Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 346453 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 ... 38 B


Robiya  25 Iyul 2008, 16:06:54

                                               Atama va tushunchalar

AFINA -  Yunoniston tarixi va madaniyatida muhim ahamiyatga ega bo"œlgan shahar-davlat (polis). Afina Yunonistonning Attika deb atalgan tog"œli joyida vujudga kelgan. Arxeologik ma"œlumotlarga ko"œra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan. Attikaliklar Afina mabudasiga sajda qilganlar. Mil. avv. IX-VIII asrlarda Attikadagi qishloqlar  birlashib Afina shahri vujudga keldi. Bu vaqtda (Gomer davri) harbiy demokratiya susayib, urug"œchilik munosabatlari yemirila boshlagan edi. Hokimiyatni urug"œ aristokratlari (Evpatridlar) boshqarardilar. Mil. avv. VII asrda Afinada evpatridlar siquvi kuchayib dehqnlar ahvoli og"œirlashgan edi. Mil. avv. 594-yilda savdogarlar aristokratiyasidan Solon arxon (hokim) bo"œldi. Solon Afinada ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan o"œzgartiradigan islohotlar o"œtkazdi. Aristokrat naslidan bo"œlgan Pisistrat o"œz tarafdorlari va yollanma askarlariga tayanib, mil. avv. 560-yilda o"œzini Attika dehqonlarining dohiysi deb e"œlon qildi va Afinaning mustabid hokimi bo"œlib oldi. Pisistrat o"œziga qarshi bo"œlgan aristokratlarning yerlarini tortib olib, dehqonlarga ulashib berdi, ularga davlat hisobidan pul qarz berishni joriy etdi. Pisistrat davrida Afinada savdo munosabatlari rivojlandi. Ibodatxona va qasrlar qurildi, suv quvuri o"œtkazildi. Pisistrat va uning o"œg"œillari saroyda eng yaxshi adiblarni to"œpladilar. Gomerning "œOdisseya" va "œIliada" asarlari yozib olindi. Afinada dastlabki teart vujudga keldi. Mil. avv. 527-yilda Pisistrat vafot etdi va hokimiyat uning  o"œg"œillari Gippiy va Gipparxga o"œtdi, lekin mustabid hokimlik uzoq davom etmadi. Gipparx fitnachilar tomonidan o"œldirildi, Gippiy esa hokimiyatdan haydaldi (510-yil). Yirik savdogar va hunarmandlar vakili Klisfen xalq qo"œzg"œalonlariga boshchilik qilib, hokimiyatni qo"œlga oldi (508-yil). U to"œrtta urug"œchilik o"œkrugi o"œrniga o"œnta hududiy okrug tashkil etdi. Shu bilan urug"œchilik jamoasining so"œnggi qoldiqlari barham berildi. Mil. avv. V asr boshida yunon-fors urushlari boshlandi. Marafon jangida (mil. avv. 490-yil) yunonlar forslarga qattiq zarba berdilar. 480-yilda Kserksning juda katta qo"œshini Bolqon yarimoroliga bostirib kirdi. Salamin oroli yonidagi dengiz jangida yunonlar g"œalaba qildilar. Afinada Egey dengizi davlatlarinng birlashuvidan iborat Delos ittifoqi tuzildi. Bu ittifoq keyinroq Afinaning dengizdagi hukmronligini ta"œminladi Afijnadan tashqariga vino, zaytun moyi, turli hunarmandchilik buyumlari chiqarilar, chetdan asosan, qullar, g"œalla va yog"œoch keltirilar edi. Afinada Perikl hukmronligi davri (mil. avv. 444-429-yillar) qadimgi quldorlik  demokratiyasining namunasi edi. "œPerikl oltin asri" deb atalgan yillar Afina madaniyatining eng yuksak darajada taraqqiy etgan davri bo"œldi. Bu davrda Afinada tarixchi Gerodot, faylasuf Anaksagor, haykaltarosh Fidiy, Esxil, Sofokl va Yevripid kabi tragediya namoyandalari yashagan. Me"œmorchilik ustalari - Iktin va Kallikratlar Fidiy rahbarligida Afina ma"œbudasi ibodatxonasi - Parfenonni bunyod etganlar. O"œsha vaqtlarda Afina yozuvchilarining tili (attika lahjasi) keng tarqalgan va ellinistik davlatlarda adabiy til hisoblangan. Periklning butun Yunonistonni Afinaga bo"œysundirishga qartatilgan tashqi siyosati yunonlar davlatidagi boshqa guruhlarning qarshiligiga duch keldi. Bu guruhlar orasuda Sparta boshchiligidagi Peloponnes ittifoqining e"œtibori baland edi. Peloponnes ittifoqi demokratik tartibga qarshi oligarxiya tartibini yoqlab chiqdi. o"œrtadagi qarama-qarshilik butun Yunoniston uchun halokatli bo"œlgan Peloponnes urushini (mil. avv. 431-404-yillar) keltirib chiqardi. Urushda mag"œlubiyatga uchragan Afina o"œzining Yunonistonda tutgan yetakchilik mavqeini yo"œqotdi. Lekin bu mag"œlubiyatdan so"œng ham Afina davlati yana ancha vaqtgacha qadimgi dunyo madaniyatining eng yirik markazlaridan biri bo"œlib keldi. Mil. avv. 338-yilda Makedoniya poshosi Filipp II Xeroneyadagi jangdan so"œng Yunonistonni o"œziga bo"œysundirdi. Afina bilan Rim imperiyasi o"œrtasidagi do"œstlik munosabatlari mil. avv. 88-yilgacha davom etib keldi. 86-yilning 1-martida rimliklar Afinani bosib oldilar, ko"œpgina bino va qasrlar vayron qilindi. ammo Rim sarkardasi Sulla Afinaning o"œtmishdagi shuhratini e"œtiborga olib, unga ozodlik in"œom etdi. Mil. avv. 27-yilda Butun Yunoniston Rim imperiyasining mustamlakasiga aylandi. Shunda ham Afina o"œz-o"œzini mustaqil idora etar, Rim noibiga itoat etmas, soliq to"œlamas edi. Afina ilmiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini yoqotmadi, badavlat rimliklar shu yerga kelib ma"œlumot olar edilar. Rim imperatorlarining ba"œzilari, ayniqsa Adrian Afinaga alohida ahamiyat berib, unga ko"œrkam imorat, ibodatxonalar qurdirgan, kutubxona va gimnaziyalar tashkil etgan. Milodiy III asrdan varvarlar istilosi boshlangandan keyin Afina uzil-kesil tanazzulga yuz tutdi. Vizantiya imperiyasi tashkil eitlishi bilan Afinadagi san"œat va madaniyatning buyuk yodgorliklari Konstantinopolga olib ketildi. 529-yilda Vizantiya imperatori Yustinianning buyurug"œiga binoan Afinadagi oxirgi maktablar yopildi. Shu bilan qadimgi Afina madaniy tarixi tugadi.

Qayd etilgan


Robiya  25 Iyul 2008, 16:21:54

AFINA (Afina Pallada) - yunon afsolaridagi urush va g"œalaba, san"œat va hunarmandchilik, bilim va donolik ma"œbudasi. Zevsning qizi. Zevsning boshidan to"œla qurollangan holatda (dubulg"œa va sovut bilan) tug"œilgan. Afina shahrining homiysi. Rim afsonasidagi Minervaga mos  keladi. Yunon san"œatining nodir yodgorligi bo"œlgan Afinadagi Parfenon ibodatxonasi oldida Afinaning jasur qiz shaklida tasvirlangan katta haykali qo"œyilgan. Afina shahriga bu ma"œbudning nomi qo"œyilgan.
AFRODITA - yunon afsonasida dastlab hosildorlik, keyinroq sevgi va go"œzallik ma"œbudasi. Afrodita dengiz xudosi va dengiz sayohatchilarining homiysi ham edi. Afsonalarga qaraganda, Afrodita dengiz ko"œpigida tug"œilgan, asosiy ibodatxonalaridan biri Qibris orolining Pafos shahrida bo"œlgan. Afroditaga sig"œinish oldin Kichik Osiyo, Qibris oroli va boshqa orollarda keng yoyilgan bo"œlsa, keyinroq Bolqon yarimoroli va Yunonistonga tarqalgan. Afrodita qadimgi rimliklarda Venera deb yuritilgan.
AGORA - Qadimgi Yunonistonda xalq yig"œinlari o"œtkaziladigan shahar maydoni.  Agora dastlab Vasiliy saroyi oldida o"œrnashgan, keyin mustahkamlangan tepa etagidagi akropolga ko"œchirilgan. Eng mashhur agora Afinada bo"œlib, akropolning shimolida joylashgan. Afina agorasi jamoat binolari, usti berk galeriyalar, xudolarga atab qurilgan ibodatxona, e"œtiborli kishilar nomini abadiylashtirish uchun qo"œyilgan yodgorliklar va oshqalarni o"œz ichiga olagan. Bizning davrimizgacha saqlangan Gefest ibodatxonasi ham agoraga borib taqaladi.   
AID (Gades, Pluton) - yunon mifologiyasida yer osti dunyosi va o"œliklar saltanatining xudosi. Shuningdek mazkur saltanatning o"œzi ham Aid deb atalgan. 
AKROPOL (yunoncha akros - yuqori, polis - shahar) - yunon shaharlarining muhofazalangan va balandlikka joylashgan qismi, yuqori shahar. Afina Akropolining qadimgi mudofaa devorlari mil. avv. II mingyillikka oid. Odatda Akropol dastlabki manzilgoh bo"œlib, uning atrofida ubcha mustahkam bo"œlmagan quyi shahar deb atalmish qism joylashgan. Akropol dastlab yunon jamoasining diniy va madaniy markazi bo"œlgan. Akropollarning ayrim xarobalarigina (Miken, Agros kabi) saqlanib qolgan. Bular o"œsha davr moddiy-madaniy va ma"œnaviy hayotining yuksak tarqqiyotidan darak beradi. Ular orasida mil. avv. 447-438-yillarda haykaltarosh Fidiy rahbarligida me"œmorlar Iktin, Kallikrat qurgan Afina Akropoli mashhur. Afina Akropoli majmuasidagi binolar orasida Parfenon ibodatxonasi diqqatga sazovordir. Afina Akroplida arxeologik qo"œriqxona va muzey barpo etilgan.         
AMFORLAR- yunonistonlik mohir ustalar ishlagan qo"œsh quloqli katta-katta xumlar. 
ANTIK DAVR (lotincha antiquus - qadimgi) - Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi va madaniyatining ellinizm davrini anglatadi.   
APOLLON - yunon mifologiyasi va dinida olimp xudosi. Zevs va Letoning o"œg"œli, shifo baxsh etuvchi, sohibkaromat va san"œat homiysi. Apollonga sig"œinish Kichik Osiyoda boshlanib, mil. avv. II mingyillikda Yunonistonga, u yerdan Rimga tarqalgan. Dastlab cho"œponlar homiysi, olmazorlar xudosi deb tanilgan. Uni she"œriyat va musiqa homiysi sifatida ham e"œzozlashgan. Qadimgi yunon san"œatida Apollon qo"œlida o"œq-yoy yoki musiqa asbobi ushlagan yosh yigit qiyofasida tasvirlangan.
ARES - yunon afsonasida urush xudosi.
ARGONAVTLAR TO"œG"œRISIDA AFSONA - Qadimgi yunon adiblari tomonidan yaratilgan afsona. Afsona shunday boshlanadi: Kavkazda — Qora dengiz sohilidagi o"œrmonda oltin barra — oltin junli qo"œy terisi osib qo"œyilgan ekan. Uning egasi dengiz sohillarining xo"œjayini bo"œlgan podsho ekan. Aslo ko"œzini yummaydigan bir ajdar ana shu oltin barrani qo"œriqlab yatarkan. Oltin barrani qo"œlga kiritish uchun uzoq xatarli safarga borishga ahd qilgan botir yigitlar Yunonistonning hamma tomonlaridan yig"œilib kelishibdi. Ularga zodagon yigit Yason boshchilik qilibdi. Arg ismli mohir bir usta ular uchun yog"œoch kema yasab beribdi, bu kema yelkan bilan, ham eshkaklar bilan yurar ekan. Ustaning nomidan olib, bu kemani "œArgo" deb, sayohatchilarni esa argonavtlar deb atashibdi. Argonavtlar uzoq vaqt suzib yurishibdi. Ular goh ajralib, goh yana qoshilib, dahshatli kuch va guldurash bilan bir-biriga kelib uriladigan qoyalar o"œrtasidan suzib o"œtishibdi. "œArgo" bu qoyalar orasidan zo"œrg"œa sirg"œlib o"œtishga ulguribdi: qoyalar rul sifatida boshqariladigan eshkaklarning oxirgi taxtachasini majaqlabdi, xolos. Argonavtlar ko"œp sarguzashtlarni boshlaridan kechirib, Kavkazga yetib kelishibdi. Yasoq agar xavfli topshiriqni bajaradigan bo"œlsa, podsho unga oltin barrani berishni va"œda qilibdi. Podshohning qizi sehrgar Medeya Yasonga g"œaroyib tarzda ta"œsir qiladigan moy dori beribdi. Yason shu moy dori bilan badanini artgan ekan, badani g"œayri insoni kuchga to"œlib, oyoqlari xuddi omburdek mustahkam bo"œlib qolibdi. Nafasidan olov purkab turadigan ikkita bahaybat ho"œkiz shoxlarini cho"œzib, Yasonga tashlanibdi. Lekin ularning zarbasi Yasonni hatto o"œrnidan qo"œzg"œata olmabdi. Podshoning buyurug"œi bilan Yason ho"œkizlarni omochga qo"œshib, yer haydabdi va unga ajdarlarning tishlarini ekib chiqibdi.Ekilgan shu tishlardan avvaliga yer ostidan nayzalarning uchlari va dubulg"œalarming usti ko"œrinibdi, so"œngra esa qurol-yarog"œlari misdan yasalgan butun boshli qo"œshin unib chiqibdi. Bu qo"œshin Yason ustiga daxshat bilan bostirib kela boshlabdi. Yason qo"œshin orasiga tosh otibdi. Shundan keyin jangchilar bir birlari bilan mushtlashib ketishibdi, bu vaqt esa Yason ularni o"œz qilichi bilan birma-bir qirib tashlabdi. Garchi Yason topshiriqni bajargan bo"œlsa ham podsho unga oltin barrani bermabdi. Shunda Medeya oltin barrani qo"œriqlab yotgan ajdarni sehr bilan avrab, uxlatib qo"œyibdi. Argonavtlar oltin barrani olib, kemalariga tushib, sohildan jo"œnab ketishibdi. Ular iz quvlovchilaridan zo"œrg"œa qutilib, Gretsiyaga qaytib kelishibdi.       
ARISTOKRATIYA (yunoncha aristokratia - yaxshi odamlar hukmronligi) - iqtisodiy hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati, hukmronligi. Aristokratiya birinchi marta antik davrning mashhur mutaffakkirlari - Aristotel, Platon tomonidan quldorlik davlat tuzumini idora etish vositasi sifatida ishlab chiqilgan.   
ARTEMIDA  - yunon mifologiyasida ovchilik xudosi, hayvon va qushlar homiysi; oy ilohasi. Keyinroq ayollar iffatining homiysi. Zevs va Letoning qizi. Apollonning egizak singlisi. Boshida o"œq-yoy, ba"œzan yarim oy holatida tasvirlangan. Rim afsonalarida Diana timsoliga mos keladi.
ARXONT (yunoncha archon — boshliq, hukmdor) — Yunonistondagi oliy mansabdor shaxslar. Rivoyatlarga ko"œra, arxontlik lavozimi umrbod hisoblangan, keyinroq 10 yilga, mil. avv. 683-yildan boshlab esa bir yilga keltirilgan. Arxont 9 kishidan iborat bo"œlgan. Mil. avv. VI asrda Solon islohotidan keyin arxontlik lavozimiga oliy darajadagi mulkdorlar saylangan. Klisfen islohotidan so"œng (mil. avv. V asr) arxont o"œzining siyosiy ahamiyatini yo"œqotgan.   
AXEYA ITTIFOQI — yunon shahar-davlatlarining uyushmasi. U mil. avv. 280-yilda tashkil topgan. U Axeya davlatida tashkil topganligi uchun shunday deb atalgan. Ittifoqqa Korinf, Megara, Agros va Peloponnesdagi boshqa yunon shahar-davlatlari a"œzo bo"œlganlar. Bu ittifoq Makedoniyaga qarshi qaratilgan edi. Mil. avv. 146-yilda Axeya Ittifoqi davlatlari rimliklarning jabr-zulmiga qarshi qo"œzg"œolon ko"œtarganlar. Qo"œzg"œolonchilar qarzlarni bekor qilinishini, soliqlarni kamaytirilishini va rimliklarning zo"œravonligiga barham berilishini talab qilganlar. Qo"œzg"œolonni bostirish uchun Rim senati qo"œzg"œolonchilar ustiga katta qo"œshin yuborgan. Rim legionlari qo"œzg"œolon markazi Korinfga hujum qilganlar. Ittifoqchilar bilan bosqinchilar o"œrtasida shiddatli jang boshlangan. Ko"œp odamlar qirilgan. Rim askarlari Korinfni ishg"œol qilib boyliklarini talab, unga o"œt qo"œyganlar. Aholining ko"œp qismi qul qilib olib ketilgan. Axeya Ittifoqi tarqatib yuborilgan. Yunonistonning ko"œpgina shahar-davlatlari Rimga itoat ettirilgan. Sparta bilan Afinaning mustaqilligi nomigagina saqlanib qolgan. Rimliklar Makedoniya va Yunonistonning juda ko"œp boyliklarini Italiyaga tashib ketganlar. Rim varvarlari Yunonistondagi ajoyib obidalarni vayron etganlar.
AXEYLAR — mil. avv. II mingyillik boshlarida Fessaliyada yashagan asosiy yunon qabilalaridan biri, Peloponnesda ham yashaganlar. Axey so"œzi Xett hujjatlarida (mil. avv. 14 asr), Gomer asarlarida uchraydi. Axey davlatlari: Miken, Pilos va boshqalar. Troya urushida qatnashganlar. Mil. avv. XII asrda doriylar tomonidan Kichik Osiyo, Kiprga va boshqa orollarga, Peloponnesning shimoliga siqib chiqarilgan (viloyat Axayya nomini olgan).     

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 15:00:25

AXEYLAR — mil. avv. II mingyillik boshlarida Fessaliyada yashagan asosiy yunon qabilalaridan biri, Peloponnesda ham yashaganlar. Axey so"œzi Xett hujjatlarida (mil. avv. 14 asr), Gomer asarlarida uchraydi. Axey davlatlari: Miken, Pilos va boshqalar. Troya urushida qatnashganlar. Mil. avv. XII asrda doriylar tomonidan Kichik Osiyo, Kiprga va boshqa orollarga, Peloponnesning shimoliga siqib chiqarilgan (viloyat Axayya nomini olgan).     
BESHYUZLAR KENGASHI - Qadimgi Afina davlatining ma"œmuriy-nazorat organi bo"œlib, u har yili chek tashlash yo"œli bilan qaytadan saylangan. Bu kengash kundalik joriy masalalarni hal qilar edi. Uning qarorlari Xalq majlisida tasdiqlanardi. Beshyuzlar kengashida strateg rahbarlik qilgan.
BUTSEFAL (Bukefal) — Aleksandr Makedonskiyning eng yaxshi va sevimli oti. U Aleksandrdan boshqa hech kimni mindirmas edi. Shoh minayotganida esa, bu ot cho"œkkallab olar edi. Aleksandr bu vafodor otiga Hindistonning Gidaspa daryosi qirg"œog"œidan Butsefaliya nomli shahar qurgan. 
BUYUK YUNON KOLONIYALASHTIRILISHI — mil. avv. VII-VI asrlar Qadimgi Yunoniston tarixida ommaviy ko"œchib joylashish va koloniyalar tashkil etish davri "œBuyuk yunon koloniyalashtirilishi" nomini oldi. Qora dengiz sohilida Olviya, Xersones, Pantekapey, Tanais, Fasis, Trapezund va boshqa yirik koloniyalar vujudga keldi. O"œrtayer dengizi sohillarida yuzdan ortiq yunon koloniyalari tashkil topdi.     
DANAYLAR — Gomer o"œzining "œIliada" asarida yunonlarni shunday atagan.
DEDAL VA IKAR HAQIDA AFSONA - Yunonistonda yaratilgan qadimiy doston.  Yunon afsonalarida aytilishicha, Kritda mohir arxitektor, haykaltarosh, ko"œpgina foydali asboblarning ixtirochisi bo"œlgan Dedal degan bir kishi yashar ekan. U Krit podshosiga labirint — chalkash yo"œlakli bir bino qurib beribdiki, unga kirgandan keyin chiqib ketishi mumkin emas ekan. Dedal Kritdan bosh olib chiqib ketmoqchi bo"œlar ekan, lekin podsho uni qo"œyib yubormas ekan. Shunda Dedal o"œzi va o"œg"œli Ikar uchun qush patlarini mum bilan yopishtirib, qanot yasabdi. Ular qanotdan foydalanib, Kritdan uchib ketishibdi. Dastlab Ikar otasining orqasidan uchib boribdi, lekin uchishga mahliyo bo"œlib ketib, baland osmonga ko"œtarilibdi. Quyoshning issiq nurlari mumni eritib yuboribdi. Ikar dengizga yiqilib tushib, cho"œkib ketibdi: faqat qanotlarining patlarigina to"œlqinlarda suzib yuribdi. Dedal bo"œlsa uzoq Sitsiliya oroliga uchib borib qo"œnibdi.     
DEMETRA - yunon mifologiyasida dastlab hosildorlik, dehqonchilik, keyinchalik nikoh va oilaviy hayot ma"œbudasi. Kronos va Reyaning qizi, Zevsning singlisi, Persefonaning onasi. Demetra odamlarga bug"œdoy boshog"œini sovg"œa qilgan va ularni dehqonchilikka o"œrgatgan. Yer osti saltanati xudosi Aid  Persefonani o"œg"œirlab ketganda Demetra g"œazablangan va yer hosil bermay qo"œygan, ocharchilik boshlangan. Shunda Zevs Persefonaga yarim yil yerda onasi bilan, yarim yil u dunyoda Aid bilan bo"œlish buyurgan. Bu afsonada o"œsimlik dunyosining har yili xazon bo"œlishi va yangidan uyg"œonishi jarayoni aks etgan. Demetra rimliklar mifologiyasidagi Seraraga mos keladi.     
DEMOKRATIYA (yunoncha demos - xalq va kratiya)  - fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda o"œrnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum.
DEMOS (yunoncha demos - xalq) - Yunonistonda fuqarolik huquqlariga ega bo"œlgan erkin aholi. Mil. avv. V-IV asrlardan boshlab demos aholi (asosan, shaharda yashovchilar) ning kambag"œal qatlamlari nomi.   
DIADOHLAR (vorislar) — Makedoniyalik Aleksandr vafotidan keyin turli hududlar ustidan hokimiyatni egallab olgan harbiy sarkardalar. 
DIONIS - yunon mifologiyasida uzumchilik va sharob xudosi. Zevs bilan fivalik malika Semelaning o"œg"œli. Dionis sharafiga bag"œishlangan bayramlar o"œta xushchaqchaqlik, kayf-safo bilan o"œtgan.   
DORIYLAR - Yunonistoning to"œrt asosiy qabilalaridan biri. Mil. avv. XII asrda Shimoliy va O"œrta Yunonistondan Peloponnesning janubi-g"œarbiga (Argolida, Messeniya, Lakoniya), keyinchalik Rodos, Krit, Kos orollari va Kichik Osiyo (Knid) hamda Janubiy Italiya, Sitsiliyaning turli joylariga borib o"œrnashganlar. Doriylar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug"œullangan. Peloponnesda doriylar hukmron elat bo"œlgan, ishlab chiqarishda qullar mehnatidan foydalanilgan, davlat vujudga kelgan. Doriylar boshqa yunon qabilalaridan o"œzining harbiy intizomi, barqaror urug"œchilik urf-odatlari, mag"œrurliklari va hayot tarzi bilan ajralib turgan. Bular Sparta ahli uchun xos bo"œlgan. Doriylar shevasi adabiy til hisoblangan.  Madaniyat sohasida doriylar boshqa yunon qabilalaridan, ayniqsa ioniyaliklardan ancha ortda qolganlar. Doriylar yashagan hududlarda yirik quldorlik davlatlari vujudga kelgan.   
DRAKONT QONUNLARI - Afina hukmdori Drakont tomonidan tuzilgan xalq boshqaruvini bekor qilish to"œg"œrisidagi qonunlar to"œplami. Bu qonunlar mil. avv. 621-yil (VII asr)da yozilgan va amalga kiritilgan. Drakont qonunlarida jinoyatchilarni jazolash uchun qattiq jazo berganlar. "œDrakont qonunlari" haqida afinaliklar "œUlar siyoh bilan emas, qon bilan yozilgan", der edilar. Bu davrda Afinada aslzodalarning mavqei oshib ketgan. Shu tufayli ular o"œz idora usullarini "œaslzodalar hokimiyati" deb ataganlar. Avvaliga afinaliklar bu qonunlarga itoat etishgan, so"œngra norozi bo"œla boshlashgan va Drakontni shahardan haydab yuborishgan.

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 15:04:00

ELLADA - Qadimgi dunyoda, dastlab Fessaliyadagi kichikroq hududlarning, keyinchalik butun Gretsiyaning nomi. 1833-yildan Gretsiya rasman Ellada deb ataladi.   
ELLINLAR - Qadimiy yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha aholisi shunday deb atalgan.
EOS - Qadimgi yunon mifologiyasida tonggi shafaq ilohasi, qadimgi rimliklarda - Avrora. 
ERGASTRIYA — Yunonistonning yirik qishloqlari va shaharlarida mavjud bo"œlgan ishxonalar va ustaxonalar. Bunday ustaxonalarda 20-30 kishi ishlab, ularning asosiy qismini yollanma ishchilar va qullar tashkil etgan.   
EROS - yunon afsonasida sevgi xudosi.
ESKULAP - qadimgi yunon mifologiyasida tabiblik xudosi. Mil. avv. III mingyillikdan boshlab Rimda ham shu xidoga sig"œinishgan. 
FALANGA (yunoncha phalanx) - Yunоnistоndа оg"œir qurоlli piyodа аskаr (gоplit)lаrning jips sаfgа tizilgаn ko"œp qаtоrli jаngоvаr tаrtibi. Falangadа аskаrlаr оrаsidаgi mаsоfа 0,5-1 m ni tаshkil etgаn. Falanga, аsоsаn, 8-16 (bа"œzаn 25) qаtоrdаn ibоrаt bo"œlib, sаfdа  turgаn 1000 jаngchi 500-1000 m.gаchа frоntgа cho"œzilgаn. Falanga Trоya urushigаchа mа"œlum bo"œlsа-dа, birоq, u mil. avv. VI аsrgа kelib to"œlа shаkllаnаdi. Mаkedоniyalik Filipp II Falanga tаrkibigа  muаyyan o"œzgаrishlаr kiritаdi, uni suvоriylаr bilan  mustаhkаmlаydi. Mаkedоniya kаttа falangasi 16384 gоplitlаr, 8192 peltаstlаr vа 4096 оtliq аskаrlаrdаn tаshkil qilingаn. Falanganing lохоs (16 gоplitlаrdаn ibоrаt bir qаtоr), sintаgmа (16 lохоslаr) vа kichik Falanga (16 sintаgmа)dаn ibоrаt bo"œlinmаlаri tuzilgаn. Falanga sаfi (jаngоvаr tаrtibi)  kvаdrаt, оmbir hаmdа  o"œyiq ko"œrinishidа bo"œlgаn.  Falanga, аsоsаn, uzun nаyzаlаr yordаmidа ro"œpаrаdаn qаqshаtqich zаrbа berish uchun mo"œljаllаngаn. Falanganing jаnggоhdа mаnyovr qilish imkоniyati nisbаtаn cheklаngаn. Hаrаkаt pаytidа falanganing sаfi tez buzilib ketаr edi. Falanga Qаdimgi Rimdа (mil.  аv. IV аsr охiri) mаnipulа (legiоn bo"œlinmаsi) sаfi jоriy qilingungа qаdаr qo"œllаnilgаn.
FEMIDA - yunon mifologiyasida odil sud ma"œbudasi. Ko"œzi bog"œlangan (odillik alomati), bir qo"œlida tarozi, ikkimchisida qilich ushlagan holda tasvirlangan. 
FERMOPIL JANGI - yunоn-fоrs urushlаri dаvridаgi Lаmiya shahridаn jаnubi-shаrqdа  jоylаshgаn  Fessаliya bilan O"œrtа  Yunоnistоn o"œrtаsidаgi tоg"œ yo"œlаgidа sоdir bo"œlgаn jаng (mil. аv. 480-yil).  Оz sоnli yunоn ittifоqchi qo"œshini (5 ming kishigа yaqin) Spаrtа pоdshоsi Leоnid bоshchiligidа Fermоpil yo"œlаgidаgi pоzitsiyani egаllаb, ахоmаniylаr pоdshоsi Kserks qo"œshini yo"œligа g"œоv bo"œlgаn. Yunоn qo"œshinidаn qоchib o"œtgаn хоin yordаmidа fоrslаr yunоnlаrning оrqа tоmоnigа o"œtib оlishgа muvаffаq bo"œlishgаn. Shundа Leоnid аsоsiy kuchlаrini Аfinаni mudоfаа etish uchun jo"œnаtgаn, o"œzi  esа 300 tа spаrtаlik bilan Fermоpilni qаttiq mudоfаа qilishni dаvоm ettirgаn. Tengsiz jаngdа bаrchа jаngchilаr hаlоk bo"œlgаn. Fоrs qo"œshinlаri O"œrtа Yunоnistоngа bоstirib kirib Аfinаni egаllаshgаn.
FETLAR — Attikaning yersiz, kambag"œal kishilari. Ular oliy mansabdagi vazifalarni egallashlari mumkin bo"œlmagan.
GAVGAMEL JANGI (mil. avv. 331-yil 1-oktabr) — Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunon-makedon qo"œshini bilan Doro III Kodoman rahbarligidagi ahamoniylar qo"œshini o"œrtasida hozirgi Arbil (Iroq) yaqinidagi Gavgamel (hozirgi Tall-Gomel) qishlog"œi yaqinida sodir bo"œlgan jang. Doro III qo"œshini tarkibida forslar va yollanma yunon askarlaridan tashqari Baqtriya satrapi Bess qo"œmondonligi ostida baqtriyaliklar, sug"œdiylar, hindlar bo"œlgan. Bundan tashqari Doroning harbiy ittifoqchisi bo"œlgan Mavak boshchiligidagi otliq, kamonchi saklar ham yetib kelib qo"œshinning chap qanotini egallaganlar. Arrianning bo"œrttirib yozishicha, Doro qo"œshinida 40 ming otliq, 1 millionga yaqin piyoda jangchi, 200 chalg"œi o"œrnatilgan jang aravasi va hindlar olib kelgan 15 ta fil bo"œlgan. Aleksandr qo"œshinida 7 ming otliq va 40 mingga yaqin piyoda jangchi bo"œlgan. Jang otliq qo"œshinlarning shiddatli mahorabasi bilan boshlangan. Unda saklarning qo"œli baland kelgan, chunki ularning otlari zirhli sovutpo"œsh bilan muhofazalangandi. Biroq makedon qo"œshinining qulay joylashganligi va forslarning Doro III boshchiligidagi markaziga bergan qaqshatqich zarbasi natijasida Doroning sarosimaga tushib jang maydonini tashlab qochganligi jang taqdirini Aleksandr foydasiga hal qilgan.   
GEFEST - yunon mifologiyasida olov hamda temirchilik va hunarmandlar xudosi. Kasb-hunar homiysi sifatida e"œzozlangan. Zevs bilan Geraning (yoki faqat Geraning) o"œg"œli. Ikkala oyog"œi cho"œloq, badbashara bo"œlgan holda sohibjamol Afroditaga uylangan. Gefest - qo"œli gul usta; yer ostidagi bahaybat temirchilik ustaxonasida Zevs uchun  chaqmoq va momaqaldiroqlar tayorlab beradi, deb tasavvur qilingan. Gefest to"œg"œrisidagi miflar Yunonistonda badiiy hunarmandchilik yuksak darajada rivojlanganligini ifoda etar edi. Odatda, Gefest hunarmand kiyimida, qo"œlida bolg"œa yoki ombur ushlagan holda tasvirlangan. Rim mifologiyasidagi Vulkanga mos keladi.         
GELIOS (Geliy) - yunon mifologiyasida Quyosh xudosi, Quyosh nurining va Quyosh harorati ilhombaxsh kuchining timsoli; titanlar Giperion va Feyaning o"œg"œli. Baland osmandagi Gelios xudolar va odamlarning ishlarini kuzatib turadi.   
GERAKL HAQIDAGI AFSONALAR - qadimgi yunon adiblari tomonidan yaratilgan afsona. Xudolarning buyurug"œi bilan zabardast pahlavon Gerakl 12 ta jasorat ko"œrsatishi lozim edi. Bahaybat bir sher chorva mollariga va odamlarga hujum qilib turar ekan. Uning terisi shu qadar qattiq ekanki, bronza uchlik kamon o"œqlari ham unga kor qilmay, sachirab ketavarar ekan. Gerakl Dub daraxtini ag"œdaribdi, undan yigirmatta odam ham ko"œtara olmaydigan so"œyil yasab olibdi. U o"œsha sher yashaydigan g"œorga dadil kirib boribdi. Sher Geraklga tashlanibdi, lekin paxlavon esa qo"œlidagi so"œyil bilan bir urib, uni gangitib qo"œyibdi, keyin qo"œllari bilan bo"œg"œib o"œldiribdi. Sherning terisi Gerakl uchun ham sovut, ham dubulg"œa o"œrnini bosibdi. O"œtib bo"œlmas botqoqlikda gidra — terisi yaltiroq tangachalar bilan qoplangan to"œqqiz boshli ajdar yashar ekan. U botqoqlikdan chiqib kelib, chorva mollarini yeb ketaverar ekan. Gerakl ana shu gidra bilan olishibdi, lekin u qilich bilan ajdarning boshini kesib tashlayvergan sari, bitta bosh o"œrniga ikkita bosh o"œsib chiqaveribdi. Shunda Gerakl yonidagi hamrohiga gidraning chopilgan bo"œynini lakka chog"œ bo"œlib turgan g"œo"œlalar bilan kuydirib turishni buyuribdi. Shundan keyin yangi boshlar o"œsib chiqmay qo"œyibdi va Gerakl bahaybat ajdarni o"œldiribdi. Podsho Avgiyning besh ming ho"œkizi bor ekan mol xonani hech kim tozalamagani uchun molxonada go"œng qalashib ketibdi. Gerakl shu molxonani bir kunda tozalab berishi kerak ekan. Avgi mehmonlar bilan bazim qurib o"œtirgan paytda Gerakl yaqin o"œrtada oqib o"œtadigan  ikkita daryoni bo"œg"œib qo"œyibdi. Daryolar toshib, shiddat bilan kelgan suv oqimi molxonada qalashib yotgan hamma go"œngni yuvub ketibdi. Gerakl oltin olmalar olib kelish uchun uzoq yo"œlga otlanibdi. Bunday olmalar Yunonistondan uzoqdagi okean sohilidagi bog"œda o"œsar ekan. Qadimgi  yunonlarning ishonishicha o"œsha joyda osmon yer bilan tutashar ekan; zabardast Atlant osmoni — g"œoyat katta yarim doira shaklidagi gumbazni o"œz yelkasida ko"œtarib turar ekan. Gerakl uchun Atlant olmalarni uzib chiqquncha Gerakl osmonni yelkasida ko"œtarib turgan. Osmon gumbazining og"œirligidan Geraklning oyoqlari tizasigacha yerga kirib ketibdi, suyaklari qirsillab badanini qora ter bosibdi.
GERMES - yunon mifologiyasida dastlab chorvador va cho"œponlar xudosi, poda va yaylovlar homiysi. Zevs va Mayyaning o"œg"œli. Keyinchalik yo"œl,  yo"œlovchilar, savdogarlar va savdo homiysi, o"œlchovlar, sonlar va lira (musiqa asbobi) ixtirochisi sifatida sig"œinilgan. Gefest  olimp xudolarining xabarchisi, marhumlarning jonini aid (yer osti saltanati, do"œzax)ga o"œtkazuvchi hisoblangan. Ko"œpincha patli shippak kiyib olgan yigitcha ko"œrinishida tasvirlangan. Qadimgi Rim mifologiyasidagi Merkuriyga to"œg"œri keladi. Serg"œayrat va ayyor odamlar xudosi.
GIMENEY - yunon afsonasida nikoh xudosi.
GIMNASTIKA - yunonistonlik o"œg"œil bolalar 14 yoshdan shug"œullangan sport turi. 
GIPNOS - yunon afsonasida uyqu xudosi.
GOPLITLAR (hoplitai) - Yunonistondagi og"œir qurollangan piyoda askarlar (mil. avv. V-IV asrlar). Ular uzun nayza, kalta qilich bilan qurollanib, qalqon, dubulg"œa va va sovut kiyishgan.  Goplitlar 8 qatordan 25 qatorgacha saf tortib jips holda jangga otlanganlar. Jang paytida oldingi ikki qator jang qilgach, orqadagi qatorlar oldingalarni siqib turgan va safdan chiqqanlarning o"œrnini to"œldirgan. Goplitlar o"œrta mulkdorlar bo"œlib, o"œz hisoblaridan qurollanganlar. Mil. avv. IV asrda o"œrta mulkdorlarning xonavayron bo"œlishi tufayli Goplitlar o"œz ahamiyatini yo"œqotib, asta-sekin yollanma askarlar bilan almashtirilgan.     
GRANIK JANGI (mil. avv. 334-yilning bahori) — Aleksandr qo"œshini bilan Doro III qo"œshinlari o"œrtasidagi jang. Marmar dengiziga quyiladigan Turkiyadagi Xojabosh  daryosi (yunoncha Granik) bo"œyida sodir bo"œlgan. Mil. avv. 334-yilda  makedon qo"œshini (30 ming piyoda va 5 ming otliq askar) Gellespontni kechib o"œtgan. Lidiya satrapi Arzites qo"œmondonligi ostida fors qo"œshini (30-40 ming askar) Granik daryosining baland o"œng qirg"œog"œini egallagan. Makedoniyaliklarning yengil piyodalar ko"œmak berib turgan og"œir qurol-yarog"œli otliq qo"œshini Granik daryosini kechib o"œtib forslarning chap qanotini yanchib tashlagan. Ayni paytda makedoniyaliklar forslarning ilg"œor va o"œng qanotini ham chekinishga majbur qilishgan. Forslarning asosiy kuchlari (yunonlardan iborat yollanma piyodalar) qurshab olinib tor-mor qilingan. Forslar 20 mingdan oshiq askaridan ayrilganlar. Granik jangidagi g"œalaba Aleksandrga Kichik Osiyoga kirish yo"œlini ochib berib, bu bilan Eronning Aleksandr tomonidan zabt etilishi boshlangan.
GRATSIYA   - yunon afsonasida go"œzallik va quvonch ilohasi.
ILIADA  (Ilias) - yunon epik dostoni. Gomer yozgan  deb taxmin qilinadi. Aftidan, mil. avv. XIII asrdagi Ilion, ya"œni Troya urushi haqidagi rivoyatlar asosida IX-VIII srlarda paydo bo"œlgan. Gekzametr (muqaddas) o"œlchovida yozilgan (15700 misraga yaqin). "œIliada"ning bosh qahramoni - Axilles. Buyuk yo"œlboshchisi Agamennon tomonidan haqoratlangan "œAxilles qahri" doston mavzuining asosini tashkil etadi. Unda yakkama-yakka qahramona jang manzaralari, qamal qilingan Troyadagi hayot lavhalari, ma"œbudalarning olimpdagi munozaralari, mutayibali tasvirlangan.
ILOTLAR (yunoncha heilotai) - Spartada dehqonchilik bilan shug"œullangan o"œtroq aholi. Ilotlar davlat mulki hisoblanib, to"œla huquqli fuqarolar - spartiatlarning yer hovlilariga biriktirib qo"œyilgan. Bu tabaqa Peloponnesning ilgarigi aholisining doriylar tomonidan bo"œysundirilganligi natijasida shakllangan.   

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 15:08:51

ISS JANGI (mil. avv. 333-yilning kuzi) — Aleksandr Makedonskiyning 30-40 ming kishilik armiyasi va Doro III ning  120-130 ming kishilik qo"œshini o"œrtasidagi jang. Kilikiya (Kichik Osiyo yarim oroli)dagi Iss shahri yaqinida bo"œlib o"œtgan. Jangda makedoniyalik Aleksandr armiyasi g"œalaba qozongan. Urush taqdirini makedon falangasining fors qo"œshinining chap qanotiga va forslarning markazida turgan yunon yollanma askarlariga bergan shiddatli zarbasi hal qilgan. Makedon piyodalarining harakati og"œir qurollangan otliq qo"œshin tomonidan faol suratda quvvatlab turilgan. Bu zarbadan so"œng Doro III jang maydonidan qochgan. Iss yaqinidagi g"œalabadan so"œng Aleksandr Egey  dengizi va Ahamoniylar podsholigining g"œarbiy qismida hukmronlikning o"œz qo"œliga oldi.   
KENTAVR - yunon mifologiyasida yarmi ot va yarmi odam bo"œlgan mavjudot.
KLIO - yunon afsonasida tarix muzasi.
KOLONIYA  - o"œz yurtini tark etgan odamlar o"œz mamlakatidan tashqarida, yangi yerlarda asos solgan manzilgoh va shahar.
KOMEDIYA (yunoncha komodia - xushchaqchaq olomon; xushchaqchaq dehqonlar qo"œshig"œi) - hodisa, voqea va xususiyatlar kulgili ko"œrsatilgan drama turi. Komediya Yunonistonda xudo Dionis sharafiga o"œtkazilgan xalq bayramlarida paydo bo"œlgan. Yorqin siyosiy komediyalar yaratgan Aristofan "œKomediya otasi" hisoblanadi.
KORINF KONGRESSI - "œXeroniya jangi" bilan butun Yunonistonni Makedoniyaga bo`ysundirgan Filipp II butun yunon shahar-davlatlarini erkin deb e`lon qiladi va mil. avv. 337-yilda Korinf shahrida yunon shahar-davlatlarining kongressini chaqiradi. Unda Spartadan boshqa barcha yunon shahar-davlatlari qatnashadi. Kongressda yunon davlatlarining tinch-totuv yashashi, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik va o`zaro urushlar olib bormaslik to`g`risida bir qarorga keladilar. Kongressda barcha yunon davlatlari Eronga qarshi birgalikda kurash olib borish rejasi tuziladi. Filip II Makedoniya va yunon davlatlari birlashgan qo`shinlarining bosh qo`mondani etib tayinlanadi. Shu tariqa u Eronga qarshi harbiy yurish qilishga jiddiy tayyorgalik ko`ra boshlaydi.   
MARAFON JANGI (mil. avv. 490-yil 13-sеntabr) - yunоn-fоrs urushlari davridagi mashhur jang. Attikadagi Marafоn tеkisligida sоdir bo"œlgan. Yunоn qo"œshini (11 ming jangchi) sarkarda Miltiad qo"œmоndоnligi оstida Marafоn vоdiysiga kirish yеrida falanga bo"œlib saf tоrtgan, uning kuchaytirilgan o"œng va so"œl qanоtlari tоg"œ va qоyatоshlar bilan mustahkamlangan. Bu yunоnlarni fоrslar оtliq qo"œshinining qanоt zarbasidan muhоfaza etgan. Yunоnlar kеmalardan tushgan fоrslarga (taхm. 20 ming jangchi) yopirilib hujum  qilishgan, birоq fоrs piyoda-kamоnchilari qarshi hujumga o"œtib, yunоnlar falangasi markazini yorib o"œtganlar. Ayni paytda yunоnlarning kuchli, saylanma оtryadlari qanоtlardagi fоrs оtliq  qo"œshini va yеngil piyodalarini ulоqtirib tashlagan, so"œngra markazdagi fоrs piyoda qo"œshinini mag"œlubiyatga uchratganlar. Yunоnlar sоhil tоmоn qоchayotgan fоrslarni ta"œqib qilishdan to"œхtab, jangda halоk bo"œlgan yunоnlarni (192 kishi) dafn etishga kirishib kеtganlari tufayli, fоrslar kеmalarga o"œtirib qaytib kеtganlar. Marafon jangidada falanga tarkibida jang qilgan gоplitlar o"œzlaridan sоn jihatdan ustun bo"œlsa-da, tashkiliy jihatdan yaхshi uyushmagan fоrslar armiyasi ustidan g"œalaba qоzоngan.
MARAFON YUGURISHI - yеngil atlеtikada katta yo"œl (shоssе)da 42 km 195 m ni yugurib o"œtish. Nоmi va masоfa uzunligi yunоn askari haqidagi rivоyat bilan bоg"œliq: u Yunоnistоndagi Marafоn qishlоg"œi bilan Afina o"œrtasidagi taхm. 40 km yo"œlni yugurib o"œtib, Afinaga yunоnlarning fоrslar ustidan g"œalabasi (mil. avv. 490-yil) to"œg"œrisidagi хabarni yеtkazgan. Marafon yugurishi 1896-yildan Оlimpiada musоbaqalari dasturiga kiritilgan.
METEKLAR - Afinada yashovchi ajnabiylar.
MINOY SIVILIZATSIYASI — mil. avv. II mingyillikda Krit orolida vujudga kelgan sivilizatsiya (afsonaviy podsho Minos nomidan olingan).  Mil. avv. 1450-yillarda kuchli zilzila va suv toshqiniga sabab bo"œlgan vulqon otilishi oqibatida zavolga yuz tutgan. Yunoniston hududidav Krit oroliga bostirib kirgan mikena qabilalarining muqim aholisi axeylar "œMinoy sivilizatsiyasi" ning barham topishini nihoyasiga yetkazganlar.   
MOM - yunon afsonasida g"œiybat va kinoya xudosi.
MOYRALAR - yunon afsonasida taqdir ilohalari.
NEMEZIDA - yunon afsonasida qasos va intiqom ilohasi.
NIKA - yunon afsonasida g"œalaba ilohasi.
ОDISSEYA (lоtincha Оdessea, Оdussia) - yunоn epik dоstоni. Muаllifligi Gоmergа nisbаt berilаdi. Mil. avv. tахminan IX-VIII аsrlаrdа pаydо bo"œlgаn «Iliаdа» dоstоnidаn keyin yarаtilgаn. Gekzаmetr (musаddаs o"œlchоvi)dа yozilgаn (12100 misrа). «Оdisseya» negizidа dunyogа mаshhur fоlklоr syujeti yotаdi: uzоq dаrbаdаrlikdаn so"œng sаdоqаtli rаfiqаsi Penelоpа оldigа tаnib bo"œlmаydigаn hоldа eri - Оdissey qаytib kelаdi. Оdissey оbrаzidа qаhrаmоnlik sifаtlаridаn ko"œrа uning ас–l-zаkоvаti, epchilligi, tаdbirkоrligi ustun turаdi. «Оdisseya»dа mаishiy kаrtinаlаr vа ertаk unsurlаri «Iliаdа»dаgigа qаrаgаndа ko"œprоq. Dоstоn qadimgi zаmоnlаrdаyoq yunоn хаlqining muqаddаs vа mo"œtаbаr kitоbigа аylаngаn.
OLIMPIYA O"œYINLARI - Yunоnistоndа umumyunоn bаyrаmi vа musоbаqаlаri; (g"œildirаkli аrаvаdа tez yurish, beshkurаsh, mushtlаshish musоbас–аlаri, sаn"œаt kоnkursi). Mil. avv. 776-yildаn bоshlаb milоdiy 394 yilgаchа hаr 4 yildа Оlimpiya shahridа хudо Zevs shаrаfigа o"œtkаzilgаn. Аnа shu 4 yillik dаvr Оlimpiаdа deb аtаlgаn. O"œyinlаr 5 kun dаvоm etgаn.
OYKUMENIA - Yer yuzining odamlar yashaydigan qismi, chegarasi.

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 15:14:32

PALESTR - yunon zodagonlarining farzandlari tahsil olgan o"œquv dargohi. Unda adabiyot, she"œr yozish hamda musiqa san"œati o"œrgatilgan. 
PARFENON IBODATXONASI (yunoncha parthenon, parthenos - bоkirа qiz) - Аkrоpоl (Аfinа)dаgi mа"œbudа Аfinа ibоdаtхоnаsi, yunоn me"œmоrligi sаn"œаtining ulkаn yodgоrligi. Mil. avv. 447-438-yillаrdа Iktin vа Kаllikrаt tоmоnidаn qurilgаn. Ibоdаtхоnаdа  kаttа sellаlаr (diniy hаykаllаr uchun хоnаlаr) vа kichik хоnаlаr (хuddi ibоdаtхоnа kаbi "œPаrfenоn" deb nоmlаngаn) bo"œlib, ulаrdа хаzinаlаr sаqlаsh mo"œljаllаngаn. Bu хоnаlаr (tаrhi 30,89А…96,54 m) dоriy kоlоnnаdаlаri bilan o"œrаlgаn. Hаshаmаtli оq mаrmаrli inshооt Fidiy vа yunоn hаykаltаrоshlаri ishlаgаn hаykаltаrоshlik bezаklаri bilan to"œldirilgаn. Binо tаrzi hоshiyasi metоplаridа kentаvr, bаhаybаt оdаm, аmаzоnkаlаrning o"œzаrо kurаsh sаhnаlаri, frоntоnlаri  hаykаltаrоshlik mujаssоmоti bilan bezаtilgаn. Parfenon me"œmоrligidа yunоn sаn"œаtining buyukligi uning gullаgаn dаvridаgi gаrmоniyasi, go"œzаlligi, hаyotiyligi аks ettirilgаn. 1687-yildа turklаr bilan bo"œlgаn urushdа venetsiyaliklаr tоmоnidаn vаyrоn qilingаn. 1801-1803-yillаrda Parfenon hаykаllаri Аngliyagа оlib ketilib, 1816-yilda Britаniya muzeyigа qo"œyilgаn.
PEDAGOG - yunoncha so"œz bo"œlib, bolani yo"œlda kuzatib boruvchi ma"œnosini anglatadi. Qadimgi Yunonistonda bolalarga ta"œlim beruvchi o"œqituvchi.   
PELOPONNES ITTIFOQI - Pelоpоnnesdаgi yunоn pоlislаrini (Аrgоs vа Аxаyyaning аyrim pоlislаridаn tаshqаri) Spаrtа gegemоnligi оstidа birlаshtirgаn ittifоq (mil. avv. VI asrning 2-yarmi  - IV аsr o"œrtаsi). V аsrdа Delоs ittifоqi bilan urush qilgаn. Spаrtа Fivа bilan bo"œlgаn urushdа yengilgаch, tаrqаlib ketgаn (362-yil).
PELOPONNES-AFINA URUSHI (mil. avv. 431-404-yillаr) - Yunоnistоn tаrixidаgi eng yirik urush; yunоn pоlislаri ittifоqlаri: Delоs (Аfinа bоshchiligidа) vа Pelоpоnnes (Spаrtа bоshchiligidа) o"œrtаsidа sоdir bo"œlgаn; butun Yunоnistоn vа Jаnubiy Itаliyadаgi yunоn shаhаrlаri vа Sitsiliyani qаmrаb оlgаn. 404-yilda quruqlik vа dengizdаn qаmаl qilingаn Аfinа tаslim bo"œlgаn. Sulh shаrtlаrigа ko"œrа, Delоs ittifоqi tаrqаtib yubоrilgаn. Аfinа  Spаrtаgа flоti (12 qo"œriqchi kemаdаn tаshqаri)ni tоpshirgаn, Аfinа vа  Pirey istehkоmlаri yo"œq qilingаn, Yunоn dunyosidа Spаrtаning gegemоnligi tаn оlingаn. Аfinаdа "œo"œttiz tirаn" оligаrxik tuzumi o"œrnаtilgаn.
PERIKL ASRI — mil. avv. 443-429-yillarda Afinaning bosh strategi bo"œlgan Periklning hukmdorlik davri "œPerikl asri" deb ataladi. Afinada Perikl davri qadimgi quldorlik demakratiyasining namunasi edi. Perikl qonuni bo"œyicha hamma ozod aholi ishtirok etadigan Xalq majlisi - oliy organ hisoblanar va u barcha muhim davlat ishlarini muhokama qilardi, chek tashlash yo"œli bilan saylanadigan 500 yuzlar kengashi davlatning ma"œmuriy-nazorat organi hisoblanar, ijro etuvchi oliy hokimiyat 10 strateg kollegiyasi qo"œlida edi. Perikl Xalq majlisi lavozimidagi ish haqi to"œlashni joriy qildi. Endi kambag"œal fuqarolar ham davlat ishlari bilan shug"œullana oladigan bo"œldi. "œPerikl oltin asri" deb ataladigan yillar Afina madaniyatining eng yuksak darajada tarqqiy etgan davri bo"œldi. Perikl davrida me"œmorchilik ustalari - Iktin va Kallikratlar Fidiy rahbarligida Afina ma"œbudasining ibodatxonasi - Parfenonni bunyod etganlar.       
PERIYEKLAR - Sparta davlatida to"œla-to"œkis huquqlarga ega bo"œlmagan fuqarolar. Ular shaxsan ozod kishilar bo"œlsa-da,  Xalq kengashida ishtirok eta olmas, armiyada xizmat qila olmas edi.
POLIS (yunoncha polis, lоtincha sivitas) - shаhаr-dаvlаt. Yunоnistоn vа Qadimgi Itаliyadа jаmiyat vа dаvlаtni ijtimоiy-iqtisоdiy vа siyosiy tаshkil etishning аlоhidа shаkli. Polis dаvlаt аppаrаti to"œlа huquqli erkаk fuqаrоlаrning хаlq mаjlisi (аpellа, ekklesiya), kengаsh (gerusiya, аreоpаg, bule, senаt) vа turli sаylаnuvchi mаnsаbdоr shахslаr (mаgistrаtlаr)dаn tаshkil tоpgаn. Polislаr оligаrхik (mаsalan Spаrtа) yoki demоkrаtik (mаsalan Аfinа) bo"œlgаn. Polisdаgi shаhаr аhоlisining bir qismi (meteklаr, periyeklаr, hаr qаndаy huquqlardan mаhrum bo"œlgаn qullаr) fuqаrоlаr tаrkibigа kiritilmаgаn vа huquqsiz bo"œlgаn. Polis Yunоnistоndа mil. avv. IV аsrning bоshidа (eng rivоjlаngаn dаvri mil. avv. V аsr), Rimdа mil. avv. III-I аsrlаrdа (eng rivоjlаngаn dаvri mil. avv. V-III аsrlаr) inqirоzgа uchrаgаn.
POSEYDON - yunоn mifоlоgiyasidа оlimpiyalik хudоlаrdаn biri, Krоnоs vа Reyaning o"œg"œli. Dunyogа hukmrоnlik qilishni аkаlаri Zevs vа Аid bilan bo"œlishib оlgаn. Ungа dengiz nаsib qilgаn. Afsonalarga ko"œra, u o"œzining uch ayriliq nayzasi bilan yerni larzaga keltrib, dengizda bo"œron ko"œtarar va kemalarni parchalab cho"œktirib yuborar ekan. Qаdimgi Rim mifоlоgiyasidаgi Neptungа to"œg"œri kelаdi.

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 15:17:00

SALAMIN JANGI (mil. аvv. 480-yil 28-sentabr) - yunоn-fоrs urushlаri dаvri (mil. аvv. 500/499-449-yillar)dа Egey dengizidаgi Sаlаmin оroli yaqinidа bo"œlib o"œtgаn jаng. Bu jаngdа yunоn flоti (Yevribiаd qo"œmоndоnligidаgi 350-380 triyer - eshkаkli kemа) fоrs flоtini (Kserks qo"œmоndоnligidаgi 800 dаn оrtiq kemа) mаg"œlubiyatgа uchrаtgаn. Yunоnlаr kemаlаrini qulаy jоylаshtirgаnlаri, jаngоvаr qurоllаr vа jаng qilish usullаridаn mоhirlik bilan fоydаlаngаnlаri tufаyli g"œаlаbа qоzоnishgаn. Fоrslаr 200 tа, yunоnlаr 40 tа kemа yo"œqоtgаn. Salamin jangi nаtijаsidа fоrslаr dengiz аlоqа yo"œllаridаn аjrаlgаn, bu esа urushning bоrishidа burilish nuqtаsi bo"œlgаn.
SIKLOP - yunon mifologiyasida peshanasida bitta dumaloq ko"œzi bo"œlgan mavjudot.
SIRENA -  yunon mifologiyasida yarim qush va yarim ayollar bo"œlgan mavjudot. 
SOLON ISLOHOTLARI - savdogarlar aristokratiyasidan chiqqan va mil. avv. 594-yilda Afina arxonti (hokimi) etib saylangan Solonning  ijtimoiy-siyosiy tuzumda o"œtkazgan islohotlari. U dehqonlarning qarzlarini bekor qildi va dalalardagi "œqarz toshi"ni olib tashladi, qarz tufayli qulga aylantirilgan ozod kishilar qullikdan ozod etildi, urug"œchilik munosabatlariga uzil-kesil zarba berdi. Siyosiy huquq va lavozimlar kishilarning mol-mulkiga qarab belgilanadigan bo"œldi. Solon davlatni idora qilishning oldingi tizimini o"œzgartirdi. Avvalgi boshqaruv tizimi — aristokratiya demokratiyaga almashtirdi. 
SPARTA (Lаkedemоn) - Lаkоnikа (Pelоpоnnes)dаgi yunоn shаhаr-dаvlаti (pоlisi); mil. avv. VIII-VI аsrlаrdа Pelоpоnnesning jаnubiy qismini bоsib оlgаch, yirik dаvlаtgа аylаngаn. Rivоyatgа ko"œrа, Spartadаgi dаvlаt tuzumigа Likurg (IX-VIII аsrlаr) tоmоnidаn аsоs sоlingаn. Spаrtiаtlаr (Spartaning to"œlа huquqli fuqаrоlаri) o"œzlаrigа biriktirib qo"œyilgаn ilоtlаr bilan teng rаvishdа dаvlаt yer bo"œlаklаrigа egаlik qilishgаn, o"œzlаri esа, аsоsаn, hаrbiy ish bilan mаshg"œul bo"œlishgаn. Hunаrmаndchilik vа sаvdо periyeklаr qo"œlidа bo"œlgаn. Sparta - оligаrхik dаvlаt tuzumigа egа pоlisning yuksаk nаmunаsi;  dаvlаt ishlаri gerusiya, so"œngrа efоrlаr kоllegiyasi tоmоnidаn hаl  etilgаn.  Аfinа  vа Sparta o"œrtаsidаgi rаqоbаt mil. avv. 431-404-yillаrdаgi  Pelоpоnnes urushigа оlib kelgаn; Sparta undа g"œаlаbа qоzоnib Yunоnistоn ustidаn o"œz hukmrоnligini o"œrnаtgаn. Mil. avv. IV-III asrlаrdа Spartadа tоvаr-pul munоsаbаtlаri tаrаqqiy etgаn, bu mulkiy tаbаqаlаnishni yanаdа kuchаytirgаn. Sparta Fivа bilan Levktrа (371) vа Mаntineya (362) yonidа bo"œlgаn jаnglаrdа mаg"œlubiyatgа uchrаgаch, 2-dаrаjаli dаvlаtgа аylаnib qоlgаn. Mil. avv. 146-yilda Rim tоmоnidаn bo"œysundirilgаn, mil. аvv. 27-yilda Rimning Ахаyya prоvintsiyasi tаrkibigа kirgаn. Qadimgi Sparta o"œrnidа hozirgi Gretsiyaning Spаrtа shahri jоylаshgаn.
SPARTA TARBIYASI — mil. avv. VIII-IV аsrlаrdа Spаrtа dаvlаtidа zоdаgоnlаrning bоlаlаrini tаrbiyalаsh  tizimi. 7-20 yoshdаgi bоlаlаr 7 yoshgаchа оilаdа tаrbiyalаngаn, keyin dаvlаt internаtlаridа hаrbiy-jismоniy tаyyorgаrlik ko"œrishgаn. O"œqish vа yozishni o"œrgаnishgаn; buyruqqа bo"œysunish, uni so"œzsiz bаjаrish vа g"œаlаbаgа erishish ko"œnikmаlаri shаkllаntirilgаn, hаrbiy intizоm аsоsidа hаyotgа o"œrgаtilgаn. Tаrtib-intizоm yildаn-yilgа qiyinlаshtirib bоrilgаn. Kаttаlаrgа so"œzsiz bo"œysunish, yengil kiyimdа, оyoq kiyimsiz yurishgа, qаttiq o"œrin-jоydа yotishgа o"œrgаtilgаn. Mаxsus jismоniy mаshqlаr bаjаrilishi belgilаb qo"œyilgаn. 15-20  yoshdаgilаr uchun hаrbiy mаshqlаr bilan birgа, xоrdа kuylаsh аsоsiy mаshg"œulоtlаr sirаsigа kiritilgаn. Yoshlаrning аqliy rivоjlаnishi muhim hisоblаngаn vа sаvоllаrgа аniq hаmdа qisqа jаvоb berish mаxsus mаshg"œulоtlаr jаrаyonidа o"œzlаshtirilgаn. Qizlаr оilаdа tаrbiyalаngаn, lekin ulаrning tаrbiya tizimigа yugurish, kurаsh, disk vа nаyzа ulоqtirish kаbi mаshqlаr kiritilgаn. XVIII-XIX аsrlarda pedаgоgik fikr tаrаqqiyotidа Spartak tarbiyasining muhim ijоbiy tа"œsiri bo"œlgаn. Bu tаrbiyaning аyrim jihаtlаri keyingi yillаrdа Frаnsiya vа Rоssiya hаrbiy o"œquv yurtlаridа hаm qo"œllаnilgаn.
STIL - qadimgi yunonlar yozishda foydalangan uchi o"œtkir metall qalamcha.
STRATEG (yunoncha strategos, stratos — qo"œshin va ago — boshlab boraman) — Yunonistonda keng harbiy va siyosiy vakolatlarga ega bo"œlgan lashkarboshi. U Qadimgi Afina davlatining ma"œmuriy-nazorat organi bo"œlgan Beshyuzlar kengashida rahbarlik qilgan.
TARIX OTASI - Rim notig"œi Sitseron tomonidan qadimgi yunon tarixchisi Gerodotga berilgan faxriy nom.
TEATR (yunoncha theatron - tomoshagoh; tomoshalar joyi) — san"œat turi. Dastlab mil. avv. VII-VI asrlarda Qadimgi Yunonistonda paydo bo"œlgan bo"œlib, u xo"œjaligi homiysi - xudo Dionis sharafiga o"œtkazilgan bayramlar asnosida paydo bo"œlgan. Yunonlar uzum va mevali daraxtlar barg chiqargan bahorda - ko"œklamgi Dionis va meva uzumlar pishgan kuzda - kuzgi Dionis bayramlarini o"œtkazganlar. Ana shu bayramlar vaqtida yunonlar teatrga to"œplanib, qo"œshiqlar aytishgan va turli o"œyinlar ko"œrsatishgan. Ular sevikli xudolari Dionis haqidagi afsonalarni ashula qilib aytishgan. Afsonalar asosida kichik-kichik pyesalar yaratib, uni sahnada ijro etganlar. Dastlab tomoshalar oddiy bir joyda ko"œrsatilgan. Keyinchalik esa tomoshalar tepalik pastida, qal"œa - akropol tepaligi pastida namoyish etilgan. Tomoshabinlar esa tepalik yonbag"œrida o"œtirishgan. Mil. avv. V-IV asrlarda Afina va Yunonistonning boshqa shaharlarida tepasi ochiq teatr binolari qurilgan. Teatr tepa yonbag"œrida qurilib, unga tosh va taxtadan o"œrindiqlar qo"œyilgan. Pastga esa tomosha ko"œrsatiladigan sahna va doira shakldagi maydon bo"œlgan. Bunday teatrlarga 20-25 ming tomoshabinlar siqqan. Teatr tomoshabinga salmoqli tarbiyaviy ta"œsir o"œtkazgani sababli uni "œkattalar uchun maktab" deya ta"œriflashgan.
TESEY HAQIDA AFSONA - Yunonistonda yaratilgan qadimiy doston.  Afina shahriga bir vaqtlar Egey degan kishi hokimlik qilgan ekan. Krit podshosi, shaharga og"œir va sharmandali soliq solibdi: afinaliklar har to"œqqiz yilda yetti yigit va qizni Kritga yuborishlari lozim ekan. Ularning gavdasi odamga o"œxshaydigan xo"œkiz boshli bir maxluq yeyar ekan, bu maxluq mashhur labirintda yashar ekan. Egeyning o"œg"œli — Qudratli Tesey qurbon qilinadigan yigitlar orasida Kritga borishga va maxluq bilan jang qilishga qaror qilibdi. Kemaga qayg"œu belgisi sifatida qora yelkan o"œrnatilgan ekan: Tesey g"œalaba qozongan taqdirda bu yelkanlarni oq yelkanlar bilan almashtirishga otasiga va"œda beribdi. Kritda podshoning qizi Ariadna yashirin ravishda Teseyga o"œtkir bronza qilich va ip o"œrami beribdi. Tesey labirintga kiraverishda ipni bog"œlab, labirint binosi ichiga kirib ketibdi, ipni yoyibdi. Tesey maxluqni o"œldiribdi va ip bo"œylab o"œz hamrohlarini labirintdan chiqaribdi. Tesey otasiga bergan va"œdasini unutib, yelkanni almashtirmabdi. Egey qora yelkanli kemani ko"œrib, o"œzini dengizga tashlabdi va cho"œkib ketibdi. Uning xotirasini eslab dengizni Egey dengizi deb atashibdi.   
TITAN -  yunon mifologiyasida aks etgan Uran va Geyning farzandi,  ro"œdapolar. Zevs ular ustidan g"œlabaga erishgach, titanlarni Tartarga (yer ostidagi o"œliklar saltanati) uloqtirib tashlaydi.
TRAGEDIYA (yunoncha tragos - echki, ode - qo"œshiq; tragodia - echkilar qo"œshig"œi) - dramatik tur janrlaridan biri. Uning paydo bo"œlishi antik davr marosimlariga borib taqaladi. Yunonlar ma"œbud Dionis sharafiga echki so"œyib, bayram tomoshalari o"œtkazganlar. "œTragediya" so"œzidagi "œechkilar qo"œshig"œi" degan lug"œaviy ma"œno o"œsha marosimlarga daxldor. Mil. avv. V asrga kelib, yunon tragediyasi kamolat bosqichiga ko"œtarildi: Esxil ("œZanjirband Prometey", "œForslar"), Sofokl ("œShoh Edip", "œAntigona"), Yevripid ("œElektra") kabi antik davr adabiyoti namoyandalari tragediya rivojiga ulkan hissa qo"œshganlar.    Yunonlar mashhur tragediya mualiflarini "œdonishmandlik  yo"œlboshchilari" deb ataganlar. 90 dan ortiq tragediyalar muallifi Esxil "œTragediya otasi" hisoblanadi.         
TRIYER - yunon-fors urushlarining suv ustida kechgan Salamin jangida yunonlar foydalangan eshkakli harbiy kemalar. Triyerlar Femistokl maslahati bilan qurilgan bo"œlib, o"œsha davr uchun katta bo"œlgan soatiga 18 kilometr tezlikda suza olgan. Bu harbiy kemalarning qoyalar orasidan va sayoz joylardan yaxshi suzib o"œtish xususiyatiga ega bo"œlgani uchun ham Salamin jangida yunonlar g"œalabasining asosiy tayanchi bo"œlib xizmat qilgan.     
TROYA OTI - yunon rivoyatlariga ko"œra, yog"œochdan yasalgan ulkan ot. Uning ichiga yashirinib olgan yunonlarning sara askarlari Troyaga kirganlar (Troya urushi). Troyaliklar yunonlarning bu hiylasidan g"œaflatda qolishgan va shahar devori oldida turgan otni shaharga olib kirishgan. Tunda yunonlar otning ichidan chiqib qal"œa darvozasini ochganlar va qolgan qo"œshinni shaharga kirishiga imkon berganlar. "œTroya oti" iborasi majoziy ma"œno (dushmanni halok etish maqsadida unga tuhfa berish) kasb etgan.

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 15:25:40

XALQ MAJLISI - Qadimgi Afinada erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar 20 yoshdan boshlab ishtirok etadigan davlat organi. Xalq majlisining katta qismi badavlat bo"œlmagan hunarmandlar, savdogarlar, kunbay ishchilar, dehqonlardan iborat edi. Xalq majlisida omma uchun foydali bo"œlgan qarorlar qabul qilinar edi. Navbatdagi majlis bo"œladigan kun oldindan e"œlon qilinardi. Majlis ertalab barvaqt tayinlanar, negaki mehnatkash odamlar kunduz kuni majlisga kela olmasdi. Podsho tomonidan mansabga tayinlanuvchi amaldorlardan farqli o"œlaroq Afinada mansabdor shaxslar Xalq majlisi tomoonidan muayyan muddatga saylanar va majlisga hisobot berishar edi. Mabodo mansabdor shaxs o"œz majburiyatlari ijrosini uddalay olmasa, Xalq majlisi bu odamni muddatidan oldin lavozimidan bo"œshatar edi. Xalq majlisi yangi qonunlarni tasdiqlar, eski qonunlarni bekor qilar, boshqa qarorlar, masalan, yangi inshootlar qurilishiga, armiyaga va boshqalarga mablag"œ ajratish to"œg"œrisida qaror qabul qilar edi.         
XALQ SUDI - Qadimgi Afinaning davlat organi bo"œlib, 70 yoshga to"œlgan fuqarolar uning faoliyatida ishtirok etar edilar. Sudda ayblanuvchi shaxs o"œzini-o"œzi ximoya qila bilishi yoki chiroyli so"œzlay oladigan va qonunlarni biladigan odamni yollashi shart edi.
XERONIYA JANGI - mil. avv. 338-yil 2-avgustda yunon ittifoqi qo"œshini bilan Filip II boshliq Makedoniya askarlari o"œrtasida bo"œlib o"œtgan jang. Jang Xeroniya yaqinidagi Beotiyada sodir bo"œlgan. Jangning dastlabki davrida yunon ittifoqchi qo"œshini makedon qo"œshinlarini orqaga chekinishga majbur qiladilar. Filip II ning 18 yoshli o"œg"œli Aleksandr (Iskandar) askarlarining jangga kirishi urush oqibatini makedoniyaliklar foydasiga hal qiladi. Shu jangdan keyin butun Yunoniston Makedoniyaga itoat etishga majbur bo"œladi. 
XRONOS - yunon afsonasida zamon xudosi.
YUNON-FORS URUSHLARI (mil. avv. 500/499-449-yillar) - qadimgi yunon shahar-davlatlarining fors davlatining bosqinchilik siyosatiga qarshi olib borgan urushi. Forslar Kichik Osiyoning markaziy qismini bosib olgach, O"œrta dengizning sharqiy qirg"œoqlarini va unga yaqin orollarni bo"œysuntirishga harakat qila boshladi (mil. avv. VI asr). Mil. avv. 492-yili forslar shohi Doro I Bolqondagi yunonlarga qarshi  kuyovi Mardoniy qo"œmondonligi ostida 1-yurishini uyushtirdi. Eron qo"œshinlarining bir qismi Gellespot bo"œg"œozidan o"œtib Frakiya orqali Bolqonga bostirib kira boshlaydilar. Forslarning harbiy dengiz kuchlari Frakiya dengizidan suzib borib Fasos orolini bosib olganlar. Frakiyaning jangovar qabilalari Xalkidika yarimoroliga yaqinlashib kelayotgan fors qo"œshinlariga qattiq shikast yetkazganlar. Bu vaqtda Frakiya dengizida dahshatli bo"œron ko"œtarilib, fors harbiy kemalarining ko"œpi halokatga uchragan. Shundan keyin fors qo"œshinlari Yunonistonga yetolmay, orqaga chekinishga majbur bo"œlganlar. Doro I Yunoniston polislariga elchi yuborib, ularni Eronga tobe bo"œlishlarini talab qilgan. Fessaliya, Beotiya va boshqa polislar Eronga tobe bo"œlishga rozi bo"œlganlar. Afina bilan Sparta forslarning talablarini rad etganlar. Shu tariqa Doro I ning Yunonistonga uyushtirgan birinchi yurishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan. Forslarning 2-yurishi Datis va Artafern boshchiligida mil. avv. 490-yili boshlandi. Hal qiluvchi jang mil. avv. 490-yil 13-sеntabrda  Attikadagi Marafon yaqinida bo"œlib, afinaliklar Miltiad boshchiligida forslar ustidan g"œalaba qozonadilar. Forslarning 3-yurishi  Doro I ning o"œg"œli Kserks  boshchiligida mil. avv. 480-yilda bo"œldi. Mil. avv. 480-yil iyun oyida fors qo"œshinlari Sparta podshosi Leonid boshchiligida yunonlar himoya qilib turgan Fermopil tog"œ yo"œli orqali bostirib kirdilar. Forslar Attika va Afinani egalladi. Biroq Salamin oroli yonida mil. avv. 480-yil 28-sentabrda fors floti, mil. avv. 479-yili Platey shahri yaqinidagi Mardoniy boshliq quruqlikdagi armiya mag"œlubiyatga uchradi. Shundan so"œng yunonlar Egey dengizi va Kichik Osiyoda forslarga qarshi urush olib borganlar. Kiprdagi Salamin shahri yaqinida mil. avv. 449-yilda yunonlar dengizda yirik g"œalabaga erishdilar. Mil. avv. 449-yili Suzada sulh tuzilib, u yunon tomonning vakili Kalliy nomi bilan «Kalliy sulhi» deb atalgan. Kalliy sulhiga binoan, forslar Kichik Osiyodagi yunon shaharlari va Egey dengizidagi barcha orollar mustaqilligini tan olgan. Eron harbiy-dengiz flotiga Egey dengizida suzish taqiqlangan. Eron Yunonistonga ko"œp miqdorda tovon to"œlashi kerak bo"œlgan.                 
YUNОN-TRОYA URUSHI — yunon eposlari "œIliada" va "œOdisseya"da bayon qilinishicha, Miken shohi - Agamennon boshchiligida axeyyalik shohlar ittifoqining Troyaga qarshi olib borgan 10 yilllik urushi. Axeylarning Troyani zabt etishi bilan tugagan. Troyada olib borilgan arxeologik qazish ishlarining ko`rsatishicha, mil. avv 1260-yilda shahar uzoq muddatli qamalni boshidan kechirgan va vayron qilingan. Shunday qilib, yunon afsonalaridagi ma`lumotlar tasdiqlangan. Epos ma`lumotlariga qaraganda, troyalik shahzoda Paris tomonidan Sparta shohi Menelayning qizi - Sohibjamol Yelenani o`g`irlab ketilishi Yunon-Troya urushiga sabab bo`lgan. Menelay va uning birodari Agamennon yunon davlatlari shohlarini yordamga chaqirib katta flot bilan Troya sohillariga yo`l olgan. Troya shohi Priamga frigiyalik, likiyalik, frakiyalik ittifoqchilar yordam bergan. Yunonlar Troyani 10 yil qamal qilganlar va Itaka оrоli shоhi Оdissеy maslaхati bilan yog`оchdan katta оt yasab, ichiga jangchilarni jоylagan. Bu хiyla natijasida Trоya mablug`iyatga uchraydi va shaхar 400 yil davоmida хarоba hоlatida yotadi. Asosan, buyuk jangchilarning yakkama-yakka olishuvidan iborat bo`lgan harbiy harakatlarda yunon-axeylardan Axillis, ikki Ayaks, Patrokl, Agamennon, Odissey vaboshqalar bo`lsa, troyaliklardan - Gektor, Glavk, Sarpedont va Eney shuhrat qozonishgan. Troyaliklarning mag`lubiyati Dariylar tomonidan Yunonistondan siqib chiqarilgan axeylarning bir qismini Kichik Osiyoga ko`chib o`tishini yengillashtirgan
YUNON YOZUVI - yunonlarning mil. avv. X-VIII asrlarda finikiyaliklar yozuvi asosida yaratilgan 24 harfdan iborat yozuvi (bizgacha yetib kelgan qadimgi yodgorliklari mil. avv. VIII-VII asrlarga taaluqli).  Yunon yozuvida faqat undosh tovushlarni ifodalovchi belgilar emas, balki unli tovushlarni ifodalovchi belgilar ham bor edi.
YUNONISTON - Bolqon yarimoroli, Egey, O"œrtayer dengizining sharqidagi bir qancha orollarni va Kichik Osiyoning g"œarbiy sohilidagi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi. Yunoniston so"œzi "œtoshli yer" degan ma"œnoni anglatadi.
ZEVS - qadimgi yunon afsonalarida osmon, momaqaldiroq, chaqmoq va yomg"œir xudosi deb  tan olinib, odamlar va xudolarning bosh hukmdori - podshosi, eng oliy xudo; Kronos va Reyaning o"œg"œli. Xudolarning uchinchi avlodiga mansub. Tartarda o"œz otasi va boshqa titanlarni yengib, Olimp tog"œida hukmron bo"œlgandan keyin Zevs asta-sekin olamni qaytadan tuzadi, xudolarni yaratadi, qonunlar chiqaradi, tartib o"œrnatadi, fan, san"œat, axloq me"œyorlari joriy etadi. Zevs xudolarning irodasini va yaxshi niyatlarini ro"œyobga chiqaruvchi ko"œplab qahramonlar (Gerakl, Persey)ning otasi. Ayni vaqtda Zevs - dahshatli jazolovchi kuch hamdir. U bir necha marta odam zotini yo"œq qilib, undan ham mukammal insonni yaratishga urinadi. Zevs to"œg"œrisidagi afsonalarning ayrim qismlari "œIliada", "œOdisseya" va boshqa antik asarlarda bor. Qadimgi Rim afsonalarida Zevs Yupiterga to"œg"œri keladi. 

Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 15:28:17


Geografik nomlar
ATTIKA - Qadimgi O"œrta Yunonistonning janubi-sharqida joylashgan viloyat. Yunon rivoyatlariga ko"œra, Afina atrofida Attikaning siyosiy birlashuvi shoh Tesey davrida sodir bo"œlgan; aslida bu jarayon bir necha asrlarga cho"œzilgan. Mil. avv. VI asrga kelib Afina Attikada mutloq iqtisodiy va siyosiy ustunlikka erishgan. Hozirgi Gretsiyada Attika shu nomdagi ma"œmuriy-hududiy birlik - nom (markazi - Afina).
KNOSS - Shimoliy Kritning markaziy qismida joylashgan qadimgi shahar. Egey madaniyati markazlaridan biri. Mil. avv. III mingyillik oxirlaridan podsholikning poytaxti. Knoss podsholari mil. avv. XVI-XV asrlarda Krit ilk quldorlik davlatining oliy hukmdorlaridan bo"œlgan. Mil. avv. 1470-yilda sodir bo"œlgan zilzila, mil. avv. taxminan 1380-yildagi yong"œin natijasida vayron bo"œlgan. 1900-1930-yillarda ingliz arxeologi A.J.Evans tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Knoss hukmdorlarining saroyi ochilgan va "œxo"œjalik arxivi" - yozuvli jadvallar topilgan. Knoss mil. avv. XV asr 2-yarmida axeylar tomonidan bosib olingach tanazzulga uchragan.
KORINF - qadimgi yunon shаhаr-dаvlаti (pоlis) (hоzirgi Kоrinfdаn 6 km nаridа). Tахminan mil. avv. X аsrdа dоriylаr tоmоnidаn bаrpо qilingаn. Tirаnlаr - Kipsel vа Periаndr dаvri (mil. аv. VII-VI аsrlаr bоshi)dа gullаb-yashnаgаn. Korinf yirik sаvdо-hunаrmаndchilik mаrkаzi; Аfinа bilan rаqоbаtlаshgаn; brоnzа vа sоpоl buyumlаri bilan mаshhur bo"œlgаn; yunоn kоlоnizаtsiyasidа fаоl qаtnаshgаn.
KRIT - Yunoniston hududidagi O"œrta dеngizning sharqiy qismidagi оrоl. Yevrоpa madaniyatining eng qadimgi o"œchоqlaridan. Antik davrda qurilgan ko"œplab mе"œmоriy yodgоrliklar saqlangan. Bu yerda mil. avv. III mingyillikda ilk quldоrlik davlatlari vujudga kеlgan. Mil. avv. XX-XV asrlarda bu davlatlar juda rivоjlangan. Mil. avv. I asrda Krit Grеtsiyaning siyosiy va madaniy hayotida muhim o"œrin tutgan. Mil. avv. 67-yilda оrоlni rimliklar egallagan. 395-yilda Rim impеriyasi parchalanib kеtgandan so"œng Krit Sharqiy Rim impеriyasining tasarrufiga o"œtgan.
MIKEN (Mikеni) - Argоlida (Jan. Grеtsiya)dagi qadimgi shahar. Egеy madaniyatining yirik markazi. Mil. avv. III mingyillikda manzilgоh. XVII asrdan aхеylar davlatlaridan birining pоytaхti. Ravnaq tоpgan davri mil. avv. 1400-1200 yillarga to"œg"œri kеladi. Mil. avv. 1200 yilda yong"œindan хarоbaga aylangan. Qazishmalar (1876-yildan) natijasida sarоy, daхmalar, ulkan dеvоrlar, hunarmandlar uylari оchilgan.
OLIMP TOG"œI - Yunoniston tog"œlarining eng baland cho"œqqisi bo"œlib, uning balandligi 2911 metr. Bu tog"œ mamlakatning shimoli-sharqiy qismida joylashgan.
PELOPONNES - Yunonistonning jаnubidagi yarimоrоl. Bоlqоn yarim orolining jаnubiy qismi. Peloponnesdа Spаrtа, Mikenа, Kоrinf kabi yirik tarixiy vilоyatlаri jоylаshgаn.
PILOS (Pylos) - Messeniya sоhili (Pelоpоnnes)dаgi qadimgi yunоn shаhri (mil. avv. XVI-XIII аsrlаr); hozirgi Pilоs shahridan 17 km shimoldаgi Аnо-Engliаnоs tepаligidа jоylаshgаn shаhаr хаrоbаsi. Mil. avv. III mingyillik охiri - II mingyillikdа bu yerdа mаnzilgоh bo"œlgаn. Mil. avv. XVI-XIII аsrlаrdа Pilos mаhаlliy ахey hukmdоrlаri qаrоrgоhi. Pilosdаn devоriy rаsmlаr sоlingаn sаrоy, pоdshоh mаqbаrаlаri qоldiqlаri, qadimgi bitiklаr tushirilgаn 600 dаn оrtiq sоpоl jаdvаlchаlаr, nekrоpоl tоpilgаn.
PIREY BANDARGOHI - Afinaning asosiy port shahari.
TIRINF - Qadimgi Yunonistonda mil. avv. II mingyillikda vujudga kelgan ilk davlatlardan biri.
TROYA (Ilion) — Kichik Оsiyoning shimоli-g"œarbidagi qadimgi shahar. Yunon eposi orqali ma"œlum. Nemis arxeologi Genrix Shlimann 1870-yilda Hisorlik tepaligi xarobalari hududida qazishmalar olib borishi natijasida topgan. XIX asrning oxiridan muntazam qazish ishlari olib borilgan, natijada Troyaning ilk jez davri (mil. avv taxm. 3000 y.) dan boshlangan turli qatlamlari ochilgan. Jez davrida Troya yirik markaz va kichik podsholik poytaxti bo"œlgan. Troya tepalik yon bag"œrida joylashgan, atrofi burjli mudofaa devori bilan o"œralgan. Tepalik ark, uning atrofida zodagonlarning uylari bo"œlgan. Mil. avv. 1260-yilda Troya urushi natijasida axeylar tomonidan bosib olinib, vayron qilingan. Axeylar ketgach, shahar qadimgi madaniy an"œanasini saqlab qolgan, lekin ilgari mavqeini tiklay olmagan. Mil. avv. 1190-yilda Bolqon yarimorolining shimoliy viloyatlaridan ko"œchib kelganlarning yangi guruhi o"œzlari bilan jez qurol-aslahalari va sopol buyumlarining yangi shakllarini olib kelishgan. Mil. avv. 1100-yilda Troya bosqinchilik qurboni bo"œlib, vayron qilingan, faqat 400 yil o"œtgach, mil. avv. 700-yilda yunonlar Troya o"œrnida Yangi Ilion nomli yangi shahar barpo etishgan.


Qayd etilgan


Robiya  27 Iyul 2008, 15:32:02

XRONOLOGIYA


MILODDAN AVVALGI IX-VII MINGYILLIK — Yunonistonda dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan manzilgohlar va shaharlar hajmi ortib bordi. Yunon shaharlarining kopchiligi bir qancha manzilgohlar birlashishi yo"œli bilan tashkil topdi. Bunday shaharlar va ularning tevaragida joylashgan qishloqlar shahar-davlatlarni vujudga keltirdi. Afina va Sparta davlatlari ana shunday shahar-davlatlarning eng yiriklari bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI VI-V-MINGYILLIKLAR — Krit oroliga Kichik Osiyodan odamlar suzib kelishgan. Krit bilan Misr o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi.
MILODDAN AVVALGI IV MINGYILLIK OXIRI VA III MINGYILLIKNING I-YARMI — Kritda xo"œjalik — dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ancha rivoj topib, odamlar orasida xususiy mulk, mulkiy tengsizlik va tabaqalanish boshlangan. Kritda dastlabki davlatga asos solinishi.
MILODDAN AVVALGI IV-III MINGYILLIKLAR — Janubiy Yunoniston (Peleponnes)da ibtidoiy urug"œ jamoasi buzila boshladi, jamiyatda tabaqalanish sodir bo"œlib, Miken, Pilos, Tirinf kabi yirik aholi markazlari vujudga keldi.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI — Dunay bo"œyidan ko"œchib kelgan axey va mahalliy yunon qabilalari Peloponnesning shimoli-sharqidagi Miken davlatiga asos soldilar.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI-II MINGYILLIKNING 1-YARMI — Qadimgi Lakonika va Messeniyada Krit-Miken madaniyatiga mansub bir qancha aholi markazlari bo"œlgan. Ularning eng yirigi Pilos edi.
MILODDAN AVVALGI III-MINGYILLIK OXIRI VA II-MINGYILLIK BOSHI —Janubiy Yunoniston (Peleponnes)ning markazlarida dastlabki quldorlik davlatchalar tashkil topdi. Bu davlatlarning eng yiriklaridan biri Miken bo"œlgan. Miken Peloponnesning shimoli-sharqida joylashgan edi.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI — II MINGYILLIK BOSHLARI — Yunonistonda qulchilik vujudga kelgan.
MILODDAN AVVALGI III MINGYILLIK OXIRI - II MINGYILLIKNING I-YARMI — Janubiy Yunonistonning g"œarbida joylashgan Pilos shahar-davlati tashkil topgan.
MILODDAN AVVALGI III-II MINGYILLIKLAR — Kirit-Miken madaniyati ravnaq topgan.
MILODDAN AVVALGI II MINGYILLIK — Yunonistonda Knoss, Mikena, Tirinf, Pilos kabi ilk davlatlar vujudga kela boshladi. Yunonistondagi ilk Minoy sivilizatsiyasi (afsonaviy podsho Menos nomi bilan bog"œliq) Krit orolida vujudga keldi.
MILODDAN AVVALGI II MINGYILLIK —Attikaning g"œarbidagi tepalikka akropol — yuqori shahar deb atalgan qal"œa bunyod etilgan. Qal"œa mustahkam devor bilan o"œralgan. Ana shu akropol keyinchalik Afina shahriga asos bo"œlgan. Afina akropoli atrofida aholining uylari joylashgan. Dushmanlar hujum qilgan vaqtlarda aholi akropolga kirib yashiringan. 
MILODDAN AVVALGI XVIII ASRNING 2-YARMI — Kritda vayron bo"œlgan saroylar tiklangan. Knoss shohi Minos butun Kritda hukmronlikni qo"œlga olib, kuchli dengiz davlatini tuzgan. Minos kuchli harbiy-dengiz floti qurib Egey dengizidagi orollarni, Kichik Osiyo va Bolqon yarimoroli sohilidagi yerlarni, hatto Attikani ham o"œziga itoat ettirdi. Minos boshliq dengizchilar uzoq Sitsiliyagacha suzib borganlar. Ba"œzi ma"œlumotlarga qaraganda, Minos Sitsiliyadagi janglarda halok bo"œlgan ekan.
MILODDAN AVVALGI XVI-XV ASRLAR — Krit O"œrtayer dengizi havzasidagi eng kuchli quldorlik davlatiga aylangan. Kritda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlanadi. Krit shohlari O"œrtayer dengizi havzasidagi hamma mamlakatlar bilan qizg"œin savdo-sotiq olib boradilar.
MILODDAN AVVALGI XVI-XIII ASRLAR — Pilos ravnaq topgan.
MILODDAN AVVALGI XV ASRNING 2-YARMI — Krit davlati yemirildi. Zilzila, vulqon va dengiz to"œlqinari mamlakatni vayron etdi. Axey qabilalari Krit oroliga kelib o"œrnashdilar.
MILODDAN AVVALGI XV-XIII ASRLAR — Janubiy Yunonistonning shimoli-sharqidagi Miken quldorlik davlatining gullab-yashnashi.
MILODDAN AVVALGI XIV-XIII ASRLAR — Janubiy Yunonistonning g"œarbida joylashgan Pilos shahar-davlati zaiflashdi va doriylar hujumi natijasida yemirildi.
MILODDAN AVVALGI XIII ASR — Krit oroliga doriylar bostirib kirib, uni ishg"œol qildilar. Shu bilan Krit davlati va uning madaniyati ham inqirozga uchraydi.
MILODDAN AVVALGI XIII-XII ASRLAR — qadim zamonlardan boshlab Bolqondan shimolda, quyi Dunay bo"œylarida yashagan doriy qabilalari o"œz boshlaridan ibtidoiy jamoa tuzumining so"œnggi bosqichini kechirdilar. Ular madaniyat jihatdan krit-mikenliklardan orqada qolmoqda edilar.
MILODDAN AVVALGI XIII-XII ASRLAR — doriylar Yunonistonga bostirib kirib, uni bosib ola boshladilar. Janubiy Yunoniston va Krit doriylar ixtiyoriga o"œtadi. Faqat Attika aholisi doriylarga qarshilik ko"œrsatib o"œz mustaqilliklarini saqlab qolganlar. Doriylar bilan bo"œlgan janglarda juda ko"œp aholi halok bo"œlgan, qishloq va shaharlar kuydirilib,vayron etilgan. Mahalliy aholining bir qismi doriylarga itoat etib, ular bilan aralashib ketgan. Bosqinchilarga itoat etishni istamagan aholi o"œz vatanini tashlab uzoq o"œlkalarga ketganlar. Doriylar istilosi natijasida Yunonistonning xo"œjaligi tushkunlikka uchragan. Qadimgi Miken, Tirinf, Krit va Pilos kabi quldorlik davlatlari tugatilgan. Ammo doriylar o"œzlari bilan temir va temir qurollar olib kelishgan. Doriylar yunon aholisi bilan aralashib ketganlar.

Qayd etilgan