TVOROGLI PECHENE
Masalliqlar: 200 gr. un, 250 gr. tvorog, 130 gr. shakar, 125 gr. sariyog‘, 1 ta tuxum, bir chimdim ichimlik sodasi.
Tayyorlash usuli: Yumshatilgan sariyog‘ shakar bilan aralashtiriladi, ko‘pirtirilgan tuxum solib yana aralashtiriladi. Ezilgan tvorog, un va ichimlik sodasi solib xamir qoriladi. Xamir yoyilib, turli shaklli pechenelar qirqib olinadi va gaz duxovkasida pishiriladi.