Kinofilmlar xususida  ( 156811 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 19 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:48:58

Mohinur:

Yana "Men bormanku" degan indiyskiy kinoni ko`rdik.
Shohruhxon o`ynagan ekan. "Matritsa" ko`rinishlari bor bundayam.
Ko`rganlar bormi?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:49:57

Margilanets:

"Sen va Men" zo`r chikipti.
Mangayam yoqti.
Anu bola rossayaaam qizlarni quv tushiradigonlardanakan.
Qizla, ehtiyot bo`lilar shunaqa bollardan.

Lekin kino zo`r ishlangan, multfilm joylariyam o`ziga xos.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:50:35

AbdulAziz:

Siz so`ragan "Bog`bon" filmidagi o`sha mashhur nutq mana:

Bu kitob bugun bilan erta o‘rtasida mavjud bo‘lgan osuda oraliq haqida. Bu kitob bir avlod bilan ikkinchi avlod o‘rtasida uzilib qolgan ko‘prik haqida. Bu kitob bir vaqtlar jigarbandarini mindirib, o‘ynatib yurgan, ammo hozirda bukchaygan yelkalar haqida. Bu kitob farzandlarini jajji qo‘lchalaridan tutvolib, bir zamonlar alla aytib, jim qolgan lablar haqida o‘kinch bilan yozilgan.

Zamon o‘zgardi. Hayotam o‘zgardi. Bizning yoshimizdagi tengdoshlar bilishadi. Bugungi kunda o‘tmish sarqiti deb hisoblangan odatlarimizning hammasiga biz ishonardik. Onalar oyog‘i ostida jannatni ko‘rardik. Endi odamlar juda dono, yoshlarimiz juda iqtidorli, o‘ta qobiliyatli bo‘pketishgan. Ular uchun erishilgan har qanday yutuq, go‘yoki pillapoyadan ko‘tarilgandek ko‘tarilaverishsa... Bordi-yu yo‘llarida nafi yo‘q narsa uchrasa, uydagi keraksiz bo‘lgan stulmi, singan idish-tovoq, eskirgan kiyim-kechak, sarg‘ayib ketgan gazet kabi shu zahoti axlatxonaga oborib tashlashadi.

Lekin... hayot aslo pillapoyamas. Hayotni unga qiyoslab bo‘lmaydi. Mening fikrimcha, hayot ulkan bir daraxt misoli. Uning tomiri esa ota-ona hisoblanadi. Daraxt har qancha katta bo‘lmasin, agar tomiri kesilsa, tamom:! U ortiq ko‘karmaydi, qurib bitadi.

Endi oddiy bir savol bilan sizlarga murojaat qilsam. Ota o‘z farzandining quvonchi, kamoli uchun toganini sarf qiladi-yu, lekin o‘sha farzandga padarning ko‘zlaridan nur ketgan chog‘ida unga suyanchiq bo‘lish og‘irlik qilarkan. Nimaga ota bolasining ilk qadam tashlashiga ko‘mak beradi-yu, ammo belidan quvvati ketganda nia uchun farzandigamas, hassaga tayanadi? Bir umr o‘z bolalariga shodlik ulashgan ota-onani ne sababdan qon yig‘lashdek zulmga duchor qiladi? Bizga mehr ko‘rsatisholmas ekan, mehrimizni tortib olish huquqini ayting, kim berdi? Ular kim bo‘ptiki, parvardigor muhabbat rishtasi ila birlashtirgan ota-onasini bir-birlaridan ayirib, alohida yashashga majbur qilishadi? Nahot inson xudodan shuning uchun farzand so‘rasa? Qaytar dunyo derlar. Bizning boshga tushgan savdo ertaga albatta ularning ham boshlariga tushadi. Ular ham bir kun keksayib shu savolni berishadi.

Keyin yana bir gap: Bizning tashvishimizni qilmang. Agar biz bolalarimizni tarbiyalab voyaga yetkazgan ekanmiz, o‘qitgan, oilali qilolgan ekanmiz, o‘zimizniyam boqib olamiz. Hech kimsaga muhtoj yerimiz yo‘q. Men taqdirdan minnatdorman. Shuning uchun minnatdormanki, u menga ajoyib jufti halol nasib etdi. Shu ayol hayot yo‘limni yoritdi. Har qanday qiyinchiliklarga bardosh berdi. Men bu ayol qashisida bosh egaman.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:53:26

Mohinur:

"Veer-ZAARA" filmidan lavhalar:


Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:55:00


Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:55:42


Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:57:46


Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:58:10


Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:58:29


Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:58:41


Qayd etilgan