Shirinliklar va pechenelar  ( 48677 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Ansora  24 Avgust 2009, 00:27:42

Rukhiyahon, men chak chak qilmoqchi edim, uksus yani sirka qanday sirka bo'lishi kerak. Menda uzum sirkasi bor ekan bo'laveradimi? Va siz yozgan tarifdan qancha chiqadi?

Qayd etilgan


Ansora  25 Yanvar 2010, 20:14:43



Unli kurabiye kurabiye- Turk tilida uvalanib ketadigan yog'li pechen'ye degani.

Masalliqlar:

1.   1 paket margarin 250 gr (xona issiqligida erigan) yoki saryog’
2.   4 qoshiq salat (kungaboqar) yog’i
3.   3 qoshiq shakar pudrasi
4.   4 qoshiq bug’doy krahmali
5.   Olganichalik un (4.5-5 stakan)
6.   1 choy qoshig’i shakar pudrasi (usti uchun)

Tayyorlanishi:

Margarin, salat yog’i va shakar pudrasini krem qiyomiga kelguncha aralashtiring.
Krahmal va unni solib, hamir qoring.
Keyin hamirdan parchalar uzib ularni dumaloq shaklga keltiring.
Oldindan isitilgan 160 daraja duxovkada ustini ko’p qizartmasdan pishiring.
Duxovkadan olgandan keyin shakar pudrasiga bulang.

Osh bo'lsin...

Qayd etilgan


Ansora  25 Yanvar 2010, 20:15:41



Tugmali kurabiyelar  

30-35 dona uchun masalliqlar:
 
1.   180 gr saryog’ (xona issiqligida erigan)
2.   0.5 stakan shakar
3.   1 dona tuxum
4.   0.5 qoshiq vanilin
5.   2 stakan un
6.   1 paket soda (karbonat) 8 gr
7.   2-3 qoshiq o’rik yoki smorodina qiyomi

Duxovkangizni 155 darajaga keltiring. 2 dona listga yog’li qog’oz soling (yo’q bo’lsa listga yog’ surting. Saryog’ bilan shakarni yaxshilab bir-biriga yediring.
Tuxum va vanilinni solibi yaxshilab aralashtiring. Unni ham solib, bir-biriga qorishtiring. Hamirdan yong’oq kattaligida parchalar uzib olib qo’lingiz bilan dumaloqlab listga qo’ying. Har bir kurabiyeni barmog’ingiz bilan bosib chiqing.
(Hamirni o’rtasiga kelgunga qadar) Hosil bo’lgan bo’sh shakllarni ichiga 1 choy qoshig’i qiyom soling.  İkkala listni ham duxovkaning o’rta qismida 12 daqiqa atrofida pishiring, shuning uchun alohida alohida pishirishingizga to’g’ri keladi.
Kurabiyelerni 12 daqiqadan keyin duxovkani simini ustida tashqarida sovuting.
Yaxshilab sovugandan keyin dasturxonga torting.  

Qayd etilgan


Ansora  25 Yanvar 2010, 20:54:40





Yong’oqli kurabiye

Masalliqlar:

1.   2.5 stakan un
2.   0.5 choy qoshig’i soda (karbonat)
3.   Bir chimdim tuz
4.   1.5 stakan shakar
5.   100 gr saryog’
6.   2 dona yirik tuxum, kichkina bo’lsa 3 dona
7.   1 choy qoshig’i vanilin
8.   1 stakan maydalangan yong’oq
9.   1 stakan butun yong’oq

Tayyorlanishi:

Un, soda va tuzni aralashtiring. Alohida idishda shakar va xona issiqligida erigan saryog’ni mikser bilan aralashtiring. Tuxum va vanilinni ham solib, o’rta tezlikda 1-2 daqiqa yana aralashtiring. Ustiga undan iborat qorishmani soling. Eng ohirida maydalangan yong’oqlarni soling va hamirni qoring.
Bir dona listga yog’li qog’oz soling. Hamirdan yong’oq kattaligida parchalar olib, qo’lingizda dumaloqlang. Yog’li qog’ozlarni ustiga tering. Har birining ustiga yarim yong’oqlardan joylang. Oldindan isitilgan o’rta haroratli duxovkada 25 daqiqaga yaqin pishiring.
Ustiga hoxlasangiz saryog’ va shokoldani eritib tomizib chiqishingiz mumkin. Shokoladlar sovugandan keyin dasturxonga tortishingiz mumkin"¦


Qayd etilgan


Ansora  25 Yanvar 2010, 21:10:32




Findikli kurabiye

Masalliqlar: (40 donaga yaqin bo’ladi)
1.   1 paket margarin, 250 gr
2.   2 dona tuxum, oqlari hamirni ichiga, sariqlari ustiga
3.   4 qoshiq shakar
4.   1 paket 8 gr soda, karbonat
5.   Olganichalik un
6.   1-5 stakan yirik maydalangan findik

Tayyorlanishi:

Oldin margarin, tuxumning sariq’i, soda va unni aralashtirib yumshoq hamir qoring. Agar uni kam bo’lsa kurabiye yoyilib ketishi mumkin, bunga e’tibor bering.
Yong’oq kattaligidagi hamirlarni dumaloqlab oldin tuxum oqiga, keyin findikka bulab oling. Kurabiyelarni listga terib, 155 darajada 35 daqiqa atrofida pishiring.


Qayd etilgan


Ansora  25 Yanvar 2010, 21:19:27



Tuzli kurabiye

Masalliqlar:

1. 1 choy qoshig'i tuz
2. 1 choy qoshig'i garmdori
3. 2 qoshiq sirka
4. 1 paket 8 gr karbonat (soda)
5. 1 paket, 250 gr margarin (xona issiqligida erigan)
6. olganichalik un

Tayyorlanishi:

Butun masalliqlarni aralashtirib yumshoq hamir qoring. Hoxlagan shaklingizni berib, ustiga tuxum sarig'ini surting va o'rta darajada usti qizarguncha pishiring.




Qayd etilgan


Ansora  04 Aprel 2010, 14:30:05

Revani



Masalliqlar:

1. 4 dona tuxum
2. 1 stakan qatiq
3. 1 stakan kungaboqar yog'i
4. 2 stakan un
5. 1 stakan "mannaya krupa"
6. 1 stakan shakar
7. 10 gr pishevaya soda
7. Biroz limon po'stlog'ini qirilgani.


Sharbati uchun:

1. 5 stakan suv
2. 4 stakan shakar
3. Yarim limonni suvi

Tayyorlanishi:

1. Sharbatni qaynating. Siz nonini tayyorlaguncha sharbat iliq bo'lishi kerak, shuning uchun avvalo sharbatni tayyorlang. Agar sharbatni qaynoq to'ksangiz shirinlik hamir bo'lib qoladi, shunga ehtiyot bo'ling!

2. Tuxum va shakarni yaxshilab mikserda aralashtiring. Keyin qatiq, yog', un, mannaya krupani aralashtiring. Eng ohirida pishevaya sodani solib aralashtiring.

4. Duxovka listini yog'lab, tayyor bo'lgan suyuq hamirni yoying. Usti yaxshigina qizarguncha pishiring. Men 180 darajada, 40 daqiqa ichida, faqat past qavatida pishirdim.

5. Shirinlikni nonini duxovkadan olgandan keyin istagan shaklingizda kesing va iligan sharbatni non sovumasdan ustiga hamma joyiga teng keladigan shaklda to'king. Men 1 soatcha sharbatini shimishini kutdim.

6. Shirinlikni ustiga shakar pudrasi yoki Hindiston yong'og'i maydasi sepib dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha : )

Qayd etilgan


BelleQizcha  04 Aprel 2010, 20:09:42

Revani



Masalliqlar:

1. 4 dona tuxum
2. 1 stakan qatiq
3. 1 stakan kungaboqar yog'i
4. 2 stakan un
5. 1 stakan "mannaya krupa"
6. 1 stakan shakar
7. 10 gr pishevaya soda
7. Biroz limon po'stlog'ini qirilgani.


Sharbati uchun:

1. 5 stakan suv
2. 4 stakan shakar
3. Yarim limonni suvi

Tayyorlanishi:

1. Sharbatni qaynating. Siz nonini tayyorlaguncha sharbat iliq bo'lishi kerak, shuning uchun avvalo sharbatni tayyorlang. Agar sharbatni qaynoq to'ksangiz shirinlik hamir bo'lib qoladi, shunga ehtiyot bo'ling!

2. Tuxum va shakarni yaxshilab mikserda aralashtiring. Keyin qatiq, yog', un, mannaya krupani aralashtiring. Eng ohirida pishevaya sodani solib aralashtiring.

4. Duxovka listini yog'lab, tayyor bo'lgan suyuq hamirni yoying. Usti yaxshigina qizarguncha pishiring. Men 180 darajada, 40 daqiqa ichida, faqat past qavatida pishirdim.

5. Shirinlikni nonini duxovkadan olgandan keyin istagan shaklingizda kesing va iligan sharbatni non sovumasdan ustiga hamma joyiga teng keladigan shaklda to'king. Men 1 soatcha sharbatini shimishini kutdim.

6. Shirinlikni ustiga shakar pudrasi yoki Hindiston yong'og'i maydasi sepib dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha : )

mannaya krupa nima? etolmisizmi agar malol kemasa..??

Qayd etilgan


Ansora  04 Aprel 2010, 21:30:53

Mannaya krupani O'zbekchasini bilmayman.

İnglizchasi- Semolina http://en.wikipedia.org/wiki/Semolina

Turkchasi esa- İrmik- http://tr.wikipedia.org/wiki/%C4%B0rmik

Bug'doyni maydalangani.

Qayd etilgan


BelleQizcha  05 Aprel 2010, 02:08:32

Mannaya krupani O'zbekchasini bilmayman.

İnglizchasi- Semolina http://en.wikipedia.org/wiki/Semolina

Turkchasi esa- İrmik- http://tr.wikipedia.org/wiki/%C4%B0rmik

Bug'doyni maydalangani.
Eahmat kapalak opa.. endi faqat magazinga borib Semolina olish va shirinlikni paqqos tushurish va yana 10kg semirish qoldi..?? HAZILL

Qayd etilgan