Kinofilmlar xususida  ( 156627 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 B


shoir  26 Avgust 2008, 10:44:15

XOZIRGI KINOLARDA SEVGIDAB BOSHQA G'OYA YO'Q. BOSHQACHA KINOLAR YARATISHMAYDI.

Sizga faqat shunaqalari uchrayotgandir-da. Normalniy filmlar ham ishlanyapti. Lekin ularning prokati sust ketyapti. Sabab esa tomoshabinning jiddiy filmlarni suymasligidir.

Qayd etilgan


Imron  16 Sentyabr 2008, 13:56:28

Биродарим, бир кинофильмни ксришни бировга тавсис қилишда сҳтиёт бсл. Дейлик, сен бир кинони ксрдинг. Унда шариатга хилоф саҳналар бор. (Шариатга хилоф деганда, фақат беҳаё ксринишлар смас, балки сеҳр-жоду, куфр ссзлар ва ҳ.к.лар ҳам тушунилади). Хсш, Аллоҳ раҳм қилиб, кинонинг бундай жойларини ксришдан ксзингни тис олдинг дейлик. Шуларни ҳисобга олмаганда фильм сенга "маъқул бслди". Шундан кейин уни бирор сқин кишингга ксришни тавсис қилишга шошасан. Шунда сйламайсанки, сша инсон менга схшаб кинонинг сша "ифлос" жойларини стказиб ксрармикин, ёки тап тортмасдан скранга бақрайиб стираверадими? Мана шу жойда билгинки, сен унинг маъсистига сабабчи бслдинг! Агар сшани сен тавсис қилмаганингда, сҳтимол у гуноҳкор бслмасмиди.. Шуни билгинки, биродарим, сен бу саҳналарга ксз тикиб, гуноҳкор бслганинг етмагандек бошқани ҳам сзинг билмаган ҳолатда гуноҳга буюрмоқдасан. Ва бу билан унинг гуноҳига шерик бслиб қолишинг мумкинлигини наҳотки сйламайсан?..

Qayd etilgan


ORIF  24 Fevral 2009, 01:15:11

Rejissyorlar: O'zbek kinosini nobop rahbarlar changalidan qutqaring

Bemaza qovunning urug'iday...

Son’ggi yillarda uzmay mahsulot yetkazib berayotgan san’at sohalaridan biri bu kinodir.

2008 yilda "œO’zbekkino" Milliy agentligi 40 dan ziyod film yaratgan. Bir qismi davlat buyurtmasiga ko’ra, qolgani xususiy kinostudiyalar tomonidan ishlangan.

Filmlarning ko’pi o`xshash. Ayrimlar bu kinoasarlarni sariq matbuotga ham qiyoslaydi. Film mualliflari fikricha, bu asarlarni tomoshabin, ayniqsa, yoshlar qizqish bilan kutib olmoqda.

Talabchan tomoshabin uchun bu filmlar sayoz.

"œSsenariy muallifi, rejissyor haqiqiy milliylikni his eta olishi kerak. Amir Temur, Shayboniyxon, Ashtarxoniylarni! Bu shaxlar haqidagi qo`lyozmalardan xabardor bo`lishi kerak. O`zimizda shunday asarlar ko`proq chiqishi kerak. Mana, ruslar [Aleksandr]Nevskiy haqidagi kinoni chiroyli ishladi. Bo`lmasa, oddiy voqea. Bizda bunaqa voqealar juda ko`p. Odamlar ko`rib zerikmaydi, lekin menimcha, bunga qodir rejissyorlar yo`q", - deydi sharshunos olim Abdusattor Jumanazar.

Rejissyorlar norozi ekanini yashirmayapti

Rejissyor Zulfiqor Musoqov ancha avval O`zbekiston prezidenti Islom Karimovga ochiq xat yozgan. Uning da`vosiga ko`ra, bugungi kino san`atni yaxshi tushunmaydigan rahbarlar tufayli sayoz. 

"œKinoni yaxshilash maqsadida prezidentga murojaat qilgan edim, lekin afsuski natija bo`lmadi. Men tomon bo`lgan odamlar sekin-sekin badiiy kengashdan chiqarib yuborildi. Usta ko`rmagan shogirdlar kinolari ko`payib ketdi. Har ikki haftada bir kino chiqmoqda. Ularda badiiylik haqida gap bo`lishi mumkin emas. Men shaxsiy studiyalarga qarshi emasman, lekin rahbarlar bunday studiyalarga yashil chiroq berdi. Sal badiiyligi, fikri bor ssenariylar meniki bo`lgani uchun o`tmaydi. Pulni esa milliy agentlik beradi. Sal o`zgarish qilish qattiq qarshilikka uchraydi", - Zulfiqor Musoqov.

Rejissyor "œVatan" filmi uchun davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Uning aytishicha, saviyali kino ishlash uchun davlat ko’magi zarur. Gap millat yoshlari ma’naviyatini shakllantirish haqida ketmoqda.

"œBiz yoshlarning ruhiy kamoloti uchun javobgarmiz. Yoshlarimiz hozir adabiyot o’qimay qo’ygan. Internetdan boshi chiqmaydi. Keyin kinoga boradi. Agar shu ketishda bo`lsa, erta-indin buning mevasini tatib ko`ramiz", - deydi rejissyor.

Bugun "œzamonaviy kino" degan tushuncha paydo bo’lgan. Xususiy studiyalarda suratga olinayotgan bu kino tomoshabin didini o`tmas qilib qo’ymoqda. Yoshlar dunyoqarashini sayozlashtirmoqa.

"œMusoqovning filmlariga ko`p odam tushmasligi mumkin, lekin bu sayoz degani emas. Yoshlar hozir boylar tomonidan ishlanayotgan kinolarga tushmoqda. Maqsad ashulachilarning kinoda qanday o`ynashini ko`rish. Lekin bu kinolarda aktyor mahorati yoki rejissura haqida gapirish mumkin emas. Hammasi bir xil, mayda-chuyda gaplar, odamni o`ylantiradigan hech narsasi yo`q", - deydi kinomuxlislardan biri.

"O'zbekkino" boshida o'tirganlar  yaxshi-yomon ssenariy farqini bilmaydi

O'zbekistonda har qanday badiiy film faqat "œO`zbekkino" ruxsati bilan ekranga chiqadi. Rejissyorlar sayoz filmlar ko`payishida "œO`zbekkino" rahbariyatini, jumladan, birlashmaning badiiy kengashini ayblaydi.

"œO'zbek kinosida kamchiliklar, yutuqlar ham bor. Xulosasini aytadigan bo’lsak, badiiy sayoz filmlar tomoshabin saviyasini tushirib yubormoqda. Achinarlisi shuki, bunday filmlar davlat mablag’i hisobiga ham suratga olinayapti. "œO`zbekkino" qoshida badiiy kengash bor. Bu kengash a`zolari yaxshi ssenariy bilan yomon ssenariy farqiga bormayapti nazarimda. 30-40 yildan buyon kinoda ishlagan odamlarning ko`pchiligi bu kengashdan chiqib ketdi", - deydi rejissiyor Bahodir Odilov.

"œO'zbekkino" direktori o`rinbosari Jahongir Qosimov o`zbek kinosi atrofidagi mulohazalarini biroz keyinroq ifoda etishini bildirdi.

Sharhlovchilar nazarida bugun yoshlarda adabiyotga intilish susaygan. Kitob o`qish an`anasi yo`qolib bormoqda. Bu sharoitda kino saviyasini ko’tarish masalasi dolzarb tus olmoqda. Adabiyotda, xalq ijodidan milliy qahramonlar ekranga ko`chgandagina yoshlarga yetib borishi mumkin.

Zerikarli "Alpomish"...

Biroq muammo kinoga ko`chayotgan milliy obrazlar professional tarzda ishlanmayotganida.

"œXalqqa nimani taqdim etayotganini o`ylab ko`rmagan. "œAlpomish"ni "œRamayana" bilan qiyoslash mumkin. Avval ishlangan "œBunyod" kinosi bor edi. Bunyod Hamid Olimjon tomonidan yozilgan kichkina doston. Lekin undan yaxshi kino ishlangan. "œAlpomish" dek buyuk bir asar kinoda esa yerga urib tashlangan. Shuning uchun ham odamlarning hafsalasi pir bo`ladi. Ayniqsa, dostonni o`qigan bolalarning", - deydi sharqshunos olim Abdusattor Jumanazar.

O`zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bir necha filmlarga ssenariy yozgan. Jumldan, xalq og`zaki ijodi asosida suratga olingan "œAlpomish" badiiy filmining ssenariysi ham Usmon Azim qalamiga mansub.

"œMen kinodagi ijodimdan maqtana olmayman. Narsalarim yomon chiqdi. Teatrdagisi yaxshiroq. "œAlpomish" haqida gapirsak, eng qiyin joyi u juda oz pulga olingan. Tasvirdagi o`tovlar, otlar hammasi yor-do`st ,og`aynilarga iltimos qilib qilingan ishlar. Tarixiy filmga kattaroq mablag` bo`lishi kerak. Lekin uni qilishmagan, faqat tashabbus bilan qilingan ish. Nazarimda ma`noli joyi shundaki, unda osmondan gaplar qo`shilmagan, dostonning ruhini saqlab qolishga harakat qilingan. Ehtimol, aktyorlar tushgan yoki tushmagandir. Film juda kichkina pulga olingan, rejissyorga meni rahmim kelgan edi", - deydi Usmon Azim.

Mustaqillik davrida o`zbek kinosi tomonidan suratga olingan eng katta byudjetli asar bu sohibqiron Amir Temur haqida ishlangan film. Filmni suratga olish uchun davlat 4 million dollardan oshiq mablag` ajratgan.

Biroq filmni muvaffaqiyatli deb bo`lmaydi. Bugun milliy qahramonlar haqida muvaffaqiyatli film ishlash mas`uliyatini o`zbek kinochilariga yuklash qanchalik to`g’irligi ham bahsli masala.
"œTariximizning eng yuqori nuqtaga ko`tarilgan joyi Amir Temur davri. U yerda [filmda] shaxs yo`q, faqat ma`lumotga o`xshagan narsa. Kinoni bunday ishlamaslik kerak edi. Ehtimol, sal shoshmaslik kerakmidi?"- deydi sharqshunos olim Abdusattor Jumanazar.     

Kinoni boshqarishga professionallarni yollang!

Shoir Usmon Azim nazarida kinoda professionallik darajasi tushib ketmoqda.

"œKinoni boshqarayotgan odamlar professional bo`lishi kerak. O`zbek madaniyatini yaxshi anglashi, maqsadlarini bilishi karak. Masala mohiyatini tushunmaydigan odamlar rahbarlik qilsa, bo`lmaydi. Iste’dodlarni qo`llash uchun ham iste`dod kerak. Havaskorlar ko`payib ketgan, lekin ular pul topishni biladi", - deydi shoir Usmon Azim.

Amerika Ovozi▪ Uzbek Xolis axborot manbai

Qayd etilgan


Hadija  24 Fevral 2009, 21:46:22

 :as:

Aka Orif, shu yerda bir iborani qo'llamoqchi edim... "Kimgadur yoqar lola, kimdur atir gul shaydosi" shunday ekan, yuqorida siz zerikarli deganingiz kim u-ndir sevimli kinosi qatorida turar, albatta o'z yoshiga qarab...

Qayd etilgan


Usmon  26 Fevral 2009, 18:07:53

Zulfiqor Musoqovning "Vatan" filmi sayoz filmlar safiga kirmasligi aniq.
Biroq, film badiiy jihatdan kuchlilikka ham, aktorlarining yuqori mahoratiga ham da'vogarlik qila olmaydi, menimcha. Z.Musoqov filmlaridagi bir xillilik, professional bo'lmagan aktorlar xizmatidan foydalanish, ba'zan o'ta jo'nlik "Vatan" filmini ham chetlab o'tmagan. Misol uchun, bosh qahramonning yoshligini ham, katta yoshini ham ijro etgan aktorlar bilan Bobur Yo'ldoshev va, ayniqsa, Obid Yunusov mahorati taqqoslab bo'lmaydigan darajada kontrastda va hk.

Lekin o'nta "Amakivachcha"dan yaxshiligi bu aniq.

:as:
Aka Orif, shu yerda bir iborani qo'llamoqchi edim... "Kimgadur yoqar lola, kimdur atir gul shaydosi" shunday ekan, yuqorida siz zerikarli deganingiz kim u-ndir sevimli kinosi qatorida turar, albatta o'z yoshiga qarab...
Yoshlarni to'g'ri yo'nalishga burib turish kattalarning vazifasi. :)

Qayd etilgan


ORIF  27 Fevral 2009, 00:05:07

:as:

Aka Orif, shu yerda bir iborani qo'llamoqchi edim... "Kimgadur yoqar lola, kimdur atir gul shaydosi" shunday ekan, yuqorida siz zerikarli deganingiz kim u-ndir sevimli kinosi qatorida turar, albatta o'z yoshiga qarab...

Wa Alaykum Assalom.
Muslimaaxon, albatta, gapingiz to`g`ri. Lekin gap jamiyat, millat tarbiyasi va saviyasi haqida ketar ekan ruslarning "O vkusax ne sporyat" degan iborasi ham bekor.

Usmon, darhaqiqa "Vatan" "filmi "Osnodagi bolalar"chalik yoki "Suiqasd"chalik chiqmagan. O`zi bilan bir davrida yaratilgan filmlarning eng sarasi desa bo`ladi.

Qayd etilgan


Hadija  27 Fevral 2009, 19:43:25

Zulfiqor Musoqovning "Vatan" filmi sayoz filmlar safiga kirmasligi aniq.
Biroq, film badiiy jihatdan kuchlilikka ham, aktorlarining yuqori mahoratiga ham da'vogarlik qila olmaydi, menimcha. Z.Musoqov filmlaridagi bir xillilik, professional bo'lmagan aktorlar xizmatidan foydalanish, ba'zan o'ta jo'nlik "Vatan" filmini ham chetlab o'tmagan. Misol uchun, bosh qahramonning yoshligini ham, katta yoshini ham ijro etgan aktorlar bilan Bobur Yo'ldoshev va, ayniqsa, Obid Yunusov mahorati taqqoslab bo'lmaydigan darajada kontrastda va hk.

Lekin o'nta "Amakivachcha"dan yaxshiligi bu aniq.
 
Zulfiqor Musoqovning "Vatan" filmi sayoz filmlar safiga kirmasligi aniq.
Biroq, film badiiy jihatdan kuchlilikka ham, aktorlarining yuqori mahoratiga ham da'vogarlik qila olmaydi, menimcha. Z.Musoqov filmlaridagi bir xillilik, professional bo'lmagan aktorlar xizmatidan foydalanish, ba'zan o'ta jo'nlik "Vatan" filmini ham chetlab o'tmagan. Misol uchun, bosh qahramonning yoshligini ham, katta yoshini ham ijro etgan aktorlar bilan Bobur Yo'ldoshev va, ayniqsa, Obid Yunusov mahorati taqqoslab bo'lmaydigan darajada kontrastda va hk.

Lekin o'nta "Amakivachcha"dan yaxshiligi bu aniq.




Amakivachchalar?!

Uni filmlar safiga qo'sha olamizmi o'zi?!

Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 13:58:25

:bs2:

 :as:

Bu dunyoda inson borki, uning o‘z qarichi — o‘lchovi, tarozisi bor. Bu qarichning adolatliligi yoki haqiqiyligi esa unga berilgan aql-idrokka, farosatga bog‘liq. Inson shu xislatlariga asosan hayotda bo‘ladigan voqea-hodisalarni o‘lchab, xulosa chiqaradi.

«Suv yoqalab...» filmi namoyishi tugagach, barcha ishtirokchilar uchun o‘ziga xos matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. O‘ziga xosligi shundaki, taklif qilinganlar orasida el ardog‘idagi yozuvchi, shoir, adabiyotshunos, kinotanqidchilardan yosh jurnalistlargacha bor edi. Ular ham ikki guruhga bo‘linishgandi. Birovlar avvalroq jurnalda chop etilgan kinoqissani mutolaa qilgan, ba’zilari o‘qimagan. O‘qiganlar yozuvchi g‘oyasining qay darajada tasvirga tushganligini qiyoslab, yaxshi yoki o‘xshamagan joylarini ta’kidlashdi.


Qayd etilgan


Robiya  14 Mart 2009, 14:00:23

O‘qimaganlar ham film haqida o‘z fikrlarini aytishdi. Kimdir maqtadi, kimdir tanqid qilgan bo‘ldi. Tanqidchi yoki jurnalist xalqi tan­qidiy fikrlarni bildirib turishi kerak, chunki u , albatta, kelajakda meva beradi.

Lekin negadir namoyishdan bir olam taassurot bilan chiqqan daqiqalarda tanqidlarga qo‘shilgimiz kelmadi. «Suv yoqalab...» filmini millat ma’naviyatining bugungi taraqqiyot jarayoni uchun yuqori saviyada ishlangan deb o‘ylagimiz va, anjumanda hamkasblardan biri singari,  o‘zbek milliy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladigan film yaratilganligi bilan uning mualliflarini, ijrochilarini chin yurakdan tabriklagimiz keldi.

Tog‘ bag‘rida joylashgan qishloqlardan birida bir paytlar raislik qilgan mo‘ysafid Bolta Mardonning noxush tushi bilan boshlanadi film. Yomon tush ko‘rsang, suvga ayt, degan naql bor xalq­da. Suvga aytaman desa, ariqda suv yo‘q. Yil ham qurg‘oqchil kelgan. Rais suv ochib kelish uchun farzandlari bilan suv boshiga otlanadi. Suv yoqalab — umr bo‘yi qilgan yaxshi ishlarini, xatolarini sarhisob qiladi. Tomoshabin unga qo‘shilib yashaydi, birga o‘ylaydi, xursand bo‘ladi, g‘am chekadi, kuladi, yig‘laydi... Eng asosiysi, FIKRLASHGA HARAKAT QILADI.

Filmda ramzlar juda ko‘p. Masalan, tushda ko‘rilgan va yoshligida muhabbat qo‘ygan ayolning uyida duch kelgan tut daraxti. Tutni azaldan hayot daraxti deb bilishgan. Agarda tut qurib qolsa, daraxtni yetti guvoh shohidligida kesish mumkin bo‘lgan. Suv ham bir ramz. Axir suv hayot manbai hisoblanadi. «Avesto» ta’limotida suvga tupurgan kishiga bir necha darra urish belgilangan. Charxpalakni ko‘rganda ham odatda hayot haqida o‘ylanadi. Filmda charxpalak quloq boshida beriladi. Film oxiridagi yonayotgan charxpalak lavhasi ham o‘ziga xos umr intihosi ramzini bera olgan. Suvda oqqan do‘ppi... Ularning har biriga alohida-alohida to‘xtalish mumkin. Lekin eng ta’sirli ramz — samimiy, oqko‘ngil insonga xos muhabbat. Ota va farzand o‘rtasidagi muhabbat. Ayniqsa, ota va qiz farzand o‘rtasidagi mehrning ta’sirli namoyishi ko‘pchilikni yig‘latgani ham bor gap. Ikki qalb o‘rtasidagi muhabbat. Sof muhabbatning keyingi avlodga o‘tkazilishi...

Darvoqe, matbuot anjumanida film yakunidagi marhumni qabrga qo‘yib qaytish jarayoni hamda odamlar orasidan kenja o‘g‘ilning ajralib chiqishi va otasining yoshligida yaxshi ko‘rgan, ayni paytda o‘sha tut tagidagi supada motam libosida o‘tirgan yolg‘iz onaxonning oldiga borishi, uning yigitning yelkasiga bosh qo‘yib ta’ziya bildirishi oshiqcha degan fikr aytildi. Bu ko‘rinish yoshi ulug‘ faylasuflar uchun oshiqchadir balki. Lekin filmni yoshlar ham ko‘rishini nazarda tutsak, sahnaning ahamiyati ko‘rinadi. Unda Bolta Mardonning yoshligidagi xatosi va o‘z o‘g‘liga bu xatoni takrorlamasligi zarurligi haqidagi vasiyati mujassamdir. Bu sahna katta avlodning kichik avlodga nasihatidir, yosh avlodning ibratidir, bu sahna ikki avlod o‘rtasidagi mehr-oqibatdir. «Suv yoqalab...» qissasining shu joyidan iqtibos:

« — Bandalik ekan-da, bolam...

Yigit beixtiyor tepaga qarab, burgutdek quloch yozgan ulkan tutga tikilib qoladi.

Qadimiy tut uning ko‘z o‘ngida yashnab turgan azamat bir daraxtga aylanadi...»

Filmda ham tut daraxti avvalgidek hovlida emas, kenglikda beriladiki, tut — hayot yoki muhabbatning davom etishidan dalolatdir.

 Hali bu kino haqida ko‘p yoziladi. Chunki filmning ohanrabosini oshirgan, go‘zalligini ta’minlagan rejissurasi, operatorlik ishi alohida tadqiq etishga arziydi.

Endi aktyorlar haqida ikki og‘iz so‘z. Matbuot anjumanida kimdir mahoratli san’atkor Jamshid Zokirov yaratgan O‘rin Jaga obrazini boshqa, uncha taniqli bo‘lmagan, lekin rolni ijro eta oladigan, masalan, viloyatlardagi aktyorlardan biri ijro etsa yaxshi bo‘lardi, dedi-da, ushbu film­da aksar kinolarda rol ijro etayotgan aktyorlarni yana ko‘rganligini norizo ohangda ta’kidladi.

Avvalo, el sevgan san’atkor Jamshid Zokirov bu rolni yomon o‘ynamabdi. Qolaversa, bugungi kun sharoitidan kelib chiqadigan bo‘lsak, rejissyor barcha aktyorlarni to‘g‘ri tanlabdi, degan xulosaga keldik. Ayniqsa, Bolta Mardon obrazini yuragini, qalb qo‘rini berib ijro etgan O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovni shu rolga taklif qilgani juda ma’qul ish bo‘lgan. Erkin aka yangi qiyofada yanada ochilibdi. Erkin Komilov bugungi kunda yurtimizning eng zabardast san’atkorlaridan biridir. Uning xudo bergan talanti, to‘plagan tajribasidan unumli foydalanib, avlodlarga ko‘proq san’at asarlarini qoldirish kerak. Erkin aka yaratgan sara obrazlarni sanashingiz mumkin, lekin, ishonchimiz komilki, Bolta Mardon uning eng ardoqli obrazlaridan biri bo‘lib qoladi.

«Suv yoqalab...» bir marta ko‘riladigan film emas. Har gal ko‘rganingizda uning yangi qirralarini, hayot tilsimlarini va, albatta,  o‘zingizni ham kashf etib boraverasiz.

Bular oddiy jurnalist qarichi bilan o‘lchab yozilgan dastlabki fikrlardir. Film­ni, albatta, o‘zingiz ko‘rib, munosib baho berishingizga aminmiz, aziz mushtariy.

Halim SAYID  Manbaa

Qayd etilgan


Zamiraxon  16 Mart 2009, 21:54:32

O’zbek tilida birinchi jahon kinosi haqida portal - Har xil janrdagi kinolar haqida qisqacha ma'lumotlar bilan tanishish mumkin. Hali yaqinda ochilgan sayt.

Qayd etilgan