Kinofilmlar xususida  ( 156868 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 B


akula  16 Iyul 2011, 01:37:48

So'nggi yillarda xususiy kinokompniyalarda ishlangan o'zbek filmlarining 80 foizi uchun umumiy bo'lgan syujetlar....

IMHO Bizda kino masalasi pastroq desa ham buladi rahmatli Hojiboy aka etgande faqat uzimizga muljalangan keng doirali emas chetga chiqa olmayapti,,,  nasib bulsa uqishni bitirgach studio ochish niyatim bor

Qayd etilgan


Yaratganga shukr  16 Iyul 2011, 07:15:43

Zulfiqor Musoqovga uxshagan rejisyorlarimiz ko'paysin shunda uzbek filmlarida o'zgarish buladi. endi kelajagimiz yoshlar qo'lida.Akula xudo xoxlasa birinchi filmizni premyerasiga manga bitta bilet ob qoyasiz.:)))

Qayd etilgan


Muhammad Said  19 Noyabr 2011, 20:49:05

Manga ham shu Zulfiqor Musoqivning ko'p kinolari maqul bo'ladi. Yaqinda shu rejissyorning"qo'rg'oshin" degan kinosini ko'rdim ko'rganga arziydigan kino ekan. Hozirgi kunda manili ijod qiladigan shu odam desa bo'ladi.
Hozirgi  kundagi kino sanoatida 80% axloqsizlik targiboti mavjud. O'sha kinoni mazza qilib kulib korishingiz mukun lekin shu kino  qanchalik yoshlarni manaviy zaharlaydi. Oddiy misol tariqasida "shabnam" filmi chiqqan payitlarni eslaylik, qizlar orasida sochini mayda o'rib do'ppi kiyish urf bo'lgandi.(Fargona tomonlarda shunday bolgandi boshqa joylarni bilmadim) Kim aytoladi ularning ahloqlari urf bo'lmaydi deb.  

Qayd etilgan


NANO  20 Noyabr 2011, 00:34:38

Qo'rg'oshin yaxshi olingan kino filim! Ko'p joyda shu filimga bildirilgan mulohazalarni ko'rib chiqdim! Ularbu bu filimni chunishmagan chunishmaydi ham!

Qayd etilgan


ree7  20 Noyabr 2011, 15:52:33

"Qo'rg'oshin"ga to'g'risini aytsam 100% tushundim deb aytolmayman. Bunga o'sha kino ishlangan davr siyosati bilan o'ta yaxshi tanish bo'lmasligimi sababdir. Masalan bosh qahramon yigit filmni oxirida o'zini otib qo'yishi. Menimcha bu yerda o'zini otib qo'yishga arzidigan fojea bo'lmagandi nazarimda. Lekin film yaxshi chiqqanligi aniq. Filmda etiborimni tortgan lavhadan iqtibos:

- Saqlab qololmadik. Allohning irodasi.
- Kimni irodasi?
- Uzr...
- - -   - - -   - - -
"Aldangan ayol"ni esa atay ko'rmadim. Asabimni buzgim kelmadi to'g'risi :) Ko'rgan bo'lganimdayam "It xuradi, karvon o'tadi" deb mulohaza bildirishim anig'idi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Noyabr 2011, 04:57:14

"Aldangan ayol" filmini körgan bösela fikrilar qanday?

"Aldangan ayol" ko'rishga va fikr bildirishga arzimaydi. Shunday bo'lsa-da, ba'zi mulohazalar. Filmni o'zim ko'rmadim. Bir akamiz ko'rgan ekanlar, gapirib berdilar. Shu asosda xulosalar chiqardim:

"Aldangan ayol"ning rejissyori bilan bir gaplashib olsam bo'larkan.Shunda uning shar'iy kashiyotlari nimaning mahsuli ekanligini so'rardim.

Misollar - Haligi ayollarni chet elga olib ketayotgan erkak ayollarga hijrat qilish uchun erning nikohi to'siq bo'lmaydi, mahram shart emas deydi. Bu birinchi kashfiyot. Aslida o'zining kim ekanligini bilgan muslima ayol erining ruxsatisiz ko'chaga chiqmaydi.

Keyinchalik o'sha erkak film qahramoni bo'lmish ayolga uylanmoqchi bo'lganda, ayol "Men erimdan taloq olmaganman", deydi. U erkak esa hijratga chiqqan ayolga o'z-o'zidan (avtomatik tarzda  :)) taloq tshishini aytadi. Bu ikkinchi va juda muhim kashfiyot. Aslida taloq erning lafzi bilan va shar'iat belgilagan ba'zi holatlar (erning murtad bo'lishi kabi) bilan bo'ladi, hijrat bilan emas.

Ayollar jamoa bo'lib chet elga chiqishadi. Ularni chegarada hech kim tekshirmaydi. Bu shahar bedarvoza deganimi? 20 yildan beri chegaramiz mustahkam deb maqtanamiz, nahotki 5-6 kishilik odamlar karvoni chegaradan bemalol o'tib ketaverishadi. Bu uchinchi kashfiyot. Bechora rejissyor bu bilan davlatga nisbatan, uning chegara siyosatiga nisbatan tuhmat qilayotganini bilmaganmi, yoki buni atay qilganmi?  :)

Umuman mana shu eshitganlarim asosida ushbu film ham buyurtma asosida olingan va saviyasiz bir film ekanligi ma'lum bo'ldi.

P.S. Yaqinda Milliy Teatrda bir majlis bo'libdi. Unda san'atkorlar, xususan kino sohasi vakillari diniy mavzularga aralashmasliklari "qat'iy tavsiya" ( :)) qilinibdi. Xulosa-ku bor. Lekin qanday? Dinni san'at orqali targ'ib qilish mumkin emas. Lekin dinni san'at orqali yomonlash mumkinmi? Ajoyib mantiqiy ziddiyat.

Allohdan barchamizga hidoyat va tavfiq so'raymiz.

P.S.(2) Bu filmni ko'rmaslikni, ko'rganda ham hamma voqealarini yoilg'on va aslida teskarisi bo'lishi kerakligini tasavvur qilib ko'rishni maslahat beraman. Bu ham bir senzura aslida. Film ko'rganda birovning fikriga tayanib ko'rmaysiz-ku.  :)

Qayd etilgan


Humayro  21 Noyabr 2011, 08:53:24

"Aldangan ayol" filmini körgan bösela fikrilar qanday?
Umuman mana shu eshitganlarim asosida ushbu film ham buyurtma asosida olingan va saviyasiz bir film ekanligi ma'lum bo'ldi.
Allohdan barchamizga hidoyat va tavfiq so'raymiz.

Barcha fikrlaringizga 100 foiz qo'shilaman.
Umuman ko'rmaslikni tavsiya qilgan bo'lardim men ham,

Qayd etilgan


Lu`lu`  21 Noyabr 2011, 09:50:08

Аллох рози булсин, шунака киноларни ёшларимизга курсатиш керак.
Айникса, номи жуда гузал танланган Мухаббат остлари (муъжизалари)
Кучириб олишга бу линкни устида ишлаган калбга скин дугонамиздан Аллох рози булсин.
 http://depositfiles.com/files/cy4seno3e

Ва кинони манзили
http://uzcinema.com/news/umr_sinovlari_yurak_yurakka_yetib_boruvchi_ajoyib_ta_sirli_film/2011-10-07-18788


Qayd etilgan


Sayyid90  06 Fevral 2012, 06:33:25

negadir bizni filmlarda dinni faqat yomon qilib kursatyapti.ochiq,sharmandani esa maqtab.

Qayd etilgan


Mahdiyah  12 May 2012, 08:51:09

"Aldangan ayol" filmini man ham yarim chala  ko'rdim. Bir paytla TV da tinmi qo'yishayotgandi shu kinoni.
Yana bosh rol sohibasi Rayhon shu roli uchun "Uzbek Oskar"igayam sohib bo'ptilamish.
Kinoni ko'rib ensam qotib oxirigacha ko'rmi qo'ydim.
Musannif Adham etganlaride umuman saviyasiz, zakazga - dinni qoralash maqsadida olingan film dib o'yliman.

Mayli shu kinolada dinni targ'ib qilishmasin, umuman dinni aralashtirmi qo'yaqolishsin, chunki eplolmayabdi UZBEK kinosi dinni ko;rsatishni, undan ko'ra umuman aralashtirmasin.

Xindistonda yiliga 600 dan ko'p film olinadi dib eshitgandim qachonladir, yarmidan ko'pi bachkana ularda ham.
Pichoqqa ilinadigani bo'sa 10 ta chiqar shu 600 tadan.
Lekin xindlani bir narsasiga qoyil qolish kerak: deyarli har bir filmida ibodatxonasida ibodat qilgan xindni ko'rasiz. Yana ayni qiyin vaziyatda BUTiga sig'inadiyu, butidan yordam so'ridi, kn mushkuli oson bo'ladi filmda.

Mana qanaqa targ'ib qiladi ular dinini

Qayd etilgan