Kinofilmlar xususida  ( 157238 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 19 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:14:22

Nigora:

salom menga xam bu film juda yoqdi. bu kino juda yaxshi ishlangan ekan.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:14:33

Shoir:

Men ham bu kinoni ko'rishga muvaffaq bo'dim.

Juda yaxshi ishlanibdi. Ko'rgan hind filmlari ichida eng yaxshisi desam mubolag'a bo'lmaydi.

Yosh bolaning, nogiron qizning qalbidagi tug'yonlar, yashashga bo'lgan intilish juda ajoyib tarzda ochib berilibdi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:14:49

farzonochka:

Man eng oxirgi korgan filmim "Begona baxor" boldi. Ozi unchali yomonmas, har qalay kamchilisiz emsu, ammo korsa boladigan kino

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:15:03

Noza:

"ZULMAT" filmi manimcha OSKAR ga qo'yilsa arzigulik kinofilm. Umuman jahon kinostandartiga 100% mos keladi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:15:21

Feruza:

Assalomu alaykum.
Forumda ishtirok etib, hech shu bo'limni o'qimagandim. Bugun ko'rib chiqdim. Kino olamida juda ko'p o'zgarishlar bo'libdi. Lekin afsus birortasini ham ko'rganim yo'q. "Fotima va Zuhra" haqida eshitgandim, bilmadim qanaqa chiqqan. Bu yerda bir ikkita fikrlarni o'qib, sal tasavvurga ega bo'ldim. Shu nomli kitobni ikki yoki uch marta o'qiganman. Kinosini ko'rsam yoqadi degan umiddaman.
AbdulAziz, shu birorta kinoni forumga joylashning iloji yo'qmi? hech bo'lmasa bittagina? Agar shuni qilsangiz. judayam zo'r bo'lardi, menga o'xshaganlar ko'rishi mumkin edi.
Katta rahmat

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:15:42

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!

Kecha ISLAM: Empire of Faith degan documental filmni ko'rdim. G'arbliklar tomonidan ishlangan bu filmda Islomning qonuniyatlari, tarixi haqiqiy ochib berilgan ekan. G'arbliklarning o'zlari Buyuk Iymon saltanatining qudratiga tan bermoqdalar.

Ilmni Yevropa qayerdan o'rgandi? Islomdan?
Madaniyatni qayerdan o'rgandi? Islomdan?
Davlatchilikni qayerdan o'rgandi? Islomdan?
Bag'rikenglik, demokratiyani qayerdan oldi? Islomdan!

Ushbu filmni sizlarga ham tavsiya etaman. Islom tarixi haqida juda haqqoniy ishlangan g'arb filmi ekan.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:16:20

Dilshod:

Mashhur "Romeo va Juletta" asari o'zbekona, zamonaviy talqinda!!! 14 fevral kuni katta primyerasi bo'lib o'tgan mazkur film shu kungacha "Alisher Navoiy" nomli sa'nat saroyida namoyish etilib kelinmoqda. Film rejissiyori - "Sarvinoz", "Baht uchun million", "Fotima va Zuhra" va shu kabi eng kassabop kartinalarni tasvirga tushirgan Bahrom Yoqubov. Bundan oldin "œRomeo va Juletta" asari asosida dunyoning eng ko’zga ko’ringan rejissorlarigina film ishlashga jazm etgan. Mana guvohi bo'lib turibmizki, bizda ham endi bu asarning o'zbekcha, zamonaviy talqini mavjud. Film scenariysi yozib bitirilgach, katta ekranga "Romeo va Juletta yohud la'natlangan sevgi" nomi bilan chiqdi. Film o'zbekona bo'lganligi bois, qahramonlar ham o'zbekcha ismlar atalgan. Romeo-Ravshan, Juletta-Jamila. Film obrazlarini talqin etuvchi o'zbek aktyor va aktrisalari judayam qattiq sinovlardan o'tishgandan so'ng, Romeo roliga estrada honandasi Shohruxhon, Juletta roliga esa Zarina Nizomiddinova tanlab olindi. Shohruxhonning katta sahnani ko'rib ulgurgani va shu sohada ta'lim olishini inobatga olsak, balki qaysidir manoda unga ishonish mumkindir. Ammo rejissyorning aytishiga qaraganda Juletta obraziga mos aktrisa topish biroz mushkul bo'lgan. Juletta roliga mos aktrisaga bo'ladigan talab- qiz juda yosh va go’zal, shu bilan birga aktrisalik mahorati yetarli darajada bo’lishi shart edi. Nihoyat bunday aktrisa ham topildi. Yuqorida aytilganidek O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Shahboz Nizomiddinovning kenja qizi — 16 yoshli Zarina Nizomiddinova bu rolga mos deb topildi. Zarinani ko'pgina forum ishtirokchilarimiz tanisa kerak. Kichkina qizaloqligida adasi bilan "Adajon uni olib bering, buni olib bering" degan manodagi qo'shig'iga klip chiqarishgandi. Hullas kinoning mazmun-mohiyati haqida, albatta uni o'zingiz tomosha qilganingizda hulosa chiqarib olasiz.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:16:39

Assalom:

ilshodbek!
Shu filmni rosa reklama qilishvotti.
Lekin manga yoqmadi.

Birinchidan, hali dunyoviy kotta bir shedevrni buzish va qaydaydir o'zligicha talqin etish aqlga sig'miydigan holat.
Ikkinchidan, hali professional sahnada biron marta rol ijro etmagan yosh "aktor" va "aktrissa"larning ijrolari juda sun'iy.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:16:56

Assalom:

Assalomu alaykum!

Bir so'rovnoma o'tkazmoqchiydim.

"O'zbekfilm"da oxirgi yaratilgan qaysi 3 ta filmni haqqoniy ishlangan (sizga eng yoqqan) deb e'tirof eta olasiz?

Javoblar uchun oldindan tashakkur

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:17:11

dilshod:

Har asarning o'z muhlisi va tanqidchisi bo'lganidek siz ham o'z fikrlaringizni bemalol ayta oldingiz. Bu uchun rahmat sizga. Lekin nima ham qila olardik. Asarga holis baho berish bu bizning vazifamiz. Fikringizga tasdiq qilib ayta olamanki, man ham bu kinoga tushgan ayrim tomoshabinlarning afsuslanishganini eshitdim, lekin shunga qaramay, kinoteatr eshiklari oldida bu filmni tomosha qilish uchun kelgan muhlislarning keti uzilmayapti.

Qayd etilgan