Wikipedia.org - ochiq ensiklopedia: http://wikipedia.org/Ushbu saytni ko`pchilik internetga kirib yurgan forumdoshlar yaxshi bilishsa kerak. Bilmaganlar uchun esa: ushbu sayt internet foydalanuvchilarining o`zlari ma'lumot kiritib, tahrirlashi mumkin bo`lgan ensiklopedia. Dunyoning ko`p tillarida ma'lumotlar mavjud. Istalgan soha yoki yo`nalish bo`yicha maqolalar mavjud(ingliz, rus kabi tillarda). Afsuski, o`zbek tilida maqolalar kam. Borlari ham to`g`ri tarjima qilinmagan ba'zilari.
Ingliz yoki rus tilini biluvchi forumdoshlarimiz esa, o`zlari istagan mavzudagi maqolani qiynalmasdan topib, undan bemalol foydalanish mumkin.
Saytda registratsiyadan o`tgandan so`ng, siz ham Wikipedia da maqola yozib uning kengayishiga o`z hissangizni qo`shishingiz mumkin.