Turkcha taomlar.  ( 54111 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  02 Dekabr 2010, 13:47:28







"Fırında patlıjan kebap" yoki Duxovkada baqlajon kabobi:)

Masalliqlar:

500 gr o’rtacha yog’li qiyma
1 kg o’rta bo’y baqlajon
4-5 dona pomidor (agar pomidor kam bo’lsa ustiga tomatni suvda eritib to’ksangiz ham bo’ladi)
2 qoshiq tomat
2 dona piyoz
4-5 dona bulg’or qalampiri-uzunidan
tuz, murch, garmdori
5-6 qoshiq pista yog’i
2-3 tish sarimsoq

Tayyorlanishi:

1 dona piyoz va sarimsoqlarni qirg’ichdan o’tkazing. Bularga qiyma, tuz, murch va garmdorilarni qo’shing. Butun masalliqni yaxshilab qoring. Hosil bo’lgan kotlet "œhamirini" 1 soat muzlatgichda kuttiring. Baqlajonlarni qalin 2 sm qadar halqalar shaklida to’g’rang. Achchig’i ketishi uchun tuz solingan idishda 15 daqiqa tuting. Qiyma hamiridan yong’oq kattaligida parchalar olib yassi kotlet shakli bering va 2 baqlajon halqasi orasiga joylang. Butun masalliqni shu shaklda duxovka idishingizga terib chiqing. Pomidorlarni po’stini archib mayda qilib to’g’rang. Mayda to’g’ralgan piyoz bilan aralashtiring va baqlajonlarni ustiga seping. Men 2 dona pomidorni parrak qilib kesib, joyladim. Bulg’or qalampirini ham baqlajonlarni yoniga tering. Ohirida pista yog’ini baqlajonlarni ustidan sepib, 280 darajada 1 soatga yaqin pishiring. Men kabobni guruch bilan dasturxonga tortdim.


Qayd etilgan


Saliha  02 Dekabr 2010, 17:42:55

Kapalak, Allah sizdan rozi bo'lsin...erinmay bolezdan vaqt ajratib yozganiz uchun rahmat kottakon..
albatta tayorlab ko'raman  : )

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  02 Dekabr 2010, 18:00:34

Iloji bo`lsa turklarning shirinliklari resteptlaridan ham yozilar?

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  02 Dekabr 2010, 18:04:44

masalan Qurabiyeni?

Qayd etilgan


Ansora  02 Dekabr 2010, 18:13:43


Qayd etilgan


Ansora  16 Fevral 2011, 19:30:38

Duxovkada kolbasali makaron

İchi uchun Masalliqlar (5-6 kishi uchun)

1. 300 gr duxovka uchun mahsus makaron, bo'lmasa yirik uzun makaron.
2. 3 dona tuxum
3. 1 stakan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq.
4. 1 stakan (200gr) sut
5. 5-6 qoshiq salat yoki zaytun yog'i
6. biroz petrushka (xohlaganlar uchun)
7. 100 gr kolbasa
8. tuz
9. murch

Usti uchun:

1 stakan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq

Tayyorlanishi:

1. Makaronni 15-20 daqiqa suvda pishirgandan keyin suzing va 1 qoshiq salat yog'i kezdiring (yopishmasligi uchun)
2. Bir idishda sut, tuxum, petrushka, yog', to'g'ralgan kolbasa, pishloqni aralashtiring.
3. Qorishmani makaron bilan biroz aralashtiring.
4. Duxovka idishingizni yog'lab, qorishmani soling.
5. Ustiga pishloqni seping.
6. Oldindan isitilgan duxovkada makaronni usti qizarguncha pishiring. Men 200 darajada 45 daqiqa pishirdim.

Yoqimli ishtaha.







Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  13 Dekabr 2011, 19:24:26

Kapalak opa vaqtingiz bo'lganda turk boreklaridan ham o'rgatib o'ting.
Ko'katli borek, tuhumli boreklar bo'lardi.

Qayd etilgan


Ansora  13 Dekabr 2011, 20:33:32

Kapalak opa vaqtingiz bo'lganda turk boreklaridan ham o'rgatib o'ting.
Ko'katli borek, tuhumli boreklar bo'lardi.

Inshalloh:)

Qayd etilgan


Зайнаб  14 Dekabr 2011, 11:28:57

 :asl3:  Kapalak опа. Сиздан бир туркча ширинлик ҳақида ссрамочийдим. леикн номиним билмайман, сизга суратини ҳам қсйиб беролмайман. Жуда ёқдида. тушунтириб ксраман :)

А анги қора, ичида печенье бслаклари бор. Жудасм мазали. Дастурхонга тортиш олдидан совутгичда совутилар скан. Бслмаса қуюқ асалга схшаб сриброқ тураркан. Бирон нарса тушундингизми :)))

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  15 Dekabr 2011, 06:07:23

Sabzavotli bo’rek

Masalliqlar:

1.   3 dona tayyor yufqa
2.   2 dona kartoshka
3.   2 dona sabzi
4.   1 stakan yashil no’xot (zelyonıy goroshek)
5.   5-6 qoshiq salat yog’i
6.   1 chimdim tuz
7.   Bo’rekni ustiga surtish uchun 1 tuxumni sarig’i va 1 qoshiq qatiq
8.   Sedana

Tayyorlanishi:

Avvalo sabzini qirg’ichdan o’tkazib qizigan yog’da qovura boshlaymiz, bu orada kartoshkalarimizni qirib tayyorlaymiz. Sabzi 5 daqiqacha qovurilgandan keyin kartoshkalarni ham tovaga solib qovuramiz, tuzni sepamiz. 5 daqiqadan keyin esa no’xotlarni aralshmaga solamiz va 2 daqiqacha qovuramiz. Qorishmani olovdan olib ilitamiz.
Yufqalarni 8 ga bo’lamiz. Kosachani ichida masalliqni solib, somsaga o’hshab yopamiz. Qattiq bosmang, o’zi yopiladi Ustiga tuxumni surtamiz, sedanani sepamiz.
180 darajda isitilgan duxovkaga bo’reklarni joylashtiramiz. 40 daqiqadan keyin sabzavotli bo’reklar tayyor"¦

Pazandalik sirlari mavzusida shu postingizga duch keldim.
Shu yuqorida pirishilgan borekni rasmidan bormi?

Qayd etilgan