Tohir Malik. Iymonlashish umidi  ( 125288 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 20 B


shoir  26 Iyun 2006, 05:04:25

--------------------------------------------------------------------------------
* * *

«O’zingni o‘zing anglab yet!» deyishadi. Xo‘sh, qanday anglamoq mumkin? Buning uchun kishi o‘ziga qarashi, o‘zini o‘zi idora etmog‘i lozimmi? O’z-o‘zini anglamoq uchun bu kifoya emas. Buning birinchi sharti: odam atrofidagilarni ziyraklik bilan kuzatmog‘i shart: ya’ni o‘z kuchini, zehnini, idrokini boshqalarniki bilan taqqoslasin, manfaatlarini o‘zgalar manfaatiga solishtirsin-da, ularning nazarida o‘zining qanday ko‘rinishda ekanini tasavvur etsin. «Menda boshqalarni qoyil qoldiruvchi hech afzallik yo‘q», demoqqa kuch topsagina, o‘zini anglashni boshlaydi.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:04:35

* * *

Agar siz boshqalardan biron nimani ilhaq kutmayotgan bo‘lsangiz, o‘zgalarning marhamatiga muhtoj bo‘lmasangiz bir asalariga ikkinchisi, bir arg‘umoqqa boshqasi xatarli bo‘lmaganidek, odamlar ham sizga dahshatli yoki yovuz bo‘lib tuyulmaydi. Agar sizning baxtu iqbolingiz boshqalar izmida bo‘lsa, odamlardan qo‘rqa boshlaysiz.
Demak, yashamoqning qoidasini bu tarzda belgilamoq afzal: o‘zimizniki bo‘lmagan barcha narsalardan voz kechmog‘imiz shart. Toki o‘zimizniki bo‘lmagan bu narsalar o‘zimizga xoja bo‘lib olishmasin. A’zoyi badanimizning xohish-istaklariga quloq solmaylik, uning injiqliklari buzuqlik jari tomon yetaklashi mumkin; boylikka muhabbat uyg‘onishidan saqlanaylik, bu muhabbat halok qilg‘uvchidir; shon-shuhrat, mansab, ehtiromlar eshik qoqsa, «xush kelibsiz, men sizga muntazir edim», deb quchoq ochmaylik. Bu o‘rinda donish ahli derki: farzandlaring, xotining, aka-ukalaringdan ham voz kechgil. Lekin bu talabni so‘zma-so‘z tushunmoq durust emas. Yaqinlardan voz kechmoqlik — ularni ko‘chaga chiqarib tashlamoqlik yoki to‘nni yelkaga tashlab «hayt!» deb chiqib ketmoqlik emas. Gap bu yerda yaqin kishilarning nafs balosiga uchrab qolishidan qaytarish haqida ketyapti. Yaqinlaringiz nafs botqog‘iga bota boshladimi, istar-istamang o‘zingiz ham ular izidan boraverasiz.
O’zingiz saqlanib, ularning halok bo‘lishlarini kuzatib turishingiz esa vajdondan emas.
Avvalgi fikrimizni davom ettirsak: o‘zimizga tegishli bo‘lmagan narsalardan voz kechar ekanmiz, odamlarning zulmini zulm bilan qaytarmog‘imizga hojat qolmaydi. Deylik: ro‘paramizda qamoqxona turibdi. Uning mavjudligi ruhingizga qanday zarar yetkazishi mumkin? Nima uchun uni buzishga kirishmog‘ingiz kerak? Nima uchun undagi odamlarni o‘ldira boshlash lozim? Bu qamoqxona, undagi kishanlar, o‘z xizmatiga ega. O’ziga tegishli bo‘lmagan narsalardan voz kechgan inson agar bu kishanga bandi qilinsa ham, faqat jismi bog‘lanadi, ruhi esa ozod holda qolaveradi. Ruhiga hech kim dahl qila olmaydi va u o‘z xohishicha yashayveradi.
U odam bunga qanday erishadi? U o‘zining irodasini bukib, Allohning irodasi qarshisida tiz cho‘ktirgan. Agar Alloh uning bezgakdan titrashini istasa, u odamning o‘zi ham buni istaydi. Agar Yaratgan Tangri bu ishni istasa, u odam ham aynan shuni ixtiyor etadi. Agar Robbi biror hodisa yuz bermog‘ini xohlasa, u odam ham istaydi. Tangri istamadi, u ham xohlamaydi. Agar qodirul Holiq uning azob chekishini, oqibat o‘lim topishini taqdir etdimi, u odam ham shunday azob chekmoqni va jon bermoqni orzu etadi. Aynan shu fazilat odamning boshqalardan qo‘rqmay yashamog‘iga imkon beradi.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:04:43

* * *

Alloh-taolo Muso alayhissalomdan so‘radi:
— Qo‘lingdagi nima, ey Muso?
— Bu hassadir, ya Robbim.
— Uni nima qilasan?
— Suyanib yuraman.
— Mendan boshqa suyanadigan, sig‘inadigan narsa yo‘g‘ligini bilmaysanmi? qo‘lingdagi narsani yerga tashla.
Hazrat Muso hassani yerga tashlaganlaridan keyingi sir ko‘pchilikka ma’lum: bir vaziyatda u jonivor bo‘lib ko‘rindi, boshqa bir vaziyatda dengiz ikkiga bo‘linib, ummat omon-eson o‘tib oldi. Ulamolarning ayrimlari Muso alayhissalom suyanib yuruvchi hassani nafslariga dalolat qilinganiga ishorat etadilar.
Barcha dinlarda, barcha zamonlarda odamning nafs quliga aylanmasligi uchun ehtiyotkorlikka chaqiradilar. Donolardan biri deb ekanlarkim: «Alloh yaratgan eng yaramas mahluq nafsdir. Chunki nafs faqat o‘ziga qarshi bo‘lgan narsalarni istaydi.»
Rivoyat qilishlaricha, hazrati Zulqarnayn safarlari chog‘ida nafsni yengishga uringan bir qavmga duch keladi. Bu yerdagi insonlarning birontasi boylik to‘plash bilan shug‘ullanmas ekan. Taomlari ham asosan sabzavotdan iborat ekan. Bu yerdagilar o‘zlariga qabr qazishib, uning yonida ibodat qilarkanlar. Zulqarnayn bundan ajablanib, bu qavmning hukmdorini huzuriga chaqirtiribdi. Hukmdor esa «Mening hech kim bilan ishim yo‘q. Kimning menda ishi bo‘lsa, o‘zi yonimga kelsin», debdi. Zulqarnayn yanada ajablanib, uning yoniga kelib: «Seni chaqirtiruvdim, nega kelmading?» deb so‘rabdi. Hukmdor, tilyog‘lamalik qilib o‘tirmay:
— Senga hech bir ehtiyojim yo‘q, agar bo‘lganida huzuringga borar edim, — debdi. — Sening menda ehtiyojing bordirki, chorlatibsan.
— Ehtiyojim — sizlardagi ahvolning siridan voqif bo‘lmoqlik, — debdi Zulqarnayn.
— To‘g‘ri fahmlabsan, ey hukmdor, bizning oltin va kumushlarga ehtiyojimiz ham, ishimiz ham yo‘q. Chunki bir ozgina bo‘lsa-da, oltin yoki kumush topgan kishining yanada ko‘proq topishi uchun huzurini yo‘qotganini ko‘rdik. Shuning uchun ham dunyo sarvatidan voz kechganmiz.
— U holda bu qabrlar kimga kerak? Nega qabr qazib, ularning yonida ibodat qilmoqdasizlar?
— Bu ishimizdan maqsad ham dunyo sarvatiga mayl qo‘ymaslikdir. qabrlarni ko‘rgach, bir kunmas bir kun shu yerga tushishimizni o‘ylab, hamma narsadan voz kechamiz.
— Nega sabzavotdan boshqa narsalarni yemaysizlar? Hayvonlarni boqib, suti va go‘shtini iste’mol qilsalaringiz bo‘lmaydimi?
— Oshqozonlarimizning jonli hayvonlarga mozor bo‘lishini istamadik. Sabzavotlar bilan hayot kechirmoq mumkin ekan, bizga shu ma’qul. Zero, tomoqdan o‘tganidan keyin hech bir narsaning ta’mi qolmaydi, — deb javob bergan ekan qavm hukmdori.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:04:56

* * *

Hayot — beshik va tobut orasidagi tor bir yo‘l va yo‘lchilikdir. Dunyo hayoti so‘ngsizlik ichida bir sovun ko‘pigi kabidir. «Insonlar idrok qilgan hayot nimadan iboratdir?» degan savolga yerning zahi va qabr toshlarining qattiqligi eng to‘g‘ri javob bo‘lur edi. Shunday ekan, nafsoniy orzular va vujud yo‘lida o‘tgan umrning ma’nosi nima ham bo‘lur edi?

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:05:03

* * *

Rivoyat qiladilarkim, payg‘ambarimiz hazrat Muhammad alayhissalomga Allohning rasuli vazifasi berilgan choqda Iblis alayhila’naning yordamchilari hovliqib kelib:
— Bir payg‘ambar jo‘natilibdi va bir ummat paydo bo‘libdi, — deb xavotir bilan xabar berishibdi. Shunda Iblis so‘rabdi:
— O’sha ummat nafsning havoyi istaklariga berilib yashashni sevarmikin?
Yordamchilar «ha, sevarkan», deb javob berishganda, Iblis hotirjamlik va mamnunlik bilan debdiki:
— Nafsning havoyi istaklariga berilib yashashni sevsalar — masala yo‘q, biz uchun tashvishli yeri ham yo‘q. Butga topinishlari mutlaqo shart emas. Men ularni uch vosita bilan yo‘ldan ozdiraman: Birinchisi — haqsiz va g‘ayriqonuniy foyda topdirish orqali, ikkinchisi — topgan-tutganlarini loyiq bo‘lmagan narsalarga harj qildirish orqali va uchinchisi — loyiq bo‘lgan narsalarga sarflashdan yuz o‘girish orqali. Bilingkim, butun yomonliklarning manbai shulardir.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:05:11

* * *

Ba’zan eshitib qolamiz: «Bolalarning ongini din bilan zaharlamang». Anglamoq shartkim, bolaning ongi din hikmatidan bebahra bo‘lgan holatdagina zaharlanadi.

* * *

Donishmand shayxning huzuriga bir mo‘ysafid kelib: «Shayx hazratlari, endi men qarib qoldim, kun o‘tkazishim ham mashaqqatga aylanyapti. Menga pand-nasihat qiling, shoyad Alloh ishlarimni yaxshi yo‘lga boshlasa», — debdi.
Shunda shayx mo‘ysafidga xitoban debdiki:
— Birodarim, agar sen esda tutuvchi bo‘lsang ham, xotirang yuqori maqomda bo‘lsa ham ikki narsani esdan chiqargin: avvali — xalq uchun qilgan yaxshiligingni, keyini — birovning senga qilgan yomonligini.
— Mardlik va odamiylik haqida ham so‘z ayting.
— Minnat yukiga bardosh bermoqlik — odamiylik nishonasidir. qo‘lidan keladigan ishni o‘zgadan darig‘ tutmaslik esa mardlikdir.
— Hamisha mo‘‘min va musulmon bo‘lib yurmoqlik haqida ham ayting, shayxim.
— Kishining aybini qidirmaslik — musulmonlikdandir. Yomon so‘zlarni aytmaslik mo‘‘minlikdandir, — deb shayx nasihatiga yakun yasagan ekan.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:05:18

* * *

Aql salohiyati qur’oni Karimdan olingan bir ne’matdir. Salohiyati va iqtidori qur’oni Karimdan olinmagan aql esa o‘z egasini zalolat va ahmoqlik tomon yetaklaydi. Tarix o‘zini aqlli hisoblab, o‘z nafsiga butga sig‘inganday sig‘ingan, dunyoni oxiratdan ustun qo‘ygan zolim, va ahmoqlar bilan to‘lib-toshgandir. Shuning uchun ham haqiqiy ma’noda aqlli bo‘lish Alloh bergan iste’dodni qur’on va sunnatga mos ravishda ishlatishdir.
Aql insoniyatning sharafini muhofaza qiladigan, insoniyatni boshqa mahluqotlardan ajratib turadigan bebaho ne’matdir. qalblari uyg‘oq bo‘lgan kishilar insoniyatga sharaf kekltirganlari kabi, o‘zlarining oila va millatlarini ham ulug‘laydilar.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:05:25

* * *

Ma’lumingizkim, «ar-Rohman» surasida «Fa biayyi alai robbikuma tukazziban» oyati karimasi o‘ttiz bir marta takrorlangan. Ma’no tarjimasi «Robbingizning qaysi ne’matlarini yolg‘on deya olursiz?» bo‘lgan mazkur oyati karima kimlarga qarata xitob qilingan degan savolga siz birinchi galda «o‘sha davrdagi kofir va mushriklarga», deb javob berarsiz. Javobni inkor etmaymiz. Ammo afsusimiz shuki, Allohning haq ekanini, uning ilohiy kitoblari, farishtalarini inkor etuvchilar, qiyomat kunida bandalarning tirilishiga ishonmovchilar hali ham bor. Ularga qarata «fa biayyi alai robbikuma tukazziban» deb o‘ttiz bir million marta aytsangiz ham bez bo‘lib turaveradilar. «Baqara» surasida «ular kar, soqov, ko‘rdirlar. Demak, tushunmaydilar» deb tilga olingan kimsalar shular emasmikin? Yoinki «Yosin»da tilga olingan «...ular iymon keltirmaslar. Darhaqiqat, Biz ularning bo‘yinlariga to iyaklarigacha (etadigan) kishanlarni urib qo‘ydik, bas, ular ko‘ra olmaslar» shularmikin? Johiliyat zamonidagilarni tushunish mumkindir. Ularning ajdodlari mushrik bo‘lganlar, ta’bir joiz bo‘lsa qonlarida mushriklar qoni oqardi. Mushriklar dunyosidan islomning pokiza olamiga o‘tishlari oson bo‘lmagandir. Shuning uchun ham ko‘plari kofirlik holida dunyodan o‘tganlar. Bizni ajablantiradigan holat - qonida musulmon qoni oquvchi, ya’ni ajdodlari musulmon o‘tgan kimsalarning Islomni rad etishlarida. Bularni kim deb atash mumkin? Sovet zamonasining yigirmanchi-o‘ttizinchi yillarida ular o‘zlarini ochiqdan ochiq «xudosiz» deb atardilar va bundan g‘ururlanardilar ham. Hatto «Xudosizlar jamiyati» degan idoralari ham bor edi. Keyinchalik nomlarini «madaniylashtirib» o‘zlarini yunon tilidan olingan, asli «xudosiz» ma’nosini anglatuvchi «ateist» atamasi bilan atay boshladilar. O’zlaricha yangi «ilm» tarmog‘ini kashf etdilaru uni «ateizm» deb nomladilar. Shu sohada hisobsiz ravishda «falsafa fanlari nomzodlari» va «falsafa fanlari doktorlari» paydo bo‘ldilar. Ular garchi xudosizlikni kasb qilib olgan bo‘lsalar-da, yuzlariga qarab: «siz - xudosizsiz!» desangiz xafa bo‘lardilar. Ranjishlari esa bejiz emasdi. Ularning xudolari bor edi, faqat Alloh taborak taoloni emas, Karl Marks degan bir nojinsni xudo deb topinardilar. Uning yozib ketganlari ular uchun dasturul amal edi. Afsus, afsus... shundaylarning qancha-qanchasi Haqni tanimay bu dunyodan o‘tib ketdi. Ularning hisob-kitobi qanday bo‘larkin...

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:05:36

Ular-ku ketdilar. Zamon o‘zgarib, «ateizm» degani ham yo‘q bo‘ldi, deb yursak, ildizlari qolgan ekan. Hozirgilar endi o‘zlarini «ateist» demaydi, «dinshunos olim» deydi. Mana shunisiga dog‘mizda! Avvalgilari o‘z nomlari bilan atalardi, bular endi din bo‘yicha olimlikka da’vogar bo‘lib turishibdi. Din asoslarini ya’ni, qur’oni Karimni, Hadisi qudsiyni, Hadisi shariflarning aslini o‘qiy olmasdan, mag‘zini chaqa olmasdan turib qanaqasiga «dinshunos olim» bo‘lish mumkin? Nimalarga asoslanib «qur’on - inson ongining mahsuli?» deydilar? Ilgarigi ateistlar Islom dinini qur’oni Karimning rus tilidagi ma’no tarjimasidan bilishardi. Bugungilarning «baxtiga» qur’oni Karim ma’nolari o‘zbekchaga ham tarjima bo‘ldi. Shundaylardan biri tarjimani o‘qigach, «qur’onni tushunish uchun avval «Injil»ni o‘qish kerak», deydi. Mana shunga o‘xshagan odamlarni nima deb atash mumkin? Biz «kofir» deya olmasmiz, chunki bu hukmni Alloh chiqaradi. Biz oddiy dehqonchasiga qilib «ahmoq» deb qo‘ya qolaylik. Yumshoqroq tarzda «aqlsiz» deb yozmoqchi ham bo‘ldik. Keyin o‘ylab qarasak, aqlsizga aql bitishi mumkin ekan, ahmoqning davosi esa yo‘q ekan. Usmon Nuriy To‘pbosh hazratlari o‘z bitiklarida bu kabilarni shunday atabdilarkim, bizga ham shu nom maqbul tushdi. Bu kabilar o‘zlarining ajdodlarini maymun deb bilganlaridan keyin ulardan yana qanday aql kutish mumkin? Bizga qorong‘u bo‘lib qoladigan bir muammo bor xalos: ular o‘zlarini ota tomondan maymun deb bilarmikinlar yo ona tomondanmi? Balki har ikki tomonlamadir?
Endi ahmoqlik masalasiga kelsak, qur’oni Karimda ikki hil ahmoqlikdan so‘z yuritilarkan. Ularning birinchisi kofir va mushriklar toifasi bo‘lib, Alloh taolo ular haqida yuqorida zikr etganimiz «Baqara» surasida marhamat qilgan. Abu Jahl, Abu Lahab, Mug‘ira ibn Valid va shunga o‘xshash kimsalar qALBlari muhrli, kar, ko‘r va soqov bo‘lganlari uchun ham hidoyatga erisha olmadilar. Shuning uchun ham ular: «Biz senga ishonsak xotinlarimiz oldida masxara bo‘lamiz» yoki «Payg‘ambarlik bizga berilishi lozim edi. Chunki bizning mol-mulkimiz va bola-chaqamiz yanada ko‘pdir», degan aqlsiz va mantiqsiz so‘zlarni so‘zladilar. Ular Rasulillohning haq payg‘ambar ekanliklarini bilganlari holda ahmoqliklari tufayli inkor etuvchi o‘jarliklaridan qaytmaganlar.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:05:47

Qur’oni Karimda zikr qilingan ikkinchi toifa ahmoqlar esa o‘zlarini g‘oyat aqlli deb biladigan kishilardir. Dunyoviy orzular ularni g‘aflatga yetaklagani uchun ko‘zlari haqiqatni ko‘rmaydilar. Bunday kishilarning faqat ayrimlari biron bir falokatga uchraganlarida qisman ko‘zlari ochilishi mumkin.
Hazrati Jaloliddin Rumiy ahmoqlar haqida shunday degan ekanlar: «Ahmoqlardan qochingki, Iyso alayhissalom ulardan qochgani kabi. Ahmoqlar bilan suhbat qilish natijasida necha marta qonlar to‘kilgandir».
O’rni kelganda Iyso alayhissalomning ahmoqdan qochishlari bayoni bilan tanishsak:
Maryamning o‘g‘li Iyso xuddi arslon quvalagan kabi yugurib borar edilar. Ko‘chadan o‘tayotgan odamlardan biri uning orqasidan yugurdi va shunday dedi:
-Nima bo‘ldi sizga, hurkitilgan qush kabi uchib bormoqdasiz?
Iyso alayhissalom shu qadar tez chopar edilarki, shoshilganlaridan bu odamning savoliga javob bera olmadilar. Ul zotning bul tarzda yugurishidan battar hayratga tushgan odam, nihoyat yaqinlashdi va yana so‘radi:
-Ey Ruhulloh! Alloh rizosi uchun bir on to‘xtang va xolingizdan bizga xabar bering? Kimdan va nima uchun qochmoqdasiz? Axir orqangizda arslon ham, dushman ham, qo‘rqadigan boshqa biron narsa ham yo‘q-ku?
Bunga javoban Iyso alayhissalom dedilar:
-Ahmoqdan qochmoqdaman, ahmoqdan! Mendan uzoqroq turki, o‘zimni qutqaray.
Boyagi kishi so‘radi:
-Nafasi bilan ko‘rlarga va karlarga shifo beruvchi Iyso Siz emasmi?
-Ha, menman,-dedilar Ruhulloh.

Qayd etilgan