SALAMANSAR I (Salmanasar I) — Ossuriya hukmdori (mil. avv. 1280-1260-yillar). Uning davrida Ossuriya podsholigi o"œz ravnaqining yuqori cho"œqqisiga erishib, Mitanni davlatini bosib oladi. Mil. avv. XIII asrda Ossur qo"œshinlari Bobil va Elam ustiga bir necha bor talonchilik urushlarini uyushtiradi.
SALAMANSAR III (Salmanasar III) — Ossuriya hukmdori. Uning davrida Ossur qo"œshinlari O"œrtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlar, Bobil va Urartu bilan tinimsiz urush olib borganlar. Urushda goh u, goh bu tomon g"œolib chiqqan yoki mag"œlub bo"œlgan.
SAMSUILUN — mil. avv. 1749-1712-yillarda hukmronlik qilgan Bobil podshosi. Hammurapining o"œg"œli.
SAMUDRAGUPTA - milodiy 335-380-yillarda hukmronlik qilgan Magadxa davlati hukmdori. Chandragupta I ning o"œg"œli. Guptalar sulolasidan. Uning davrida Magadxa davlati ancha kuchayib, Himolay tog"œlaridan Madras shahri oralig"œidagi yerlarni bosib oladi.
SAO-CHUN — mil. avv. 361-338-yillarda hukmronlik qilgan Sin podsholigi hukmdori. Uning davrida amaldori Shan-Yan xo"œjalik va mamlakatni boshqarish sohasida bir necha islohotlar loyihasini ishlab chiqqan. Islohotga ko"œra yerni istagancha xususiy mulk qilib olish mumkin bo"œlgan. Yerni erkin sotish va sotib olishga ruxsat berilgan. Ilgari hosildan olinadigan soliq yer solig"œi bilan almashtirilgan. Davlatni boshqarishda ham qator ishlar qilingan. Butun podsholik 36 viloyatga bo"œlinib, uni podsho tayin etgan yangi amaldorlar idora qilganlar. Eski amaldorlar ishlaridan chetlashtirilgan va mamlakatda kuchli nazorat o"œrnatilgan. Podsholik maktab va maorif ishlariga katta e"œtibor berib bu sohada ham islohotlar o"œtkazilgan. Sin qo"œshinlari qayta tuzilib mustahkamlangan. Islohot natijalari podsho hokimiyatini ancha kuchaytirgan. Ammo o"œtkazilgan islohotlar eski zodagon, xalq ommasi, konfutsiychi oqim namoyandalari va qullarning qarshiligiga uchragan.
SARDURI I - o"œzini "œulug’, qudratli, jahоn va Nairi mamlakatining podshosi-shahоnshоhi" dеb e"œlоn qilgan Urartu hukmdоri (mil. avv. 835-825). U Оssuriya va qo"œshni qabilalar ustidan bir nеcha bоr g’alaba qоzоngan. Оssuriya pоdshоsi Sаlmаnаsаr III ning zаmоndоshi; mil. аv. 833-yilda vоqеаlаri hаqidаgi bitiklаrdа Sеduri nоmi bilan qаyd etilgаn. Sarduri I dаvridа mamlakat pоytахti Tushpа shahrigа ko"œchirilgаn, Urаrtu pоdshоligi kuchli dаvlаtgа аylаngаn.
SARDURI II — mil. avv. 764-735-yillarda hukmronlik qilgan Urartu davlati hukmdori. Pоdshо Argishti I ning o’g’li. U mamlakatda оtasining siyosatini yuritib, iqtisоslashgan dоimiy qo"œshinni kuchaytiradi. Muntazam qo"œshinga tayangan Sarduri II Kavkazortiga, xususan, Eriaх mamlakatiga bоstirib bоradi. G’arba esa u Shimoliy Suriyaga qo"œshin tоrtadi. Оssuriya qo"œshinlariga qaqshatqich zarba bеradi. Sarduri II davrida Urartu davlatining chеgaralari bоshqa mayda davlatlar hisоbiga kеgaytiriladi.
SARGON I Sharrukin ("œHaqiqiy podsho" degani) — Mil. avv. 2316-2261-yillarda hukmronlik qilgan Akkad davlatining asoschisi. Rivoyatga ko’ra, Sargon I tashlandiq bola bo’lgan. Uning onasi kambag’al ayol bo’lib, o’g’lini boqa olmay qamishdan to’qilgan savatga solib Frot daryosi bo’yidagi changalzorga tashlab ketgan. Akki degan suv tashuvchi meshkob uni topib olib tarbiya qilgan. Ma’buda xudo Ishtar Saron I ni yaxshi ko’rib qolib, mil. avv. 2316-yili uni Akkadga podsho qilib qo’ygan. Kuchli qo`shin to’plab Kishni bosib olgan, o’zini "œKish va Akkad podshosi" deb e’lon qilgan. Shumer shaharlari ustiga katta qo’shin bilan bostirib kirgan. Umma hokimi Lugal-zaggisi va uni quvvatlagan 50 hukmdorning qo’shinlarini tor-mor etgan. Jangda Lugal-zaggisi asir olinib, Nippurga keltirilgan va xudo Enlila sharafiga qurbon qilinadi. Shumerning Uruk, Ur, Lagash va Umma kabi shaharlarini vayron qilib butun Shumerni egallagan. Elamning bir qancha shaharlarini ham bosib olgan. Sargon I Fors qo’ltig’igacha g’olib chiqqanligini nishonlab "œqilichini dengiz suvida yuvgan" ekan. Uning qo’shinlari Suriya, Palastinni bosib olib, O’rtayer dengizi sohillarigacha chiqib borgan. Qadimgi yozuvlarning birida Sargon I "œg’arbdagi dengizni kechib o’tdi, G’arbda 3 yil turdi, mamlakatni bo’ysundirdi va birlashtirdi, unda o’z haykallarini o’rnatdi, dengizdan va qirg’oqdan asirlar olib keldi" deyilgan. Sargon I Elam, Mesopatamiya va Old Osiyoni o’z ichiga olgan katta davlat barpo etdi. O’zini "œto’rt iqlim podshosi" deb e’lon qilgan. Bu janubi-g’arbiy Osiyodagi eng yirik dastlabki quldorlik davlati edi. Sargon I davlatining poytaxti Akkad shahri bo`lgan. U 55 yil podsholik qilgan. Bu davrda yirik sug’orish inshootlari qurilib, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan. Suv va quriqlikdagi savdo yo’llari tartibga keltirilib, qo’shni mamlakatlar bilan qizg’in savdo-sotiq ishlari olib borilgan. Sargon I hukmronligi davrining oxirlarida qo’zg’olonlar bo’lgan, ammo qo’zg’olonlar shafqatsizlik bilan bostirilgan.
SARGON II — Ossuriya podshohi (mil. avv. 722-705). Salamansar V taxtdan ag"œdarilgach, hokimiyat tepasiga kelgan. O"œz siyosatida kohinlar hamda Ossuriya va Bobilning imtiyozli shaharlari manfaatlarini harbiylar manfaati bilan uyg"œunlashtirishga harakat qilgan. Mil. avv. 722-yilda Samariya shahrini bosib olib Isroil podshosi Osiyani, shuningdek 27290 isroillikni asir olib ketgan va ularni Midiya va Mesopotamiyaga joylashtirgan. Isroilga esa aramey fuqarolarini joylashtirgan va shu tariqa Isroil podsholigiga barham bergan. Suriyaga yurish qilib uni ham bosib olgan (Karxemishning egallanishi, mil. avv. 717); mil. avv. 714-yilda Urartu podshosi Rusa I ni tor-mor etgan, Kichik Osiyo yarimorolining sharqidagi, shuningdek, Midiyadagi bir qancha viloyatlarni bosib olgan; 710-709-yillarda Bobilni egallagan.
SAUL — mil. avv. XIII asrda Palastinga bostirib kirgan ko"œchmanchi yahudiy qabilalarining hukmdori. U Isroil davlatini tuzib, filistimlar bilan kurash olib borgan. Filistimlar bilan bo"œlgan janglarning birida Saulning uch o"œg"œli halok bo"œlgan. Bu fojiani eshitgan Saul o"œzini qilich tig"œiga tashlab o"œlgan.
SЕTI I - Misrdagi Yangi pоdshоlik dаvrida mil. avv. 1337-1317-yillаrdа hukmrоnlik qilgan fir"œаvn, 19-sulоlа vаkili. Misr hаrbiy vа iqtisоdiy jihаtdаn kuchаyadi. Uning davrida Misr qo"œshinlаri Suriya, Pаlаstin vа Finikiya ustigа bоstirib bоrib, Tir, Megiddо, Kаdish kаbi shаhаrlаrni bоsib оlаdilar. Pаlаstindаgi hоkimlаr qo"œzg"œоlоni bоstirilаdi. Hаrbiy yurishlаr nаtijаsidа Misrning O"œrtаyеr dеngizi Shаrqiy sоhilаdаgi mаmlаkаtlаr ustidаn bo"œlgаn tа"œsiri kuchаydi. Nаtijаdа u mаmlаkаtlаr bilаn Misrning аlоqаsi izgа tushirilаdi. Misrdа qishlоq хo"œjаligi, hunаrmаndchilik, ichki vа tаshqi sаvdо rivоjlаnаdi. Seti I mil. avv. 1301-yilda vafot etgan.
SЕTNАХT — Misr fir"œаvni (1200-yildan), Yangi pоdshоlik dаvrida hukmrоnlik qilgan. U ancha tаdbirkоr bo"œlib, Misrdаgi mushkul аhvоlni аnchа yaхshilаshgа erishаdi. Mаmlаkаtdаgi qo"œzg"œоlоnlаr bоstirilib, tаrtib o"œrnаtilаdi.
SIN SHIXUANDI (haqiqiy ismi: In Chjen) (mil. avv. 249-210-yillar) — Sin sаltаnаti pоdshоsi (mil. avv. 246-221), Хitоy impеrаtоri (mil. avv. 221-210). Sin hukmdоrlаri хоnаdоnigа mаnsub bo"œlgаn. Хitоydаgi оltitа pоdshоlikni bоsib оlib, mil. avv. 221-yilda yagоnа mаrkаzlаshgаn Sin impеriyasini bаrpо etgаn vа o"œzini birinchi Хitоy impеrаtоri — "œSin Shixuandi" dеb e"œlоn qilgаn. Taxtga o"œtirganidan so"œng, mamlakaqt hududini 36 viloyatga taqsimlagan va ularning har biriga o"œz noyiblarini tayinlagan. Uning dаvridа mil. avv. 215/214-yilda Buyuk Хitоy dеvоrini ilgаri mаvjud bo"œlgаn chеgаrа istеhkоmlаri bilan yaхlit hоlgа kеltirish jаrаyoni bоshlаngаn. Sin Shixuandi qo"œlidа qоnun chiqаrish, оliy ijrоiya vа sud hоkimiyati to"œplаngаn. O"œz hоkimiyatigа nisbаtаn hаr qаndаy tаnqidiy munоsаbаtlаrgа bаrhаm bеrish mаqsаdidа mil. avv. 213-yilda хususiy shахslаr qo"œlidа sаqlаnаyotgаn gumаnitаr аdаbiyotlаrni yoqish hаqidа fаrmоn chiqаrgаn. Mil. avv. 212-yilda Sin Shixuandi impеrаtоr hоkimiyatigа qаrshi хаlqni ko"œtаrmоqchi bo"œlgаn 460 tа kоnfutsiy dini аrbоblаrini qаtl ettirgаn. Sin Shixuandi dаvridа zulm kuchаygаn, uning vаfоtidаn so"œng хаlq qo"œzg"œоlоnlаri ko"œtаrilib Sin impеriyasi bаrhаm tоpgаn. Impеrаtоr hоzirgi Siаn yaqinidаgi dаfn etilgаn yеri bilan shuhrаt qоzоngаn; mаqbаrаni 700 ming аsir-qul bаrpо etgаn. Sin Shixuandi o"œlimidаn so"œng hаm hаrbiy kuchgа tаyanish uchun 6 ming jаngchisi vа оtlаrning bo"œy bаrаvаr kаttаlikdаgi hаykаllаrini yasаshni buyurgаn. Sin Shixuandi vаfоt etgаnidа bаrchа hаykаllаr hаm u bilan qo"œshib ko"œmilgаn. 1974-yilda Sin Shixuandi dаfn etilgаn jоydаn jаngchilаr vа оtlаrning bo"œy bаrаvаr kаttаlikdа ishlаngаn tеrrаkоtа hаykаllаri (mil. avv. tахm. 210-yilda) tоpilgаn.
SMЕNDЕS - Shimоliy Misrdа 21-sulоlаgа аsоs sоlgan Tаnis hukmdоri.
SNОFRU — Misrda Qadimgi podsholik davrida hukmronlik qilgan fir"œavn. 4-sulоlа vakili. U Nubiya, shimoli-sharqda Sinаy yarim оrоli, Falastinga g"œarbiy yo"œnalishda Liviya qabilalari ustiga harbiy yurishlar qilgan. Misgа bоy Sinаy yarim оrоlini Misrgа qo"œshib оlgаn, Nubiyadаn 7 ming аsir, 200 ming chоrvа vа bоshqа qimmаtbаhо buyumlаr оlib kеlgаn.
SYAN YUY CHU — Chu podsholigida "œUlug` Chu qayta tiklanmog`i kerak" shiori ostida ko`tarilgan qo`zg`olon rahbarlaridan biri. Qo`zg`olon boshlig`i Chen Shen halok bo`lgach, qo`zg`olonchilar qo`shinining qo`mondoni bo`lgan. U o`zini "œChu hokimi" — "œChu vani" deb e`lon qilgan. Xan saltanatini egallash uchun Lyu Ban bilan bo`lgan bir necha bor janglar qilgan. Mil. avv. 202-yil yanvarda Gaysya yonidagi jangda Lyu Ban qo`shinlaridan mag`lubiyatga uchragan.
SYAN-VAN - Sharqiy Chjou podsholigi hukmdori. U mil. avv. 636-yilda di qabilalari bilan bo"œlgan jangda mag"œlubiyatga uchragan. Syan-Van podsholik poytaxti Loyanni tashlab chiqishga majbur bo"œlgan.
SZIN-DI — Xan podsholigi hukmdori. Uning hukmronligi davrida yetti hokimlikning birlashgan 200 minglik qo"œshini Xan saltanati poytaxti Sanyanga hujum boshlaydi. Szin-Di "œYetti hokim qo"œzg"œoloni"ni Sanyan ostonalarida tor-mor etgan. U "œYetti hokim"lar amaldorlarini ishdan olib, mustaqil qo"œshin tuzishdan mahrum etgan.
SULAYMON — Isroil-Yahudiy podsholigi hukmdori. Dovudning o"œg"œli. Uning davrida Isroil-Yahudiy podsholigi kuchayib, qishloq xo"œjaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq va chorvachilik rivoj topadi. Sulaymon Tir shahridan temirchilarni, Bibl shahridan duradgorlarni chaqirib, mamlakatda qurilish ishlarini avj oldiradi. Tirdan qurilish buyumlari, Kilikiyadan ajoyib zodli otlarni keltirib, mamlakatda sotdirgan. U Janubdagi Ofir mamlakatidan yog"œoch, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, fil suyagi, maymun va tovuslar olib keltirtiradi. Sulaymon qurilish, davlat xarajatlari va qo"œshin uchun yangi soliq joriy qiladi. Bu esa xalq ommasi orasida noroziliklarni keltirib chiqaradi. Isroilliklar Ierovoam boshchiligida unga qarshi qo"œzg"œolon ko"œtaradilar. Qo"œzg"œolon Sulaymon tomonidan shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ierovoam Misr fir"œavini Sheshonk huzuriga qochib ketadi. Miloddan avvalgi 935-yilda Sulaymon vafot etadi.
SUMUABUM — amoriy sulolasining vakili. Qadimgi Bobil podsholigiga asos solgan.
SUMUEPAX — mil. avv. XIII asrda Shimoliy Suriyaga bostirib kirgan amoriy qabilalarining sardori. Sumuepax Yamxad davlatini tuzib, o"œzini podsho deb e"œlon qiladi. U Karxemish bilan Katna shahri oralig"œidagi Suriya yerlari ustidan hukmronlik qiladi.
SUPPILULIUM — mil. avv. XIV asr boshlarida taxtga o"œtirgan Xett podshosi. U serg"œayrat lashkarboshi, mohir diplomat va uzoqni ko"œruvchi dono siyosatdon bo"œlgan. Uning davrida Xett podsholigi qayta tiklanib ravnaq topgan. U Xett qo"œshinlarining jangovarlik jihatlariga katta e"œtabor bergan. Xett qo"œshini ot qo"œshilgan tezkor jang aravalari bilan ta"œminlangan. Suppilulium Xett shaharlarini, xususan mamlakat poytaxti Xattusaning mudofaa inshootlarini mustahkamlashga ham katta e"œtabor bergan. U qo"œshni mamlakatlar ustiga lashkar yuborish, o"œz qizlarini ularning shoh va shahzodalariga nikohlab berish va turli diplomatik usullarni qo"œllab, ularni o"œziga itoat ettirgan. Uning davrida xett qo"œshinlari janubi-g"œarbda Arsava podsholigini, janubda Kilikiya va Suriyaning katta qismini bosib olgan. Mitanni podsholigiga hujum qilib g"œolib chiqqan. Shu davrda Ossuriya bilan Alshinning birlashgan qo"œshinlari Mitanniga bostirib kirganlar. Vaziyatdan foydalangan Suppilulium o"œz qizini Tushrattining o"œg"œli shahzoda Shattivasga nikohlab, shahzodani Mitanni taxtiga o"œtqazgan va natijada Mitanni xettlarga qaram davlatga aylangan. Suppilulium podsholigi davrida Xett podsholigi Qora dengiz bo"œylaridan Palastin, Bobil va Ossuriya chegaralarigacha bo"œlgan yerlarni o"œz ichiga olgan.