit, Protagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun va Arastu (Aristotel) kabi ulug"œ siymolar yetishib chiqdi.
MILODDAN AVVALGI VII-VI ASRLAR — Qadimgi yunon teatri paydo bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI VII-VI ASRLARI — Makedoniyda xususiy mulk, mulki tengsizlik va tabaqalanish kelib chiqqan.

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:28:35

MILODDAN AVVALGI VI ASR BOSHLARI — shiddatli janglar va o"œtkazilgan islohotlar natijasida Attika demosi - oddiy fuqarosi katta g"œalabani qo"œlga kiritgan. Oddiy fuqarolar ham davlatning hamma sohadagi ishlarida faol qatnashadigan bo"œldilar.
MILODDAN AVVALGI VI ASR OXIRI - Fors shohlari Kichik Osiyodagi yunonlarning shahar-davlatlarini bosib oldilar.
MILODDAN AVVALGI VI ASR - Yunon sivilizatsiyasining gullab-yashnashi.
MILODDAN AVVALGI VI ASR — Makedoniyada ilk davlat qaror topdi.
MILODDAN AVVALGI VI ASR OXIRI — V ASR BOSHLARI — Misrdan Hindistongacha, Arab dengizidan Orol dengizigacha bo"œlgan yerlarni bosib olgan Eron Sharqning eng qudratli davlatiga aylandi.
MILODDAN AVVALGI VI-V ASRLAR — Milet shahri ilm-ma"œrifat markaziga aylangan.
MILODDAN AVVALGI VI-V ASRLAR — Yunoniston me"œmorchiligida 2 xil ustun ishlatilgan. Biri doriy uslubidagi ustunlar bo"œlsa, ikkinchisi ioniya uslubidagi ustunlar hisoblangan.
MILODDAN AVVALGI VI-V ASRLAR — Yunonistonda hunarmandchilikning rivojlanishi.
MILODDAN AVVALGI VI-IV ASRLAR — Yunonistonda Esxil, Sofokl, Evripidlar yashab ijod etgan.
MILODDAN AVVALGI V ASR - Ahamoniylar davlatida hukmronlik qilayotgan Doro I Yunonistonga  tahdid sola boshladi. 
MILODDAN AVVALGI V ASR - Afina va Sparta davlatining gullab-yashnashi.
MILODDAN AVVALGI V ASR - Afina davlati fuqarolari davlat tizimlarida ishlashga muayyan haq to"œlana boshladi.     
MILODDAN AVVALGI V ASR — Yunonistonda quldorlik tuzumi rivoj topgan va mustahkamlangan. Afina esa Yunonistondagi eng kuchli quldorlik davlati bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI V ASR — Yunonistonda bir-biriga dushman ikki ittifoq - Sparta boshliq Peloponnes va Afina boshliq 1-Afina dengiz ittifoqi vujudga keldi.
MILODDAN AVVALGI V ASR - Geradotni "œTarix" asarini yozishi. 
MILODDAN AVVALGI V ASR — Yunonistonning mashhur haykaltaroshlari Miron, Palliklet va Fidilarning hayoti faoliyati.
MILODDAN AVVALGI  V ASR — qadimgi yunonlarda me"œmorchilik, haykaltaroshlik va rassomchilik san"œatlari o"œz rivojining yuqori pog"œonasiga ko"œtarildi.
MILODDAN AVVALGI V ASR — Yunon faylasufi Platon yashab ijod etgan. U "œKavkaz tog`laridan Gibraltar bo`g`ozigacha bo`lgan dengiz sohillarida istiqomat qilgan shahar-davlatlarning aholisi hovuz bo`yiga chiqib o`tirgan qurbaqalarga o`xshaydilar", - deb yozgan edi.
MILODDAN AVVALGI  V ASR — Qiz bola boshli Rim nusxasi haykali topilgan.
MILODDAN AVVALGI V ASRNING 2-YARMI — Afina o"œz kuch-qudratining eng yuqori cho"œqqisiga ko"œtarilgan. Bu quldorlik demokratiyasi quldorlarning qullar ustidan hukmronligini ta"œminlaydigan idora usuli edi. Bu idora usulidan Attikaning tub joy aholisiga mansub bo"œlgan erkaklar foydalanganlar.
MILODDAN AVVALGI V-IV ASRLAR — Afina va Yunonistonning boshqa shaharlarida hozirgi sirklarimizga o"œxshash tepasi ochiq teatr binolari qurilgan.
MILODDAN AVVALGI V-IV ASRLAR — Yunon haykaltaroshlarining va rassomlarining gullagan davri.
MILODDAN AVVALGI IV ASR — yunon idishlarining qizil tusli bo"œlishi.
II ASR — Bosredagi Rim teatri qurilgan.
MILODDAN AVVALGI IV ASR O"œRTALARI - Makedoniyaning kuchayib borishi.
XIX ASR OXIRI — Nemis olimi Genrix Shlimann Gomer hikoyalarini tadqiq qilib, Troyada joylashgan yerni hisoblab chiqdi.
MILODDAN AVVALGI 2000-YIL — Kritda Knoss hukmdorining saroyi qurilgan.
MILODDAN AVVALGI 1750-YIL — Kritda qattiq zilzila bo"œlib, Knoss, Fest, Maliya, Katoo, Zakrodagi saroylari vayron bo"œldi.
MILODDAN AVVALGI 1450-YIL — Krit orolidagi Minoy sivilizatsiyasi kuchli zilzila va suv toshqiniga sabab bo"œlgan vulqon otilishi oqibatida barham topdi. Yunoniston hududidan mikkena qabilalari bostirib kirdi, uning muqim aholisini axeylar deyishgan. Axeylar Minoy sivilizatsiyasi barbod bo"œlishini nihoyasiga yetkazganlar.
MILODDAN AVVALGI 776-394-YILLAR -  dastlabki Olimpiada o"œyinlari o"œtqazildi. Olimpiada o"œyinlari Olimp xudosi Zevz sharafiga bag"œishlab o"œtkazilgan. Uning asoschisi Gerakl hisoblangan.
MILODDAN AVVALGI 621-YIL - Yunon davlati hukmdori Drakont xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarini yozadi va amalga kiritadi. Bu qonunlar shu qadar qattiq va ayovsiz ediki, afinaliklar ularga "œsiyoh qolib, qon bilan yozilgan" deb baho berishgan. Qonunni arzimas darajada buzganlik uchun ham Drakont bitta jazo - o`lim jazosini belgilagan. Avvaliga afinaliklar bu qonunlarga itoat etishgan, so`ngra norozi bo`la boshlagan va Drakontni shahardan haydab yuborishagan.
MILODDAN AVVALGI 594-YIL - Afinada Solon tomonidan islohotlar o"œtkazildi. Solon davlatni idora qilishni oldingi tizimini o"œzgartirdi. Avvalgi boshqaruv tizimi - aristokratsiya (eng yaxshi odamlar hokimiyati)ni Solon demokratiya (xalq hokimiyati)ga almashtirdi. Davlatni boshqarishda faqat fuqarolar ishtirok eta olardi. Ayollar va ajnabiylar (meteklar) qabul qilinayotgan qonunlar muhokamasida va ovoz berishda ishtirok eta olmasdilar.  Solon islohotlarining barchasi dehqonlar qarzlari va qarzdorlikdan qullikni bekor qilish hamda davlat boshqaruvi islohotidan iborat bo"œlgan.  Solon islohotlaridan keyin Attika aholisi fuqarolar va qullarga ajratiladigan bo"œldi.
MILODDAN AVVALGI 550-YILLAR — Qorabo"œyoqli yunon humlari.

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:30:02

MILODDAN AVVALGI 498-454-YILLAR — Makedoniya podshosi Aleksandr I ning hukmronlik yillari.
MILODDAN AVVALGI 492-YIL — Eron shohi Doro I kuyovi Mardoniy qo"œmondonligi ostida katta qo"œshinni Yunonistonga yuboradi. Biroq, Doro I ning Yunonistonga uyushtirgan birinchi yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan.
MILODDAN AVVALGI 490-YIL — Doro I Yunonitonga 2-yurishini boshladi.
MILODDAN AVVALGI 490-YIL SENTABRI - Fors harbiy floti Egey dengizini kesib o"œtdi va Attika sohilida langar tashladi. Yunonlar va forslar o"œrtasida Marafon jangi bo"œlib o"œtdi va yunonlar g"œalabasi bilan tugadi. 
MILODDAN AVVALGI 490-449-YILLAR — Forslarning Yunonistonga uyushtirgan harbiy yurishlari natijasida yunon-fors urushlari bo"œlib o"œtdi.
MILODDAN AVVALGI 481-YIL — Afina bilan Sparta o"œrtasida ittifoq tuzildi.
MILODDAN AVVALGI 480-YILNING BAHORI — Eronliklar Yunonistonga 3-yurishini boshladi.
MILODDAN AVVALGI 480-YIL — Yunonlar va forslar o"œrtasida Fermopil jangi bo"œlib o"œtdi va unda forslar g"œalaba qozondi. Fermopil kamari Yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan-bir yo"œli edi. Kserks qo"œshinlari Janubiy Yunnonistonga yetib bordi, yunonlar qo"œshinalarini aylanib o"œtib, Fermopilni egalladi. Shundan so"œng Kserks tomonidan Afinani egallandi va uning amri bilan shahar yondirildi.
MILODDAN AVVALGI 480-YIL - Salamin yonidagi dengiz jangida forslar qo"œshinlari uzil-kesil tor-mor etildi.
MILODDAN AVVALGI 479-YIL — Mardoniy boshliq Eron qo"œshinlari yana Attikaga bostirib kirib, Afinani vaqtincha ishg"œol qiladi. Yunon polislarining birlashgan kuchlari eroniylarga zarba berib, ularni Beotiyaga chekintiradi. Plateya yonidagi jangda Eron qo"œshinlari yengilib, Mardoniy halok bo"œladi. 
MILODDAN AVVALGI 479-YIL — Plateya shahri yaqinida forslar qo"œshini tor-mor keltirildi. Eron shohi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u Old Osiyodagi barcha yunon polislari mustaqilligini etirof etdi, yunonlarga qarshi harbiy harakat olib bormastlikka va’da berdi. Afina O"œrta Yer dengizi sohilidagi eng qudratli davlatga aylandi.
MILODDAN AVVALGI 478-YIL — Yunon-fors urushlarida ishtirok etgan yunon polislari, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari va Egey dengizidagi orol — davlatlar Afina boshchiligida ittifoq tuzganlar. Bu Delos yoki 1-Afina ittifoqi nomini olgan. Uning Delos ittifoqi deb atalishi ittifoq xazinasi muqaddas Delos orolida saqlangan. Bu ittifoq yunonlarning eroniylar ustidan uzil-kesil g"œalaba qilishida muhim ahamiyat kasb etgan.
MILODDAN AVVALGI 449-YIL — Suzada yunonlar va eroniylar o"œrtasida Kaliy sulhining tuzilishi. Kalliy sulhiga binoan, forslar Kichik Osiyodagi yunon shaharlari va Egey dengizidagi barcha orollar mustaqilligini tan olgan. Eron harbiy-dengiz flotiga Egey dengizida suzish taqiqlangan. Eron Yunonistonga ko"œp miqdorda tovon to"œlashi kerak bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI 443-429-YILLAR - strateg lavozimga saylangan aslzoda va badavlat oiladan chiqqan Perikl hukmronligi davrida Afina eng qudratli davlat bo"œldi, mamlakatda demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun ham "œPerikl asri" deb atalgan. Perikl xalq majlisidagi lavozimlarga ish haqi to"œlashni joriy qildi. Endi kambag"œal fuqarolar ham davlat ishlari balan shug"œullana oladigan bo"œldi. Akropoldagi Parfenon ibodatxonasi qurilishi.
MILODDAN AVVALGI 431-401-YILLAR - Sparta va Afina o"œrtasidagi Peloponnes urushi.
MILODDAN AVVALGI 431-421-YILLAR — Afina va Sparta o"œrtasidagi Peloponnes urushining birinchi bosqichi.
MILODDAN AVVALGI 431-YIL — Peloponnes ittifoqi rahbari Sparta Afinaga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. Urushga Sparta podshosi Arxidam II boshchilik qilgan. Shuning uchun Peloponnes urushi Arxidam urushi ham deyiladi.
MILODDAN AVVALGI 430-426-YILLAR — Afina qo"œshinlari Peloponnesning g"œarbiy sohillaridagi Kefaleniya va Zakinf orollarini, Navpakt va Solliy shaharlarini bosib oldilar.
MILODDAN AVVALGI 427-424-YILLAR — Afinaliklar Sitsiliyaga bir necha bor muvaffaqiyatli yurish qildilar.
MILODDAN AVVALGI 426-YIL — Lesbos orolidagi Mitilena shahrida Afinaga qarshi qo"œzg"œolon ko"œtarilgan. Qo"œzg"œolonchilarga Sparta katta yordam bergan. Afinaliklar Mitilenadagi qo"œzg"œolonni shafqatsizlik bilan bostirganlar. Afina Lesbosga Spartadan keladigan harbiy kemalarni yo"œlini to"œsish uchun Peloponnes sohillariga 100 triyerdan iborat harbiy kuch yuborgan.
MILODDAN AVVALGI 425-424-YILLAR — Afina qo"œshinlari Korinf va Delinda bo"œlgan janglarda yengilganlar.
MILODDAN AVVALGI 424-YIL — Afinaliklar floti Messeniya sohillarida spartaliklarga zarba berib, Kifera Sifakteriya orolini bosib oldilar. Sparta esa qiyin ahvolga tushib qolib, Afina rahbarlari Demosfen va Kleonlardan sulh tuzishni so"œraganlar. Ammo Afina rahbarlari Spartaga qabul qilib bo"œlmaydigan shartlarni qo"œygan. Natijada sulh tuzilmay, urush davom etgan.
MILODDAN AVVALGI 422-YIL — Brasid rahbarligidagi spartaliklar hamda Kleon boshliq afinaliklar o"œrtasida Amfiopol yaqinida bo"œlgan qattiq jangda Brasid ham, Kleon ham halok bo"œlgan. Amfiopol afinaliklar qo"œlidan ketgan.
MILODDAN AVVALGI 421-YIL — Afina bilan Sparta o"œrtasida 50 yilga mo"œljallangan sulh shartnomasi tuzildi.
MILODDAN AVVALGI 419-399-YILLAR — Arxelay hukmronlik qilgan davr.
MILODDAN AVVALGI 415-YIL — Afinaliklar 260 harbiy kema, 32 minglik katta qo"œshin bilan Sitsiliya oroli tomon jo"œnagan. Afina qo"œshiniga Alkiviad, Nikiy va Lamaxlar rahbarlik qilgan.
MILODDAN AVVALGI 415-404-YILLAR — Afina va Sparta o"œrtasidagi Peloponnes urushining ikkinchi bosqichi.
MILODDAN AVVALGI 413-YIL — Demosfen boshliq Afina floti Sparta va ittifoqchilar tomonidan tor-mor etilgan. Jangda Nikiy, Demosfen va Lamaxlar halok bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI 413-YIL — Sparta qo"œshinlari Afinadan 22 km naridagi Dekeleya qishlog"œini bosib oldilar.
MILODDAN AVVALGI 403-YIL — Frasibul Afinada demokratiyani qayta tikladi.

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:39:15

MILODDAN AVVALGI 394-YIL — Olimpiya zilzila oqibatida vayron bo"œlishi oqibatida Olimpiada o"œyinlari o"œtkazilmay qoldi. 
MILODDAN AVVALGI 359-YIL — Makedoniya taxtini Filipp II egalladi.
MILODDAN AVVALGI 356-YIL — Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) tug"œilgan.
MILODDAN AVVALGI 338-YIL 2-AVGUST — Makedoniya qo"œshinlari Beotiyaga bostirib kirib, Xeroniya shahri yaqinida yunon ittifoqi qo"œshini bilan Makedoniya askarlari o"œrtasida shiddatli jang bo"œlgan. Filipp II ning 18 yoshli o"œg"œli Aleksandr askarlarining jangga kirishi urush oqibatini makedoniyaliklar foydasiga hal qiladi. Yunoniston Makedoniyaga boysundirildi va Yunonistonda Makedoniya hokimiyati o"œrnatildi.
MILODDAN AVVALGI 337-YIL — Spartadan tashqari barcha yunon shahar-davlatlari Korinfga yig"œildilar va Makedoniya hokimiyati ostida yunon davlatlari ittifoqini tuzadilar. Ular murosada tinch yashash, o"œzaro urushlar olib bormastlik va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik to"œg"œrisida shartlashadilar. Barcha  ixtiloflarni yunon shahar-davlatlari ittifoqi hal etishi lozimligi nazarda tutilgan edi. Filipp II Eronga qarshi yurish maqsadida yunonlar va makedonlar harbiy ittifoqini tuzishni taklif qildi. 
MILODDAN AVVALGI 336-YIL — Filipp II o"œz qizining nikoh to"œyi vaqtida fitnachilar tomonidan o"œldirildi.
MILODDAN AVVALGI 336-YIL — Iskandar Zulqarnaynning Makedoniya taxtiga o"œtirishi.
MILODDAN AVVALGI 336-334-YILLAR — Iskandar Zulqarnayn Makedoniyaga tutash bo"œlgan davlatlarni va Yunonistonni o"œziga bo"œysundiradi.
MILODDAN AVVALGI 335-YIL — Iskandar Zulqarnayn Illiriya va Frakiyani o"œziga itoat ettiradi. Iskandar Makedoniyaga qarshi qo"œzg"œolon ko"œtargan Fiva ustiga yurish qilib, shaharni vayron qiladi, boshqalarga namuna bo"œlsin deb uning aholisini qul qilib sottirib yuboradi.
MILODDAN AVVALGI 334-325-YILLAR — Iskandar Zulqarnayn Sharqqa yurish qilib ko"œp davlatlarni zabt etadi.
MILODDAN AVVALGI 334-YIL — Iskandar Zulqarnayn Granik daryosi bo"œyida Eron qo"œshinlari ustidan dastlabki g"œalabasiga erishdi. Granik g"œalabasidan so"œng iskandar qo"œshinlari Kichik Osiyo sohili bo"œylab janub tomon yuradilar. Sohildagi ko"œp shahar va qishloqlar, shuningdek, Milet ham bosib olinadi.
MILODDAN AVVALGI 333-YIL — Iskandar Zulqarnayn Kichik Osiyoning o"œrtasidagi Kappidoniya viloyatini ishg"œol qildi. Eron qo"œshinlarining Kappidoniya tomon kelayotganidan xabar topgan Iskandar o"œz qo"œshinlarini Kilikiyaga olib o"œtib, Tars shaharchasini ishg"œol qiladi.
MILODDAN AVVALGI 333-YIL — Eron va makedon qo"œshinlari Kilikiyaning Iss shahri yaqinida to"œqnashadilar, bu jang Iskandarning g"œalabasi bilan tugaydi.
MILODDAN AVVALGI 332-YIL — Iskandar Zulqarnayn Misrni zabt etdi. U Misr fir"œavni deb e"œlon qilindi.
MILODDAN AVVALGI 323-YIL — Iskandar Zulqarnayn Bobilda bezgakdan vafot etdi.
MILODDAN AVVALGI 331-YIL — Iskandar Zulqarnayn Mesopotamiyaga qo"œshin tortadi.
MILODDAN AVVALGI 331-YIL - Iskandar Zulqarnayn Gavgamel jangida Doro III ni mag"œlubiyatga uchratishi.
MILODDAN AVVALGI 330-YIL — Eron shohligi barham topadi.
MILODDAN AVVALGI 329-YIL — Iskandar Zulqarnayn Navtakada Bessni qo"œlga tushirib qatl ettiradi.
MILODDAN AVVALGI 329-327-YILLAR — Iskandar Zulqarnayn Turonda qonli urushlar olib boradi.
MILODDAN AVVALGI 327-YIL — Iskandar Zulqarnayn Hindistonga kirib boradi.
MILODDAN AVVALGI 325-YIL — Iskandar Zulqarnayn Bobilga qaytadi.
MILODDAN AVVALGI 525-456-YILLAR — "œTragediya otasi" Esxil yashab ijod etgan.
MILODDAN AVVALGI 492-449-YILLAR — Yunon-Eron urushlari.
MILODDAN AVVALGI 496-406-YILLAR — 120 dan ortiq tragediya muallifi Sofokl yashab ijod etgan.
MILODDAN AVVALGI 480-388-YILLAR — "œKomediya otasi" Aristofan yashab ijod etgan.
MILODDAN AVVALGI 490-424-YILLAR — "œTarix otasi" Gerodot yashab ijod etgan.
MILODDAN AVVALGI 477-455-YILLAR — Gerodot Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohillaridagi mamlakatlarga sayohat qilgan.
MILODDAN AVVALGI 471-YIL — Suqrot tavallud topgan.
MILODDAN AVVALGI 470-400-YILLAR — Yunon tarixchisi Fukidid yashab ijod etgan.
MILODDAN AVVALGI 460-370-YILLAR — Demokrit yashab ijod etgan.
MILODDAN AVVALGI 460-375-YILLAR — Sharq dunyosida Buqrot nomi bilan mashhur bo"œlgan Gippokratning yashab ijod etgan davri.
MILODDAN AVVALGI 450-388-YILLAR — Aristofan yashab ijod etgan.
MILODDAN AVVALGI 384-322-YILLAR — Sharq dunyosida "œmuallimi avval" — "œbirinchi muallim" nomi bilan mashhur bo`lgan Aristotel (Arastu)ning yashab ijod etgan davri.
1870-YIL — Nemis olimi Genrix Shlimann Turkiyadagi Xisorlik shahri hududida qazishma ishlarini boshlab yubordi va Troya qoldilarini topdi.
1896-YIL — Olimpiyada o"œyinlari qayta tiklandi. 
1953-YIL — Ingliz olimlari Ventris va Chadviklar qadimgi kritliklarning chiziqli "œB" yozuvini o`qishga muvaffaq bo`ldilar.

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:41:18

                                          Qadimgi Yunoniston

1. Qadimgi yunonlar Bolqon yarimoroli va O"œrtayer dengizi orollaridagi qadimgi mamlakatni nima deb atashgan?
A) Ellada
B) Italiya
S) Mesopatamiya
D) Troya
E) Sparta

2. Qadimda kimlar o"œzlarini ellinlar deb atashgan?
A) midiyaliklar
B) misrliklar
S) forslar
D) yunonlar
E) makedonlar

3. Ellada bu "¦
A) Qadimgi Sharqda yunonlar mamlakatining nomlanishi
B) Qadimgi Yunonistonning forslar tomonidan nomlanishi
S) Qadimgi Mesopatamiyaning yunonlar tomonidan nomlanishi
D) Qadimgi Yunonistonning yunonlar tomonidan nomlanishi
E) Qadimgi Italiyaning yunonlar tomonidan nomlanishi

4. Qadimgi Yunonistonda ilk shahar-davlatlar qaysi davrda vujudga kela boshladi?
A) mil. avv. I mingyillik
B) mil. avv. II mingyillik
S) mil. avv. III mingyillik
D) mil. avv. IV mingyillik boshi
E) mil. avv. III mingyillik boshi

5. Qadimgi Yunonistondagi ilk shahar-davlatlarni belgilang.
1) Knoss; 2) Lagash; 3) Mikena; 4) Pilos; 5) Umma; 6) Tirinf; 7) Eredu; 8) Larsa.
A) 3, 4, 6, 7, 8
B) 2, 3, 5, 6
S) 1, 2, 3, 7, 8
D) 1, 3, 4, 6, 7
E) 1, 3, 4, 6

6. Miloddan avvalgi II mingyillikda Qadimgi Yunonistonda "¦
A) qudratli davlat barpo etildi
B) Finikiya alifbosi asosida yangi yozuv vujudga keldi
S) ilk shahar-davlatlar vujudga kela boshladi
D) dehqonchilik manzilgohlari paydo bo"œla boshladi
E) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan manzilgohlar va shaharlar hajmi ortib bordi

7. Yunonistondagi ilk Minoy sivilizatsiyasi qayerda vujudga keldi?
A) Krit orolida
B) Spartada
S) Mikenda
D) Attikada
E)  Pilosda

8. Knoss shahar-davlati Qadimgi Yunonistonning qaysi hududida joylashgan?
A) Pelopannes yarimorolida
B) Krit orolida
S) Attikada
D) Troyada
E) O"œrta Yunonistonda

9. Minoy sivilizatsiyasining dastlabki vayron bo"œlishi qay tarzda yuz bergan?
A) ossurlarning bostirib kirishi natijasida
B) mikena qabilasining bostirib kirishi natijasida
S) kuchli zilzila va suv toshqiniga sabab bo"œlgan vulqon otilishi oqibatida
D) finikiyaliklarning hujumi natijasida
E) doriylarning bostirib kirishi natijasida

10. Qachon Krit oroliga Yunoniston hududidan mikena qabilalari bostirib kirdi?
A) mil. avv. 1540-yillarda
B) mil. avv. II minyillik boshida
S) mil. avv. 1450-yillarda
D) mil. avv. III mingyillik oxirlarida
E) mil. avv. 1200-yilda

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:48:24

11. Qadimda kimlar Minoy (Krit) svilizatsiyasini vayronaga aylantirdilar?
A) axeylar
B) forslar
S) finikiyaliklar
D) doriylar
E) misrliklar

12. Axeylar kimlar?
A) Krit orolining tub aholisi 
B) Qadimgi Yunoniston hududidagi mikena qabilalarining muqim aholisi
S) Krit oroli tub aholisining yunonlar tomonidan nomlanishi
D) Kichik Osiyodagi qadimgi qabila
E) Krit orolidan Pelopannesga ko"œchib borgan aholi shunday nomlangan
 
13. Qadimgi yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratgan omillarni aniqlang.
A) hunarmandchilik va temirsozlikni rivoj topganligi
B) yunonlarning ko"œpchiligini dengiz sayohlari bo"œlganligi
S) yunon kemasozligini rivoj topganligi
D) Yunonistonning jahon dengiz savdo yo"œlida joylashganligi
E) Egey dengizidagi ko"œp sonli katta-kichik orollar, qulay gavanlar va buxtalarning mavjudligi

14. Qadimgi yunonlar Yer yuzining odamlar yashaydigan qismini nima deb atashgan?
A) Koloniya
B) Nekropol
S) Oykumena
D) Forum
E) Polis

15. Miloddan avvalgi 1200-yilda kimlar Miken davlatini vayronaga aylantirdilar?
A) doriylar
B) forslar
S) finikiyaliklar
D) axeylar
E) misrliklar

16. Qadimgi Miken davlati doriylar tomonidan qachon vayron etilgan?
A) mil. avv. 1200-yil
B) mil. avv. 1450-yil
S) mil. avv. 960-yil
D) mil. avv. 1300-yil
E) mil. avv. 1250-yil

17. Miloddan avvalgi IX-VII asrlarda Qadimgi Yunonistonda "¦
A) "œAkropol"ga asos solindi
B) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi
S) Lakonika hududiga ko"œchmanchi doriylar qabilasi bostirib kira boshladi
D) kichik-kichik quldorlik davlatlari vujudga kelib, ravnaq topdi
E) aholi faqat dehqonchilik bilan shug"œullanar edi
18. Miloddan avvalgi IX-VII asrlarda Qadimgi Yunonistondagi shaharlar va ularning tevaragidagi joylashgan qishloqlar "¦ vujudga keltirardi.
A) svilizatsiyalashgan shaharni
B) davlatni
S) polislarni
D) koloniyalarni
E) "œnom"larni

19. Qadimgi Yunonistonda vujudga kelgan har bir shahar-davlatlar nima deb atalgan?
A) Akropol
B) Nom
S) Polis
D) Koloniya
E) Oykumena

20. Yunoncha "œshahar" ma`nosini anglatadigan atamani belgilang.
A) Koloniya
B) Nom
S) Akropol
D) Polis
E) Oykumena


Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:49:12

21. Qadimgi yunonlarda "œpolis" atamasi qanday ma`noni anglatgan?
A) shahar-davlat
B) davlat
S) qishloq
D) o"œz yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar
E) Yer yuzining odamlar yashaydigan qismi, chegarasi

22. Qadimgi yunon armiyalarining og"œir qurollangan piyoda jangchisi nima deb atalgan?
A) argonavt
B) falanga
S) ellin
D) diadoh
E) goplit

23. Qadimgi yunon armiyasining og"œir qurollangan askarlari qay tarzda jang qilishgan?
A) uchburchak shaklini yuzaga keltiruvchi bir-biriga tiqilib olgan qatorlar bilan
B) bir qator uzun tizilish ostida    
S) aylana shaklida dushman safini o"œrab olish bilan
D) to"œrtburchak shaklini yuzaga keltiruvchi bir-biriga tiqilib olgan qatorlar bilan
E) bitta yirik saf ostida

24. Qadimgi Yunoniston armiyasining asosini nima tashkil qilgan?
A) goplit
B) otliq qo"œshin
S) kamonchilar
D) nayzabardorlar
E) aravali jangchilar

25. Qadimgi Yunoniston armiyasida goplitlarning saf tortishi qanday nom bilan atalgan?
A) strateg
B) goplit
S) falanga
D) agema
E) agora

26. Qadimgi Attika viloyati qaysi hududda joylashgan edi?
A) Krit orolida
B) Peloponnes yarimorolida
S) Shimoliy Yunonistonning janubida
D) O"œrta Yunonistonning  g"œarbiy qismida
E) O"œrta Yunonistonning janubi sharqiy qismida

27. Quyidagi qaysi qatorda falanga atamasining izohi berilgan?
A) xalq yig"œilish joyi, markaziy maydon
B) og"œir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 sherengada saf tortishi
S) armiyaning og"œir qurollangan piyoda jangchisi
D) goplitlarining to"œrtburchak shaklini yuzaga keltiruvchi bir-biriga tiqilib olgan qatorlar bilan saf tortishi
E) og"œir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 sherengada saf tortishi va goplitlarining to"œrtburchak shaklini yuzaga keltiruvchi bir-biriga tiqilib olgan qatorlar bilan saf tortishi

28. Miloddan avvalgi II mingyillikda Attikaning g"œarbiy qismida "¦
A) doriylar hujumi boshlandi
B) yunonlar "œAkropol" quradilar
S) qudratli davlat vujudga keldi
D) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan manzilgohlar va shaharlar soni ham ortib bordi
E) shahar-davlatlar soni ko"œpayib bordi

29. Quyidagi qaysi qatordagi termin "œYuqori shahar" degan ma`noni anglatadi?
A) koloniya
B) falanga
S) akropol
D) metek
E) polis

30. Afina shahri qachon vujudga kelgan?
A) mil. avv. III mingyillik oxiri
B) mil. avv. II mingyillik
S) mil. avv. I mingyillik
D) mil. avv. I mingyillik o"œrtalari
E) mil. avv. IX-VIII asr

Qayd etilgan


Robiya  23 Iyul 2008, 15:51:07

31. Qadimgi yunon shaharlari ichidagi eng yiriklarini aniqlang.
A) Xersones va Pantikapey
B) Tanais va Fasis
S) Trapezund va Xersones
D) Afina va Sparta
E) Afina va Milet

32. Quyidagi qaysi qal"œaning qurilishi natijasida Afina shahri vujudga keldi?
A) Kapitoliy
B) Akveduk
S) Ellada
D) Akropol
E) Metek

33. Attika aholisining bir qismini tashkil etuvchi meteklar bu "¦
A) ajnabiylar
B) qullar
S) fuqarolar
D) amaldorlar
E) quldorlar

34. Qadimgi Yunonistonda kimlar Afina fuqarosi bo"œla olgan?
A) faqatgina harbiy ilmdan xabardor bo"œlgan erkaklar
B) aqli raso barcha Afinada yashovchi aholi
S) aqli raso barcha Afinada yashovchi erkaklar
D) otasi va onasi ozod afinalik bo"œlgan erkaklar
E) otasi va onasi ozod afinalik bo"œlgan erkak va ayollar

35. Qachondan boshlab Afina fuqarolari uchun davlat organlarida ishlashga muayyan haq to"œlana boshlandi?
A) mil. avv. VII asrdan
B) mil. avv. IV asrdan
S) mil. avv. V asrdan
D) mil. avv. IX asrdan
E) mil. avv. VIII asrdan

36. Qadimgi Afina aholisining qaysi guruhi barcha huquqlardan foydalanib, og"œir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan edilar?
A) meteklar
B) fuqarolar
S) quldorlar
D) amaldorlar
E) qullar

37. Afinaning asosiy portiga aylangan Pirey bandargohi o"œzining nimasi bilan mashhur edi?
A) qul savdosi bilan
B) xilma-xil gazlamalar savdosi bilan
S) qayiqsozlikning rivojlanganligi bilan
D) yirik savdo markazi bilan
E) eng katta kurash maydonining mavjudligi bilan

38. Afina dengiz ittifoqi g"œaznasi qaysi shaharda joylashgan edi?
A) Afina
B) Korinf
S) Agros
D) Epis
E) Fiva

39. "œPedagog" so`zi qaysi tildan olingan va u qanday ma`noni anglatadi?
A) lotincha, "œilm o`rgatuvchi"
B) yunoncha, "œo`qituvchi"
S) lotincha, "œbolani yo`lda kuzatib boruvchi"
D) yunoncha, "œbolaga ilm o`rgatuvchi"
E) yunoncha, "œbolani yo`lda kuzatib boruvchi"

40. Qadimgi Afinada bolalarga necha yoshdan boshlab yozuv va hisob o"œrgatilgan?
A) yetti yoshdan
B) sakkiz yoshdan
S) to"œqqiz yoshdan
D) olti yoshdan
E) besh yoshdan

Qayd etilgan