Bir injiq kishi emigratsiya xizmati xodimiga uchrab, Amerikaga ketmoqchi ekanligini aytdi.
— Yaxshi, ikki haftadan keyin hujjatlaringizni tayyorlab qo`yamiz, - dedi xodim.
Injiq ikki haftadan keyin kelib,
— Amerikaga borgim kelmay qoldi. Germaniyaga ketmoqchiman, - deya fikri o`zgarganini bayon qildi. Xodim unga bir haftadan keyin kelishi mumkinligini aytdi.
Injiq aytilgan vaqtda keldi.
— Kechirasiz, men Germaniyaga ham bormayman. Angliyaga borsammikan, deb turibman.
Xizmatchi unga piching bilan shunday taklif qildi:
— Mana, sizga globus, uyingizga boring-da, qayerga borishni yaxshilab o`ylab keling.
Injiq bir haftadan keyin globusni ko`targancha qaytib keldi.
— Kechirasiz ... sizda boshqa golus yo`qmi?