Salatlar.  ( 132196 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Chustiy  11 Aprel 2009, 04:23:44


Qayd etilgan


G_u_l_i  27 Avgust 2009, 07:52:54

Baqlajonli Salat.




Kerakli mahsulotlar:
1.Baqlajon
2.Tuhum
3.Pomidor
4.Bodring
5.Ko`katlar
6.Sarimsoq piyoz
6.O`simlik yog`i va tuz.

Tayyorlanishi:
Baqlajon, pomidor, bodringni kubik shaklida, ko`katlar va sarimsoq piyozni mayda qilib to`g`raymiz.So`ngra baqlajonni tuhumga aralashtirib,yog`da qizarguncha qovurib olamiz. Pomidor, bodring, qovurilgan baqlajon, ko`kat ,chesnok va ta`bga ko`ra tuz solib aralashtiramiz.
Yoqimli ishtaha!

PS: Retsept muallifi muslimaat.uz forumidagi opamizdan Alloh rozi bo`lsin!

Qayd etilgan


G_u_l_i  16 Sentyabr 2009, 08:45:19



Kerakli  mahsulotlar:
1.   2 ta tuhum
2.   2 ta kartoshka
3.   2 dona lavlagi
4.   2 ta sabzi
5.   1 banka konsrvalangan jo`hori
6.   maydalangan yong`oq
7.   Mayonez,  ta`bga ko`ra tuz.
Tuhum, kartoshka, sabzi, lavlagini qaynatib olamiz va po`stini tozalab, yirik tishli  qirg`ichdan chiqaramiz.( alohida-alohida idishlarga) Har biriga mayonez solib aralshtiramiz, kartoshkaga mayonez b-n birga ozgina tuz ham solamiz.
Endi masalliqlarni idishga quyidagi ketma-ketlikda  solamiz:
1.   Kartoshka
2.   Sabzi
3.   Tuhum
4.   Yong`oq
5.   Lavlagi
Salat ustiga mayonez surib, jo`hori b-n bezaymiz.
Yoqimli ishtaha!

Qayd etilgan


Ansora  16 Sentyabr 2009, 10:52:48

Gulixon forumning eng sog'lom qizlaridan biri bo'lsalar, kerak:)
Faqat salat qiladilar chunki :D

Qayd etilgan


Ansora  18 Sentyabr 2009, 18:58:37

"Mavsum" yoki "Cho'pon" salati. Masalliqlar ko'rinib turibdi, asosiysi sabzavotlarni chiroyli qilib kesing va joylashtiring:)


Qayd etilgan


Ansora  18 Sentyabr 2009, 19:00:03

Bu salatimizda esa konserva balig'i bor. Turkchasi "ton balıg'i"
Qolgan sabzavotlarni kishi soniga qarab ishlataverasiz:)


Qayd etilgan


Ansora  01 Oktyabr 2009, 00:37:03

Mavsum salati, ichida baliq bor (konserva)



Qayd etilgan


zuhrahon  05 Oktyabr 2009, 20:35:12

Masalliq: 2-3 dona baqlajon, 1 dona tuhum, 200 gramcha yog`, 1 dona o`rtacha pomidor, 2-3 bo`lak chesnok bo`laklari, ozgina ukrop ko`kati.

Tayyorlash: Baqlajonni po`stini archiladi va qalinligi 0.5 sm qilib uzinasiga kesiladi. Atalangan tuhumga yaxshilab botirib olib qizib turgan yog`da tilla ranga kirguncha ikki tomonini qizartirib olamiz va oldindan tayorlab qo`yilgan pomidorimizni, chesnokni qirg`ichdan chiqazib ukrop ko`katini mayda qilib to`grab, tabga qarab tuz solib aralashtiramiz. Pishgan baqlajoni har bir bo`lagiga ozginadan pomidorli masalig`imizani solib, rulet shaklida o`raladi. Tayor bo`lgan ruletlarni likopchalarga terib, taom bilan istemol qilsa bo`ladi. Tez va mazali. Yoqimli ishtaxa.


[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


zuhrahon  06 Oktyabr 2009, 11:38:15


sabzavotli salat  
Masalliqlar(3kishi uchun)

-1dona piyoz

-0.5ta bodring

-1ta pamildori

-2bo’lak sarimsoq

-1dona sabzi

Tayyorlash:

Piyozni osh dimlaydigan olovdan biroz baland olovda qizarguncha

qovurib(7-10min), sarimsoq solib qovuramiz.

Pamildori, bodringi kubik shaklida to’g’raymiz.

Sabzidan markovka qilamiz.(qirg'ichdan o'tkazishi o'zi yetadi)
Hamma masalliqqa yana sarimsoqni juda mayda to’g’rab solamiz.
(Qovurilga piyozni issiqligida jizillatib solamiz)

Tuz va zira solib, aralashtiramiz.
                                                                     

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


BahSULTAN  18 Noyabr 2009, 21:01:09

Салат из манго
Состав:
манго,
руккола,
черри,
кедровс‹е орешки,
салатс‹й лист,
А¦итрусовас заправка.
 Акимли иштаха

Qayd etilgan