Men odatda qovurma sho'rvani shunday tayyorlayman.
4-5 kishilik bu, siz ham shunga qarab masalliqni oz-kam solaverasiz.
Masalliqlar:
1. Go'sht 05. kg-ga yaqin. Suyakli go'sht bo'lsa protein ma'nosida juda yaxshi, lekin uzoqroq qaynashiga to'g'ri keladi.
2. 2 dona piyoz
3. 2-3 dona sabzi
4. 2-3 dona uzun bolgarskiy (Charlstohn biber deyishadi bu yerda)
5. 2-3 dona pomidor yoki 1 qoshiq tomat
6. 4-5 tish sarimsoq
7. 2 qoshiq saryog' yoki salat yog'i
8. keragicha tuz. Tuzni butun masalliqlarni qovurib bo'lgandan keyin soling, bo'lmasa go'shtni qotirib qo'yadi.
9. Xohlasangiz garmdori solishingiz mumkin.
Boshda piyozni qovuraman, go'shtni birinchi solsangiz go'shtdan chiqqan modda qozonga yopishib qolaveradi, boshda piyozni qovursangiz piyozni suvi go'shtni qozonga yopishtirmaydi. Qovuratotganda odatda qozonni qopqog'ini yopib qo'yaman, suvi parlanib ketmaydi.
Go'shtimizni ham yaxshilab qovurgandan keyin, bolgarskiylarni solaman, keyin sabzini.
Bulardan keyin tomat yoki pomidorni qovuraman.
Hamma masalliqlarni qovurib bo'lgandan keyin esa qozonga qaynagan suv solaman, qaynagan suv ovqatni mazasini yo'qotmaydi, buni unutmang.
Tuz, sarimsoqlarni suv solgandan keyin qozonga tashlayman.
Boshda bir qaynab chiqqandan keyin o'rta olovga olaman. Qopqog'i yarim ochiq turadi.
Garmdorini pishishiga yaqin solaman.
Piyozni yaxshi ko'rsangiz 0.5 piyozni mayda to'g'rab pishishiga yaqin qozonga solishingiz mumkin.
O'rtalama 30-40 daqiqada tayyor bo'ladi. Osh bo'lsin.