Kinofilmlar xususida  ( 157245 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 19 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:17:22

Dilshod:

Fikringizga biroz aniqlik kiritib bering iltimos. "O'zbekfilm" deganda aynan huddi shu studiyada suratga olingan filmlarni nazarda tutyapsizmi? So'ngi 5-6 yil ichida O'zbekistonda ko'plab hususiy va davlat kino-studiyalari ochilgan. So'ngi yillarda olinayotgan filmlarning hammasi deyarli turli studiyalar tomonidan suratga tushiriladi. Agar siz faqat aynan "O'zbekfilm" kino-studiyasi haqida gapirayotgan bo'lsangiz, forumchilarimiz ham shunga yarasha javob qidirishardi...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:17:52

Assalom:

Man umuman O'zbekistonda yaratilgan, qaysi studiya bo'lishidan qat'iy nazar. Shuni so'ravotuvdim. Lekin barchasi "O'zbekkino"dan ruxsat oladi-yu, shuninchun shundoq yozuvdim.

Dilshodbek. Siz qaysi filmlarni bu ro'yxatga kirita olasiz?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:21:30

Dilshod:

Rossiya kinomatograflari tomonidan ishlanayotgan yangi kartinalarga munasabatlaring qanday? "Dnevnoy dozor", "Drugoy Mir: Evolyutsiya", "Svolichi" va "Bumer: vtroy film" kabi yangi "hitlar"larni kim ko'rib ulgurdi?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:21:45

maknuna:

Yangi chiqqan o'zbek filmlari haqida ma'lumot bormi?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:21:56

Assalom:

"Romeo va Juliyetta"
"Begona bahor"
"Uchinchi tilak"
"Sadoqat" degan filmlar chiqibdi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:22:10

Uztermbek:

Hozir Rossiyaning 1-kanalidan yaxshi film, to'g'rirog'i, serial ketyapti, kecha 1-qismini tomosha qildim. Buyuk Britaniya (BBC), Rossiyaning 1-kanali va AQSh dagi National Geografic ning hamkorlikdagi mahsuloti. Adashmasam, 4 qismdan iborat, payshanbagacha davom etadi. 2005 yilda suratga olingan. 1-qismda asosan nemislarning o'sha paytdagi juda ilg'or hisoblangan, AQShda ham, ruslarda ham bo'lmagan FAU-2 quroli haqida gap ketdi. Mana film haqida qisqacha ma'lumot:

Фильм, рассказывающий о сражении лучших научных умов в космической гонке двух супердержав — СССР и США. В центре противостояния двух систем, поглощавшего огромные ресурсы, и уносившего немало жизней, двое учёных: работающий на американцев бывший нацист Вернер фон Браун, и Сергей Королёв — Главный конструктор, руководитель советской группы разработчиков космической программы.

В основу сценария легли воспоминания очевидцев и дневниковые записи участников событий, а также архивные документы и видеоматериалы.

www.kinopoisk.ru dan olindi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:22:24

Farzonochka:

Man eng oxirgi korgan filmim "Romeo & Juletta" boldi, bilaslami, bu film juda sayoz ishlangan. Buni korgan odam, hecham ta`sirlanmaydi, axir bu "tragediya" ya`ni yuraylani larzaga solish keragu,,, yana bilmadim kimga qanday, shunchaki mani fikrimde bu...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:22:53

AbdulAziz:

Dnevnoy dozor manga unchalik yoqmadi. O'ta fantastiklashtirib yuborilgan.
Svolochini yaxshi ishlashibdi.
Bumerning ikkinchi qismi birinchischalik muvaffaqiyatli chiqmagan. Oxiri nima bo'lib tugagani noma'lumligicha qolgan.

Qayd etilgan


_Otabek_  11 Avgust 2006, 10:49:11

Kecha kuchli bir film ko'rdim. Yoshlar TV dan qo'yishdi. Film nomi - "Terminal". Bosh rolda Gollivudning iqtidorli aktyori Tom Xenks o'ynagan. Juda qiziqarli, ta'sirchan, insonlar taqdiri, ularning o'zaro munosabati, odamgarchilik haqida o'ylashga majbur qiluvchi, ma'lum qudratli davlatlarning beshafqat qonun-qoidalariyu ularga tish-tirnog'i bilan yopishib olgan va kuchsiz davlatlar va oddiy odamlar taqdiri bilan zarracha qiziqmaydigan rasmiyatchi rahbarlarm shu bilan birga, yaxshi insonlar haqida hikoya qiluvchi film. Filmning o'ziga xos tarafi shundaki, voqealar boshidan oxirigacha faqat bitta joyda (filmning so'nngi epizodlaridan tashqari) - Nyu-York aeroporti ichida bo'lib o'tadi.

Bunday ajoyib kartinaning ijodkorlariga va uni tanlab, tarjima qilib, bizga havola etganlarga esa katta rahmat deymiz.

Qayd etilgan


_Otabek_  11 Avgust 2006, 10:59:16

Россия киночилари ижодига мансуб "Папа" деган фильм хам жуда яхши экан. Бош ролларда "Турецкий гамбит" да уйнаган жуфтлик скрипкачи Давид Шварц ва Татьяна ролини ижро этишган. Вокеалар 30-40 йилларда булиб утади. Асосий мавзу эса ота ва бола муносабати ва каттол замон зайли билан икки авлод уртасида вужудга келган жарлик хакида. Охир-окибат, куп кийинчиликлар ва тушунмовчиликларга карамасдан, ота мехри хамма нарсадан устун келади.

Фильм куришга тавсия этилади
(афсуски мухр йук, шу ерга босиб куярдим - хазил).

Qayd etilgan