V.assalom.
Konserva baliqli salat. Bu salatni yaxshi ko’rgan sabzavotlaringizga qarab tayyorlashingiz mumkin. Masalan bazilar konserva baliqni umuman yoqtirmaydi. Baliqsiz bu salatni nomi: Mavsum salati bo’ladi
Masalliqlar:1. 1 dona salat (Turkchasi: Marul, go’bek)
2. 2 konserva bankasi baliq, 300 gr-ga yaqin
3. 2 dona pomidor
4. Yarim bog’ ukrop
5. 1 dona limon
6. 2 qoshiq salat yog’i
7. Tuz
8. 200 gr makkajo’hori konservasi
9. Qizil karam bizda bormi bilmadim (kırmızı lahana)
10. Yashil piyoz 3-4 dona
11. Tuzlangan bodring istakka qarab 2-3 dona bo’lishi mumkin.
Baliqni ichiga ukrop, yashil piyozni maydalab to’g’rab aralashtirasiz. Qolgan sabzavotlarni esa rasmda ko’rganingizday kesib tarelkani shakliga mos holda joylashingiz mumkin. Baliqni ustiga makkjo’hori konservasini seping. Limon va salat yog’ini qolgan sabzavotlar bilan birga baliqni ustiga to’king.