Bu taom ni nomi :"
Damat pachasi" yoki "œKuyov bola pochasi" balki yufqalarni pochaga o’hshatishgandir
Har bir taomning o’z tarixi bor, albatta. Turkiyaning Trakya deb atalgan qismiga oid. 6-7 kishi bemalol to’yadi. Lekin yonida boshqa ovqat qilmanglar, isshig’ida yeyish kerak, isitishi qiyinroq va mazasi qochadi, hamir ovqatni bilasizlar"¦
Masalliqlar: 1. 3 dona yufqa
2. O’rta kattalikda 1 dona tovuq
Sousi uchun: 1. 3 qoshiq salat yog’i
2. 3 qoshiq qatiq
3. 3 dona sarimsoq tishi(ezilgan)
4. 2 dona tuxumning sarig’i
5. 3 qoshiq un
6. 1 choy qoshig’i tuz
7. 2 qoshiq sirka(uksus)
8. 3 stakan tovuq suvi (tovuqni qaynatgan suvdan solasiz)
Tayyorlanishi:Avvalo tovuqni mayda bo’laklarga bo’ling va qozonga10 stakan suv solib yaxshilab pishguncha qaynating. Tovuqni suvdan olib, maydalab titing, suvini esa to’kmang.
3 dona yufqani salfetka kattaligidagi bo’laklarga bo’lib, listga joylang.
10 daqiqa oldindan isitilgan duxovkada 175 darajada 15-20 daqiqa yufqalarni usti sarg’ayguncha pishiring. Qizargan yufqalarni duxovkadan olib o’rta kattalikdagi shisha (bor bo’lsa yaxshi bo’ladi) duxovka idishiga joylang va ustiga 6 stakan tovuq suvidan issiq holda aylantirib sepib chiqing.
Ustiga maydalangan tovuq go’shtlarini seping. Yaxshilab yumshashi uchun 5 daqiqa duxovkani ichida qoldiring. Yufqa pishgandagi issiqliga yetgani uchun yonishi shart emas, iliq bo’lsa bo’ldi.
Bir tarafdan sous tayyorlash uchun salat yog’i, qatiq, ezilgan sarimsoq, sirka, tuz, tuxum sarig’i, un va 3 stakan tovuq suvini (agar tovuq suvi qolmagan bo’lsa oddiy suv ham bo’laveradi)chuqur idishda mikserda yaxshilab 2-3daqiqa aralashtiring. Aralashmani qozonga solib o’rta olovda aralashtira boshlang. Atala qo’yiqligiga kelguncha pishiring. Qaynay boshlagandan keyin olovdan oling.
Ohiri esa bu sousni tovuqli yufqalarni ustiga to’king.
Agar saryog’ yaxshi ko’radiganlar bo’lsa, 2-3 qoshiq saryog’ni qizdirib ichiga bir chimdim garmdori soling, issig’ida taomni ustiga to’king.
Mayda bo’laklarga bo’lib, dasturxonga uzatishingiz mumkin.
Osh bo’lsin