Somsalar.  ( 29843 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Rukhiya  20 Mart 2008, 20:17:04

"œLazzat" somsa





Masalliq:
Xamiri uchun 500 gr oq un, 200 gr margarine, 1 stakan qattiq yoki kefir, 1 dona tuxum, 1 choy qoshig’idan sirka, choy sodasi, tuz; qiymasi uchun 500 gr lahim go’sht, 250 gr yog’, 250 gr piyoz, yarim choy qoshig’ida tuz, yarim choy qoshig’ida murch, yarim choy qoshig’idazira. Yuziga esa 1 dona tuxum chaqiladi va 1 choy qoshig’ida sedana sepiladi.


 Bu pazandaligimizda yangi paydo bo’lgan tansiq taomdir.
Margarinni muzlatgichda qotirib olib, qirg’ichdan o’tkazasiz va elangan unga qorishtirasiz. Qatiq yoki kefirni tuxum bilan birga bir hil massa hosil bo’lguncha iylaysiz — da, margarine qorishtirilgan unga qo’shib xamir qorasiz. Xamir qorish davomida navbati bilan sirka, choy sodasi va tuz qo’shasiz. Xamirni yahshi mushtlab pishitib, zuvala qilasiz va sochiqqa o’rab muzlatgichka qo’yasiz.
Ana shu vaqt ichida qiymasini hozirlaysiz. Buning uchun yog’liq qo’y (mol) go’shtining lahim qismidan olib (chumchuq tili) qilib to’graysiz, piyozni esa somoncha qilib to’g’raysiz, so’ng oshpichoq bilan chopasiz, bunga tuz, murch, zira qo’shib yahshilab mijiysiz. Qiyma yog’liq chiqsa, piyozni sal ko’proq qo’shasiz yog’sizroq bol’sa kamaytirasiz. Bu somsa uchun eng yahshi qiyma tarkibi: yarim go’sht, chorak qismi yog’ va chorak qismi piyoz bo’lishi shart.
Muzlatgichka qo’yilgan xamirni yong’oqday keladigan zuvalachalarga bo’lasiz. Har bir zuvalachadan jo’va yordamida 2 mm qalinlikdagi to’garak jildlar yoyasiz. Jildlarga bir osh qoshig’ida qiymadan solib sharsimon somsalar tugasiz. Duxovka patnisini yoglab somsalarni bir — biriga yopishtirmay terasiz, yuziga iylangan tuxumdan surtib, sedana sepgach, qizitilgan duxovkaga solib pishirasiz. Pishirganligi sirtining qizarganligi bilan aniqlanadi. Duxovkadagi somsalarning qizarganligiga qarab o’rni almashtirib turadi.
Laganga terib dasturxonga tortiladi.


www.taomlar.freenet.uz dan olindi

Qayd etilgan


yasemin  02 Aprel 2008, 19:00:09

kim tayyorlagan bo'lsayam qo'llari dard ko'rmasin, judayam ishtahali ko'rinishvotti :)

Qayd etilgan


Rukhiya  19 Mart 2009, 11:25:07

                                                                    O'rama ko'k somsa


                                        



Hamiriga:
  • 1st iliq suv
  • 1st iliq sut
  • 1 choy qq uksus
  • 5-6 qoshiq o'simlik yog'i
  • 1 choy qq tuz
  • un.


qiymasiga:
  • shpinat
  • ta'bga ko'ra dumba yog'i
  • tuz,zira,kashnich maydalangani,murch
  • 2ta o'rta kattalikda piyoz

    Ichiga
    75-100 gr eritilgan margarin yoki saryog'.

    Ustiga:
    • 1ta tuhum sarig'i va ozgina sedona



    O'rtacha hamir qoriladi.Hamir yumshoq bo'lib ketmasligi kk. Yaxshilab hamir silliq bo'lguncha qadar mushtlanadi.10-15 daqiqa tindiriladi.Bu orada ichiga nachinkasini tayyorlab olinadi.Shpinat va dumba yog' mayda qilib to'g'raladi.Piyoz ham mayda ko'bik-ko'bik qb to'g'raladi.Tuz,zira,murch,kashnich maydalangani qo'shib aralashtiriladi. Tingan hamirni 2-3 bo'lakga bo'lib,juda ham yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamirga eritilgan saryog' surtiladi.Hamirni bir chitiga qiymani bir tekisda solib, 2 barmog' qalinligida rulet shaklida o'raladi. O'zingizga maqul kattalikda bo'laklarga bo'lib chiqing! Ustiga tuhum sarig'i surib,sedona sepiladi.
    200-220 gradusda avvaldan qizitilgan duxovkada qizarguchga qadar pishiriladi.

    Yoqimli ishtaha!

    Qayd etilgan


    lolahon  19 Mart 2009, 15:55:01

    oh oh namuncha chiroylik chiqibdi. kurib eging keladiya. Qulingiz dard kurmasin, aylanay singlim

    Qayd etilgan


    Muazzamxonim  14 Iyun 2009, 15:57:52

    iltimos menga turli xil taomlarning ritsebtini jo'nating

    Qayd etilgan


    Muazzamxonim  14 Iyun 2009, 15:59:24

    Iltimos menga tortlarning ritsebtini yuboring mening mailim [email protected] yoki [email protected]

    Qayd etilgan


    zuhrahon  05 Oktyabr 2009, 21:16:27

    Masalliqlar(30ta uchun)
    Hamiriga:-3stakan un-100gr hona haroratida eritilgan margarine-1.5astakan suv-1choy-q tuz
    Nachinka uchun-300gr qiyma go’sht-3dona piyoz-1dona kartoshka-1ch-q o’simlik yog’-ziravorlar, tuz
    Tayyorlash:
    3stakan unga margarinni solib, uqalab, iliq suv va tuz solib, biroz qattiqroq
    Hamir qoramiz
    Piyozni mayday to’g’rab, kartoshkani kubik to’g’rab, go’sht, ziravorlar,tuz va o’simlik yog’ini solib hammasini aralashtiramiz.

    Hamirdan biroz miqdorda olib, uzunchoq shaklga keltirib, so’ng pichoqda
    kichik bo’laklarga bo’lamiz.
    Hamir bo’lakchalaridan zuvalachalar yasab, o’qlovda yoyamiz.
    o’rtasiga go’shtli nachinkamizni solamiz.
    Hamirni avval ikki yonini bir-biriga yopishtirib, so’ng ikki chekasini buklab
    yopishtirib qo’yamiz.(yaxshi yopishmasa biroz turadi Patnisga terib, yuzasiga tuxum sarig’i+suv aralashmani surib, sedana yoki

    Kunjut sepamiz va duxovkada 200Cda pastki qismida 15-20daqiqa(chirsillaguncha), so’ng 160Cda yuqori qismida 15-20daqiqa davomida pishiramiz.

                                                                               

                                                                               

    Huddi shu hamirdan uchburchak somsa ham qilsa bo’ladi.

                                                                             

                                                                               


    [вложение удалено Администратором]

    Qayd etilgan


    ossiyobinti  29 Noyabr 2011, 00:46:43

    Assalamu alaykum!
    Chustiy reseptlari boyicha somsa! Faqat uyat qimisila unaqa chiroyli chiqmadi vayvu

    Qayd etilgan


    Princess.  29 Noyabr 2011, 13:53:46

     :bsm3: :asl3:

     ossiyobinti somsalaringiz zo'r chiqibdi... Qo'llariz dard ko'rmasin!
     
     Somsa turlari:

     

     Somsalarni mazzasini yuragingiz bilan his qiling  :7

     

    Qayd etilgan


    Princess.  29 Noyabr 2011, 13:56:34


     

     

    Qayd etilgan