Turkcha taomlar.  ( 58167 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  04 Yanvar 2010, 21:10:28



Duxovkada sabzavotli tovuq:

Masalliqlar:

1.   1 butun tovuq
2.   1 dona limon
3.   2 dona sabzi
4.   4 tish sarimsoq
5.   2-3 dona piyoz
6.   1 dona pomidor
7.   500 gr yashil no’xat konservasi
8.   2 dona yirik kartoshka
9.   Jambil
10.   Murch
11.   Garmdori
12.   Tuz
13.   Salat yoki zaytun yog’i

Tayyorlanishi:

1.   Tovuqni yaxshilab yuvib, har tarafini limon suvi bilan arting. Sabzilarni archib yirik shakllarga bo’ling. Kartoshkalarni ham to’rtburchak qilib to’g’rang. Piyoz va sarimsoqlarni archib ikkiga bo’ling. No’xat va pomidorlarni qo’shib sabzavotlarni hammasini aralashtiring.
2.   Ziravorlarni, tuzni zaytun yog’ini va bie necha tomchi limon suvini tovuqni har tarafiga surting.
3.   Duxovkaning mahsus paketini unlab tovuq va sabzavotlarni paketga joylang. Paketni bir necha joyidan teshib og’zini mahkam yoping. Oldindan isitilgan 210 daraja duxovkada 45-50 daqiqa pishiring. Pishgandan keyin paketni ichidan tovuqni chiqarib yana bir necha daqiqa duxovkada qoldiring. Shunday qilsangiz tovuqning usti ham qizaradi.



Qayd etilgan


Ansora  04 Yanvar 2010, 21:13:46



Xohlaganlar sabzavotlarni ichiga qo'ziqorin ham solishlari mumkin....

Qayd etilgan


Ansora  25 Yanvar 2010, 14:37:01



Bu taom ni nomi :"Damat pachasi" yoki "œKuyov bola pochasi" balki yufqalarni pochaga o’hshatishgandir : ) Har bir taomning o’z tarixi bor, albatta. Turkiyaning Trakya deb atalgan qismiga oid. 6-7 kishi bemalol to’yadi. Lekin yonida boshqa ovqat qilmanglar, isshig’ida yeyish kerak, isitishi qiyinroq va mazasi qochadi, hamir ovqatni bilasizlar"¦

Masalliqlar:

1.   3 dona yufqa
2.   O’rta kattalikda 1 dona tovuq

Sousi uchun:

1.   3 qoshiq salat yog’i
2.   3 qoshiq qatiq
3.   3 dona sarimsoq tishi(ezilgan)
4.   2 dona tuxumning sarig’i
5.   3 qoshiq un
6.   1 choy qoshig’i tuz
7.   2 qoshiq sirka(uksus)
8.   3 stakan tovuq suvi (tovuqni qaynatgan suvdan solasiz)

Tayyorlanishi:

Avvalo tovuqni mayda bo’laklarga bo’ling va qozonga10 stakan suv solib yaxshilab pishguncha qaynating. Tovuqni suvdan olib, maydalab titing, suvini esa to’kmang.
3 dona yufqani salfetka kattaligidagi bo’laklarga bo’lib, listga joylang.
10 daqiqa oldindan isitilgan duxovkada 175 darajada 15-20 daqiqa yufqalarni usti sarg’ayguncha pishiring. Qizargan yufqalarni duxovkadan olib o’rta kattalikdagi shisha (bor bo’lsa yaxshi bo’ladi) duxovka idishiga joylang va ustiga 6 stakan tovuq suvidan issiq holda aylantirib sepib chiqing.
Ustiga maydalangan tovuq go’shtlarini seping. Yaxshilab yumshashi uchun 5 daqiqa duxovkani ichida qoldiring. Yufqa pishgandagi issiqliga yetgani uchun yonishi shart emas, iliq bo’lsa bo’ldi.
Bir tarafdan sous tayyorlash uchun salat yog’i, qatiq, ezilgan sarimsoq, sirka, tuz, tuxum sarig’i, un va 3 stakan tovuq suvini (agar tovuq suvi qolmagan bo’lsa oddiy suv ham bo’laveradi)chuqur idishda mikserda yaxshilab 2-3daqiqa aralashtiring. Aralashmani qozonga solib o’rta olovda aralashtira boshlang. Atala qo’yiqligiga kelguncha pishiring. Qaynay boshlagandan keyin olovdan oling.
Ohiri esa bu sousni tovuqli yufqalarni ustiga to’king.
Agar saryog’ yaxshi ko’radiganlar bo’lsa, 2-3 qoshiq saryog’ni qizdirib ichiga bir chimdim garmdori soling, issig’ida taomni ustiga to’king.
Mayda bo’laklarga bo’lib, dasturxonga uzatishingiz mumkin.
Osh bo’lsin  : )

Qayd etilgan


Ansora  02 Mart 2010, 23:44:01

Maklube




Masalliqlar


1. 500 gr to'g'ralgan go'sht
2. 2 stakan guruch (300 gr-ga yaqin)
3. 2 dona kartoshka
4. 1 qoshiq saryog'
5. keragicha tuz

Tayyorlanishi:

Chuqur qozonda go'shtlarni yaxshilab qovuring.





Qayd etilgan


Ansora  02 Mart 2010, 23:47:41

Go'shtlarni qozondan olmasdan ustiga yuvilgan guruchni yarimini soling.




Halqa-halqa kesilib, yog'da qizartirilgan kartoshkani guruchni ustini qoplaydigan shaklda terib chiqing.



Qayd etilgan


Ansora  02 Mart 2010, 23:52:01

Ustiga qolgan guruchni solib, tekislang. 1 qoshiq saryog'ni mayda bo'laklar holida guruchlarnin ustiga soling.



Tuzini ham soling va guruchlarni ustidan 3-4 sm yuqorida qaynagan suv soling va qozonni qopqog'ini yoping.

Qayd etilgan


Ansora  02 Mart 2010, 23:55:19

Qozonni kavlamasdan past olovda taomni pishiring. Osh pishgandan keyin katta idishga (rasmga ko'rganingizday) go'shtlar yuqoriga keladigan shaklda qozonni to'ntaring.



Hoxlasangiz kartoshkani eng ustiga qo'yishingiz mumkin.

Katta idishga solgandan keyin salat va qatiq bilan bezashingiz mumkin....

Osh bo'lsin : )


Qayd etilgan


ossiyobinti  03 Mart 2010, 10:48:36

Assalomu alaykum!
Kapalak opa judayam mazali bosa kere! Korib ishtaham ochilib keti! ;D

Qayd etilgan


Zamiraxon  16 Mart 2010, 12:35:11

Assalomu alaykum, Kapalak opa, Turkiyaga mehmonga boradigan bo'ldik bunaqa taomlarni ko'rib, tez forumdagi qizlar yig'ilishib sizni ko'rishga, bir yo'la shunaqa ajoyib taomlardan bahramand bo'lib kelamiz, inshaAlloh.

Qayd etilgan


Ansora  17 Mart 2010, 20:51:52

Assalomu alaykum, Kapalak opa, Turkiyaga mehmonga boradigan bo'ldik bunaqa taomlarni ko'rib, tez forumdagi qizlar yig'ilishib sizni ko'rishga, bir yo'la shunaqa ajoyib taomlardan bahramand bo'lib kelamiz, inshaAlloh.

V.assalom Zamiraxon. Sizlar yetarki kelinglar, Turk taomlarni aylansin sizday mehmonlardan ;D

Qayd etilgan