4. Malik.
Barcha narsani egasi. «Malik» haqiqiy egadir. Undan o’zga ega yo’qdir. Shuning uchun bandalar faqat unga qul bo’ladilar. Hech vaqtda bir qulga ikki xo’jayin bo’lmaydi. Shuning uchun insonlar o’zlariga o’xshagan insonlarga emas, balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul bo’lishlari lozim.
5. Quddus.
«Quddus»-barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan munazzah, mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning o’zigagina xosdir.
6. Salom.
«Salom»-barcha nuqsonlardan salomat. Shuningdek, tinchlik, xotirjamlik va rohat beruvchi degani. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi.