Turkcha taomlar.  ( 58153 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  29 Mart 2010, 14:05:56

"Hamsili palov"



Masalliqlar:
1.   1 kg un.
2.   Makkajo’hori uni

   Palovi uchun:

1.   3 stakan guruch  ( 500 gr atrofida)
2.   2 qoshiq palov mayizi (Turk tilida "œkush uzumi" deyiladi)
3.   2 qoshqi do’lmaga solinadigan mahsus pista
4.   1 dona piyoz
5.   1 qoshiq saryog’
6.   Petrushka
7.   Ukrop
8.   Tuz
9.   Suv (palovga ketadigan qadar suv)
10.   Xohlaganlar murch yoki garmdori ham solishlari mumkin.

Tayyorlanishi:

Avvalo palovni tayyorlaylik. Piyozni saryog’da qovuring. Biroz qovurgandan keyin guruchni ham solib 5-6 daqiqa past olovda qovuring. Mayiz va tuzni ham solib masalliqlarni birgalikda qovuring. Ohirida suvini quyib, palovni pishishini kuting. Suvini tortgandan keyin mayda to’gralgan ukropbi qozonga solib aralashtiring.
Bir boshqa tarafda hamsi baliqlarni tozalang. Yaltiroq taraflarini makkajo’hori uniga botiring. Duxovka idishingizni atrofiga yana yaltiroq qismlarini tashqariga qaraydigan va idishdan biroz oshadigan  shaklda tering. Chunki palovni solgandan keyin ustini yopishingiz oson bo’ladi. Hamsilar pishgani sari kichraygani uchun bir-biriga yopishgan holda bo’lsin. Palovni idishning o’rtasiga solib, ustini ham hamsi bilan qoplang. 180 darajada hamsilar qizarguncha pishiring.





Qayd etilgan


Ansora  02 May 2010, 20:25:06

Turkiyaning Afyon viloyatiga oid: "Patlıcan bo'reg'i" yoki Baqlajon taomi



Masalliqlar:

1.   5-6 dona yirik baqlajon
2.   200 gr qiyma
3.   2 dona pomidor
4.   3 dona uzun bolgarskiy
5.   Tuz
6.   Murch
7.   3 dona tuxum
8.   1 qoshiq un
9.   3-4 qoshiq salat yog’i yoki 2-3 qoshiq saryog’
10.   1 dona piyoz
11.   Biroz jambil yoki petrushkani quritilgani

Tayyorgarlik:  

1.   Baqlajonlarni ola-bula shaklda po’stini kesamiz.
2.   Ularni to’rtburchak qilib kesing.
3.   Chuqurroq idishni ichiga suv va ozgina tuz solib baqlajonlarni solamiz, 15-20 daqiqacha tursin, agar achchig’i bo’lsa ketadi.
4.   Duxovkangizni shishali yoki metal idishini yog’lang.

Taomning tayyorlanishi:

1.   Piyozni mayda qilib to’g’rab yog’da qizarguncha qovuramiz.
2.    To’g’ralgan va suzilgan baqlajonlarni ham piyozni ustiga solib biroz tuz bilan birga qovuramiz.
3.   Baqlajonlarni o’rta holda yumshaguncha qovuramiz. Unchalik ezilmasligi kerak.
4.   Baqlajonlar yumshagandan keyin qiymani solamiz. 1-2 aralahstirgandan keyin tuz, murch, jambil yoki petrushka quritilganini qozonga solamiz. 3 dona tuxumni ham qozonga chaqamiz. Darrov 1 qoshiq unni ham soling. Biroz qo’yiq-biroz suyuq aralashmani olindan yog’langan duxovka idishimizga to’kib, taxta qoshiq bilan tekislaymiz. Men aralashmani ustiga 1 dona tuxumni sarig’ini surdim.
5.   Pomidor va bolgarskiyni xohlagan shaklingizda to’g’rab, aralashmani ustiga qo’yishingiz mumkin.
6.   Oldindan isitilgan 180-200 darajadagi duxovkaga solib, usti qizarguncha pishiramiz.
7.   Pichoq bilan kesib, ikrom etishingiz mumkin.
8.   Yonida ayron bilan okroshka (Turkchasi Jajık) yaxshi ketadi.
9.   Yoqimli ishtaha : )




Qayd etilgan


BelleQizcha  02 May 2010, 22:11:20

Anu sabzili salat retspei yog'akanuuuuuu..

Qayd etilgan


Ansora  02 May 2010, 22:14:23

Anu sabzili salat retspei yog'akanuuuuuu..

Men odatda 5-6 kishilik salat uchun 1 kiloga yaqin sabzini qirg'ichdan o'tkazaman. Yarim stakan salat yog'ida 15 daqiqacha qovuraman, keyin sovutaman. Sovugandan keyin 1 stakan qatiqni ichiga 2-3 tish sarimsoqni ezib solaman va ustidan to'kaman. Eng ustiga esa ezilgan yalpiz, maydalangan garmdori, murch bilan bezak beraman.

Qayd etilgan


Ansora  06 Iyun 2010, 11:05:45



Yapon quyoshi

Masalliqlar:

1.   1 kg suyaksiz mol go’shti
2.   300 gr qo’ziqorin
3.   2 dona baqlajon
4.   2 dona yufqa
5.   Qatiq

Tayyorlanishi:

1.   Go’shtni tovada oz miqdorda salat yog’i bilan suvini tortguncha qovuring. Qo’ziqorinni ham boshqa bir tovada qovurib, go’sht bilan aralashtiring.
 
2.   Baqlajonlarni to’rtburchak shaklida kesib, tuzli suvga soling. 10-15 daqiqadan keyin suvini suzib, yog’da qizarting.

3.   Yufqalarni mumkun marotaba eng kichik uchburchak shaklida kesib (8-12 dona) oralariga hech narsa solmasdan sigara bo’regiday o’rang) Uchlarini suv bilan ho’llab yoping va salat yog’ida qovuring.

4.   Dumaloq bir idishning eng past qismiga qo’ziqorin va go’sht aralashmasini, ikkinchi qavatga esa baqlajon qovurmasini soling. Ustiga bo’sh sigara bo’reklarini quyosh nurlariday terib chiqing.

5.   O’rtasini ochib, sarimsoqli yoki sodda qatiq soling. 

Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan


Ansora  06 Iyun 2010, 11:07:52



Hunkar beg’endi Hunkor (Podshoh yoqtirdi)

Beshamel sousi uchun masalliqlar:

1.   3-4 dona baqlajon
2.   3 qoshiq un
3.   4 qoshiq saryog’
4.   2 stakan sut
5.   0.5 qoshiq tuz

Go’shtli qism masalliqlari:

1.   1 kg qo’y go’shti (uzun-uzun qilib kesing)
2.   2 tilim sarimsoq (to’g’ralgan)
3.   1 qoshiq un
4.   1 qoshiq tomat
5.   Tuz
6.   Murch

Sousning tayyorlanishi:

1.   Baqlajonlarni aluminyum falgaga o’rab gazni ustida yoki duxovkani ichida pishiring. Pishgandan keyin po’stini so’yib, pichoqda ezing.
2.   Saryog’ni unda qovuring.
3.   Sutni oz oz soling.
4.   Tuz soling,
5.   Bu sousni ezilgan baqlajonlarga aralashtiring.
6.   Qorishmani chuqur idishga soling.

Go’shtning tayyorlanishi:

1.   Go’shtni tovada, oz miqdorda yog’ bilan suvini tortguncha qovuring.
2.   Unni soling.
3.   Sarimsoq va tomatni ham qo’shgandan keyin tuz va murch bilan lazzat bering.
4.   Go’shtli qorishmani kengroq idishga soling.

Dasturxonga birinchi sous so’ngra esa go’shtni solib torting.

Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan


Ansora  02 Sentyabr 2010, 11:56:53

"Misket" kotletlari




Kotlet uchun

1. 500gr yog'siz qiyma
2. 2 tilim biroz suvi qochgan nonni ichi
3. 3 qoshiq zaytun yog'i, bo'lmasa salat yog'i
4. 3 qoshiq sut
5. biroz murch
6. istakka qarab biroz garmdori
7. 1 dona tuxum
8. biroz tuz
9. istakka qarab mayda to'g'ralgan petrushka

Bu mahsulotlarni yaxshilab qoring. Muzxonaga 10-15 daqiqa qo'ying.
Keyin oz yog'da qizarguncha qovuring.

Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan


Ansora  05 Noyabr 2010, 16:33:42

Karnıyarık

Masalliqlar:
6 dona o'rta kattalikda baqlajon. Shakli to'g'ri bo'lsa ichini yorishingiz ham oson bo'ladi.
2 dona o’rtacha piyoz
2 qoshiq tomat (yozda 2 dona pomidor ham bo’ladi)
250 gr qiyma
2-3 dona bolgarskiy, Bulgar qalampiri (uzunidan bormi, O’zbekistonda bilmadim)
1-2 tish (dona) sarimsoq
1/3 stakan yog’ (stakan 250 ml)
2 qoshiq margarin yoki saryog’
2 stakan issiq suv
Ozgina petrushka (istakka ko’ra)
Tuz, murch, achchiq qalampir (istakka ko’ra)
Tayyorlanishi:
1.   Baqlajonlarni ola-bula qilib, yani boshdan boshlab ohirigacha ingichka qilib po’stini kesing. Keyin ichiga tuz solingan idishga yarim soat solib qo’ying. Baqlajonlarni suvdan chiqarib yaxshilab mo’l suvda yuving. Keyin sochiq bilan suvini quriting. Bo’lmasa yog’da qovurayotganingizda yog’ sachratadi.
2.   Tovada qizdirilgan yog’da baqlajonlarni kuydirmasdan qovuring. Rangi hafif pushti bo’lishi bilan boshqa taraflarini ham bir tekisda qovuring. Hamma tarafini yaxshilab yog’da qovursangiz ham yumshoq bo’ladi, ham achchiq joyi qolmaydi.
3.   Pomidorlarning po’stini arching. 6 dona dumaloq shakl parrak qilib kesgandan keyin qolganlarini maydalab to’g’rang.
4.   Piyoz va bolgarskiylarni ovqatga to’g’raganday to’g’rang.
5.   Boshqa bir tovada margarin yoki saryog’ni eriting. Qiymani yog’da 3-4 daqiqa qovuring.
6.   Piyoz va bolgarskiylarni ham qiymaga qo’shib  1-2 daqida qovuring.
7.   Pomidorlarni (mayda to’g’ralganlarini) yoki tomatning 1 qoshig’ini qovuring.
8.   Bor bo’lsa petrushkani solib qovuring.
9.   Qorishma qizara boshlaganda olovdan oling, ustiga tuz, murch va achchiq qalampirni va mayda to’g’ralgan sarimsoqni aralshtiring.
10.   Baqlajonlarimiz yog’da qovurilgandan keyin sovugani qoldirgan edik. Ularni o’rtasidan qoshiqni orqasi yoki vilka bilan sekin sekin bostirib yoring. Yorishda diqqat eting, tagi teshilib qolmasin.
11.   Yuqorida qovurib tayyorlagan qiymali masalliqni baqlajonlarni ichiga soling. Ustiga oldindan parrak holida kesib tayyorlangan pomidorlardan qo’ying. Agar bor bo’lsa, bolgarskiy aralsh ham qo’yishingiz mumkin.
12.   Baqlajonlarni duhovkaning listiga yonma yon qilib tizing. Agar qiymali qorishmadan ortgan bo’lsa atrofiga yoyishingiz mumkin.
13.   2 stakan qaynoq suvni 1 qoshiq tomat, yarim qoshiq choy qoshig’i tuz bilan yaxshilab aralashtiring. Baqlajonlarning ustiga to’kib, 20 daqiqa duxovkada pishiring.
14.   Meni teflon qozonim bor, keng bo’lgani uchun duxovkada emas shu qozonimda pishiraman. Siz ham o’zingizga qarab pishirishingiz mumkin.


Qayd etilgan


Saliha  05 Noyabr 2010, 18:37:13

Kapalak, tayyorlagan taomlariz judayam chiroyli chiqqan..elina saglik Allah bereket versin...

Qayd etilgan


Saliha  01 Dekabr 2010, 11:17:57

Kisir



Qayd etilgan