Kinofilmlar xususida  ( 156506 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 B


Kumush  10 Iyun 2009, 18:35:38

Menga yoshligimda ko'rgan kinolarim mosfilm lenfilm uzbekfilm kinolari juda yoqadi.Sodda samimiy hayotiy filmlar.Ishdagi ishq,avtomobildan saqlan,omad hamisha kelavermaydi,uzimiznikilardan o'tkan kunlar,suyunchi shu kabi filmlar hotiramda shundoq qolib ketgan.Ulardan ko'p narsa olganman.Yoki bolalik hotiralar bilan uyg'unlashib go'zal ko'rinadimi o'zim ham bilmayman.

Qayd etilgan


Ansora  25 Avgust 2009, 21:28:01

Butun dunyodagi o'zgarishlar kinolarimizda ham ko'rinyabdi. Afsuski bu o'zgarishlar salbiy shaklda tasir qilyabdi. So'nggi paytlar olingan kinolarning ko'pi afsuski pul ishlash uchun olingan. Faqatgina ko'rishsa bo'ldi, deb bizning urf-odatlarimizga hech to'g'ri kelmaydigan mavzularda ishlangan filmlar ko'payib ketdi. Men e'tibor beryapmanda sovetlar paytida ham qo'li qisqa kiyim bilan tv-da chiqin yangiliklarni o'qigan ayol yo'q edi. Mustaqil bo'ldik, hamma narsa emin erkin dedik, lekin eskidan e'tibor bergan kiyinish shakliga hozirgi kunda diqqat etilmayabdi. Davlatning bu mavzuda bir narsalar qilishi kerak. İlgari oilamiz bilan mazza qilib kino ko'rar edik, hozirgi kunda esa, nafaqat kino balki klibni ham oilangiz bilan birga ko'ra olmasangiz kerak.

Qayd etilgan


Habib  22 Sentyabr 2010, 09:39:50

-Зебо Ааврсзованинг "œОнаизор"  фильми бир хафта стар-стмас кинотеатрлардан олинди. Хабарларга ксра томошабинлар тушмаспти. Айтишларича премьерадан сснг фильмга атиги 2 томошабин ташриф буюрган холос.

Манба

Qayd etilgan


Ziyovuddin  22 Sentyabr 2010, 10:43:40

 :as:
O'zimizada ishlangan kinoladan "O'tov", "Ko'rgilik", "Vatan", "Suv yoqalab" ko'rgandim. Qogan boshqa kinolarni ko'rgandan multfilm ko'rgan yaxshi...

Qayd etilgan


yoqutxon  22 Sentyabr 2010, 22:41:31

Assalom aleykum. Ohirgi yillarda ko'rgan o'zbek filmlari ichida Zulfiqor Musoqo'vning "Vatan" filmini tahsinga sazavor deya olishim mumkin.Bu filmda vatanga sadoqat, hayot chig'iriqlarida bo'ladigan voqealar, Halq boshiga kelgan og'ir kunlar, sadoqat, sevgi hamma hammasi bor. Va bu narsalarning barchasi judayam haqiqatga yaqin olingan. Birgina konslagerda olinadigan sahnalar uchun haqiqiy hozirda muzeyga aylantirilgan konslagerda suratga olish ruhsat  berilmaganidan so'ng, huddi shunaqa konslager har bir detalga e'tibor berilgan holda qurilganligi ham, film ijodkorlari o'z ishlariga qanchalik masuliyat bilan yondoshib, proffesional darajada ishlaganliklarini isotlaydi.
Qolgan filmlar haqida esa bunday ijobiy fikrlar bildira olmayman. Ko'pchilik filmlar " bo'larda ketar" iborasiga amal qilingan holda olinayapti. Rejisyorlar bir qolibga tushib qolishgan.Filmlar odamni ensasini qotiradigan bo'lmag'ur so'zlar bilan to'lib toshib yotipti. Lekin 1 yilda 2 yilda  bitta bo'lsa ham yahshi film chiqayapti. Lekin bu judayam kam ko'rsatgich. Biz tomoshabinlar esa sanat ahlidan sennariychilarimiz va rejissyorlarimizdan ko'p yillar yashaydigan, jahon durdonalari qatoriga o'rin oladigan filmlarni kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Muslim Odilbek  23 Sentyabr 2010, 08:54:47

assalomu aleykum aziz forumdoshlar. bugungi filmlar haqida so'z ketayotga ekan men o'z fikrimni bayon qilsam.  bugunda efir yuzini ko'rayotgan filmlar mantiqqa umuman to'g'ri kelmaydi. bu filmlar asosan katta yoshdagilarga taluqli bo'lib qolaveryabdi. kamiga u kinolar har kuni uzluksiz ketma ket efir yuzini ko'ryabdi. bu esa kichik yoshdagi bolalarni ahloqiga katta ta'sir ko'rsatyabdi. men hohlardimki bunday kinofilmlar  kamroq olinib kamroq efir yuzini ko'rsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. mayli kino olinsin lekin hamma bop katta kichik tanlamaydigon hammada yaxshi tasurot qoldiradigon ,yaxshilikka, ezgulikka yetaklaydigon bo'lishi maqsadga muvofiq.

Qayd etilgan


JaviK  23 Sentyabr 2010, 19:04:17

bu filmlar asosan katta yoshdagilarga taluqli bo'lib qolaveryabdi.

Hozirgi filmlarimizdagi sevgi muhabbat yoshi kattalarga taaluqlimi? sizningcha? haziil yumor aralashgan kadrlar kattalarga mo`jallangan deb o`ylaysizmi?

men hohlardimki bunday kinofilmlar  kamroq olinib kamroq efir yuzini ko'rsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. mayli kino olinsin lekin hamma bop katta kichik tanlamaydigon hammada yaxshi tasurot qoldiradigon ,yaxshilikka, ezgulikka yetaklaydigon bo'lishi maqsadga muvofiq.

Siz aytgandek qilinsa katta yoshdagilarni o`ylantirayotgan muammo kichik yoshlarga to`g`ri kelmaydi? Ikki hodisani esa bir filmga sig`dirib bo`lmaydi?

Qayd etilgan


Muslim Odilbek  27 Sentyabr 2010, 11:26:44

Iqtibos
Hozirgi filmlarimizdagi sevgi muhabbat yoshi kattalarga taaluqlimi? sizningcha? haziil yumor aralashgan kadrlar kattalarga mo`jallangan deb o`ylaysizmi?
  siz doim hazil yumor aralashgan kadrlarni ko'rasiz shekilliya? agar siz yaxshilab tele ko'rsatuvlarni ko'rib borsangiz men haqliginga ishonch holis qilasiz. to'g'ri sizning ham gapizda jon bor  ammo ko'p sujetlik filmlar mani bemanidir.,

Qayd etilgan


Muslim Odilbek  27 Sentyabr 2010, 11:35:22

Iqtibos
Siz aytgandek qilinsa katta yoshdagilarni o`ylantirayotgan muammo kichik yoshlarga to`g`ri kelmaydi? Ikki hodisani esa bir filmga sig`dirib bo`lmaydi?
sizningcha sig'dirib bo'lmaydiya. kichik yoshda bolalar uchun olinayotgan filmlarni ora orasida bo'ydoq yoshdagilarni muammolarini ham sig'dirib ketsa bo'ladiku.sig'dirish kerak ekan deb ja ochiq oydin ham bo'lishi kerak emas bu holat ular uchun kulgili tuyulsin. misol qilib shum bola filmini olaylik.

Qayd etilgan


azizbek_mx  08 May 2011, 18:28:14

Ashu Vatan filmini qayta qayta korib ham zerikmadim, menga juda yoqdi lekin

Qayd etilgan