Kinofilmlar xususida  ( 157429 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Usmon  22 Mart 2008, 12:23:34

Kecha kechki payt adashmasam, TV-Markaz orqali "Boyvachcha" filmi namoyish etildi. "Navro'z" munosabati bilan deyarli hammaga dam olish kuni berilgan. Ko'pchilik bu filmni maqtagandi, hatto forumning o'zida ham bunday fikrlar bor. Shu tufayli, qolaversa, qiziqishim sababli shu filmni tomosha qilishga ahd qildim. (Axir dam olish dam olishdek bo'lsin-de  ;))
Filmni ko'rib bo'lib, kelgan xulosam esa....... faqatgina inflatsiyaga borib taqaldi. Mamlakatimizda inflatsiya darajasi keyingi yillarda ancha pasayib barqaror ko'rinish olgan bo'lsa-da, aynan inflatsiya tufayli tiyinlarimiz u yoqda tursin, hatto ba'zi so'mlarimiz ham muomaladan chiqib ketdi. Endilikda eng katta kupyura 1000 so'mlik ham bozorlarda pachka-pachka ishlatilyapti. Hozirda eng kichik qiymatli pul birligimiz "5 so'm"lik kupyura ekan, bu filmni "5 so'mlik film" deb atagan bo'lardim. Agar tiyinlarimiz hali muomalada bo'lganda, shubhasiz, 1 tiyin eng yaxshi baho bo'lardi.
Nega??
Sayoz va hech qanday ahmaiyatga ega bo'lmagan ssenariy + Har qanday mahoratdan yiroq ijro + Bachkanalik + Havaskorlik + Madaniyatning noto'g'ri namoyish etilishi + .... (bu ro'yxatni ancha davom ettirish mumkin) = "Boyvachcha" filmi.
Faqatgina achinganim - Rajab Adashev singari mahoratli aktyorning va Nigora, Ziyoda kabi qo'shiqchilarning bu filmda suratga tushgani. Chunki ularning ijodiga befarq emasdim :(
Filmning yomon tomonlarini sanab o'tirishga hojat ham yo'q, chunki yaxshi tomonini men umuman ko'rganim yo'q. Agar film tomoshabinga hech narsa bera olmasligini uning "yengil komediya" ekani bilan oqlash mumkin bo'lganda ham... bu omil film bahosini 5 so'mdan yuqoriga ko'tara olmaydi.
Ketgan bir yarim soatga achinish hissi uyg'onadi. Lekin bu bir yarim soat bekor ketsa mayli, aksincha, zararga ishlasa-chi???
Oddiy element - filmdagi o'zbek qizlari bilan hayotdagi o'zbek qizlari bir xilmi?
Agar mabodo ba'zi hollarda shunday bo'lganda ham, buni komediya tarzida bo'lsa ham, "bunday bo'lishi kerak emas" qabilida film olish mumkin-ku...
Shuni esda tutish kerakki, filmdagi qahramonlardan auditoriya (ayniqsa yoshlar) o'zlari uchun "namuna" qahramonlarni ajratib oladilar. Bu ongli ravishda bo'lmasa ham, ong ostida kechuvchijarayon bo'lishi mumkin. Endi xolisona aytsak, qaysi qahramon "namuna" bo'lishga arziydi?
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, bunday filmlar tomoshabinga "moslashtiriladi". Muhim muammolar nozik tarzda yoritib berilgan filmlarni esa hozirgi o'zbek auditoriyasi hazm qila olmaydi. Biroq film oluvchi jamoa har doim tomoshabindan bir qadam oldinda yurishi kerak emasmi? Tomoshabinga xuddi o'sha muammolarni sekin-astalik bilan "hazm qildirib" yubora olish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak emasmi?? Bilmadim???
Sal jiddiyroq filmlar esa, katta ekranda o'zini oqlay olmagani sababli, olingandan hech qancha vaqt o'tmasdan, TVda namoyish etilyapti. Masalan, o'sha kuni "Chavandoz" filmi TV yuzini ko'rdi.
Albatta bu hammasi mening fikrim, balki sal, balki ancha oshirib yuborgandirman. Biroq bundan yuqori baho bera olmadim.

P.S. O'sha vaqtning o'zida boshqa kanalda hind filmi berildi. Bitta sahnasi esimda qolib ketdi: Qizning fotihasi bo'lish arafasida, kuyov tomon kelib, qiz bilan yigit ilk suhbatdan o'tishgan. Mehmonlar ketgach, qizning amakisi (dadasi yo'q ekan) yuqoriga chiqib jiyanidan fikrini so'radi, ya'ni: "Rozimisan?" Bunga javoban, qiz uyalib teskari o'girilib oldi, shu payt yonida turgan singlisi (jiyani) amakisiga opasi rozi ekanini, yigit ma'qul kelganini tushuntirdi. Parallell ketayotgan "Boyvachcha"da esa....Taxmina (Nigora obrazi) TV ko'rib o'tirgan dadasining yoniga kelib, men o'sha yigitga (Jahongir obrazi) tegishga roziman deb o'tiribdi.
E'tibor bering: hindlar o'zida yo'q qadriyatni (balki bordir, bor bo'lsa uzr) olib kirishga uning yaxshiligini ko'rsatishga urinyapti, o'zbegim esa....o'zida bor yuksak ahloqni (menimcha, o'zbek qizlari hech qachon Taxmina obrazidek ish tutishmaydi) buzib ko'rsatyapti  :(

Qayd etilgan


Mars  22 Mart 2008, 17:14:31

Menga bu filim yoqdi rossa kulgili chiqibdi
Bunaqa filmlaru xozirgi qo'shiqlarni saviyasi mamlakatni kelajak avlodini saviyasini ochib bermoqda, demak bulardan ibrat olib keyingi safar umuman ko'rmaslikka harakat qilinsa yaxshi bo'lsa kerak, o'tkazgan voqtizu unga ketgan asabizga qo'shib o'zligimizdanam kechib qo'ymaylik
Yana qanday filim ishlash mumkin u yerda?

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Mart 2008, 10:14:49

Assalamu alaykum.

Yaqinda "Aka singil mehri" filmini ko'rdim.
Juda ta'sirli...
Insonni yurak bag'rini ezib yuboradi.

Aka singilni bir biriga bo'lgan mehri shu darajada go'zal ko'rsatilganki, ko'rib qoyil qolasiz.

Maslahatim siz ham ko'ring.
Bu kinodan ibrat oladigan joylarimiz juda KO'P!

Qayd etilgan


Mars  24 Mart 2008, 04:40:40

Assalamu alaykum.

Yaqinda "Aka singil mehri" filmini ko'rdim.
Juda ta'sirli...
Insonni yurak bag'rini ezib yuboradi.

Aka singilni bir biriga bo'lgan mehri shu darajada go'zal ko'rsatilganki, ko'rib qoyil qolasiz.

Maslahatim siz ham ko'ring.
Bu kinodan ibrat oladigan joylarimiz juda KO'P!

Kechirasiz qayerdan ko'rsam bo'ldi shu filimni?

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Aprel 2008, 19:12:48

Hozirgi kinolarimizga e’tibor beradigan bo’lsak  deyarli hammasi sevgi va muxabbat tuyg’ularidan iborat. Hammasida shu g’oya va shu fikr. Umuman hammasining yo’nalishi bir xil. Mening bu haqda fikrlarim biz ham qadim tariximizga bir yaxshilab nazar tashlasakda o’sha tarixdagi bobokolonlarimizning qilgan ishlarini va vatan uchun jon fido qilganliklari hamma hammasini yoshlarimizga kino qilib ko’rsatsak nur ustiga a’lo nur bo’lardi. Insonlarni kurashishga va intilishga chorlaydigan kinolarni shlab chiqsak maqsadga muvofiq bo’lardi. Faqat sevgi muxabbat bilan bitta ishni ham bitirib bo’lmaydi. Xulosa qiladigan bo’lsak ko’pchillik kinolarimizga e’tibor berib ko’ring o’zingiz ham guvohi bo’lasiz.

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Aprel 2008, 10:41:45

Assalomu alaykum.
Men oxirgi marta "Filistinli Zehranin go'zleri"  degan kinoni ko'rgandim zo'r ekan..
Judayam yoqdi...

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Aprel 2008, 12:28:40

Assalamu alaykum.

Yaqinda "Aka singil mehri" filmini ko'rdim.
Juda ta'sirli...
Insonni yurak bag'rini ezib yuboradi.

Aka singilni bir biriga bo'lgan mehri shu darajada go'zal ko'rsatilganki, ko'rib qoyil qolasiz.

Maslahatim siz ham ko'ring.
Bu kinodan ibrat oladigan joylarimiz juda KO'P!

Kechirasiz qayerdan ko'rsam bo'ldi shu filimni?

Chorsudan topsangiz bo'ladi.

Sifati u qadar yaxshi bo'lmasa ham ko'rsa bo'ladi.
Yana bir - tarafi film uyg'ur tilida, o'zbek tiliga tarjima qilinmagan.
Lekin tushunsa bo'ladi

Qayd etilgan


Mahdiyah  30 Aprel 2008, 12:34:32

Assalomu alaykum.
Men oxirgi marta "Filistinli Zehranin go'zleri"  degan kinoni ko'rgandim zo'r ekan..
Judayam yoqdi...

Ha bu filmni ko'rgan inson yig'idan o'zini tiya olmasa kerak

Qayd etilgan


Shirinqiz  30 Aprel 2008, 18:14:08

Assalamu aleykum
Uzbek fil'm hozirgi kunda chiqazvotgan deyarli barchasi oldi-qochdi, bolalarga etilvotgan yolg'on ertaklaga uhshiydi. Haqiqiy hayotdan olingan filmla yuq, lekin avval bo'lgan ekan kino durdonalari O'tgan kunlar, Yor-yor, Mehrobdan chayon yana bir qanchasi bulgan, lekin hozirgilari ma'nisiz disa ham buladi
Manga turk dizilari yoqadi, hayotdan olingan, ashincha ma'no bor yana eng qizizg'i ba'zi dizila shu hafta ichida suratga olinib namoyish etilvotti, haftada bir kun beriladi, lekin 2 soatcha davom etadi, ba'zida huddi ulani muammolarini birga hal qivotgande bulib ham ketasiz, hursand kunlari ham, xafachili kunlari ham haqiqiy-de mazza qilib ko'rasiz davomini intiqib kutasiz kishi.
Uzr agar kinofil'mlar haqidigi shahsiy fikrim yoqmasa

Qayd etilgan


Muzayyana  02 Iyul 2008, 13:35:44

V alekum assalom!
MAn xam "Shirinqiz" ni fikrlariga to'liq qo'shilaman. Xozirgi kungi o'zbek film chiqarayotgan kino filmlar yengil yelpi mavzuda. Uzr, lekin birovni mexnatini tanqid qilayotganim uchunu, lekin to'ri, shu kinoni olshi uchun oz muncha pul, ozmuncha mexnat sarf qilinmaydi, lekin, shuncha narsani sarf qilgandan kiyin, albatta shu narsadan kimgadir birr naf tegishini xam o'ylash kerakda.
Mana o'zbek film chiqarayotgan filmlar sizga, kino boshlanishi bilan kino nima bia tugashi mumkinligini bilsa bo'ladi. Deyarli xammasini mavzusi bitta. Ko'proq adashmsam Xind kino filmlariga taqlid, Astag'firullo, bazida musulmon ekanliklari xam eslaridan chiqib qoladi. yaqin kunlarda uyda ukalarim "Aprel May" shu kinoni ko'rishayaotgandi, bir joyiga ko'zim tushib qolib uylalib kettim. Yo Allox naxotki musulmonlarni axvoli shu bo'lsa..........
Manga ko'proq turk ijodkorlari olgan kino filmlar juda juda yoqadi, naxot o'zbek kino ijodkorlarini qo'lidan shundey ish kelmaydi a?
Yuqorida mastura aytganlari "Filistinli Zehranin go'zleri" mana shu kino xam turk tilida. Bundan tashqari "Siz yolg'iz emassiz", " Daniyalik kelin", " Robiya" mana shu ibratli filmlar xam turk kino ijodkorlarining samarali ishlari.
To'g'risi xozirgi kundegi o'zbek filmlarini eng yaxshi deb baxolanayotganlarini boring ana bir martasiga zo'rg'a chidab berasiz, shu filmni ikkinchi bor ko'rishga esa vaqtingni qizg'anasan odam.....
Uzr, bular albatt mani shaxsiy fikrlarim....

Qayd etilgan