Abituriyentlar uchun yordam: tarixdan tayyorlov kurslari  ( 346386 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 B


Robiya  30 Iyul 2008, 16:16:56

                                 ATAMALAR VA TUSHUNCHALAR

AKVEDUKLAR - Qadimgi Rimda vodoprovod quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o"œtkazish uchun qurilgan yuqori qismidan anhorlar o"œtkazilgan ko"œpriklar.
ALTAR - Qadimgi Rim ibodatxonalari joylashgan qurbonlik baxshida etiladigan ko"œtarma joy.
AMFITEATR (yunoncha amphitheatron - ikki tomonlama tomosha) - Qadimgi Yunon va Rim ommaviy tomoshalar, teatr spektakllari ko"œrsatiladigan mahobatli bino.  Amfiteatr - o"œrtasidagi maydoni ellips shaklidagi ulkan inshoot; uning tomoshabinlar uchun mo"œljallangan qator-qator o"œrindiqlari pastdan yuqoriga zina shaklida ko"œtarilib boradi. Amfiteatrda arklar, ustunlar va ular orasida gumbazli galereyalar bo"œlgan. Mil. avv. 70-yillarda qurilgan Pompey amfiteatriga 15 ming tomoshabin joylashgan. Milodiy 125-yilda qurilgan Rim (Kolizey) amfiteatriga esa 50 ming kishi siqqan. 
ANTONINLAR SULOLASI — Rim imperatorlari sulolasi (96-192); sulolaning asoschisi imperator Nerva (96-98). Nerva, Trayan (98-117), Adrian (117-138), Antonin Piy (138-161), Mark Avreliy (161-180), Lutsiy Ver (161-169), Ovidiy Kasiy (175), Kommod (176-192)lar Antoninlar sulolasidan. Antoninlar hukmronligida Italiya tushkunlikka uchradi. Bu davrda qulchilik tanazzulga uchrab, kolonlar mehnatidan keng foydalanildi. Pastki tabaqalarning behad ekspluatatsiya qilinishi viloyatlarda norozilik harakatlarining avj olishiga sabab bo"œladi. Shulardan eng yirigi Bar-Koxba, Bukollar harakatlari edi. Antoninlar davrida imperiya chegarasiga varvarlar bostirib kira boshladi. Kommod hukmronligi davridan boshlab Antoninlar imperiyasi inqirozga uchraydi.       
ARENA (lotincha arena - qum) — Qadimgi Rim tomoshaxonalarining amfiteatr o"œrtasidagi qum sepilgan aylana maydoni. Sport o"œyinlari, gladiatorlar urushi, o"œlimga mahkum etilganlarning yovvoyi hayvonlar bilan jang tomoshasi uchun mo"œljallangan. 
AVGURLAR - Qadimgi Rimda fol ochuvchi kohinlar. Ular qushlar parvoziga, momaqaldiroq, chaqmoq, muqaddas qushlarga sepilgan donlar, aks-sadoga va hokazolarga qarab fol ochgan. Mabodo alomatlar ko"œngildagidek bo"œlmasa, ishlar ma"œlum muddatga kechiktirilgan. Biroq mil. avv. I asrga kelib ma"œlumotli rimlikalar avgurlarning bunday fol ochishlarini masxara qila boshlaganlar va hatto "œavgurlarning tabassumi", ya"œni "œaldoqchining hiringlashi" degan qochiriq gap ham paydo bo"œlgan.
AVGUST - mil. avv. 29-yil (yoxud mil. avv. 27-yil)da senat tomomidan Rim imperatori Oktavyanga berilgan faxriy unvon. Avgust so"œzi "œMuqaddas kishi" degan ma"œnoni anglatadi.
AVRORA - Rim afsonalaridagi tong mabudasi. Avrora pushti rang tanali, pushti rang kiyimda, uzun jingalak sochli va yosh holatda tasvir etiladi. Antik yozuvchilar, rassomlar va haykaltaroshlar Avroraning xilma-xil obrazini yaratganlar. Yunon afsonalarida Avrora Eosga mos keladi.   
BAXUS - Qadimgi rimliklarda hosildorlik, uzumchilik, may va hursandchilik xudosining nomlaridan biri yoki Bakx Dionis.
DAKLAR — qadimgi shimoliy frakiy qabilalari, Dunayning shimolidan Karpat tizma tog"œlari etaklarigacha yoyilib yashaganlar. Desebal (daklar yo"œlboshchisi) davrida daklarning mardona qarshilik ko"œrsatishlariga qaramay, 89, 101, 106-107-yillarda ular yashayotgan hududlar rimliklar tomonidan bosib olinib Dakiya provinsiyasiga aylantirilgan.   
DIANA - Qadimgi rimliklarda ov ma"œbudasi; yunon mifologiyasida Diana Artemidaga to"œg"œri keladi.
DIKTATOR - Qadimgi Rimda yuqori lavozimdagi shaxs. Urushda va mamlakat ichida davlat uchun katta xavf tug"œilgan, juda mushkul favqulotda vaziyatlar yuzaga kelgan paytlarda tayinlangan. Diktator ayni bir vaqtda oliy fuqarolik, harbiy va sud hokimiyatiga ega bo"œlgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ham diktatorning qo"œlida bo"œlgan, u o"œziga qarshi qaratilgan har qanday, hatto qonuniy xatti-harakatlardan ham qo"œrqmagan. Diktatorlik lavozimiga avval faqat patritsiylar, mil. avv. 356-yildan esa plebeylar ham qo"œyilgan. Mil. avv. I asrda muddatsiz diktatura ham bo"œlgan (masalan Sulla, Sezar va boshqalarning diktaturasi).     
ENEYDA DOSTONI — mashhur Rim shoiri Vergiliyning Gomer dostonlari mavzusida yozgan asari. Doston she"œriy uslub bilan yozilgan bo"œlib, unda qahramonlik, burchga sadoqat va kattalarga hurmat madh etilgan. Dostonda Troyaning yunonlar tomonidan qamal qilinishi va shaharning afsonaviy himoyachilaridan biri ma"œbudning o"œg"œli Eney haqida hikoya qilinadi. Afsonaga ko"œra qamal ichida qolgan Troya shahri lovullab yonayotgan edi. Eney yonayotgan shahardan keksayib qolgan otasini yelkasida ko"œtarib olib chiqadi. Ular Troyani tark etib, ajoyib va g"œaroyib sarguzashtlarni boshidan kechirib Italiyaga kelib qoladilar. Eneyning otasi o"œlib ketadi. Eney o"œlgan otasi bilan uchrashish uchun marhumlar makoni yer osti podsholigiga tushadi. Bu yerda donishmand otasining arvohi "œSening avlodlaring Rimga asos soladilar va xalqlarning qudratli hokimi bo"œladilar. Ey, rimlik, sen xalqlarni idora qil! Sening san"œating mag"œlublarga shafqat-u, mag"œrurlarni urush bilan tinchitishdir" — deb bashorat qiladi. Dostonda Vulqon xudosi Eney uchun ajoyib qalqon yasab beradi. Qalqonda Rim tarixida bo"œladigan voqealar, Yuli Sezarning kelib chiqishi va Oktavyan Avgustning tantanalari ko"œrsatiladi. Eney yana qalqonda o"œzining bo"œlg"œusi avlodlarini ham ko"œradi. Ular orasida Yuliy Sezar va Avgust ham bor edi. Doston qahramoni Eney Rim patritsiylaridan Yuliylar urug"œining afsonaviy asoschisi bo"œlib, Yuliy Sezar ham o"œsha urug"œdan chiqqan deb ko"œrsatilgan.
ETRUSKLAR — mil. avv. I mingyillikda Apennin yarim orolining shimoli-g"œarbidagi Etruriya (hozirgi Toskana) viloyatida yashagan qadimgi qabila. O"œzlarini rasenlar deb atagan etrusklar Rim sivilizatsiyasidan ilgariyoq yuksak sivilizatsiya bunyod etganlar. Mil. avv. VII asrda etrusklarning o"œz yozuvlari bo"œlgan (yunonlardan o"œzlashtirilgan). Yunonlar etrusklarni tirrenlar (yoki tirsenlar) deb atashgan va ularni Sharqdan kelgan xalq deb hisoblashgan; Gerodotning fikricha, etrusklar Lidiyadan kelgan; etrusklarni shimoldan kelgan degan fikrlar ham mavjud. Etrusklar yodgorliklaridagi yozuvlarning deyarli o"œrganilmaganligi tufayli ularning kelib chiqqan joyi hozirgacha to"œla aniqlanmagan. Etrusklar dengizchi va savdogar bo"œlishgan, ularning madaniyati yunonlar madaniyati ta"œsirida ancha yuksalgan. Mil. avv. VII asr oxirida etrusklarning 12 ta shahar (Veyi, Sere, Tarkviniya, Volsiniya va boshqalar) ittifoqi italiyaning yirik siyosiy federatsiyasi hisoblangan. U shimoliy Italiyaga ham keng ta"œsir ko"œrsatgan. Etrusklarning Tarkviniylar urug"œidan chiqqan podsholari Rimni egallagan. Biroq etrusklar mil. avv. III asrda Rimga bo"œysundirildi. Ular Qadimgi Italiyaning madaniy taraqqiyotiga katta ta"œsir ko"œrsatdi. Rimliklar etrusklarning siyosatdagi, armiya tuzulishi, uni qurollantirishdagi an"œanalarini qabul qilganlar.   
FLAVIYLAR SULOLASI — Rim imperatorlari sulolasi (69-96-yillar). Flaviylarga Vespasian (69-79), Tit (79-81), Domisian (81-96) mansub bo"œlgan. Flaviylar Rim va lotin fuqaroligi huquqini viloyatlar aholisiga keng miqyosda berish siyosatini olib borganlar, viloyatlik zodagonlarni Senatga qabul qilganlar. 
FORTUNA - qadimgi rimliklar dinida taqdir ilohasi. Fortunani ko"œpincha taqdirlar peshvozi sifatida gohida rul bilan, ba"œzan esa taqdir qo"œnimsizligi ramzi sifatidagi shar bilan birga tasvirlangan.
FORUM - Qadimgi Rimda yig"œilish joyi va bozor maydoni bo"œlib xizmat qilgan shahar markazi.
FRESKA - ho"œl suvoqqa chizilgan rasm.
FURIYALAR - Qadimgi Rimning qasos va intiqom ilohalari. Ular qasoskor ayollar siymosida tasvirlangan.
GLADIATORLAR - Qadimgi Rimda maxsus tayyorgarlikdan o"œtgan, o"œzaro yoki yovvoyi hayvonlar bilan kurashishga majbur qilingan baquvvat, jasur qullar, harbiy asirlar. Gladiator so"œzi o"œzbek tilida shamshirdor, nayzabardor va qilich tutgan degan ma"œnolarni bildiradi. Bu so"œzning tub ma"œnosi gladus - shamshir, qilich demakdir. Gladiatorlar Rim va Kapuya shaharlarida joylashgan maxsus maktablarda jang qilishga o"œrgatilgan. Rimda birinchi gladiatorlar jangi mil. avv. 264-yilda bo"œlgan. Ular dubulg"œa, zirhli kiyim, qalqon va boshqa kiyimlar kiyib, qilich, nayza, tayoq va xanjarlar bilan qurollanib arenaga chiqqanlar. Arenada gladiatorlarning yakkama-yakka olishuvlari, alohida guruhlarning janglari ko"œrsatilgan. Gladiatorlar jangi juda shiddatli va ayovsiz o"œtgan va bu zodagonlarning ko"œngil ochish tomoshasiga aylangan. Jangda yengilib tirik qolgan gladiatorning taqdiri tomoshabinlar ixtiyoriga havola qilingan. Agar tomoshabinlar qo"œllarini baland ko"œtarsalar yengilgan gladiator omon qolgan. Basharti odamlar qo"œllarini biroz ko"œtarib bosh barmoqlarini pastga qaratsalar g"œolib gladiator mag"œlubni qilich, nayza yoki xanjar sanchib o"œldirgan. G"œolib qamoq-maktabga qaytib keyingi tomoshalar uchun mashq qilishga kirishgan. Jangda o"œlgan gladiatorlarni ilgak bilan sudrab tashqariga olib chiqib ko"œmib yuborganlar. Mayib bo"œlib qolganlarning taqdiri bilan hech kim qiziqmagan. Bunday azob-uqubatlarga chiday olmagan gladiatorlar bir necha bor quldorlarga qarshi bosh ko"œtarganlar. Gladiator Spartak rahbarligidagi qo"œzg"œolon (Spartak qo"œzg"œoloni) ana shular jumlasidandir. Gladiatorlar jangi V asrdan e"œtiboran barham topgan.   
GOTLAR - milodning boshlarida yashagan sharqiy german qabilalaridan biri. Tarixchi Iordan (VI asr) asarida gotlarning asl vatani Skandinaviya bo"œlib, keyinchalik Boltiq dengizi bo"œylari, Vislaning quyi oqimidagi yashaganligi ko"œrsatilgan. II asr oxirida janubiy-sharqqa siljib, III asr boshlarida Shimoliy Qora dengiz bo"œylarida o"œrnashib qolishgan bu yerda ular yerli skif va sarmat qabilalari bilan aralashganlar. 238-yildan boshlab gotlar boshqa qabilalar bilan ittifoq tuzib, Rim imperiyasi, Bolqon, Kichik Osiyo yarimorollariga harbiy yurishlar uyushtirishgan, 271-yilda germanlar Rim imperiyasining Dakiya viloyatini bosib oladi. Qora dengiz bo"œyidagi va Rim imperiyasidagi shaharlarning rivojlangan madaniyati gotlar madaniyatining o"œsishiga katta ta"œsir ko"œrsatadi. Gotlar shu davrda vestgotlar (hozirgi Moldava va Ruminiyaning sharqiy tomonlaridagi yerlarda yashaydigan) ostgotlar (Shimoliy Qora dengiz bo"œyi, Dnestrning sharqiy tomonlarida yashovchi) guruhlarga bo"œlingan. IV asr o"œrtalarida vestgotlar orasida xristianlik tarqala boshladi. IV asrning 70-yillarida gunlar gotlarning yerlariga hujum qilishib, 375-yilda vestgot, ostgot hamda ularga qo"œshni dasht qabilalari ittifoqini tor-mor etishadi. Shundan so"œng vestgot va ostgotlarning tarixi alohida-alohida izdan ketadi.
GRAMMATIKLAR - Qadimgi Rimda mil. avv. II asrning 60-yillarida vujudga kelgan o"œrta maktablar. Milodiy I asrga kelib qizlar uchun ham grammatik maktablar tashkil topgan.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:17:24

IMPERATOR (lotincha imperator - hukmdor) - Qadimgi Rimda dastlab  janglarda g"œalaba qozongan lashkarboshilar (masalan, Y.Sezar, O.Avgust)ga berilgan. Rimda respublika tartibi tugatilib, monarxiya o"œrnatilgach, davlat tepasiga kelgan har bir merosxo"œr imperator deb atalgan. 
IMPERIYA - imperator boshqargan monarxiya davlatining nomi. Antik davrda Rim imperiyasi, o"œrta asrlarda Muqaddas Rim imperiyasi yirik monarxiya davlatlari Imperiyaga misol bo"œla oladi.   
ITALIYA - Qadimgi yunonlar tomonidan Apennin yarimoroliga nisbatan aytilgan nom. Italiya so"œzini yunonchadan tarjima qilganda "œBuzoqlar mamlakati" degan ma"œnoni bildiradi.   
ITALIYLAR - Apennin yarimoroli (Qadimgi Rim)da yashagan qabilalarning umumiy nomi. 
KANDIDA - Qadimgi Rimda konsullikka saylanishga nomzodini qo"œygan odamning oq-harir libosi.
KANNA JANGI — mil. avv. 216-yilda Gannibal qo"œshinlari Janubiy Italiyadagi Kanna qishlog"œiga kirib kelganda uning ixtiyorida 40 ming piyoda va 10 ming otliq jangchisi bor edi. Rimliklar Gannibalga qarshi 80 ming piyoda va 6 mingdan iborat otliq qo"œshin yuboradilar.  Jang maydoni qilib Apuliyaning Kanna qishlog"œi yaqinidan oqib o"œtadigan Aufid daryosining etagi tanlagan. Gannibal o"œz qo"œshini juda ustalik bilan joylashtirgan. U  piyoda qismlarni yarim oysimon shaklda joylashtirib, qabarib turgan tomonni dushman tarafga qaratadi. Shaklning markaziga ishonchsizroq kelt va iberiy qismlarini joylashtiradi. Uning ikki tomoniga esa kafagenliklardan iborat otliq va piuyoda askarlarni joylashtiradi. Jangni yengil qurollangan yordamchi qo"œshinlar boshlab berishlari kerak edi. Jang Gannibal rejasi asosida boshlandi. Rim qo"œshinlari Gannibal q"œoshinlarining oldingi qabariq qismiga hujum qildilar. Hujum natijasida qabariq qismining o"œrta qismi orqaga chekinib ikki qanotga ajralib rimliklarni o"œrab oladi. Shu paytda  karfagenliklardan iborat otliq va piyoda qo"œshin rimliklarning orqa qismiga o"œtib oladi. Rimliklar qurshovda qoladilar. Shiddatli jang boshlanadi. Jangda rimliklarning 8 mingi qiriladi. 18 ming kishi asir tushadi. Rim konsuli Emiliy Pavel jangda halok bo"œlib, ikkinchi konsul Terensiy Varron omon qolgan qo"œshinlar bilan Rimga qaytadi. Kanna jangidan so"œng Italiyaning markaziy va janubiy qismida yashovchi kapulliklar, samnitlar, lukanlar va apullar Gannibal tomonga o"œtadilar.
KARRI JANGI  (Karra jangi) - Rim bilan Parfiya qo"œshinlari o"œrtasidagi jang (mil. avv. 53-yil 9-may). Jang bo"œlishiga sabab mil. avv. 55-yilda Rim qo"œshinlarining qo"œmondoni Mark Krass parfiyaliklar bosib olgan yerlarni Rim imperiyasiga qo"œshib olish uchun Sharqqa yurish qilganidir. Krassning 7 legioni va 4 ming nafar suvoriydan iborat kuchli armiyasi bo"œlgan. Parfiya podshosi Orod II (mil. avv. 55-37-yillar) qo"œshinlarining sarkardasi Surena mil. avv. 53-yil 9-mayda Krass qo"œshinlarida qarshi hujumga o"œtgan. Shu yili Karri shahri yaqinidagi dahshatli jangda rimliklar yengilib, sarkarda Krass halok bo"œladi. Bu g"œalabadan so"œng parfiyanlar katta o"œljaga ega bo"œlib, juda ko"œp Rim askarlari asirga tushadi. Asirlar Marg"œiyonaga haydab kelinib o"œsha yerga joylashtirilgan. Bu g"œalaba natijasida Parfiya poytaxti Gekatompildan Mesopotamiyadagi Ktesifonga ko"œchirilgan.     
KATAPULTA (lotincha kata - yuqoridan pastga va pallo - uloqtiraman, irg"œataman) - buralgan tolalar (soch, pay va boshqa)ning qayishqoqlik kuchi ta"œsirida harakatga keltiriladigan uloqtirish mashinasi. Yunoniston va Rimda 5 asr oxirigacha, asosan, qo"œrg"œonlarni qamal qilshda, jang maydonlarida qo"œllanilgan. Katapulta tosh, g"œo"œlalarni, smola solib yondirilgan bochkalar va nayzalarni bir necha yuz metrga uloqtirgan. O"œzbekiston hududida manjaniq va palaxmon deb atalgan.         
KOGORTA - Qadimgi Rim lashkarida bir necha senturiylar (80 kishidan iborat bo"œlgan jangchilar guruhi)dan tashkil topgan qo"œshin.   
KOLIZEY (kolossey lotincha colosscus - ulkan) - Qadimgi Rimdagi me"œmoriy yodgorlik (mil. avv. 75-80-yillar). Imperator Tit qurdirgan. Keyinchalik Flaviy amfiteatri nomi bilan mashhur bo"œlgan. Kolizeyning balandligi 57 m, tarhi ellips shaklida (524 m). 4 qatlamli o"œrindiqqa 50 ming tomoshabin joylashgan. Sahna tagida hayvonlar qafasi, omborxona bo"œlgan. Imperator o"œrindig"œi sahna bilan teng (balandligi 3,5 m) bo"œlgan. 1-qatlamda imperatorning yaqinlari, 2-qatlamda yuqori tabaqali kishilar, 3 va 4-qatlamda oddiy xalq o"œtirgan. O"œrindiqlar toshdan ishlangan, galeriyalarning konstruktsiyalari beton va g"œisht bilan mustahkamlangan. Kolizeyning ulug"œvor old tomoni 4 qavatli, har biri 80 ta ravoqlar qatori bilan jozibador ishlangan, pastki qismidan tomoshabinlar kirish va chiqishda foydalanganlar. Kolizey markazidagi sahnada bayram marosimlari, qurbonlik, gladiatorlar jangi, teatr tomoshalari o"œtkazilgan. Yunonistonda taxminan mil. avv. 300-yilda barpo etilgan Afinadagi Dionis kolizeyiga 20. 000, Epidavr kolizeyiga 14000, Delfa kolizeyiga 5000 tomoshabin joylashgan. Kolizeyda 8-9 soatda 3 tragediya va 1 satira asari qo"œyilgan.         
KOLONLAR - Qadimgi Rimda kichik yerlarni quldor yer egalaridan ijaraga olgan dehqonlar. Quldorlik xo"œjaligi inqirozga uchragach, yirik yer egalari bilan yersiz va kam yerli dehqonlar o"œrtasida ishlab chiqarish munosabatlarining yangicha shakli - kolonat vujudga kelib, kolonlar mehnatidan keng foydalinala boshlangan. Kolonlar ijaraga yer olgan va yer egasiga ijara haqini dastlab pul bilan, so"œngra yetishtirilgan hosilning bir qismi shaklida to"œlaganlar. Shuningdek, ba"œzi natural majburiyatlarni o"œtashlari lozim bo"œlgan. Kolon o"œz mehnatidan manfaatdor bo"œlgani uchun, qulga qaraganda yaxshiroq ishlagan. Kolonlar mehnat qurollari, chorva mollarini ehtiyot qilib ishlatib, yerga yaxshi ishlov berganlar. Kambag"œallarda ishlatish uchun mehnat qurollari, ish hayvonlari va urug"œliklari bo"œlmagan. Kolonlar bu narsalarni quldorlardan qarzga olganlar. Qarzdor bo"œlib qolgan kolonlar yer-mulkdan keta olmas va katta yer egasiga qaram bo"œlib qolar edilar. Ammo hamisha kambag"œallar ham ijarachi bo"œlishga ko"œnishmagan. II-III asrlarda kolonlarning soni tobora o"œsib borgan. Endilikda qishloq xo"œjaligi, hunarmandchilik va xo"œjalikning boshqa sohalarida qullar soni kamayib kolonlar soni orta borgan. Bu qulchilikning inqirozidan nishona edi.       
KONSUL - Qadimgi Rimda ilk respublika davrida vujudga kelgan oliy mansabdor shaxs. Konsullar 2 kishidan iborat tartibda dastlab 1 yillik muddatga faqat patritsiylar tomonidan saylangan. Mil. avv. 367-yildan so"œng konsuldan biri plebeylar orasidan saylangan. Konsul xalq yig"œinlari va senatni chaqirgan. Alohida hollarda senat konsulga cheksiz huquqlar bergan. Konsul imperiya davrida o"œz amaliy ahamiyatini yo"œqotib, faxriy unvonga aylangan.   
KULBALI QULLAR - Qadimgi Rimda ayrim yer egalari tomonidan chek yerlari berilib, mehnat qurollari, ish hayvonlari, urug"œlik va oilasi bilan ozod bo"œlishiga ruxsat berilgan qullar. Quldorlar "œkulbali qullar"ga uylanib, oilali va bola-chaqali bo"œlishga ham ruxsat berganlar. Qul oilasi bilan mehnat qilib yerdan chiqqan hosilning ma"œlum qismini quldorga berib, ma"œlum qismini esa o"œz ixtiyorida olib qolgan. Bu quldor uchun ham foydali bo"œlgan. Chunki endi quldor qulni urib-so"œkib, majburiy zo"œrlab ishlatmaydi. Kulbali qul mehnat qurollarini sindirmay, hayvonlarni mayib qilmay o"œz xohishi bilan ishlaydi. Qul egalari qullarga shaharlarda mayday ustaxonalar va do"œkonchalar qurishga ham ijozat berganlar. Do"œkon va ustaxonadan tushgan mablag"œning bir qismi quldorga berilgan bo"œlsa, qolgan qismi qulning ixtiyorida qolgan. Chek yerida, ustaxonada va do"œkonda ishlagan qullar hamisha quldorning nazoratida bo"œlishgan.       

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:18:51

LEGION - Qadimgi Rim armiyasidagi asоsiy tashkiliy va taktik birlik (4,5-10 ming kishi); manipula va turmalardan, mil. avv. I asr o"œrtasidan esa kоgоrtalardan tashkil tоpgan. Legionning uchinchi qatorini hal qiluvchi paytda jangga kiruvchi tajribali jangchilar tashkil etgan.
LIKTOR  - Qadimgi Rimda konsulni qo"œriqlab yuruvchi 12 kishidan iborat faxriy qorovul.
LOTINIYLAR (lotinlar) - Itаliyadаgi Lаtsiy (hоzirgi Lаtsiо vilоyati)dа yashаgаn qаdimgi itаliy qаbilаlаri. Mil. avv. I mingyillikning bоshlаridа Lоtin ittifоqigа birlаshishgаn. Rivоyatlаrgа ko"œrа, lotinlar vа sаbinlаr Rimgа аsоs sоlgаn (mil. аvv. 753-yilda).
MARS - Qadimgi Rimda urush xudosi; jangarilik va shon-shuhrat ramzi. Yunonlarda Aresga to"œg"œri keladi.
MINERVA - qadimgi rimliklar dinida donishmandlik xudosi.
MORFEY - qadimgi rimliklarda uyqu xudosi.
MOZAIKA — rangli sopol yoki shisha parchalaridan devorda yoki polda ishlangan suvoqqa qadalgan manzarali rasm. 
NEKTAR - qadimgi rimliklar e"œtiqodiga ko"œra, xudolarning asosiy yeguligi. Nektar xudolarning navqironligi va manguligini ta"œminlagan.
NEPTUN - qadimgi rimliklarda dengiz xudosi; Neptun yunon mifologiaysida Poseydonga to"œg"œri keladi.
OSTRAKON — Qadimgi Rimda ovoz berish uchun spool toshtaxta.
PANTEON (yunoncha "œbarcha xudolar ibodatxonasi") - Qadimgi Rimda barcha xudolarga bag`ishlab II asrda qurilgan ibodatxona. Bu ibodatxona rimliklar tomonidan ixtiro qilingan betondan bunyod etilgan. Rim imperiyasida yashayotgan har bir kishi Panteonga kelib o`zi e`tiqod qo`ygan xudoga sig`inishi imkoni bo`lgan: masalan, misrlik - Osirisga, yunonistonlik - Zevsga, rimlik - Yepiterga.   
PARNLAR - ko"œchmanchi qabilalar bo"œlib, ular mil. avv. III asrda Arshak boshchiligida Salavkiylar noyibi Andragorning armiyasini tor-mor etganlar hamda Parfiyani bosib olib, ana shu davlat tarixini boshlab berganlar.   
PATRITSIYLAR (patricii, lоtincha pater - оtаdаn) - Qаdimgi Rimdаgi urug"œ zоdаgоnlаri. Dаstlаb patritsiylar dеb urug"œ tаshkilоtigа kirgаn vа plеbеylаrgа qаrshi turgаn Rimning bаrchа tub аhоlisi аtаlgаn bo"œlsа kеrаk. Аn"œаnаgа ko"œrа, patritsiylar dаstlаb  100, so"œngrа 300 оtа urug"œini jаmlаb, Rim хаlqini (Populus Romanus Quiritium)  tаshkil  etishgаn. Mil. аvv. VI asr охiridаn, sinfiy tаbаqаlаnish vа dаvlаt shаkllаnаyotgаn dаvrdа patritsiylar Rim rеspublikаsining hukmrоn tаbаqаsigа аylаngаn. Ulаr bаrchа fuqаrо vа siyosiy huquqlаrgа, хususаn, оliy mаgistrаturаni аlmаshtirish huquqigа egа bo"œlishgаn. Bu imtiyozlаr patritsiylar bilan plеbеylаr o"œrtаsidаgi kurаshgа sаbаb bo"œlgаn, u mil. avv. V аsr bоshidаn mil. avv. III аsr bоshigаchа dаvоm etgаn. Bu kurаsh jаrаyonidа Rim rеspublikаsi dаvlаt tizimi tuzilgаn, plеbеylаr Populus Romanus tаrkibigа kiritilgаnlаr vа bаrchа huquqlаrdа patritsiylar bilan tеnglаshgаnlаr. Mil. avv. III аsr bоshidа patritsiylar vа plеbеylаr rаhbаrlаri o"œzаrо birikib nоbilitеtni tаshkil etishgаn. Patritsiylardаn bo"œlgаn nоbillаr оrаsidа Vаlеriylаr, Klаvdiylаr, Kоrnеliylаr, Fаbiylаr, Emiliylаr, Yuliylаr vа boshqa urug"œ vаkillаri Qаdimgi Rimning siyosiy hаyotidа аlоhidа rоl o"œynаshgаn. Impеriya dаvridа yangi pаtritsiаt vujudgа kеlib, ulаr sеnаtоrlаr tаbаqаsining imtiyozli qismidаn ibоrаt edi; ungа impеrаtоrlаr tоmоnidаn Itаliya vа prоvintsiyalаrdаn chiqqаn shахslаr kiritilgаn.
PLEBEYLAR (lоtincha plebeii - оddiy хаlq) - Qаdimgi Rimdаgi erkin аhоli tаbаqаlаridаn biri. Mil. avv. III аsrgаchа plebeylar jаmоа yеridаn fоydаlаnish huquqigа egа bo"œlmаgаn, fаqаt chеk yеrlаrdаn shахsiy mulk sifаtidа fоydаlаngаn. Ulаr dеhqоnchilik, hunаrmаndchilik vа sаvdо bilan shug"œullаngаn. Plebeylar mil. avv. V-IV аsrlаrdа dаvlаt lаvоzimlаrini egаllаshlаri vа pаtritsiylаr bilan nikоh tuzishlаri mumkin bo"œlmаgаn. Plebeylar pаtritsiylаrgа qаrshi qаttiq kurаsh оlib bоrgаn vа nаtijаdа Rim fuqаrоlаri (grаjdаnlаri) tаrkibigа kiritilgаn, mаjburiy qullik bеkоr qilingаn. Plebeylarning bu muvаffаqiyatigа ulаr tаrkibidа хizmаt qilgаn аrmiya kаttа yordаm ko"œrsаtdi.
PONTIFIKLAR - Qadimgi Rimda diniy marosimlarning o"œtkazilishi ustidan nazorat qilgan ruhoniylar, kohinlar. Pontifiklar bayramlar taqvimi, marosimlar tantanalari tartibini tuzishgan. 5 nafardan 15 nafargacha ruhoniylarni ifoda etuvchi pontifiklar hay"œatiga Buyuk pontifik rahbarlik qilgan. Buyuk pontifik xudolar bilan maslahatlashib olib, uzil-kesil xulosa beradi, deb hisoblashgan. 
PRETORIANLAR — Rim imperatori Oktavyan Avgust tomonidan tashkil etilgan saylanma qo"œshin. Bu qo"œshin imperatorni va uning tayanchi bo"œlgan hokimiyatni qo"œriqlagan. Pretorianlar imperator Konstantin hukmronligi davrida tugatilgan. 
PROKONSUL - provinsiyalar (bosib olingan hududlar)da Rim noibi etib tayinlangan sobiq konsul.
PROVINSIYA - rimliklar tomonidan bosib olingan hududlar shu nomda yuritilgan; masalan Sitsiliya, Korsika, Sardiniya, Ispaniya.
PUNI — Shimoliy Afrikada mil. avv. IX asrda Finikiyaning Tir shahri hukmdorlari tomonidan barpo etilgan va keyinchalik O"œrtayer dengizidagi yirik quldorlik davlatiga aylangan Karfagen shahrining rimliklar tomonidan atalashi. Puni Finikiyaning lotincha nomidir.
PUNI URUSHLARI - O"œrtа dеngizgа hukmrоnlik qilish uchun Rim vа Kаrfаgеn o"œrtаsidаgi urushlаr: Birinchi Puni urushi (mil. аvv. 264-241-yillar), Ikkinchi Puni urushi  (mil. аvv. 218-201-yillar), Uchunchi Puni urushi (mil. аvv. 149-146-yillar). Eng yirik jаnglаr: Milа yaqinidа (260-yil) vа Egаt оrollаridа (241-yil) rimliklаr dеngiz jаngidа zаfаr qоzоngаnlаr; Trаziman ko"œli sоhilidа (217-yil) vа Kаnnа (216-yil)dа kаrfаgеnliklаr Gаnnibаl bоshchiligidа g"œаlаbа qilgаnlаr; Mеtаvra (207-yil), Zаma jаngidа (202-yil) - rimliklаr Ssipion Kаttа rаhbаrligidа g"œаlаbа qоzоngаnlаr; 149-146-yillаrdа rimliklаr Kаrfаgеn shaharni qаmаl qilib, uni zаbt etgаnlаr. Puni urushlari Rimning g"œаlаbаsi bilan tugаgаn; Kаrfаgеn hududining bir qismi Rimning Аfrikа prоvintsiyasigа аylаntirilgаn, bir qismi esа Numidiyagа bеrilgаn.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:20:11

QАDIMGI RIM - rivоyatgа ko"œrа, Rim shаhrigа аkа-ukа Rоmul vа Rеm tоmоnidаn mil. avv. 753-yildа аsоs sоlingаn. Rivоyatlаrdа VIII-VI аsrlаrdа hukmrоnlik qilgаn 7 pоdshоh qаyd etilgаn. So"œnggi pоdshоh Tаrkviniy Tаkаbbur quvilgаch, rеspublikа tuzumi o"œrnаtilgаn (mil. аv. 510/509 yil). Mil. avv. III аsr o"œrtаlаrigа kеlib, butun Itаliya hududini tоbе etgаn Rim yirik dаvlаtgа аylаngаn. U O"œrtа dеngiz hаvzаsidа gеgеmоn bo"œlishgа intilgаn, bu Rimni Kаrfаgеn bilan to"œqnаshuvigа sаbаb bo"œlgаn. Puni urushlаridаn so"œng mil. avv. 146-yilda Kаrfаgеn ustidаn g"œаlаbа qоzоngаn Rim, O"œrtа dеngiz hаvzаsining eng yirik dаvlаtigа аylаngаn. Yirik yеr egаligi vа qulchilikning rivоjlаnishi dеhqоnlаr оmmаsini хоnаvаyrоn bo"œlishigа, qishlоq kаmbаg"œаllаri, qullаr qo"œzg"œоlоnining аvj оlishigа (Spаrtаk qo"œzg"œоlоni) sаbаb bo"œlgаn; Rim shahri ko"œchаlаridа fuqаrоlаr urushi bоshlаnib kеtish хаvfi tug"œilgаn. Rimning ijtimоiy-siyosiy hаyotidа mil. avv. I аsrdа аrmiya vа uning yo"œlbоshchilаri (L. K. Sullа, G. Mаriy, G. Pоmpеy vа boshqalar) kаttа rоl o"œynаy bоshlаgаnlаr. 49-45 yillаrdаgi fuqаrоlаr urushi dаvridа Sеzаr dаvlаtning mutlаq hukmdоrigа аylаngаn; 44-yilda rеspublikа tаrаfdоrlаrining fitnаsi nаtijаsidа Sеzаr o"œldirilgаn. Fuqаrоlаr urushining yangi dаvri Оktаviаn g"œаlаbаsi bilan tugаgаn. U mil. аv. 29-yilda sеnаtdаn Аvgust unvоnini оlgаn. Аvgust hukmrоnligi dаvridаn bоshlаb Rim impеriyagа аylаngаn. Milodiy II аsrdа Trаyan dаvridа impеriya sаrhаdlаri o"œzining yuqоri cho"œqqisigа yеtgаn. Bоsib оlingаn yеrlаrdа mаhаlliy аhоlining qo"œzg"œоlоnlаri, аyni vаqtdа vаrvаrlаrning mаmlаkаt hududigа bоstirib kirishlаri bir qаnchа prоvintsiyalаrni mustаqil bo"œlib аjrаlib chiqishigа vа impеriyani Shаrqiy vа G"œаrbiy qismlаrgа bo"œlinib kеtishigа (395-yil) оlib kеlgаn. 476-yilda gеrmаn yollаnmа аskаrlаri sаrdоri Оdоаkr G"œаrbiy Rim impеriyasining so"œnggi impеrаtоri Rоmul Аvgustulni tахtdаn аg"œdаrgаn. Shаrqiy Rim impеriyasi Vizаntiya nоmi bilan yanа 1000 yilgа yaqin mаvjud bo"œlgаn.
RESPUBLIKA (res - ish, publika - xalq; umumxalq ishi) - antik davrda monarxiyaning ziddi sifatida vujudga kelgan davlat boshqaruvi. Qadimgi Rim davlati  mil. avv. VI asr oxirida Respublika deb yuritilgan. Qadimgi Rimda Respublika faqat aristokratlar qismi manfaatlarini ximoya qilgan.
RIM RAQAMLARI - qadimgi rimliklar qo"œllagan raqamlar. Rim raqamlari 7 ta: I - 1, X - 10, C - 100, M - 1000, V - 5, L - 50, D - 500.  Rim raqamlari bilan hozirda asrlar, asar boblari, oylarning raqamlari, tartib sonalrini belgilashda qo"œllaniladi.   
RITORIKA MAKTABLARI -  Qadimgi Rimda mil. avv. II asrning 60-yillarida vujudga kelgan maktablar. Ritorika maktablarida 13-19 yoshdagi bolalar o"œqitilgan. Bu maktablar o"œquvchilarga  asosan, notiqlik san"œatini o"œrgatar edi.
SABINIYLAR (sabinlar) - Tibr, Аtеrnus vа Аniо dаryolаri оrаlig"œidаgi hududdа yashаgаn itаliy qаbilаlаri. Rim tеpаliklаridа yashаgаn sabiniylarning bir qismi Rim хаlqining shаkllаnishidа muhim rоl o"œynаgаn.
SAMNIYLAR - Apennin yarimorolining markaziy qismida yashagan qadimgi italiy qabilalaridan biri. 
SENAT (lotincha senatus - keksa) - Qadimgi Rimda respublika davrigacha patritsiylarning aslzoda keksalaridan saylangan oqsoqollar kengashi. Respublika davrida senat oliy hokimiyatning davlat organi, hukmron quldor aslzodalarning quroli bo"œlgan.   
SENTURIY - Qadimgi Rim qo"œshinlarida 80 kishidan iborat bo"œlgan jangchilar guruhi.
SEZAR DIKTATURASI - Yuliy Sezarning mustabid hokimiyati.
SITSILIYA QO"œZG"œOLONI - mil. avv. 138-132-yillarda Sitsiliya orolida ko"œtarilgan eng dahshatli va eng uzoq davom etgan qo"œzg"œolon. Bu qo"œzg"œolonga Kleon va Yevn degan kishilar boshchilik qilgan. Qo"œzg"œolon olti yil davom etib, Rutuliy boshliq Rim qo"œshinlari tomonidan katta qiyinchilik bilan bostirilgan. Qo"œzg"œolon rahbarlaridan Kleon jangda halok bo"œlgan, Yevn esa asir olinib zindonda qiynab o"œldirilgan. Bu Sitsiliyada bo"œlib o"œtgan eng yirik qo"œzg"œolonning birinchisi bo"œlgan.
SPARTAK QO"œZG"œOLONI — mil. avv. 74-71-yillarda Italiyaning Kapuya shahrida boshlangan frakiyalik Spartak boshchiligida qullarning zolim zodagonlarga qarshi qo"œzg"œoloni. Spartak qo"œzg"œoloning Kapuya shahrida bo"œlishiga sabab bu yerda gladiatorlar tayyorlaydigan qamoq-maktab bor edi. Oxiri fojia va o"œlim bilan tugaydigan gladiatorlik hamda mashaqqiyatli hayot tarzi ularning sabr-kosasini to"œldirib yuborgan va mil. avv. 74-yilda qamoq-maktab gladiatorlarining 78 tasi qochib ketgan va Vezuviy tog"œiga borib yashiringan. Qochoq qullar rimliklarning Makedoniyadagi urushlari davrida asir olinib, Italiyadagi gladiatorlik maktabiga berilgan Spartakni o"œzlariga boshliq qilib saylaganlar. Qo"œzg"œolonchi qullar tayoq, osh pichoq, o"œroq, chalg"œi va boshqa narsalar bilan qurollanib zolimlarga qarshi kurash boshlaganlar. Vezuviy tog"œi qo"œzg"œolonchilar joylashgan qarorgoh bo"œlgan. Mil. avv. 73-yil boshlariga kelib qo"œzg"œolonchilarning soni 10 mingga yetgan. Rim senati qo"œzg"œolonchilarga qarshi Klodiy rahbarligida 3.000 askar yuborgan. Spartakchilar ayovsiz jang natijasida Klodiy boshliq Rim qo"œshinini tor-mor etib, juda ko"œp o"œlja va qurol-yarog"œlarni qo"œlga kiritganlar. Bu spartakchilarning qo"œlga kiritgan dastlabki g"œalabasi edi. Shundan keyin Spartak o"œz qo"œshinini Lukoniya va Apuliya tomon boshlagan. Mil. avv. 72-yilda Rim senаti spartakchilarga qаrshi 2 аrmiya yubоrgаn, birоq qo"œzg"œolonchilar qo"œshini ulаrni tоr-mоr keltirgаn. Rim yana qo"œzg"œоlоnchilаrgа qаrshi kurаshish uchun 6 tа yangi legiоn tаshkil etgаn va qo"œmоndоn etib Krаss tаyinlаngаn. Krаss аrmiyasi qo"œzg"œоlоnchilаr bilan jаnggа kirishmаy, ulаrni tа"œqib etgаn. Spartak Sitsiliyagа o"œtib оlish uchun kemаlаr yetkаzib berish hаqidа kilikiyalik qаrоqchilаr bilan kelishgаn. Lekin qаrоqchilаr Spartalni аldаshgаn: Spartakchilar аrmiyasi Messinа bo"œg"œоzigа yetib kelgаndа, u оrtidаgi Itаliyadаn аjrаlib qоlgаn (Krаss dengizdаn dengizgаchа uzunligi 55 km, kengligi vа chuqurligi 4,5 m xаndаq qаzishni, uni devоr bilan mustаhkаmlаshni buyurgаn). Spаrtаkchilаr bu istehkоmni yorib o"œtgаnlаr, shturm chоg"œidа qo"œzg"œоlоnchilаrning tаxminan 2/3 qismi hаlоk bo"œlgаn. Spartak аrmiyani tezdа to"œldirib uning sоnini 70 ming kishigа yetkаzgаn, so"œngrа Brundiziya tоmоn yo"œl оlgаn, mаqsаdi Gretsiyagа o"œtib оlish edi. Rim senаti qo"œzg"œolonchilarga qаrshi Ispaniyadan Pоmpey Gney vа Frakiyadan Mаrk Lukull  bоshchiligidа qo"œshin yubоrgаn. Rim аrmiyalаrini o"œzаrо qo"œshilib hаrаkаt qilishlаridаn xаvfsirаgаn Spartak mil. avv. 71-yil bаhоrida Krаss bilan Аpuliya vа Lukаniya chegаrаsidа hаl qiluvchi jаng qilishgа mаjbur bo"œlgаn spartakchilar (tаxminan 60 ming kishi) tоr-mоr keltirilgаn, Spartak jаngdа hаlоk bo"œlgаn. 6 ming qo"œzg"œоlоnchi Rimdаn Kаpuyagа bоrаdigаn yo"œl bo"œylаb o"œrnаtilgаn dоrlаrgа chоrmixlаb qo"œyilgаn. Qo"œzg"œоlоn tаrqоq hоldа yanа bir nechа yil dаvоm etgаn. Spartak qo"œzg"œоlоni Rimdа hоkimiyatni imperаtоrlik bоshqаruvi shаkli o"œrnаtilishini tezlаshtirgаn.
TERMLAR - rimlik qashshoqlar mehrini qozonishga intilgan Rim imperatorlari poytaxt aholi uchun qurdirgan ko"œrkam jamoat hammomlari. Arzimas to"œlovlar evaziga har bir rimlik termlarga tushish imkoniyatiga ega bo"œlgan. Bu yerda suzish uchun basseynlar, boks, kurash, qilichbozlik koptok o"œyini bilan shug"œullanish imkoniyati bo"œlgan sport zallari mavjud edi. Termlar qoshida kutubxona hamda ta"œlim olish va fanlar bilan shug"œullanish zallari bo"œlgan.   
TOGU - Qadimgi rimlik yigitlarning 14 yoshga to"œlgunga qadar kiyib yurgan pushti yo"œllik kiyimlari. 
TRIUMF - Qadimgi Rimda armiya g"œalaba qozonganligi munosabati bilan o"œtkaziladigan bayram, shodiyona.
TRIUMVRAT (lotincha tres - uch va vir - erkak) - Qadimgi Rimda fuqarolar urushi davrida (mil. avv. I asr) atoqli siyosiy arboblar va sarkardalarning davlat hokimiyatini egallash uchun tuzgan ittifoqi. Birinchi triumvirat mil. avv. 60 (yoxud 59)-53-yillarda Yuliy Sezar, Pompey Gney va Mark Krass o"œrtasida, Ikkinchi triumvirat mil. avv. 43-36-yillargacha (rasman 31-yilgacha) Oktavian Avgust, Mark Antoniy va M. Lepid o"œrtasida tuzilgan.
TROYAN FORUMI - Qadimgi Rimning eng mahobatli maydonlaridan biri. Rim tarixchi Ammian Martsellin bu inshoot jahonda yagonadir va xudolarning hayratiga loyiqdir deya ta"œriflagan. Forum imperator Troyanning daklar ustidan qozongan g"œalabalari sharafiga bunyod etilgan. Shundan keyin shaharning siyosiy hayoti Rim forumidan Troyan forumiga ko"œchadi. Troyan forumining bunyodkori damashqlik Apollodordir. Troyan forumi 11695 metr maydonni egallagan va rangli marmar toshtaxtachalaridan terib chiqilgan. Markaziy bino tevaragida xiyobonlari, gulzorlari, favvoralari va hovuzlari bo"œlgan bog"œ barpo etilgan, yonida  maydoni ham bo"œlgan.   

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:21:24

VARVARLAR - yunon va rimliklar tomonidan ularga nisbatan tushunarsiz tilda so"œzlovchi va begona madaniyatga mansub barcha o"œzga yurtliklar (germanlar va boshqa yerliklar)ga berilgan nom. Antik davrdagi varvarlar tushunchasi xristianlar Vizantiyasi va G"œarbiy Yevropada ham o"œzlashib ketib, bu yerlarda "œxudosiz" degan ma"œnoni anglatadi. Majoziy ma"œnoda - qo"œpol, madaniyatsiz, bag"œritosh kishilar. 
VENERA - qadimgi rimliklarda dastlab bahor va hosildorlik, bog"œ, ekin-tikin ma"œbudasi, keyinchalik go"œzallik va sevgi ma"œbudasi hisoblangan; yunonlarda Afroditaga to"œg"œri keladi.
VESTACHI KOHINALAR - Qadimgi Rimda xonadon o"œtxonasi ilohasi Vesta ibodatxonasida muqaddas olovni asragan kohinalar.
VETO - taqiq, taqiqlash, man qilish, davlatning biror organi tomonidan boshqa organ qarorlarining amalga oshirilganligiga to"œsqinlik qilish uchun tamomila yoki shartli ravishda taqiqlab qo"œyish. Veto huquqi kurashuvchi sinflar va ijtimoiy guruhlar o"œrtasida ma"œlumot sinf yoki ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ta"œminlash uchun o"œzaro bitimga kelish lozimligi tufayli vujudga kelgan. Rim quldorlik respublikasida faqatgina xalq tribuni lavozimidagi kishi vetoni qo"œllashi mumkin bo"œlgan.
VIKTORIYA - qadimgi rimliklarda g"œalaba ma"œbudasi. Viktoriya yunon mifologiyasida Nikaga to"œg"œri keladi.
VULKAN - qadimgi rimliklarda olov xudosi va temirchilar homiysi; yunonlarda Gefestga mos keladi.
XALQ MAJLISI - Rim Respublikasining oliy organi.
XALQ TRIBUNI - Qadimgi Rim respublikasida ta"œsis etilgan davlat lavozimi bo"œlib, u xalqning qabul qilinayotgan qonunlarga "œveto" (taqiqlayman) qo"œya oladigan bo"œlgan. Agarda xalq tribuni "œveto" so"œzini aytsa,  bunday holda qonun qabul qilinmagan. Xalq tribunlari qashshoq rimliklar manfaatlarini ifoda etgan. Ular majlislarda barcha fuqarolarning teng va yashirin ovozlari bilan saylangan.
XRISTIAN DINI (Xristianlik) - jаhоndа kеng tаrqаlgаn dinlаrdаn biri. Xristian dinining аsоsiy g"œоyasi Iisus Xristоs (Isо mаsih) hаqidаgi rivоyatlаr bilan bоg"œliq. Xristian dini tа"œlimоtigа ko"œrа, Xudо yagоnа, lеkin u muqаddаs uchlik (trоitsа)dа nаmоyon   bo"œlаdi. Isо kеlаjаkdа tiriklаr vа o"œliklаr ustidаn hukm chiqаrish uchun оxirаt kuni yеrgа qаytib kеlаdi. Uning o"œgitlаrigа,  vаsiyatlаrigа аmаl qilgаnlаr, hаyot mаshаqqаtlаrigа u kаbi bаrdоsh bеrgаnlаrginа nаrigi dunyodа аjr  (mukоfоt)gа erishаdilаr. Xristian dinining аqidаlаri, e"œtiqоd tаlаblаri, huquqiy vа аxlоqiy nоrmаlаri, chеklаsh vа tаqiqlаri Bibliya vа boshqa muqаddаs kitоblаrdа o"œz ifоdаsini tоpgаn. Xristian dini I аsrning ikkinchi yarmidа Rim impеriyasining shаrqiy qismidа yashоvchi yahudiylаr o"œrtаsidа pаydо bo"œlgаn. Ilk xristian dini dаstlаb  iudаizmdаn аjrаlib chiqqаn. Shаrq dinlаrigа xоs аyrim tаsаvvurlаr hаm undа o"œz ifоdаsini tоpgаn. Xristiаn jаmоаlаrining ijtimоiy tаrkibi vаqt o"œtishi bilan ruhоniylаr (klir) vа оddiy jаmоа а"œzоlаri (miryan)gа bo"œlingаn. Аyrim-аyrim jаmоаlаr o"œrtаsidаgi аlоqаlаrning mustаhkаmlаnishi yеpiskоp bоshliq chеrkоvning tаrkib tоpishigа оlib kеldi.  Chеrkоv kаttа bоylik to"œplаb, siyosiy kuchgа аylаnib bоrgаn. Dаstlаb xristiаnlаrni tа"œqib etgаn Rim impеrаtоrlаri kеyinchаlik xristian dini tаrаfdоrlаri bo"œldilаr. IV аsrdа xristian dini Rim impеriyasidа mаvjud ijtimоiy tuzum vа uning tаrtiblаrini himоya qiluvchi dаvlаt dinigа аylаndi.
YEVANGLIYA (yunoncha "œXushxabar") - Iisus Xristos haqidagi rivoyatlar. Bu rivoyatlar I asr oxiri va II asrda yozib olinib, unda Iso va uning hayoti haqida juda ko`p ma`lumotlar bor. Yevangliyada oddiy kishilarning manfaatini ifoda etuvchi gaplar mujassam bo`lgani uchun bu din xalq orasida keng tarqalib ketgan.
YUPITER - Qadimgi Rimning bosh xudosi bo"œlib, osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi hisoblangan. Yupiter Rim davlatining homiysi, xalqlar va davlatlar taqdirini boshqarib turadi deb tushunilgan. Yunon mifologiyasida Yupiter Zevsga to"œg"œri keladi.
YUSTITSIYA - Qadimgi rimliklarda odil sudlov ilohasi. Bu iloha odatda ko"œzlari bog"œlangan ayol ko"œrinishida tasvirlangan. Yustitsiyaning o"œng qo"œlidagi qilich jazo timsoli sanalgan, chap qo"œlidagi tarozi bilan iloha ayb va aybsizlikni taqqoslab o"œlchagan.   
ZAMA JANGI — mil. avv. 204-yilda urush harakatlari Shimoliy Afrikaga ko"œchiriladi. Urush harakatlari Karfagenga ko"œchirilgach, Gannibal Italiyadan chaqirib olinadi. Mil. avv. 202-yilda Karfagenning Zama shahri yaqinida Gannibal boshliq boshliq karfagenliklar va Ssipion boshliq Numidiya podshosining qo"œshinlari o"œrtasida ayovsiz, shiddatli jang boshlanadi. Birinchi va ikkinchi Puni urushlari davrida yengilish nimaligini bilmagan Gannibal vatanini mudofaa qilayotib tor-mor etiladi. Shu bilan mil. avv. 218-yilda boshlangan ikkinchi Puni urushi mil. avv. 201-yilda o"œz nihoyasiga yetadi.  Karfagen Rim mulkiga taslim bo"œlib uning mulkiga aylanadi. U Zana mag"œlubiyatidan so"œng Suriyaga ketishga majbur bo"œladi. U yerdan Kichik Osiyonni Vifiniya o"œtib o"œsha yerda yashaydi. U yerda Vifiniya shohi Rimga Gannibalni tuttirib berishni ahd qilganini eshitib, mil. avv. 183-yilda zahar ichib o"œladi.
O"œN IKKI JADVAL QONUNLARI - Qadimgi Rimda xususiy mulkni daxlsiz deb e"œlon qilgan qonun.   

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:23:05

                                          GEOGRAFIK NOMLAR

GOLGOF TOG"œI - Iisus Xristos xochga tortilgan tog"œ.
KAPITOLIY TEPALIGI - "œAbadiy shahar" martabasiga ega bo`lgan Qadimgi Rimning yetti tepaligidan eng pasti va eng kichigi bo`lgan bu tepalik Italiya poytaxtining ilk markazi bo`lgan. Tepalikning nomi esa uning baland joyida Yupiter ibodatxonasi qurilayotganda boshchanog`i topilgan "œToliy" degan etrusk jangchisining ismidan kelib chiqqan. Qadim zamonlarda Kapitoliy bir mahalda Rim qal`asi, diniy va siyosiy-ma`muriy markazi, ya`ni o`ziga xos Akropoli bo`lgan. Tepalikning qo`shaloq cho`qqisidan birida etrusk podshosi Mag`rur Tarkviniy tomonidan mil. avv. IV asr oxirida qurdirilgan Yupiter ibodatxonasi savlat to`kib turgan. Ibodatxona etrusk ustasi Bulka terrakotadan yasagan Yupiter va Gerkules haykallari bilan bezatilgan. Yupiter ibodatxonasidan bizgacha faqat poydevor qoldiqlari yetib kelgan. Bulka Rimning ramziga aylangan mashhur "œKapitoliy ona bo`risi" haykalini ham bunyod etgan.  Kapitoliy tepaligining boshqa bir cho`qqisida Yunona Moneta ibodatxonasi bo`lgan. Rim  Respublikasi davrida bu yerda zarbxona bo`lgan, ana shu iloha nomi bilan metall pullar "œmoneta" deb atalgan. Kapitoliy tepaligining ikki cho`qqisi orasida shahar maydoni joylashgan.
KAPUADA SHAHRI (Kapuya shahri) - Qadimgi Rimda gladiatorlar tayyorlaydigan maktabi bo"œlgan shahar. Bu yerga frakiyalik qul - Spartak qullar qo"œzg"œolonini ko"œtaradi (Spartak qo"œzg"œoloni).
KARFAGEN (finikiyacha Kartadasht - Yangi shahar) - Shimoliy Afrikadagi qadimgi shahar-davlat (hozirgi Tunis shahri atrofi). Finikiylar tomonidan mil. avv. 825-yilda barpo qilingan. Karfagen miloddan avalgi III asrning boshiga kelib Shimoliy Afrika, Sitsiliya va Janubiy Ispaniyani bosib olgach, O"œrta dengiz bo"œyidagi qudratli davlatga aylangan, bu esa u bilan Rim o"œrtasidagi to"œqnashuvni keltirib chiqargan. Puni urushlari (mil. avv. 264-146-yillar)dagi mag"œlubiyatdan keyin Karfagen 146-yilda rimliklar tomonidan vayron qilingan, uning asosiy hududi Rimning Afrika viloyati tarkibiga kiritilgan, qolgani Numidiyaga berilgan. Karfagen san"œati va madaniyatiga oid moddiy madaniyat yodgorliklari oz miqdorda saqlanib qolgan.
KONSTANTINOPOL - 324-330-yillarda Konstantin I asos solgan va imperator sharafiga "œKonstantinopol" - "œKonstantin shahri" deb nom qo`yilgan shahar. 330-yilda Konstantin I Rim imperiyasi poytaxtini Konstantinopolga ko`chirishi bilan davlat muassasalari va senat Rimdan ko`chirilib kelingan va Konstantinopol rivojlangan yirik shaharga aylangan.
KTESIFON - Mesopotamiyadagi shahar bo"œlib, Parfiya davlatining poytaxti bo"œlgan.
NAZARET (Nasro) — Palastin o"œlkasi, Jalila viloyati qishlog"œi. Xristian dinining asoschisi, "œxudoning o"œg"œli" sifatida yuritiladigan Iisus Xristos (Iso)ning tavallud topgan shahri.
NISO - antik va o"œrta asr shahar xarоbasi; Ashxоbоddan 18 km shimoli-g"œarbda jоylashgan. Niso ikkita tepalik (Yangi Nisо, maydoni 18 ga va Eski Nisо, maydoni 14 ga)dan ibоrat. 1946-1960-yillarda Nisoda prоfessor M.E. Massоn tоmоnidan arxeоlоgik с–azishmalar оlib bоrilgan. Natijada juda bоy va xilma-xil arxeоlоgik materiallar tоpilgan. Ular оrasidagi sоpоlga bitilgan yozuvlardan birida Eski Nisо tepaligi qadimda Mixridatkirt deb atalgani ma"œlum bo"œldi. Yangi Nisо tepaligi esa antik davrda Parfiya pоdshоligining pоytaxti bo"œlgan. Nisodan ibоdatxоna qоldig"œi, sоpоl haykalli hashamatli zal, pоdshо xazinasi va mоnumental uy-jоy qоldiqlari оchilgan. Xоnalardan biri to"œrtburchakli san"œat kоshоnasi bo"œlib, u ellinizm an"œanalari asоsida qurilgan. Mil. avv. III-I asrlarga оid bu zaldan Parfiya madaniyatiga оid marmar haykal, fil suyagiga jilо berib ishlangan qadah  (ritоn)lar  va boshqa buyumlar  tоpilgan. Nisodagi xo"œjalik arxividan Parfiya pоdshоligining mil. avv. I asrga оid iqtisоdiy va ma"œmuriy tuzumini jahоnga ma"œlum qiluvchi sоpоl parchalariga bitilgan 200 ta hujjat, shuningdek, harbiy qurоllar va bezak buyumlar, terrakоta va metaldan ishlangan mayda haykalchalar, turli jihоz tоpilgan. O"œrta asrlarda Niso Xurоsоnning muhim markazi bo"œlgan.
PO DARYOSI - Apennin yarimorolining eng yirik oqar suv manbai.
TIBR DARYOSI -  Rim shahri shu daryo bo"œyida vujudga kelgan.
VEZUVIY TOG"œI - Qadimgi Rimda Spartak boshchiligida qo"œzg"œolon ko"œtargan qullarning qarorgohi joylashgan tog"œ.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:25:17

XRONOLOGIYA

MILODDAN AVVALGI II MINGYILLIK OXIRI - I MINGYILLIKNI I YARMI - Apenin yarim orolida ligur, etrusk, lotin, venet, samnit va boshqa qabilalar yashagan.
MILODDAN AVVALGI I MINGYILLIK 2-YARMI - Apenin yarim oroliga janubda yunonlar, shimoldan esa gallar kirib kelgan.
IKKI MING YIL MUQADDAM - Rim hokimiyati ostida bo"œlgan Kichik Osiyo va Falastin yerlarida Nazaret shahrida duradgor Iosif va rafiqasi Mariya xonadonida Iisus tug"œilgani haqida rivoyatlar tarqala boshladi.
MILODDAN AVVALGI XII-VI ASRLAR - Italiyada quldorlik davlatlarining vujudga kelishi.
MILODDAN AVVALGI XI-X ASRLAR - Tibr daryosi bo"œyida lotin qabilalarining o"œz qishloqlariga asos solishi.
MILODDAN AVVALGI IX ASR - Italiyada temir davriga o"œtildi.
MILODDAN AVVALGI IX ASR — Finikiyaning Tir shahri hukmdorlari Shimoliy Afrikadagi kichik yarim orolda o"œz manzilgohlarini barpo etish maqsadida shimoliy Afrika sohillarining bir qismini, Sitsiliyaning g"œarb tomonini, Malta, Sardiniya, Korsika va Balear orollarini bosib oldilar. Karfagenda savdo-sotiq, hunarmandchilik va qishloq xo"œjaligi rivoj topgan.
MILODDAN AVVALGI VIII ASR - etrusklar Apennin yarimorolining shimoliy va o"œrta qismlarida yashaganlar. Ular sun"œiy sug"œorishga asoslangan dehqonchilik bilan shug"œullanganlar. Xo"œjalik rivojlanishi natijasida etrusklar o"œzlarining shahar—davlatlarini tuzganlar. Ularning dastlabki davlati 12 shahar-davlatlarining ittifoqidan iborat bo"œlgan.   Etrusklar davlati quldorlik davlati bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI VIII-VII ASRLAR - Italiyada etrusk, osk va lotin yozuvlari yaratilgan.
MILODDAN AVVALGI VIII-VI ASRLAR - Italiyada etrusk madaniyatining gullab-yashnashi.
MILODDAN AVVALGI VIII-V ASRLAR — etrusklar davrida Rimda rassomchilikning rivoj topishi.
MILODDAN AVVALGI VII-VI ASRLAR — etrusk qabilalari kuchayib, Lasiy va uning bosh shahri Rimni bosib olganlar.
MILODDAN AVVALGI VII ASR —  Etrusklar Sharq  mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun  yunon koloniyalari bilan  kurash boshladi. Karfagen mamlakati ham ularga qo"œshildi. Avvaliga karfagenlar va etrusklar g"œalaba qozonishadi, ammo ko"œp o"œtmay yunon qo"œshinlari ularni quruqlik va dengizda tor-mor qiladi va natijada Italiya hududida mavjud bo"œlgan etrusk sivilizatsiyasi barham topadi. 
MILODDAN AVVALGI VI ASR - Karfagenliklar Sitsiliyaning katta qismini zabt etib, Ispaniyani istilo eta boshladilar.
MILODDAN AVVALGI VI ASR - Italiyada temirdan yasalgan buyumlarning keng tarqalishi.
MILODDAN AVVALGI VI ASR - Rimning Kapitoliy tepaligida dushmanlardan himoyalanish uchun qal"œa bunyod etiladi.
MILODDAN AVVALGI VI ASR BOSHLARI - etrusklar Rimga bostirib kirib, uning ba’zi joylarini bosib oldilar.
MILODDAN AVVALGI VI ASR OXIRI - Rim davlati Respublika deb yuritila boshladi.
MILODDAN AVVALGI VI ASR OXIRI — shimoldan gallar, janubdan esa yuninlarning hujumlari natijasida etrusklar davlati kuchsizlandi. Etrusklarga qarashli yerlarda qo"œzg"œolonlar ko"œtariladi. Ichki va tashqi kuchlarning zarbalari ostida etrusklar davlati yemiriladi.
MILODDAN AVVALGI VI-V ASRLAR -  Italiyaning shimolida gall-kelt qabilalari yashar edilar. Ular urug"œ jamoasi bosqichini o"œz boshlaridan kechirayotgan edilar.
Miloddan avvalgi VI-V asrlar - Rimda yozma adabiyot vujudga keldi. O"œsha davr adabiyotining ko"œzga ko"œringan vakillari Andronik, Enney, Plavt, Katull va boshqalar hisoblanadi.
MILODDAN AVVALGI VI-III ASRLAR - Keltlarning Britaniya, Ispaniya, Shimoliy Italiya, Janubiy Germaniya yerlarini bosib olishi.
MILODDAN AVVALGI V ASR — Rim lotinlar bilan ittifoq bo"œlib etrusklarga qarshi kurash boshlaganlar. Rimliklar etrusklarning Veyya shahriga 3 marta hujum qilganlar. Rim qo"œshinlari Lasiyga bostirib kirib, tog"œlarda yashovchi ekv va volsk qabilalarini tor-mor etib, o"œzlariga itoat ettirganlar.
MILODDAN AVVALGI V-IV ASRLAR - plebeylar o"œz himoyachilari - xalq tribunini saylash huquqini qo"œlga kiritdilar. Tribunlar "œveto" — ("œtaqiqlash, man etish") huquqiga ega bo"œlib, u konsullar va senatning plebeylarga zid farmoyishlarini taqiqlab qo"œyish huquqini oladilar.
MILODDAN AVVALGI V-III ASRLAR - Rim quldorlar va aslzodalar respublikasi.
MILODDAN AVVALGI IV ASR - Rimda mis tanga zarb qilina boshlandi. 
MILODDAN AVVALGI IV ASR O"œRTALARI - Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat"œi nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilindi.
MILODDAN AVVALGI IV ASR OXIRI VA III ASR BOSHLARI - Rimning qullardan boshqa barcha aholisi teng huquqli deb e’lon qilindi. Ularning barchasi lavozim va mansablarga saylanish huquqiga ega bo"œldilar. Bu lavozimlarga badavlat plebeylar va patritsiylar saylanganlar.
MILODDAN AVVALGI III ASR - Karfagen bir oz zaiflashib qoldi. Ilgari Karfagenga tobe bo"œlgan joylar mustaqillikka intilganlar.
MILODDAN AVVALGI III ASR - Rimliklar Periney yarimorolining janubida joylashgan Iberiyani bo"œysundirish uchun qonli urushlar olib bordilar.
MILODDAN AVVALGI III ASR O"œRTALARI  - Rim sarkardalari mamlakatning shimoliy qismidan tashqari butun Itliyani zabt etishga erishdilar.
MILODDAN AVVALGI III ASRNING 80-YILLARI — Apennin yarimorolining janubida yashovchi lukanlar yunonlarning Italiyadagi manzilgohi Furey - nort shahriga hujum qildilar.
MILODDAN AVVALGI III-II ASRLAR — Rim qo"œshinlarining olib borgan urushlari natijasida O"œrtayer dengizi havzasidagi mamlakatlarning ko"œpchiligi vayron qilingan. Ularning boyliklari talanib, aholisining bir qismi qirib tashlangan, bir qismi esa qul qilib haydab ketilgan; Rimda qulchilik eng yuqori pog"œonasiga ko"œtarilgan; Rim jamiyatida tabaqalanish nihoyatda kuchaygan. Bu jamiyatda qullar aholining eng quyi va ezilgan tabaqasini tashkil etgan. Qishloq xo"œjaligi, hunarmandchilik va savdo ishlarida qullar mehnatidan keng foydalanilgan.
MILODDAN AVVALGI II ASR - Rimga qarashli viloyatlarda qullar qo"œzg"œoloni va ozodlik uchun kurash boshlangan.
MILODDAN AVVALGI II ASR O"œRTALARI - Uchinchi Puniya urushi bo"œldi. Rimliklar Karfagenni qamal qildilar, ammo aholi uning himoyasiga qo"œzg"œaldi.
MILODDAN AVVALGI II ASRNING 70-YILLARI - Makedoniyada rimliklarga qarshi kurash kuchaydi. Makedoniya podshosi Persey mamlakatdagi kuchlarni birlashtirib rimliklarga qarshi kurash boshlaydi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:26:19

MILODDAN AVVALGI II ASR 1-YARMI -  rimliklar Iberiyaga bir necha bor bostirib kirganlar.
MILODDAN AVVALGI II-I ASRLAR - Italiyada falsafiy asarlar yaratilgan.
MILODDAN AVVALGI I  ASR — Rimda muntazam yollanma qo"œshinlarga  tayanuvchi  harbiy boshliqlar real kuchga aylandilar.Yollanma askarlarni faqat o"œlja qiziqtirgani uchun kimlar bilan jang qilish yoki kimlarni talashning farqi bo"œlmagan.
MILODDAN AVVALGI I ASR — tarixchi Galikarnass Dionisiyning yashagan davri.
MILODDAN AVVALGI I ASR — Rim-Italiya adabiyotining "œOltin davri" hisoblanadi. Bu davrda Vergiliy, Gorasiy, Tibull, Ovidiy Nazon kabi mashhur adib va shoirlar ijod etgan.
MILODIY I ASR — Rimliklar turmushida keskin o"œzgarishlar ro"œy berdi. Badavlat kishilar yashaydigan tepaliklar bag"œrida tomashabog"œlar va chor-bog"œlark o"œp, havo esa tekis joylardagiga qaraganda sog"œlomroq va tozaroq bo"œlgan. Imperatorning yaqin kishilari muhtasham koshonalarga egalik qilar edilar.Badavlat bo"œlmagan rimliklar buning aksi edi. Rimlik qashshoqlar mehrini qozonishga intilgan imperatorlar poytaxt aholi uchun "œtermlar" deb atalgan ko"œrkam hammomlar qurdirgan edilar.
MILODIY I ASR - Rim imperiyasida xristianlikning tarqalishi.
I ASRNING 2-YARMI — tarixchi va qomuschi olim Kata Pliniyning yashab ijod etgan davri.
I ASR OXIRI — II ASR — Iso haqidagi rivoyatlar yozib olinib, bu rivoyatlar yuoncha "œYevangeliye - xushxabar" degan ma`noni bildirgan. Unda Iso va uning hayoti haqida juda ko`p ma`lumotlar bor. Yevangeliyeda oddiy kishilarning manfaatini ifoda etuvchi gaplar mujassam bo`lgani uchun bu din xalq orasida keng tarqalib ketgan.
MILODIY I-II ASRLAR — Rimda qullar mehnati quldorlar  uchun foydali emasligi uchun ko"œplab quldorlar qullarni yer ijaralariga aylantira boshlashdi. Qullar qo"œzg"œolonidan qo"œrqqan, hosildorlikni oshirishga intilgan zamindorlar o"œz dala-hovlilarini kichik-kichik mulklarga bo"œlib tashladilar, erkin kambag"œallarga ijaraga tarqatib bera boshladilar. 
MILODIY II ASR - Rim imperiyasining "œoltin asri"; o`zaro urushlar barham topgan hamda xo`jalik va madaniyat rivojlangan palla.
MILODIY II ASR — Imperator Troyan hukmronligi davrida Rimning Parfiya bilan yurushlari ancha muvaffaqiyatli bo"œldi.
II ASR OXIRI-III ASR BOSHI - Rim saltanati tushkunlikka yuz tutdi.
II ASR OXIRI-III ASR BOSHLARI - qullarning mehnat unumdorligi kamaya boshlagan.
II-III ASRLAR - Rimda qullar ko"œp bo"œlib, quldorlar ularning mehnatidan xo"œjalikning hamma tarmoqlarida keng foydalanganlar; Rimda kolonlarning soni tobora o"œsib borgan. Endilikda qishloq xo"œjaligi, hunarmandchilik va xo"œjalikning boshqa sohalarida qullar soni kamayib kolonlar soni orta borgan. Bu qulchilikning inqirozidan nishona edi.
III ASR — Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi. Imperatorni endilikda armiya saylar,  armiyaning o"œzida ham turli guruhlar o"œrtasida kurash borar edi.
III ASR - Rim saltanatida qo"œzg"œolonlar kuchayib ketgan. Shimoliy Afrika Nuidiya va Mavritaniya aholisining qo"œzg"œoloni ayniqsa dahshatli tus olgan. Ular quldor va zodagonlarning uylariga o"œt qo"œyganlar.
III ASR - gotlar Skandinaviyadan Qora dengizning shimolidagi yerlarga kelib joylashdi.
III ASR O"œRTALARI - Rimga shimoldan va shimoli-sharqdan frank, german va dunay qabilalarining tazyiqi kuchaygan.
III ASR O"œRTALARI — G"œarbiy Ispaniya, Galliya va Britaniyani o"œz ichiga olgan mustaqil Galliya davlati tashkil topdi.
III ASR O"œRTALARI — Galliyadagi "œbagaudlar" oddiy dehqonlar, kolonlar va qullar o"œz sardorlari Amand bilan Elianni imperator deb e"œlon qilganlar. Dehqonlardan piyoda, podachi — chorvadorlardan otliq qismlar tuzib rimliklarga va mahalliy zodagonlarga qarshi qo"œzg"œolon ko"œtarganlar. Bagaudlar mustahkamlangan shaharlarga hujum qilib, ularni bosib olganlar. Ular boy-badavlat kishilarning uylariga o"œt qo"œyib, mol-mulklarini talaganlar, o"œzlarini o"œldirganlar. Rimning o"œzida va Sitsiliyada ham katta-kichik qo"œzg"œolonlar boshlangan. Ammo bu qo"œzg"œolonlarning ba"œzilari Rim legionlari tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilgan.
III ASR 2-YARMI - Misr va Palmira Rimdan ajralib chiqib ketgan.
III ASR OXIRI - Rim imperiyasi parchalanib, katta-kichik mulklarga ajralib keta boshlagan.
III-V ASRLAR — Galliyada rimliklarga qarshi qo"œzg"œolon bo"œlib o"œtgan. Bu harakat bagaudlar nomi bilan mashhur. Bagaudlar rimliklarni yengib, haydab yuborib, mustaqillikka erishganlar.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:27:16

nomi bilan mashhur. Bagaudlar rimliklarni yengib, haydab yuborib, mustaqillikka erishganlar.
IV ASR — Rim imperatorlari, quldorlari, aslzodalari va harbiylarining jabr-zulmi yanada kuchaygan. Bu zullarga qarshi, kambag"œal dehqonlar, hunarmandlar, kolonlar va qullar g"œazabga kelib bosh ko"œtarganlar. Saltanatda katta-katta qo"œzg"œolonlar bshlangan. Bunday harakatlar Italiya yoki Rimda emas, balki chekka o"œlkalarda ham sodir bo"œlgan.
IV ASRNING 2-YARMI — Rim, Konstantinopol, Antioxiya, Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo, Iskandariyada tez-tez g"œalayonlar bo"œlib turgan. Bu harakatda kolonlar, konchilar, dehqonlar, zodagonlar va aholining keng qatlami ishtirok etganlar. Bu harakatlarning barchasi shafqatsizlik bostirilgan. Harakatlarning bir qismi Rimga qarshi milliy-ozodlik urushi tusini olgan bo"œlib, bunday harakatlarda mahalliy aslzodalar ham faol ishtirok etganlar.
IV ASRNING 2-YARMI - Markaziy Osiyodan bo"œlgan xunn qabilalari Ra (Itil-Volga) va Tanans (Don) daryolari quyi qismidagi joylarga bostirib kirganlar. Xunn qabilalari shu yerda yashagan got qabilalarini o"œzlariga itoat ettirganlar. Gotlarning bir qismi sharqiy gotlar — ya"œni ostgotlar nomi bilan shu yerlarda qolib xunnlarga aralashib ketganlar.
IV ASR O"œRTALARI -  toju-taxt uchun kurash, poraxo"œrlik, o"œg"œrilik va tabaqaviy kurashlar Rimni zaiflashtirib qo"œygan. Rimga tobe o"œlkalarda mustaqillik uchun kurash kuchayib, Rimdan ajralib keta boshlaganlar. Bu holler Rimning mudofaa qobiliyatiga zarar keltirgan. Rimning zaiflashuvidan foydalangan atrofdagi qabilalar va viloyatlar saltanat hududiga hujum boshlaganlar.
MILODIY IV-V ASRLAR —  Butun Rim imperiyasini qullar va kolonlar qo"œzg"œaloni qamrab oldi. Varvarlarning Rim imperiyasiga hujumlari kengayib bordi. bu davr 150 yildan ko"œproq davom etdi. 
IV-V ASRLAR -  Rimga qarshi xalq harakatlarida qo"œzg"œolonchilarning varvarlar bilan ittifoqi ko"œzga tashlangan. Ular shu yo"œl bilan Rim davlatidan ajralib chiqishga intilganlar. Rim saltanatidagi bu harakatlar Rimning harbiy kuchlarini zaiflashtirgan.
IV ASRNING 30-40 YILLARI - Shimoliy Afrikadagi Numidiyada xalq qo"œzg"œoloni ko"œtarilib, Rim legionlari bilan qo"œzg"œolonchilar o"œrtasida ayovsiz jang bo"œlgan, har ikki tomondan odamlar qirilgan va yarador bo"œlgan. Rimliklar bu qo"œzg"œolonni juda qiyinchilik bilan bostirganlar.
IV ASRNING 70-YILLARI - Mavritaniyada xalq qo"œzg"œoloni ko"œtarilib, Rim legionlari bilan qo"œzg"œolonchilar o"œrtasida ayovsiz jang bo"œlgan, har ikki tomondan odamlar qirilgan va yarador bo"œlgan. Rimliklar bu qo"œzg"œolonni juda qiyinchilik bilan bostirganlar.
IV ASR OXIRI - Zevsga bag"œishlangan Olimpiya o"œyinlari bekor qilingan.
IV ASR OXIRI — varvar qabilalari Rimga hujum boshlaydilar. Rim imperatorlari katta boylik berish hisobiga ular bilan shartnoma tuzib, ulardan yollanma qo"œshin sifatida foydalanadilar.
V ASR O"œRTALARI - Volga daryosi bilan Karpat tog"œlari oralig"œida joylashgan xunnlar davlati ancha kuchaygan. Ular boshqa qabilalar bilan ittifoq tuzib G"œarbiy Yevropaga bostirib kira boshlaganlar.
V ASR OXIRLARI — G"œarbiy Rimga tobe bo"œlgan o"œlkalarda mustaqil podsholiklar va davlatlar tashkil topgan.
MILODDAN AVVALGI 814-YIL - Karfagen shahriga asos solinishi.
MILODDAN AVVALGI 753-YIL — Rim shahriga  aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solinishi.  Rim shahrini barpo bo"œlishi bilan Rim davlati ham tashkil topgan. Rimliklar yil hisobining boshlanishi.
MILODDAN AVVALGI 509-YILGA QADAR - Rimliklar o"œz hukmdorlarini saylash orqali tayinlashgan. Hukmdorlar ham harbiy boshliq, ham sudya, ham kohin bo"œlishgan.
MILODDAN AVVALGI 509-YIL - Rimda podsho hokimiyatining bekor qilinishi va Respublikaning o"œrnatilishi. 
MILODDAN AVVALGI 449-YIL - plebeylar manfaatini himoya qiluvchi 12 mis lavhaga yozilgan qonunlar qabul qilingan. Bu plebeylarning eng katta g"œalabasi edi. Qonunga ko"œra, yer va mol-mulk xususiy bo"œlib, merosxo"œrga vasiyat qilib qoldirish mumkin edi.
MILODDAN AVVALGI 390-YIL - keltlar Rim ustiga qo"œshin tortib, Alliya daryosi boshidagi jangda Italiya qabilalarining birlashgan qo"œshini tor-mor etishgan. Keltlar Markaziy Italiyaga bostirib kirib juda ko"œp qishloq va shaharlarni vayron etganlar. Rimni yondirib yuborganlar. Bu yong"œindan faqatgina Kapitoliy tepaligidagi tosh qo"œrg"œon omon qolgan.
MILODDAN AVVALGI 343-YIL - samnitlar Kampaniyaga bostirib kirishdi. Shundan so"œng Kampaniya yordam so"œrab Rimga murojaat qilgan. Rim qo"œshinlari samnitlarga qarshi urush boshlagan va Kampaniyani bosib olgan.
MILODDAN AVVALGI 343-288-YILLAR — samnit urushlari.
MILODDAN AVVALGI 343-341-YIL - birinchi samnit urushi.
MILODDAN AVVALGI 341-288-YILLAR - Rim qo"œshinlari Shimoliy Italiyani itoat ettirib, Po daryosidan Lukaniyagacha bo"œlgan yerlarni Rim Respublikasi tarkibiga qo"œshib oldi.
MILODDAN AVVALGI 340-338-YILLAR — lotin ittifoqiga kirgan Italiya shaharlari Rimga qarshi kurash boshladi. Bu kurashlarda rimliklar g"œolib chiqadilar.
MILODDAN AVVALGI 334-YIL - keltlar rimliklar bilan sulh shartnomasini tuzdi.
MILODDAN AVVALGI 327-304-YILLAR — bir qancha Italiya qabilalarini birlashtirgan samnitlar Rimga qarshi kurash olib bordi.
MILODDAN AVVALGI 326-YIL - plebeylar o"œzlarining yangi qonunlarini qabul qildi. Unda "œqarz uchun qarzdorning tan-joni emas, mol-mulki javobgar bo"œlishi kerak", deyilgan. Qonunga ko"œra qarz uchun Rim fuqarosini qul qilish man etilgan. Yana plebeylar konsullik va boshqa mansab lavozimlarga saylanish, jamoa ekin maydonlaridan yer olish huquqini ham qo"œlga kiritadilar. Shunday qilib, plebeylarning patritsiylarga qarshi 200 yillik kurashi natijasida plebeylar juda katta g"œalabaga erishadilar.
MILODDAN AVVALGI 321-YIL — samnit qo"œshinlari Klavdiy shahri yaqinidagi tog"œ-o"œrmon darasida Rim qo"œshinlarini o"œrab olib tor-mor etdilar. Mag"œlubiyatdan so"œng rimliklar samnitlar yurtini tashlab chiqishga majbur bo"œladilar.
MILODDAN AVVALGI 321-304-YIL - ikkinchi samnit urushi.
MILODDAN AVVALGI 304-YIL — rimliklar bilan samnitlar o"œrtasida sulh tuzilishi bilan ikkinchi samnit urushi o"œz nihoyasiga yetdi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Iyul 2008, 16:27:51

MILODDAN AVVALGI 298-288-YIL — uchinchi samnit urushi.
MILODDAN AVVALGI 288-YIL — uchinchi samnit urushi tugadi. Rimliklar Markaziy Italiyani o"œzlariga itoat ettirdi.
MILODDAN AVVALGI 281-YIL - Rim Tarentga qarshi urush e’lon qildi.
MILODDAN AVVALGI 280-YIL - Gerakliya yonidagi jangda Pirr qo"œshini rimliklarni tor-mor etdi. Bu g"œalabadan so"œng Pirr qo"œshini samnitlar yurti va Kampaniya orqali Rim ostonalarigacha yetib bordi.
MILODDAN AVVALGI 280-YIL — Epir podshosi Pirr o"œz qo"œshini bilan Tarentga keldi.
MILODDAN AVVALGI 280-YIL — Axeya davlatida yunon shahar-davlatlarining uyushmasi bo"œlgan Axeya ittifoqi tuzildi. Ittifoqqa Korinf, Megara, Agros va Peloponnesdagi boshqa yunon shahar-davlatlari a"œzo bo"œlganlar. Bu ittifoq Makedoniyaga qarshi qaratilgan edi.
MILODDAN AVVALGI 279-YIL — Pirr qo"œshinlari Auskul shahri yaqinidagi jangda Rim qo"œshinlarini tor-mor etdi. Bu jangda Pirr o"œzining juda ko"œp jangchilaridan ajragan.
MILODDAN AVVALGI 275-YIL - Pirr Italiyaga qaytib kelib, o"œzining otliq suvoriylari va jangovar fillarini Rim qo"œshinlari ustiga tashladi. Jangda Pirr qo"œshinlari mag"œlubiyatga uchrab, Yunonistonga jo"œnab ketgan.
MILODDAN AVVALGI 272-YIL - Pirr Makedoniya taxti uchun olib borilgan jangler vaqtida halok bo"œldi.
MILODDAN AVVALGI 270-260-YILLAR — rimliklar Janubiy Italiyani bosib oldi.
MILODDAN AVVALGI 264-241-YILLAR — 1-Puni urushining bo"œlib otishi.
MILODDAN AVVALGI 260-YIL - Mila burnidagi dengiz jangida rimliklar Karfagen ustidan g"œalabaga erishadilar. Bu jangdan keyin karfagenliklar Sitsiliyadan surib chiqarilgan.
MILODDAN AVVALGI 256-YIL - Rimning 360 harbiy kemasi Karfagen tomon yo"œl oldi. Eknom burnida bo"œlgan dengiz jangida rimliklar g"œalaba qozonib, Karfagenda urush harakatlarini boshlab yubordi. Bu g"œalabadan so"œng konsul Mark Atiliy Regun boshliq qo"œshin Karfagenda qolib, qo"œshinning boshqa qismi Rimga qaytgan.
MILODDAN AVVALGI 255-YIL - Karfagenning yollanma askarlari Rim qo"œshinlariga hujum qilib, ularni tor-mor keltiradilar. Rim konsuli Mark Atiliy Regun asir tushib, qamoqxonada o"œlgan. Rim flotining qolgan qismi Rimga qaytishga majbur bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI 251-YIL - Egada oroli yaqinidagi dengiz jangida Karfagen floti mag"œlubiyatga uchraydi.
MILODDAN AVVALGI 241-YIL - Karfagen-Rim sulhi tuzildi. Sulhga ko"œra, Karfagen 10 yil davomida Rimga har yili 3200 talant miqdorida tovon to"œlashi, asirlarni qaytarishi, Apennin orolidagi qabilalardan askar yollamasligi, eng muhimi o"œzining Sitsiliyadagi yerlarini Rim ixtiyoriga topshirishi lozim bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI 238-YIL - rimliklar Karfagenning og"œir vaziyatda ekanligidan foydalanib Sardiniya va Korsikani bo"œysundiradi.
MILODDAN AVVALGI 237-YIL - Gamilkar o"œz qo"œshinlari bilan Iberiyaga joylashib, Yangi Karfagen shahrini barpo qilgan.
MILODDAN AVVALGI 229-YIL — Karfagen qo"œshinining lashkarboshisi Gamilkar Barka halok bo"œldi.
MILODDAN AVVALGI 219-YIL - Gannibal Rim bilan ittifoqda bo"œlgan Sagnut shahrini bosib oldi va aholisini qul qilib sotib yubordi.
MILODDAN AVVALGI 218-YIL - Gannibal o"œz qo"œshinlari va jangovor fillari bilan Yangi Karfagendan yo"œlga chiqib, Pireney tog"œlaridan oshib o"œtgan.
MILODDAN AVVALGI 218-201-YILLAR — Ikkinchi Puni urushi bo"œlib o"œtdi.
MILODDAN AVVALGI 216-YIL — Gannibal Italiya hududi bostirib kirdi va Kann yaqinidagi jangda rimliklar armiyasini tor-mor etdi. Bu jangda 70 ming rimlik legionlar halok bo"œldi.
MILODDAN AVVALGI 206-YIL — rimliklar Iberiya sohillarini egallash uchun yurish qilganlar va mahalliy aholining qattiq qarshiligiga duch kelganlar.
MILODDAN AVVALGI 204-YIL - Puni urushlari Shimoliy Afrikaga ko"œchdi.
MILODDAN AVVALGI 202-YIL — Karfagendagi Zama shahri yaqinida Gannibal boshliq karfagenliklar bilan Stsipion boshliq Numidiya podshosining birlashgan qo"œshinlari o"œrtasidagi shiddatli jangda Gannibal qo"œshinlari tor-mor etildi.
MILODDAN AVVALGI 201-YIL - Karfagen-Rim sulhi tuzildi. Sulhga ko"œra, Karfagen Rimga katta miqdorda tovon to"œlagan.
MILODDAN AVVALGI 197-YIL - rimliklar ayrim yunon polislari bilan ittifoq tuzib, Fessaliyaga qo"œshin tushirdilar. Rim qo"œshinlari Fessaliyadan turib Makedoniyaga hujum boshlaydilar. Qattiq janglardan so"œng Rim qo"œshinlari g"œalaba qozonib, Makedoniya Rimga tobe bo"œlib qoladi.
MILODDAN AVVALGI 190-YIL - Rimliklar bilan Salavka podsholigi qo"œshinlari Magnesiya shaharchasi yaqinida to"œqnashdilar. Jang rimliklarning g"œalabasi bilan tugagan.
MILODDAN AVVALGI 188-YIL - Rim va Salavka podsholigi o"œrtasida sulh tuzildi. Sulh bitimiga muvofiq Salavka podshosi Antiox III G"œarbiy Osiyo va Tavr tog"œlarining shimolidagi mulklaridan voz kechgan. Hamma jangovar fillari va harbiy-dengiz flotini Rimga berishi hamda tovon to"œlashi lozim bo"œlgan.
MILODDAN AVVALGI 183-YIL - Gannibal Vifiniya shohi uni rimliklarga tutib berishga ahd qilganini eshitib, zahar ichib o"œldi. Rim O"œrtayer dengizida mutlaq hokimga aylandi.
MILODDAN AVVALGI 171-167-YILLAR - Makedoniyaning Rimga qo"œshib olinishi. 
MILODDAN AVVALGI 168-YIL - Makedoniya podshosi Persey qo"œshinlari va Rim legionlari o"œrtasida bo"œlgan jangda makedoniyaliklar mag"œlubiyatga uchradi. Persey rimliklar qo"œliga asir tushib halok bo"œldi. Rim legionlari Makedoniyaning shahar va qishloqlarini vayron qilib o"œt qo"œyganlar, bayliklarini talaganlar.
MILODDAN AVVALGI 162-133-YILLAR - Tiberiy Grakxning hayot faoliyati.
MILODDAN AVVALGI 154-YIL - Iberiyaliklar Rimga qarshi qo"œzg"œolon ko"œtardilar. Rimliklarga qarshi qo"œzg"œolon ikki yil davom etib, so"œng qiyinchilik bilan bostirilgan.
MILODDAN AVVALGI 153-121-YILLAR - Gay Grakxning hayot faoliyati.
MILODDAN AVVALGI 153-YIL - Rim senatori va yozuvchisi Mark Katon Karfagenga keldi.
MILODDAN AVVALGI 150-YIL - Periney yarimorolining g"œarbidagi Luzitaniya viloyatida Viriat rahbarligida rimliklarga qarshi qo"œzg"œolon boshlandi.

Qayd etilgan