Umumiy bo'lim > Madaniyat

Latifalardan oling!

(1/218) > >>

shoir:
Bonu:

Kelinglar dostlar shu bir yengi mavzu ochaylik!
Qayerga qaramasam, faqat muammolar, jamiyatdagi illatlar, sal bolsa ham kayfiyatni kotaraylik! Shu bolimda latifalar yozaylik, har kun har xil latifalar eshitamiza, yoshlikdagi afandilar bolsa ham mayli! Juda ham qiziq bolardi! Rahmat oldindan, buni qollab- quvvatlaganlar uchun. Man boshlab beraqoli:

Ko`chada bir chiroyli ayol bir erkakni oldiga kelib:
- Kechirasiz, nazarimda siz bolalarimdan birining otasi bo`lsangiz kerak.
Daxshatdan qotib qolgan erkak:
- Yo`g`e, bo`lishi mumkinmas. Nahotki?!
- O`zizdi bosing. Nega xovliqasiz. Men o`qituvchiman.

 ;D ;D ;D

shoir:
Otabek:

Bir odam kurortda boshqa odamni uchratib qoldi.
-Iye, janob Gonsales, buni qarang-a. Bir yilda juda ham o'zgaribsiz. Ancha semiribsiz, mo'ylov qo'yibsiz, qorayibsiz. Eeee, lekin qoyilman, odam ham bir yilda shunchalik o'zgarar ekanda-a.
-Kechirasiz, men janob Gonsales emas, janob Tompsonman.
-Eee, gapingizni qarang, janob Gonsales, familiyangizni ham o'zgartiribsizda...
   
Mavzu arxivi

Ziyo:
Noza:

Manda ham latifa bor edi.
Doktor bemoor ayolga:
- Siz mutlaqo sog’siz. Faqat men sizga ko’proq toza havoda sayr qilishni, va qishda issiqroq kiyinishni tavsiya qilaman.
Uyda ayolning turmush o’rtog’i doctor nima deganini so’radi.
Ayol:
- Menga yozda dengiz bo’yida dam olishni va qishda norka terisidan shuba kiyishni aytdi.

Ziyo:
Professor:
— Birinchi bo`lib javob bergan talabaga bir ball qo`shib beraman. Qani, kim birinchi javob beradi?
— Men, janob professor, menga 3 qo`yavering.

***

Direktor lavozimiga nomzod bo`lgan odamga deyishdi:
— Hozir biz sizga 80 ming to`laymiz, keyinroq esa oshiramiz.
— Unda men keyinroq kelaman.

Ziyo:
Bir injiq kishi emigratsiya xizmati xodimiga uchrab, Amerikaga ketmoqchi ekanligini aytdi.
— Yaxshi, ikki haftadan keyin hujjatlaringizni tayyorlab qo`yamiz, - dedi xodim.
Injiq ikki haftadan keyin kelib,
— Amerikaga borgim kelmay qoldi. Germaniyaga ketmoqchiman, - deya fikri o`zgarganini bayon qildi. Xodim unga bir haftadan keyin kelishi mumkinligini aytdi.
Injiq aytilgan vaqtda keldi.
— Kechirasiz, men Germaniyaga ham bormayman. Angliyaga borsammikan, deb turibman.
Xizmatchi unga piching bilan shunday taklif qildi:
— Mana, sizga globus, uyingizga boring-da, qayerga borishni yaxshilab o`ylab keling.
Injiq bir haftadan keyin globusni ko`targancha qaytib keldi.
— Kechirasiz ... sizda boshqa golus yo`qmi?

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version