Kinofilmlar xususida  ( 155091 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 19 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:25:43

Mohinur:

Yaqinda O`zbekiston TVsi orqali Hindistonnning "Bog`bon" kinosini qo`yishdi. Zo`r kino ishlanibdi. tarbiyaviy ahamiyatga ega. Amitabh Bachchan va Hema Malini lar bosh rolda. Ko`rib rosa ta'sirlandim. Shu filmni ko`rganlar bormi?
Qanday fikrdasizlar?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:26:30

Shohista:

Assalomu alaykum sayt ijodkorlari(Davron aka) :)
Mani hozirgi chiqvotgan "yingi" filmalaga munosabatim shunaqaki, hozirgi kinola faqatgina "bir mart" korsa boladigan kinola.
ikkinchi marta ko`rsa zerikadi odam. Avvalgi ozbe filmlarimizani qancha korse ham zerikmaymiz.
shuni uchun hoir 1 oyda 2 marta kino chiqvotti.
yarim yilda bitta chiqsa ham, tomoshabinla koradigan va qiziqadigan mavzula yuzasida filmla suratga olishsa yaxshi bo`lradi. endi bu mnai fikrim xolos.. ;)

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:27:14

Kumushbibi:

Menga yoqadigan o'zbek filmlari:
O'tgan kunlar
Mehrobdan chayon
Mahallada duv-duv gap
Sen yetim emassan
Abdulla,shumbola
Temir xotin,Bomba
Kelinlar qo'zg'oloni
Shaytanat
Tohir va Zuhra
Suynchi
Chinor ostidagi duel
Maftuningman
Kichkina tabib
Nasriddin Afandi
Ko'rib charchamaysan.Ko'rgan sayin yana ko'rging kelaveradi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:28:37

Mohinur:

Hozirgi kinolar boshdan oyoq reklamaga asoslangan. Buni o`zingiz ham bilsangiz kerak, masalan, "Ko`zlaring ma'yus"da Aqua Light, "Havfli burilish"da AGFA reklama qilingan, menimcha aynann shu kompaniyalr hisobiga kino olishyapti, ular.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:29:21

Samo:

hozirgi kinofilmalar halqni holatini mahsuli emasmi?
qanday bolsihni hohlasak shunday filmlarni koramiz barirbir?
kino salatanida ilm marifat gadoy ornida sevgi muhabbat esa shoh ornida
chunki mezonlar ozgargan shuning uchun past baholanmoqda omma tarafidan (qaysi omma?)
ammo mahsultni haridori bor. shunga ilm marifat ga muhabbatchilarday ihlos bilan
yondashaolsakkina biz oylagan mahsulotlar ham chiqib qoladi...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:30:04

Dilshod:

Kino nomi "Sevgi fazosi". Romantik va komediya syujetlariga boy. Lekin filmning ayrim joylarida, boshqa yangi filmlardan farqli o'laroq jiddiy masalalar ham ko'tarilgan.
Darvoqe Yodgor Mirzajonov bir nechta yangi qo'shig ijro etgan ushbu filmda.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:30:41

Assalom:

To`gri aytasiz Samo!~
hozirgi chiqayotgan kinofilmlarning didaktik emas, balki antididaktik holatini sanab o`tamiz. Chunki ko`ruvchilar asosan yoshlar. U yerdagi holat esa ko`chadagi kir hayot bilan bog`liq. Buni ko`rgan yoshlarda yana yengiltaklik nish urmaydimi?
Nimaga oldingi kinolarimiz yo`q?
Suyunchi
Bomba
mahallada duv-duv gap
Yor-yor va hokazo!
Ularda ham muhabbat bor edi. Ularda ham zavq boe edi? Lekin...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:31:18

AbdulAziz:

Assalomu alaykum ASSALOM!
Gaplarizga qo`shilaman. Hozirgi kinolar nima?
Reklama?
Namoyish (shou)
Yoki yana nimadir?
Tushunib bo`lmayapti. Yaxshi kinolar esa har doimgidek - YO`Q!
Lekin shu beta'sir kinolarniyam odamlar (yoshlar) qiziqib tomosha qilishyapti. Lekin bu qiziqish bir marta ko`rgandayoq so`nadi. Shedevr kinolar esa tanganing uchinchi tomonida.
Yana bilmadim...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:33:24

"œТурк гамбити" можаролари

Хабарларга караганда, айни кунларда Ўзбекистон оммавий ахборот воситаларида кенг реклама килинаётган "œТурк гамбити" фильмининг Тошкентдаги айрим кинотеатрларда намойиш этилиши такикланган.

"œОзодлик" мухбири бир неча кинотеатрлар вакилларидан мазкур фильмни намойиш этишни ким ва нима учун такиклагани хакида маълумот ола олмади. Улар бу хакда гапиришни истамади.
Аммо Тошкентдаги "œКино олами" кинотеатри ходими Сергей "œТурк гамбити" фильмини Ўзбекистонда намойиш этиш ноконунийлигини билдирди.

Унинг айтишича, фильмни мамлакат кинотеатрларига чикариш учун унинг ижодкорларидан рухсат олиш лозим. Агар "œТурк гамбити" Ўзбекистоннинг айсидир кинотеатрида кўрсатилаётган бўлса, бу конунга зиддир.

Таъкидлаш керакки, 5 апрель куни янги, мухташам "œПремьер Холл Баша" кинотеатрининг очилиш маросимида айнан "œТурк гамбити" намойиш этилди.

Ушбу кинотеатр "œTerra Group" компаниясига карашлидир. "œБаша" клуби иш бошкарувчиси Билгин Халиловнинг айтишича, "œТурк гамбити" бу ерда хеч кандай муаммоларсиз кўйилмокда. Унга хеч кандай такик кўйилмаган.

"œЗарафшон" концерт залида хам "œТурк гамбити" бемалол намойиш этилаётгани маълум бўлди.

Кичикрок кинотеатрлардан бирининг рахбари сўзларига кўра, у мазкур фильмни намойиш этишга тайёргарлик кўраётганида "œКино олами" вакиллари келиб, "œТурк гамбити"ни шартнома тузмасдан кўрсатиш мумкин эмаслиги тўгрисида огохлантирган.

Маълум бўлишича, "œТурк гамбити" факат "œПремьер Холл Баша" ва Юрий Гагарин номидаги кинотеатрларда, "œЗарафшон" концерт залида бирор муаммоларсиз кўйилмокда. Бошrа кинотеатрларда эса номаълум сабабларга кўра намойишга рухсат этилмаган.

"œЎзбеккино" агентлиги ходимларидан бирининг билдиришича, "œТурк гамбити"ни агентлик рухсатисиз намойиш этиш конунга хилофдир.

TRIBUNE-UZ dan.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:33:53

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!
Kino san'ati ham millatning jahondagi oynasiga aylanishi mumkin.
Nimaga biz America kinolarini yaxshi ko`ramiz? o`sha kino qahramonlaridek bo`lishga, ulardek kiyinishga, yurish-turishga harakat qilamiz?
Nega xalqimiz Hind kinolarini sevib tomosha qiladi, garchi juda ko`pchiligining senariysi bir xil bo`lsa-da?
Demak, kinoga ko`pchilikning ehtiyoji bor, uni ko`rib haqiqiy dunyodan ozgina bo`lsa-da, uzilib orzular dunyosiga sho`ng`iydi odam.
Bizning haqiqiy milliy kinolarimiz ham shunday. Uni ko`rging sari yana tomosha qilging kelaveradi.
Bir martalik reklama-kinolarni (bilmadim, reklama kimga kerak, aktyorgami yoki...) bundan 5 yil keyin kim ko`rarkin? Ular ham mangu qolarmikin? O`tkan kunlar, Shum bolalardek...
Hozirda kino ishlash sonbay bo`lib ketdi. Sifat esa osmonda...

Qayd etilgan