JONIVORLAR HAQIDA HIKOYALAR  ( 5825 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


shoir  17 Mart 2008, 12:56:04

M. Sladkov (Rossiya)

QIZILISHTON

Kimdir daraxtni tinimsiz taqillatar edi. Qiziqsinib qaradim. Daraxtda hech kim yo`q! Birdan kovakdan qizilishton paydo bo`ldi. U kovak ichida o`tirib dukillatayotgan ekan. Kovakni in uchun kengaytirish bilan ovora shekilli, meni sezmadi ham.
Тumshug`idagi mayda tarasha va chiqindilarni pastga tashladi-da, ko`zlarini pirpiratib aksa urdi, so`ng yana kovagiga sho`ng`ib, ishni davom ettirdi.
Ha, tumshuq bilan daraxtda in qurmoq oson emas! Har gal shu daraxtning yonidan o`ta turib quloq tutar edim: dukillatyaptimi deb. Dunyodan bexabar qizilishton hanuz ishi bilan band. Aftidan bitib qolgan shekilli. Lekin tovush ancha pastlashgan. Daraxt tagidagi tarashalar uyumi esa kattalashib borar edi.
Nihoyat ovoz tindi, ona-qizilishton tuxum bosdi. Ko`p o`tmay uyadan qizilishton polaponlarining chiyillashi eshitildi. Polaponlar ovqat so`rayotgan edi. Bu paytda kimda kim uyaga yaqinlashsa, ota-ona qizilishtonlar darrov tahlikani sezib, shovqin solishardi. Ayniqsa, odamlar va olmaxonlarni xush ko`rishmas edi: ular yaqinlashishlari bilan shunday to`s-to`polon ko`tarishardiki!
Ko`p o`tmay uzun tumshuq, qizil qalpoqchali polaponlar ham uyasidan ko`rina boshladilar. Boshlarini chiqarib, har bir uchib o`tgan qushcha yoki pashshaga anqayishardi. Ularga hamma narsa qiziq: axir hali o`rmon hayoti ularga notanish.
Mana endi na dukillash, na polaponlar ovozi eshitiladi: ular keyingi bahorgacha uyani tark etishdi. Bahorda esa qizilishton yana shunday epchillik bilan go`yo nog`ora chalayotgandek uya yasashni boshlab, polaponlarini katta qiladi.

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2008, 12:56:31

Eman kovagidagi maktub

Italiyada har bir bolaning tug`ilishi bilan daraxt ko`chati ekiladi. Buni bajarilishini Italiya senatining qishloq senati komissiyasi tomonidan joriy qilingan qonun talab qiladi.
Bola tug`ilib ro`yxatga olingandan 15 oy o`tgandan keyin munisipalitetning maxsus bo`limi bolaning tug`ilganlik haqida guvohnomasida daraxt ekilgan joyni qayd qiladi.
***
Oddiy oq qayin kutilmaganda geologlarga "œyordamga keldi". Aniqlanishicha, oq qayin yer qa`ridagi «oltin xazinalarini» nafaqat topa oladi, balki ko`rsata oladi ham. Gap shundaki, qayinning ildizlari 10 metr chuqurlikkacha o`sib boradi. Oltinning suvdagi erigan mikrodozalarini qayin shirasi tarkibiga yig`ar ekan. Buni tasdiqlash uchun qayin shirasini maxsus tekshirishdan o`tkazish kifoya qiladi.
***
Kunlardan bir kuni, 100 yilcha avval bir yo`lovchi Germaniya bo`ylab sayohat qila turib, Emiliya ismli bir mahalliy qizni jonidan ortiq sevib qolibdi. Qizning otasi qizga ajnabiy yigit bilan uchrashishni taqiqlab qo`ydi. Qizning uyiga yaqin bir joyda katta eman daraxti o`sar edi. Daraxtda esa albatta kovak bo`ladi. Oshiq yigit bundan foydalanib qoldi: u sevgilisiga atab yozgan nomalarini daraxt kovagiga tashlab ketar, Emiliya esa u yerdan olib ketar edi.
Hozirgi kunda ham tevarak atrofdagi sevishganlar Eman daraxtiga kelib uning mashhur kovagiga sevgi maktublarini tashlab ketishadi. Lekin konvertlarga marka yopishtirishni eslaridan chiqarishmas ekan. Har kuni pochtalon kelib xatlarni kovakdan olib, tegishli manzillarga yetkazib berar ekan.

"œYuniy naturalist" jurnalidan
V. Po`latova tayyorladi.

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2008, 13:07:17

N. Sladkov

Qora laylak


Qora laylak o`rmonda yolg`izlikda yashovchi qush. Uni ko`rganlar kamdan-kam uchraydi. U o`zini ko`z-ko`z qilishni yoqtirmaydi.
Laylakni asosan osmonda ko`rish mumkin. Shunda ham ko`z ilg`ab bo`lmaydigan balandlikda.
Aslida qora laylak uncha qoraham emas. Qorni, biqinlari, qanot qalqonlari qordek oppoq. Tumshug`i qizil, uzun oyoqlari alvon rangda. Laylak soya joylarda qoramtir bo`lib ko`rinadi, quyoshda esa goh yashil, goh zangor, ba`zan hatto qip-qizil bo`lib ham ko`rinadi. Afsuski, bu tovlanishlar qafasda o`z-o`zidan ko`rinmay qoladi. Qora laylak o`rmonning quyuq soya-salqin joylarida qimmatbaho tosh kabi rangini o`zgartirib viqor bilan qadam tashlab yuradi. Lekin bu tovlanishni faqat yaqindan ko`rsa bo`ladi.
Kunlardan bir kuni o`rmonning ovloq joyidagi ko`lda maza qilib cho`mildim. Mayda baliqchalar men bilan o`ynamoqchi bo`lganday atrofimda gir aylanardi. Ularga mening qizil lastalarim yoqib qolgan shekilli, lastalarimga chivindek yopishib olishdi. Shu payt ko`lning narigi chetida uchta qora laylakka ko`zim tushdi. Ular tizzasigacha suvda turar, tumshug`lari suvda edi. Laylaklar meni sezishlari hamon ko`kka parvoz qilishdi.
Laylaklar turgan joyda mayda baliqchalar guj bo`lib ketgan edi. Shunda men qizil lastalarim haqida o`ylab qoldim. Nahotki, laylaklar qizil oyoqlari-yu, qizil tumshuqlari bilan baliqlarni o`ziga jalb qilsa? Shu xayol bilan suvga qizil lastalarimni botirgan ham edim-ki, baliqchalar lastalarga pashshaday yopishib olishdi. Obbo laylaklar-ey, odam oyog`i yetmagan o`rmonda yashasa-da, shunday narsaga faxmi yetibdi-ya!

Qayd etilgan


shoir  17 Mart 2008, 13:08:29

havo rang kapalaklar

O`rmonning loy va sokin yo`lidan ketayotgan edim. O`rmonda odamni nima cho`chitib yuborishi mumkin? Biron qush qichqirig`ini eshitib qo`rqib ketasiz yoki kutilmaganda biron jonzot ro`parangizdan lip etib chiqib qoladi.
Bu safar hech qanday qichqiriq ham eshitmadim, hech nima yugurib ham chiqmadi, biroq men baribir hayajonga tushdim. Loyqa ko`lmak ustida havo rang kapalaklar galasi parvoz qilayotgan edi. "œQanotli bulutchalar" quyosh nurlari ostida, go`yo alanga uchqunlari kabi bezovta bo`lib, o`zini bir ko`lmakdagi suvga, bir yuqoriga urar edi. Ular ko`lmakda o`z aksini ko`rmoqchi bo`lganday goh ko`lmakka yopirilishar, goh botqoqqa qo`nib olishardi. Shu paytda botqoq gullar bilan qoplanib qolganday ko`rinardi. Kapalaklar xartumchalarida «mineral suv» ichishar ekan.
Bu qanotli o`rmon mavjudotlarining betakror rang kapalaklari edi. Bu ikki havorang uyur — haqiqiysi va shu taxlit aksi bir uchrashishar, bir uzoqlashar edi. Ularning ko`pligini qarang-a! O`rmonning hamma yalangliklaridan uchib kelishgan go`yo. Qiziq, ular nega to`planib olishibdi? Buyog`i menga qorong`u. Men uchun muhimi, mana shu xunuk botqoqda kashf etgan — betakror moviy go`zallik edi.

"œYuniy naturalist"  jurnalidan V. Po`latova  tayyorladi.

Qayd etilgan